Hadis zohiridan ko‘rinib turibdiki, olib qo‘yiladigan ilm dunyoga taalluqli ilm emas. U faqat diniy ilm bo‘ladi. Dunyoviy ilm gullab yashnamoqda. Odamlar fazoga uchyapti, oyni tekshiryapti. Lekin olinajak ilm — din yo‘qolib boraveradi. Haqiqiy olimlar qolmagach, johil kimsalar boshliq qilib olinadi va ular o‘zlari bilmagan narsalarga fatvo beradilar. Natijada hamma adashadi.
Bizga Alloh kifoya va U naqadar yaxshi kifoya qiluvchi!
«Zilzilalar ko‘payadi». Ehtimol, bu yerda yer yuzining hamma burchaklarida zilzilalarning ko‘payishi va uzluksiz davom qilishi aytilayotgandir. Chunki zilzila qadimdan mavjud edi. Demak, uning ko‘payishi va uzluksiz davom qilishi Qiyomat alomatlaridan bo‘ladi. Agar hadisni ana shunday tushunadigan bo‘lsak, hali bu alomat voqega chiqqani yo‘q. Ehtimol, u butun yer yuzini zilzilaga ko‘mib yuboruvchi yadroviy urush natijasida zohir bo‘lar. Vallohu a’lam!