Muallif Mavzu: Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 163880 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #45 : 11 Yanvar 2007, 16:21:54 »
41. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Madinaga kirish yo‘llarida farishtalar turadi. U yerga Dajjol ham, o‘lat ham kirmaydi» (Buxoriy rivoyati).

42. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dajjol Madina (yoni)ga kelib, u yerni qo‘riqlab turgan farishtalarni ko‘radi. Inshaalloh, Madinaga Dajjol ham, vabo ham yaqinlashmaydi» (Buxoriy rivoyati).
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #46 : 11 Yanvar 2007, 16:22:27 »
43. Ansoriy sahobalarning biridan rivoyat qilinadiki, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Sizlarni Masihdan ogohlantiraman. U yer yuzida qirq tong (kun) turadi. Saltanati barcha buloq bo‘yiga yetadi. Faqat to‘rtta masjidga kelmaydi (kirmaydi): Ka’ba, Payg‘ambar masjidi, Masjidul Aqso va Tur (masjidi)».

Ibn Hajar: «Bu hadisni Ahmad rivoyat etgan, roviylari ishonchli kishilardir», deb aytgan («Fathul Boriy»dan).

Abu Nuaym siqot (ishonchli) tobe’inlardan biri Hasson ibn Atiyya tarjimai holida sahih sanad bilan rivoyat qiladi: «Dajjol fitnasidan faqat o‘n ikki ming erkak va yetti ming ayolgina omon qoladi (xolos)».

Ibn Hajar aytadi: «Bu o‘ylab turib aytiladigan gap emas. Ehtimol, ma’ruf hadisdir. Ehtimol, uni ba’zi bir ahli kitob so‘zidan olgandir» («Fathul Boriy»dan).
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #47 : 11 Yanvar 2007, 16:23:06 »
44. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dajjol kelib, Madinaning yaqiniga tushadi. So‘ng Madina uch marta silkinadi. Shunda uning oldiga barcha kofir va munofiq kimsalar chiqadi» (Buxoriy rivoyati).

45. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Tushimda Ka’bani tavof qildim. Qoracha, sochlari yoyilgan bir kishi boshidan suv tomchilardi. Men: «Bu kim?» deb so‘radim. «(Iso) ibn Maryam», deyishdi. So‘ng yana aylanishda davom etdim. Banogoh gavdali, qip-qizil, jingalak sochli bir ko‘zi ko‘r kishi(ga ko‘zim tushdi). Uning ko‘zi uzum donasidek nursiz edi. «Bu Dajjol», deyishdi. U xuzoalik Ibn Qatonga (Ibn Qaton – Abdul Uzzo Qaton. Xuzoadan. Johiliyatda hayotdan ko‘z yumgan) juda o‘xshab ketadi» (Buxoriy rivoyati).

«Dajjol Madinaga kirishdan mahrum qilingan-ku?! U qanday qilib Ka’bani tavof etishi mumkin?!» degan savolga qozi Iyoz shunday javob beradi: «Dajjol Makkaga oxir zamonda chiqqan payti kiritilmaydi».
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #48 : 11 Yanvar 2007, 16:25:41 »
46. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) namozda Dajjol fitnasidan panoh tilaganlarini eshitganman» (Buxoriy rivoyati).

47. Nuvas ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Dajjol haqida gapirib shunday dedilar: «Agar u chiqqanida men orangizda bo‘lsam, qarshingizda o‘zim unga hujjat keltiruvchiman. Agar orangizda yo‘qligimda chiqsa, har kim o‘ziga-o‘zi hujjat keltiruvchi (himoyachi) bo‘ladi. Barcha muslim ustida Alloh o‘rinbosarim (hujjat keltiruvchi)dir. Sizlardan qay biringiz Dajjol (zamoni)ga yetsa, unga (qarshi) Kahf surasining avvalgi (oyatlari)ni o‘qisin. Bu oyatlar sizlarni Dajjol fitnasidan saqlovchi bo‘ladi.
– U qancha turadi? – deb so‘radik biz.
– Qirq kun, – dedilar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), – bir kuni yildek, bir kun oydek va yana bir kuni haftadek, qolgan kunlari (oddiy) kunlaringizdek bo‘ladi.
– Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam). Bir yildek bo‘ladigan kunda bir kecha-kunduzlik namoz bizga kifoya qiladimi?
– Yo‘q. Unga o‘z miqdorini belgilaysizlar. So‘ng Damashq sharqidagi oq minora oldiga Iso ibn Maryam tushadi. Lud darvozasi yonida Dajjolga yetib, uni o‘ldiradi» (Muslim va Termiziy batafsil rivoyat etishgan. Abu Dovud muxtasar bayon qilgan. Yuqoridagi lafz Abu Dovud rivoyatidan).
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #49 : 11 Yanvar 2007, 16:26:14 »
Navaviy «Sharhi Sahihi Muslim»da aytadi: «Ulamolar mazkur hadisni zohiriga ko‘ra olishgan. Yuqorida aytib o‘tilgan uch kun uzunlikda haqiqatan yil, oy va haftaga teng keladi. Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Qolgan kunlari (oddiy) kunlaringizdek bo‘ladi», deganlari ham shunga dalolat qiladi. Endi o‘sha uzun kunlarga o‘z miqdor-o‘lchovini berishga kelsak, bu quyidagicha tushuniladi: o‘sha kunning tonggi otgach, har kuni o‘lchov bilan peshin kutiladi. Odatdagi vaqtga ko‘ra peshin kirganligi aniqlanib, namoz o‘qiladi. Peshindan so‘ng odatda asr kirishi uchun qancha kutilsa, shuncha turilib asr o‘qiladi. Asrdan so‘ng shom kirishi uchun ilgari qancha vaqt kutilgan bo‘lsa, yana shuncha muddat kutiladi-da, keyin shom o‘qiladi. Xufton va bomdodlar ham xuddi shunday belgilanadi».

Menimcha, mazkur uch kunning uzunligidan murod – u kunlarda Dajjol fitnasi sababli qattiq qayg‘urish bo‘lsa kerak. Ya’ni, kunlar qayg‘u-g‘am ko‘pligi bois yildek, oydek uzun tuyuladi.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #50 : 11 Yanvar 2007, 16:27:05 »
*  *  *

Savol: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ashoblariga: «U kunlarga o‘z miqdorini belgilaysizlar», deb javob berishlari bilan sahobalarning u kunlarni haqiqatan ham yil-oy kabi uzun deb tushunganlarini tasdiqlamadilarmi?

Javob: Balki bu yerda shar’iy hukm bayon qilinayotgandir. Ya’ni, qutb va shimol tomonlardagi kabi uzun kunlar musulmonlar boshiga tushsa, nima qilish lozimligi tushuntirilgan. Yana Allohning o‘zi bilguvchiroqdir!
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #51 : 11 Yanvar 2007, 16:27:48 »
Savol: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) qanday qilib sahobalari noto‘g‘ri tushunsalar ham, ularni tasdiqlab, indamay qo‘ydilar?

Javob: Bu taqrir tasdiq emas. Balki o‘ta muhim shar’iy ahkomlarni bayon qilib berishdir. Chunki kunning 24 soatdan ortiq bo‘lishi hayotda uchraydigan hodisa va ayni mana shunday holatda namoz hukmini bayon qilib berish vojibdir.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #52 : 11 Yanvar 2007, 16:28:28 »
Savol: Agar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Dajjol kunlarining uzunligini aytayotganlarida haqiqiy emas, nisbiy (ma’joziy) uzunlikni nazarda tutgan bo‘lsalar, nega endi ashoblariga buni ochiq aytib qo‘ymadilar?

Javob: Bu ta’riflash, ochiq-oydin bayon qilishdan ko‘ra balog‘atliroq. Bunga boshqa bir misol keltirish ham mumkin:

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) ayollaridan biri u kishidan: «Qay birimiz sizga eng tez yetishamiz?» deb so‘radi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Eng uzun qo‘lligingiz», dedilar. Ular bir qamishni olib, o‘lchashga kirishdilar. Savdaning qo‘li hammanikidan uzun chiqdi. Keyin bilsak, uning uzun qo‘lliligi sadaqa qilishi (ochiqqo‘lligi) ekan. Bizning ichimizda u eng birinchi Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) yetishdi. U sadaqa qilishni yaxshi ko‘rar edi» (Muttafaqun alayh).
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #53 : 11 Yanvar 2007, 16:29:31 »
Demak, some’lar noto‘g‘ri tushunsalar ham, ba’zan bayon-izoh bermasdan sukut saqlash ham mumkin ekan. Ya’ni, kishilar keyinroq ishoralar orqali so‘zdan nima ko‘zda tutilganini bilib olishadi.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Eng uzun qo‘lligingiz», deganlarida faqir-miskinlarga ko‘p sadaqa qiluvchi ma’nosini nazarda tutgan edilar. Lekin onalarimiz so‘zning zohirini tushunib, qo‘l o‘lchashga tutinishdi. Ammo keyinroq o‘zlarining xatolarini anglab yetdilar.

Fikrimizga dalil sifatida yana bir misol keltiramiz:

Namrud: «Men ham kishilarga (xohlasam) hayot beraman, (xohlasam) o‘ldiraman», deb yolg‘on da’vo qilganida, Ibrohim alayhissalom uni yolg‘onchiga chiqarmagan edilar. Ya’ni bu yolg‘on da’voga sukut qilganlar. Lekin sukut tasdiqlash emasdi. Ibrohim alayhissalom uni quyidagi so‘zlar bilan mot qildi:

«Alloh podshohlik berganidan hovliqib Ibrohim bilan Parvardigori haqida talashgan kimsaning (Namrudning) holi-xabarini bilmadingizmi? Qaysiki Ibrohim: «Parvardigorim tiriltirib, o‘ldiradigan zotdir», deganida, u: «Men (ham) tiriltiraman va o‘ldiraman», dedi. Ibrohim aytdi: «Albatta, Alloh quyoshni mashriqdan chiqaradi. Sen uni mag‘ribdan chiqargin-chi?» Shunda bu inkor qiluvchi dovdirab qoldi. Alloh zolim kimsalarni hidoyat qilmaydi» (Baqara, 258).
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #54 : 11 Yanvar 2007, 16:30:02 »
Namrud o‘zicha o‘ldirish va hayot berishni xato tushungan edi. Ibrohim alayhissalom uning bu noto‘g‘ri tushunishi haqida hech narsa demadilar-da, boshqa bir rad qilib bo‘lmaydigan dalil keltirdilar. Kofir kimsa lom-mim deya olmay qoldi.

Men so‘zimni qat’iy ravishda haq deb aytayotganim yo‘q. Bu bir ehtimol – taxmin xolos. Faqat bizning fikrimizni yoki yana boshqa bir ta’vilni keskin man qiladigan mone’ ko‘rilmayapti. Zero, Alloh taolo barcha narsaga qodirdir!

Endi Dajjol fitnasiga qarshi Kahf surasining avvalgi oyatlarini o‘qishga kelsak, uni quyidagi hadis sharhlab beradi.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #55 : 11 Yanvar 2007, 16:30:53 »
48. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Kim Kahf surasining avvalidan o‘n oyatni yod olsa, Dajjol fitnasidan ma’sum qoladi» (Ahmad, Muslim va Nasoiylar rivoyati).

Hadislarda Dajjol fitnasiga yo‘liqmasdan ilgari yaxshi amallarni ko‘proq qilib qolishga buyurilgan.

49. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Yetti (narsa kelishidan oldin yaxshi) amallarga shoshilingiz. Nimani kutyapsizlar? (Hamma narsani) unuttirguvchi faqirliknimi, (insonni) haddidan oshirib tug‘yonga soluvchi boyliknimi, (sog‘lik-salomatlikni) buzuvchi-izdan chiqaruvchi kasalliknimi, aqlni zaif qilib qo‘yuvchi qariliknimi, (hamma narsaga xotima yasab) tugatuvchi o‘limnimi, kutilayotgan g‘aybiy yomonlik – Dajjolnimi yoki Qiyomat qoyimnimi (kutyapsizlar!)? Darhaqiqat, Qiyomat dahshatli va o‘ta achchiqdir» (Termiziy rivoyati, hasan).
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #56 : 11 Yanvar 2007, 16:32:34 »
Uchinchi fasl
Dajjol hozir hayotmi?


Ajab savol.
Javob ham ajab.
Sahih hadislarda Masih Dajjolning Yaman dengizi orollarining birida tutqin ekani rivoyat qilingan.
Yana boshqa sahih rivoyatlarda esa Dajjol sifatlarini o‘zida jamlagan kimsa haqida xabar berilgan. Hadislarda aytilishicha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) zamonlarida yashagan o‘sha kimsaning ismi Ibn Sayyod yoki Ibn Said bo‘lgan.

Shubhasiz mazkur hadislarning hammasi ham sahih va kuchli sanadli hadislar. Masalaning o‘ta nozikligi, rivoyatlarni jamlash yoki birini boshqasidan og‘ir-kuchli deyish mushkulligi bois ulamolar turlicha fikr bildirganlar.

Alloh taolo iznu irodasi bilan quyida mavzuga aloqador hadislarni va ulamolar so‘zini sanab o‘tamiz. So‘ng Alloh madadi ila, inshaalloh, bir to‘xtamga kelamiz.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #57 : 11 Yanvar 2007, 16:32:57 »
Tamim Doriy hadisi

50. Fotima binti Qays roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Jarchining «Jamoat namozi» deya jar solayotganini eshitib, masjidga chiqdim. Qavmning eng oxiridagi ayollar safida turib, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bilan namoz o‘qidim. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) namozlarini tugatgach, kulib minbarga o‘tirdilar. So‘ng: «Hech kim joyidan jilmasin. Sizlarni nega to‘plaganimni bilasizlarmi?» dedilar Nabiy alayhissalom. «Alloh va rasuli bilguvchiroqdir!» deb javob qaytardi kishilar. «Allohga qasamki, men sizlarni qo‘rquv yoki quvonch sababli jamlaganim yo‘q. Sabab shuki, Tamim Doriy nasroniy edi.  U kelib bay’at berdi va musulmon bo‘ldi. Tamim Doriy menga bir gap aytdi. Uning so‘zlari men sizlarga aytgan Dajjol haqidagi so‘zlarga muvofiq kelar ekan. Tamim Doriyning aytishicha, u Laxm va juzomlik o‘ttiz kishi bilan birga kemaga o‘tiribdi. (Dengiz) to‘lqini ularni(ng kemasini) bir oy o‘ynabdi. So‘ng kunbotarda ular bir orolga yaqinlashibdilar. Kichik-kichik qayiqlarga tushib, orolga kelishibdi. Ularga bir qalin sochli (jundor) hayvon (maxluq) ro‘baro‘ bo‘libdi. Uning (juni ko‘pligidan) orqasidan oldidagi narsani bilmabdilar.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #58 : 11 Yanvar 2007, 16:33:55 »
– Vayl bo‘lsin senga! Kimsan? – deb so‘rabdilar.
– Men Jassasa bo‘laman, – deydi.
– Nima u Jassasa?
– Ey qavm! Sizlar (mana bu) dayr (g‘or)dagi odamning oldiga kiringlar! U xabaringizga mushtoq (bo‘lib o‘tiribdi).
Maxluq ular tomon yura boshlaganini ko‘rgach, shayton-jin bo‘lishidan (qo‘rqib), undan uzoqlashibdilar.
(Tamim Doriyning o‘zi) aytadi: «Biz tez yurib dayrga kirdik. U yerda bahaybat bir inson turardi. (Bu ulkan gavdali kishi) mahkam zanjirlangan edi.
– Vayl bo‘lsin, sen kimsan? – deb so‘radik.
– Darhaqiqat, mening xabarimni (bilishga) qodir bo‘ldingiz. Aytinglar-chi, o‘zlaring kimsizlar?
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #59 : 11 Yanvar 2007, 16:34:23 »
– Biz arablarmiz. Kemaga chiqqan edik, dengiz to‘lqinlanib bizni bir oy o‘ynadi. So‘ng sening orolingga yaqin kelib qolibmiz. Qayiqlarga o‘tirib, orolga tushdik. Bizga bir jundor – sochi ko‘p hayvon ro‘baro‘ bo‘ldi. Sochi (juni) ko‘pligidan orqasidan oldida nima borligini bilmadik. Unga: «Vayl bo‘lsin senga, kimsan?» deb savol berdik. «Men Jassasaman», dedi. «Nima u Jassasa», dedik. U aytdiki: «Dayrda o‘tirgan anavi kimsa oldiga boringlar. U xabaringizga mushtoq». So‘ng sen tomonga tez yo‘l oldik. Uning shayton bo‘lishidan qo‘rqqan edik.
(G‘ordagi kimsa) dedi:
– Menga Bayson xurmolari haqida xabar beringiz.
– Uning nimasi haqida so‘rayapsan? – dedik biz.
– U yerning xurmolari meva solyaptimi?
– Ha!
– Meva bermay qolay demayaptimi? Endi Tabariya ko‘li haqida xabar beringiz.
– Uning qaysi narsasidan xabar berishimizni so‘rayapsan?
– Ko‘lda suv bormi?
– Ha, hali ko‘lning suvi ko‘p.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

 

Muhammad Huzariy. Nur-ul yaqin

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 545
Ko'rilgan: 170755
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 08:27:09
muallifi AbdulAziz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblari

Muallif AbdusalomBo'lim Islom

Javoblar: 37
Ko'rilgan: 93480
So'nggi javob 30 Noyabr 2013, 14:05:53
muallifi Ҳанафий
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar ul-Foruq)

Muallif Munira xonimBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 124
Ko'rilgan: 43288
So'nggi javob 12 Iyul 2008, 09:09:21
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad. Ota-ona rizosi

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 54
Ko'rilgan: 32204
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 01:07:13
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad. Rasululloh (s.a.v.) qaytarganlar

Muallif MuslimaxonBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 72
Ko'rilgan: 31790
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:30:54
muallifi AbdulAziz