32. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dajjolning (chiqqanini) eshitgan kishi undan uzoqlashsin, Allohga qasamki, o‘zini (iymoni baquvvat) mo‘min hisoblaguvchi kishi oldiga (Dajjol) kelganida, haligi kishi unga ergashib ketadi» (Abu Dovud sahih sanad bilan rivoyat qilgan).
Ya’ni, iymonini baquvvat, Dajjol fitnasi qarshisida o‘zini sobit tura oladigan deb biluvchi kishilar ham uni ko‘rganda fitnalanib qoladilar. Allohning o‘zi saqlasin!
33. Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi: «Ummi Shariyk menga Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) shunday deganlarini xabar berdi: «U zot: «Odamlar Dajjoldan qochib tog‘larga chiqib ketadi», dedilar. Men: «Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), u kunda arablar qaerda bo‘lishadi», deb so‘radim. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Ular ozdirlar!» dedilar» (Muslim rivoyati).
Dajjol va uning chiqishi haqida ko‘plab hadislar bor. Alloh madadi bilan mazkur hadislarning ba’zilarini keltirib o‘tamiz.