Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 264633 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 27 B


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:49:56

Keyin Ya’juj va Ma’juj chiqadi. Alloh taolo Iso alayhissalom duolari barakoti bilan ularni o‘ldiradi.

Biz, hadisda aytib o‘tilgan kichik alomatlar voqeda ko‘rindi, dedik. Vallohu a’lam!

Eng avvalo, payg‘ambarlik da’vosini qiluvchi yolg‘onchilar chiqdi. Bu yolg‘onchilarning peshqadami va o‘ta xatarlisi Musaylama kazzob edi. Uni Abu Bakr xalifaligi davrida, Yamoma jangida Alloh qilichi Xolid ibn Valid qo‘shini o‘ldirdi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:50:09

Endi bir-birlari bilan urishgan ikki ulkan jamoa haqida to‘xtalsak. Usmon ibn Affon o‘ldirilganidan keyin fitnalar, sahobalar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuz berdi. Ular turlicha ijtihod qildilar. Natijada avval Jamal, so‘ngra Siffin janglari bo‘lib o‘tdi. So‘ng xulafoi roshidinlarning eng oxirgi vakili Ali ibn Abu Tolib shahid etildi. Uni ikki dunyo badbaxti Ibn Muljim o‘ldirdi. Hamma narsa aynan Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) xabar berganlaridek bo‘ldi: «(Ey Ali,) Seni dunyoyu oxiratda badbaxt bo‘lgan kimsa o‘ldiradi», degan edilar u zot.

Nihoyat, o‘zaro janglar barham topdi. Imom Hasan ibn Ali musulmonlarni birlashtirish uchun Muoviya ibn Abu Sufyon bilan kelishdi. Uni xalifa deb tan oldi. Hasanning (r.a.) fazli bilan ummat yana birlashdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bu haqda ham xabar bergan edilar: «Mening shu o‘g‘lim sayyiddir. Uni sabab qilib, Alloh taolo musulmonlarning ikki ulkan jamoasini birlashtiradi deb umid etaman».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:50:18

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlaridek bo‘ldi. Butun olamlar Parvardigoriga behad hamdu sanolar aytamiz!

Ilmning olinishini esa, bizga quyidagi hadis sharhlab beradi.

Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Alloh taolo odamlardan ilmni (shunday) olib qo‘ymaydi. Ilmni olimlarni olish bilan oladi. Hatto bironta olim qolmaydi. (So‘ng) odamlar o‘zlariga johil (ya’ni, olimlik da’vosini qiluvchi nodon) kimsalarni boshliq qiladilar-da, ulardan fatvo so‘raydilar. Ular o‘zlari bilmasdan turib fatvo beradilar. Natijada o‘zlari ham adashadilar, o‘zgalarni ham adashtiradilar» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:50:29

Hadis zohiridan ko‘rinib turibdiki, olib qo‘yiladigan ilm dunyoga taalluqli ilm emas. U faqat diniy ilm bo‘ladi. Dunyoviy ilm gullab yashnamoqda. Odamlar fazoga uchyapti, oyni tekshiryapti. Lekin olinajak ilm — din yo‘qolib boraveradi. Haqiqiy olimlar qolmagach, johil kimsalar boshliq qilib olinadi va ular o‘zlari bilmagan narsalarga fatvo beradilar. Natijada hamma adashadi.

Bizga Alloh kifoya va U naqadar yaxshi kifoya qiluvchi!

«Zilzilalar ko‘payadi». Ehtimol, bu yerda yer yuzining hamma burchaklarida zilzilalarning ko‘payishi va uzluksiz davom qilishi aytilayotgandir. Chunki zilzila qadimdan mavjud edi. Demak, uning ko‘payishi va uzluksiz davom qilishi Qiyomat alomatlaridan bo‘ladi. Agar hadisni ana shunday tushunadigan bo‘lsak, hali bu alomat voqega chiqqani yo‘q. Ehtimol, u butun yer yuzini zilzilaga ko‘mib yuboruvchi yadroviy urush natijasida zohir bo‘lar. Vallohu a’lam!

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:50:40

«Zamon yaqinlashadi». Mazkur jumlani Termiziyning Anasdan (r.a.) rivoyat qilgan boshqa bir hadisi sharhlaydi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Zamon yaqinlashmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. (Zamon shunchalik yaqinlashadiki), hatto yil oydek, oy juma (hafta)dek, juma kundek, kun esa bir parcha cho‘g‘dek (yalt etib o‘chadigan yolqindek) bo‘lib qoladi».

Agar hadis zohiri olinsa, hali bu alomat ham voqe bo‘lgani yo‘q. Balki bu voqea Qiyomat juda-juda yaqin qolganida yuzaga chiqar. Unda butun olam halokatga yuz tutadi, yer va yulduzlar harakati buziladi.

Agar hadisning zohiri olinmasa, unda zamon yaqinlashuvidan murod turli ehtiyojlarning tezda qondirilishi va juda uzoq masofalarni qisqa muddatda bosib o‘tish tushuniladi. Ilm-fanning gullab-yashnashi natijasida bu imkoniyatlar bugungi kunda mavjud. Qadimda bir yil qilingan ishni hozirda o‘n-yigirma kunda bitkazib qo‘yilmoqda.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:50:53

«Harj ko‘payadi. U qatldir». Zohiran olinganda, hadisda qatl-o‘ldirishning misli ko‘rilmagan suratda ko‘payib ketishi aytilmoqda. Chunki insoniyat tarixida qatl ilgari ham ko‘p bo‘lgan. Endi Qiyomatning katta alomatlaridan biri sifatida tushuniladigan qatlning ko‘payishiga kelsak, bu bizningcha, dahshatli yadroviy urush natijasida vujudga keladi. Vallohu a’lam!

Hatto mana shu jangdan omon qolgan kishi ham o‘zini ulkan balo-ofat ichida his qiladi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlaridek, qabr yonidan o‘tib ketayotib, marhumga havas qiladi: «Qani edi men uning o‘rnida bo‘lsam!»

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:51:01

Mol-dunyoning haddan ziyod ko‘payishi va hatto mol egasi: «Kim zakotimni olar ekan», deb tashvish chekib qolishi Umar ibn Abdulaziz davrida vujudga kelgan edi. Bu narsa Iso alayhissalom zamonida yana bir marta takrorlanadi.

Alloh taolo oshkoru yashirin fitnalardan asrasin. O‘zi bizga ofiyat-omonlik ato etsin. Alloh bizga kifoya va U naqadar yaxshi kifoya qilguvchi!

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:06:46

IKKINCHI BOB
Qiyomatning ulkan shartlari

Qiyomat oldidan uning yaqinlashayotganini bildiruvchi alomatlar ko‘rinadi.

Kichik alomatlar Qiyomatning juda yaqinligini bildirmaydi. Ulardan keyin ham hayot ming-ikki ming yil davom etishi mumkin. Insoniyat boshidan kechirgan umriga nisbatan, albatta, bu yillar hech narsa emas. Avvalgi bobda Qiyomatning kichik shartlari va ularning avvaliyu oxiri haqida gapirgan edik.

Hozir Qiyomatning katta shartlari kutilmoqda. Ularning biri ko‘rinishi bilanoq xuddi shodasi uzilgan marjonlardek, bosh-qalari ham ketma-ket voqega chiqadi. So‘ng Qiyomat boshlanadi.

Bu oy-kuni to‘lgan ayolning qachon to‘lg‘oq tutishini bilmay, kutib yurganiga o‘xshaydi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:07:24

Qiyomatning ulkan alomatlari:
"¢ Mahdiyning chiqishi.
"¢ Masihi Dajjol.
"¢ Iso alayhissalomning tushishlari va Dajjolning o‘ldirilishi.
"¢ Ya’juj va Ma’jujlarning chiqishi.
"¢ Iso alayhissalom vafotlaridan so‘ng esadigan va mo‘minlar jonini oladigan shamol.
"¢ Dobbatul arz va quyoshning g‘arbdan bosh ko‘tarishi.
"¢ Insonlarni mahshargoh sari haydaydigan olov.

Mazkur alomatlarning qay biri avval-keyin bo‘lishi haqida olimlar turlicha fikr bildirganlar.

Bu bobda Qiyomat shartlari zikr qilingan hadislarning iloji boricha sahih va hasanlari keltiriladi, inshaalloh. Alloh madadkor!

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:08:13

Birinchi fasl
Mahdiyning chiqishi to‘g‘risidagi hadislar


Ibn Taymiya o‘zining «Muntaqo» asarida shunday yozadi: «Mahdiyning chiqishi haqida sahih hadislar bor. Ularni Ahmad, Abu Dovud va Termiziylar rivoyat qilganlar. Masalan, Ibn Mas’uddan rivoyat etilgan ma’ruf hadis:

16. «Agar dunyodan faqat bir kun qolganida ham Alloh taolo uni uzun qilib qo‘ygan bo‘lardi. Hatto (toki) ismi mening ismimga, otasining ismi otamning ismiga to‘g‘ri keladigan bir kishi chiqadi. U dunyoni (oldin) qanday jabru zulmga to‘lgan bo‘lsa, (endi) uni shunchalik adlu adolatga to‘ldiradi».

17. Abu Dovud va Termiziy Ummi Salamadan rivoyat qiladilar: «Mahdiy mening avlodimdan, Fotimaning bolalaridan».

Qayd etilgan