Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 264707 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 27 B


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:10:33

18. Abu Dovud rivoyat qiladi: «Yerga yetti yil egalik qiladi».

19. Ali (r.a.) Hasanga (r.a.) qarab shunday dedi: «Uning pushti kamaridan hali bir kishi chiqadi. U Nabiylaringiz ismi bilan nomlangan bo‘ladi. Payg‘ambarga tuzilishda emas, xulq-atvorda o‘xshaydi. Yer yuzini adolatga to‘ldiradi».

Ammo «Iso ibn Maryamdan o‘zga Mahdiy bo‘lmas», degan hadis zaifdir. Shu sababli u boshqa hadislarga qarshi tura olmaydi» (Ibn Taymiya so‘zi tugadi).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:11:47

20. Tabaroniy Qays ibn Jobirdan, u otasidan, otasi bobosidan rivoyat qiladi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Hali mendan so‘ng xalifalar bo‘ladi. Xalifalardan keyin amirlar bo‘ladi. Amirlardan so‘ng podshohlar, podshohlardan so‘ng esa zo‘ravonlar bo‘ladi. So‘ng ahli baytimdan bir kishi chiqadi. U yer yuzini (oldin) qanday jabr-zulmga to‘lgan bo‘lsa, (endi) xuddi shunday adolatga to‘ldiradi. So‘ng qahtoniy amir qilinadi. Meni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, u (ahli baytdan chiqqan kishi) undan (qahtoniydan) keyin emas».

Ibn Xaldun aytadi: «Asrlar davomida ahli islom orasida mashhurki, oxir zamonda ahli baytdan bir kishi aniq chiqadi. Dinni quvvatlaydi, adlu adolat o‘rnatadi. Musulmonlar unga bo‘ysunadilar. Islom yerlariga egalik qiluvchi bu kishi Mahdiy nomi bilan taniladi. Dajjolning chiqishi va sahih hadislarda aytilgan Qiyomatning boshqa shartlari shundan keyin bo‘ladi».

Ibn Xaldun aynan shu mavzuga taalluqli bir qancha hadislarni ham keltirgan. Quyida ularning sahih va hasanlari beriladi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:12:48

21. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar:
«Ahli baytimdan bo‘lgan bir kishi arabga egalik qilmagunicha dunyo ketmaydi. Ismi mening ismim bilan bir bo‘ladi» (Termiziy rivoyati, hasan sahih).

22. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Agar dunyoning faqat bir kuni qolsa ham, albatta, Alloh taolo ahli baytimdan dunyoni (oldin) jabru zulmga to‘lganidek, adolat bilan to‘ldiradigan bir kishini yuboradi» (Abu Dovud rivoyati).

23. Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: Men Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) quyidagi so‘zlarini eshitganman: «Mahdiy mendandir. U peshonasi ochiq (ya’ni, boshining yarmigacha sochi yo‘q), burgut burun kishi. Yer jabru zulmga qanday to‘lgan bo‘lsa, (endi uni) adlu adolatga shunday to‘ldiradi. Yetti yil podshohlik qiladi» (Abu Dovud rivoyati. Sanadi hasan).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:13:27

24. Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Mahdiy mening ummatimdan chiqadi. Besh yoki olti yoki yetti yashaydi». Biz: «U (besh, oltilar) nima?» deb so‘radik. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: «Bu yillar. Uning (Mahdiyning) oldiga bir kishi kelib: «Ey Mahdiy, menga (biron nima) bergin», deydi. Mahdiy uning kiyimi (etagi)ga ko‘targanicha narsa to‘kadi» (Termiziy rivoyati, hasan).

25. Ibn Moja va Hokim quyidagicha rivoyat etganlar: «Ummatimda Mahdiy bo‘ladi. Kami yetti, ko‘pi to‘qqiz (yil turadi). Uning davrida ummatim misli ko‘rilmagan darajada ne’matlanadi. Yer o‘z mevalarini (xazinayu dafinalarini) chiqaradi. Hech narsani olib-zahira qilib qolmaydi. Mol u kunda toptalgan narsa (tuproq) kabi bo‘ladi. Kishi turib: «Ey Mahdiy! Menga bergin», deganida Mahdiy: «Ol», deydi».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:14:09

26. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Yer jabru zulmga, adovatga to‘lib ketmagunicha Qiyomat bo‘lmaydi. So‘ng ahli baytimdan bir kishi chiqib, (oldin) qanday jabr-zulmga to‘lgan bo‘lsa, (endi) shunday adlu adolat bilan to‘ldiradi» (Hokim rivoyati. U hadisni Buxoriy va Muslim shartiga ko‘ra sahih degan).

27. Quyidagi hadisni ham Hokim «Mustadrak»ida keltirgan va Buxoriy va Muslim shartiga ko‘ra sahih degan.

Muhammad ibn Hanafiy naql qiladi: «Biz Ali (r.a.) huzurida o‘tirar edik. Bir kishi u zotdan (r.a.) Mahdiy haqida so‘rab qoldi. Shunda Ali (r.a.) quyidagicha javob berdi:

— Bu oxir zamonda bo‘ladi. «Alloh! Alloh!» degan kishi o‘ldiriladi. Alloh taolo u (Mahdiy)ning atrofiga xuddi bulut bo‘laklaridek guruhlarni jamlab, qalblarini bir-birlariga oshno etadi. Ular hech kimga nafrat bilan qaramaydilar va biron kishining saflariga kirishi bilan quvonib ketmaydilar. Sonlari Badr ahli soniga teng bo‘ladi. Avvalgilar ulardan o‘zmaganlar, keyingilar ularga yetmaganlar. Yana ular Tolut bilan birga daryodan o‘tgan jangchilar - Tolut ashoblari adadicha bo‘lishadi».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:15:09

Abu Tufayl aytadi: «Muhammad ibn Hanafiy (Alining Fotimadan keyingi ayolidan tug‘ilgan o‘g‘li): «Uni (Mahdiyni ko‘rishni) xohlaysanmi», deb so‘radi. «Ha», dedim. «U (Makkaning) mana bu ikki tog‘i orasidan chiqadi». «Hechqisi yo‘q, — dedim men. — To o‘lgunimcha Makkani tark etmayman».

Muhammad ibn Hanafiy xabar berishicha, Abu Tufayl Mahdiy chiqishini kuta-kuta Makkada hayotdan ko‘z yumgan.

Mahdiy ashoblarining soni Badr ahli adadicha, ya’ni, 313 kishi. Ibn Qayyim «Zodul ma’od»da Odam alayhissalomdan to Muhammadgacha (sollallohu alayhi vasallam) bo‘lgan payg‘ambarlar soni ham 313ta degan.

Ibn Xaldun aytadi: «Mazkur hadis faqat Muslim shartiga ko‘ra (sahih)dir».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:15:54

28. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Xalifa o‘lganida ixtilof bo‘ladi. Madina ahlidan bir kishi qochib, Makka (tomon)ga chiqadi. Uni o‘zi xohlamagan tarzda chiqaradilar. Rukn bilan Maqom o‘rtasida unga bay’at berishadi. Unga Shomdan bir guruh yuboriladi. Makka bilan Madina oralig‘idagi cho‘lda guruhni (ortga) qochiradi. Kishilar buni ko‘rganlaridan so‘ng uning oldiga Shom abdol — solih kishilari va ahli Iroq asoib — birlashgan guruhlari kelib bay’at beradi. So‘ng Qurayshdan bir kishi chiqadi, uning tog‘alari Kalb (qabilasi). Ularga qo‘shin yuboriladi va bu qo‘shin g‘olib bo‘ladi. Bu Kalb yurishidir. Kalb g‘animasiga qatnashmagan kishilar omadsizlikda qoladi. (So‘ng) u molni taqsim qiladi. Kishilar o‘rtasida Nabiylari sunnati bilan ish yuritadi. Islomni yer yuzida barqaror o‘rnatadi. Yetti yil turib, so‘ng vafot etadi. Unga musulmonlar janoza o‘qiydilar» (Abu Dovud rivoyati. Sanadi hasan).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:16:27

Ikkinchi fasl
Masih Dajjol

Kutilayotgan g‘aybiy yomonlik


Mo‘minlar uchun eng katta fitna Masih Dajjol fitnasidir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) namozlari so‘ngida tashahhuddan keyin, salomdan oldin Dajjol fitnasidan panoh tilaganlar va shunday qilishga buyurganlar. Bu ham Dajjol fitnasining katta va xatarli ekaniga dalolat qiladi.

29. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «(Qay) biringiz oxirgi tashahhuddan forig‘ bo‘lsa, to‘rt narsadan Allohdan panoh tilasin: jahannam azobidan, qabr azobidan, tiriklik va o‘lim fitnasidan hamda Masih Dajjol yomonligidan» (Muslim rivoyati).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:17:04

30. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Alloh taolodan quyidagicha panoh so‘rardilar: «Parvardigoro! Men Sendan do‘zax azobidan, do‘zax fitnasidan, qabr azobidan, qabr fitnasidan, boylik fitnasining yomonligidan, faqirlik fitnasining yomonligidan va Masih Dajjol fitnasining yomonligidan panoh tilayman. Jurmu isyondan panoh berishingni so‘rayman» (Muttafaqun alayh).

Dajjol fitnasining mo‘minlarga yetadigan fitnalar orasida eng katta ekanini tasdiqlovchi sahih rivoyatlar kelgan.

31. Imron ibn Husayndan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Odamning yaratilishidan to Qiyomat qoyimga qadar Dajjol (fitnasi)dan kattaroq (fitna) yo‘q» (Muslim rivoyati).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:17:34

32. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dajjolning (chiqqanini) eshitgan kishi undan uzoqlashsin, Allohga qasamki, o‘zini (iymoni baquvvat) mo‘min hisoblaguvchi kishi oldiga (Dajjol) kelganida, haligi kishi unga ergashib ketadi» (Abu Dovud sahih sanad bilan rivoyat qilgan).

Ya’ni, iymonini baquvvat, Dajjol fitnasi qarshisida o‘zini sobit tura oladigan deb biluvchi kishilar ham uni ko‘rganda fitnalanib qoladilar. Allohning o‘zi saqlasin!

33. Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi: «Ummi Shariyk menga Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) shunday deganlarini xabar berdi: «U zot: «Odamlar Dajjoldan qochib tog‘larga chiqib ketadi», dedilar. Men: «Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), u kunda arablar qaerda bo‘lishadi», deb so‘radim. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Ular ozdirlar!» dedilar» (Muslim rivoyati).

Dajjol va uning chiqishi haqida ko‘plab hadislar bor. Alloh madadi bilan mazkur hadislarning ba’zilarini keltirib o‘tamiz.

Qayd etilgan