Muallif Mavzu: Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 163623 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #60 : 11 Yanvar 2007, 16:35:12 »
– U quriy-quriy deb qolmadimi? (Endi) Zug‘ar bulog‘i haqida gapiringiz!
– Uning nimasi haqida xabar kerak?
– Buloqda suv bormi? Aholi uning suvi bilan ekin ekyaptimi?
– Ha, buloqda suv ko‘p. Buloq ahli uning suvidan foydalanib ekin ekishyapti.
– Ummiylar payg‘ambari haqida xabar beringiz! U nima qildi?
– Payg‘ambar Makkadan chiqdi. Madinaga tushdi.
– Arablar bilan urushdimi?
– Ha!
– Ularga qanday muomala qildi?
Unga payg‘ambarning atrofdagi arablar ustidan g‘olib kelganini va ularning itoatga kirganini aytib berdik.
– Shunday bo‘ldimi?
– Ha.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #61 : 11 Yanvar 2007, 16:35:56 »
– Unga itoat etishlari o‘zlariga yaxshi emasmidi? (Endi) sizlarga o‘zim haqimda xabar beray. Men Masih Dajjolman. Chiqishga izn berilishiga yaqin qoldi, deb turibman. Qirq kun ichida Makka va Toyyibadan boshqa barcha qishloq (shahar)ni kezib chiqaman. Makka bilan Toyyiba menga harom qilingan. Qachon ularga maqsad qilsam, meni qo‘lida yalong‘ochlangan qilich tutgan farishta qarshilab, u yerdan to‘sadi. Uning (shaharning) har bir (kirish) yo‘lida farishtalar qo‘riqchilik qiladi».

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) so‘ng asolari bilan minbarga urib: «Mana shu (er) Toyyiba (ya’ni, Madina) Axir men sizlarga mana shu gaplarni aytmaganmidim?!» dedilar. «Ha (aytgansiz)», deyishdi kishilar. «Tamimning so‘zlari mening Dajjol va Madina-Makka haqida sizlarga aytgan so‘zlarimga muvofiq kelganidan ajablandim. Ogoh bo‘lingizkim, u (Dajjol) Shom va Yaman dengizida. Yo‘q, balki u mashriq tomondan, mashriq tomondan, mashriq tomondan», deya Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) qo‘llari bilan mashriqqa ishora qildilar».
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #62 : 11 Yanvar 2007, 16:36:21 »
Fotima binti Qays aytadi: «Men bularni Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) (eshitib) yodlab olganman» (Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyati).

Mazkur hadisni Fotima binti Qays bilan birgalikda Abu Hurayra, Oisha va Jobir (roziyallohu anhum) ham rivoyat qilishgan.

Yuqoridagi sahih hadis Masih Dajjolning Yaman va Shom dengizi orollaridan birida zanjirband ekaniga ochiq dalolat qilmoqda. Boshqa (38- va 39-) hadislarda sharhlanganidek, u mashriq tomondan – Xuroson yoki Isfahondan chiqadi.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #63 : 11 Yanvar 2007, 16:37:33 »
*  *  *

Savol: Bugunga kelib barcha katta-kichik orollar kashf qilib bo‘lindi. Biron yerda Dajjolga tegishli bir narsa topilmadi. Xo‘sh, bunga nima deyiladi?

Javob: Biz Allohga va Uning rasuliga iymon keltirganmiz. Inshaalloh, bu savolga mana shu javob kifoya. Endi boshqacharoq bir javob aytishga ham urinib ko‘ramiz:
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #64 : 11 Yanvar 2007, 16:38:10 »
Alloh taolo Masih Dajjolni insonlar ko‘zidan yashirib qo‘ygan. Biz agar butun orollarni kezib chiqsak ham, baribir uni hozir ko‘ra olmaymiz. Tamim Doriyning ko‘rishi esa Alloh tomonidan Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) haqliklariga qilingan qo‘shimcha alomat bo‘lgan. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytgan so‘zlar bilan Tamim Doriy keltirgan xabar bir-biriga muvofiq edi.

Nabiy alayhissalom uning so‘zlarini kishilarga yetkazar ekanlar, quvonchlarini hech kimdan yashirmagan edilar.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #65 : 11 Yanvar 2007, 16:39:25 »
Ibn Sayyod Masih Dajjolmi?!

Ibn Sayyod Madinai Munavvarada tug‘ilgan. Ota-onasi yahudiy bo‘lgan. Unda Dajjol alomat-belgilari topilgan. Ashobi kiromlar uning Dajjol yoki Dajjol emasligini bila olmaganlar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bu haqda ochiq bir gap gapirmaganlar. Biz bu faslda Ibn Sayyod haqidagi hadislarni va masalaning daqiq o‘rinlarini sharhlagan ulamolar so‘zlarini keltirib o‘tamiz. So‘ng, inshaalloh, o‘zimiz haq deb topgan xulosani bayon qilamiz.

51. Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilinadi: «Umar ibn Xattob va bir guruh sahobalar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bilan Ibn Sayyod tomonga (uni izlab) chiqdilar. Ibn Sayyod Bani Mug‘olaning baland uylari yonida bolalar bilan o‘ynab yurgan ekan. Bu vaqtda u balog‘atga yetay deb qolgan edi. Ibn Sayyod to Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) uning yelkasiga turtmagunlariga qadar hech narsa sezmadi. «Mening Alloh payg‘ambari ekanimga guvohlik berasanmi?» deb so‘radilar. Ibn Sayyod Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) qaradi-da: «Sizning ummiylar payg‘ambari ekaningizga guvohlik beraman, siz meni Allohning rasuli deb guvohlik berasizmi?» dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) uni rad qildilar va: «Allohga va Uning rasuliga iymon keltirdim», dedilar. So‘ng Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ibn Sayyoddan so‘radilar: «Nimalar ko‘ryapsan?» «Menga rostgo‘y ham, yolg‘onchi ham kelyapti», javob berdi Ibn Sayyod. «Inshaalloh, sen uchun chigal bo‘libdi (aralashib ketibdi)», dedilar Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam). So‘ng yana Ibn Sayyodga gapirdilar: «Men sendan bir narsani yashirdim».
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #66 : 11 Yanvar 2007, 16:44:21 »
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Duxon surasining quyidagi oyatini yashirgan edilar:

«Osmon ochiq tutun (duxon)ni keltiradigan kun» (Duxon, 10).

Ibn Sayyod: «Dux», dedi (ya’ni to‘liq ayta olmadi).

«Tur, yo‘qol! – dedilar Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam), – hech qachon haddingdan oshma!»

Shunda Umar ibn Xattob dedi: «Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)! Ruxsat bering, uning bo‘yniga uray!» Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Agar u (haqiqatan ham Dajjol) bo‘lsa, hech qachon uning ustida hukmingni o‘tkaza olmaysan. Agar u (Dajjol) bo‘lmasa, uni o‘ldirishda sen uchun biron yaxshilik yo‘q» (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #67 : 11 Yanvar 2007, 16:45:45 »
Olim aytadiki: «Men Ibn Umarning shunday deganini eshitganman: Shu (voqea)dan so‘ng Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ubay ibn Ka’b Ansoriy bilan Ibn Sayyod yotgan xurmozorga bordilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) xurmo shoxlariga tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo‘lib xurmozorga kirdilar. Chunki Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) Ibn Sayyodga o‘zlarini ko‘rsatmay turib, uning so‘zlarini eshitmoqchi edilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ibn Sayyodning o‘z to‘shagida barxat yopinchig‘i ustida yotganini ko‘rdilar. U yerdan g‘o‘ng‘illagan ovoz kelardi. Banogoh Ibn Sayyodning onasi Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) ko‘rib qoldi va Ibn Sayyodga: «Ey Sof, ana Muhammad», dedi (Sof – Ibn Sayyodning ismi). (Onasining so‘zlarini eshitgan) Ibn Sayyod o‘rnidan sakrab turdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Agar (onasi) indamaganida, uning ishi oydinlashgan bo‘lardi».
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #68 : 11 Yanvar 2007, 16:46:25 »
52. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumolar Madina yo‘llarining birida Ibn Sayyodni uchratib qolishdi.
– Mening Alloh rasuli ekanimga guvohlik berasanmi? – dedilar Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam).
– Siz meni Alloh rasuli deb guvohlik berasizmi? – dedi Ibn Sayyod.
– Allohga, farishtalariga va kitoblariga iymon keltirdim. (Ey Ibn Sayyod) Nimalarni ko‘ryapsan?
– Suv ustida turgan arshni ko‘ryapman.
– Sen dengiz ustida Iblis arshini ko‘rgansan. (Yana) nima ko‘ryapsan?
– Ikki rostgo‘y va bir yolg‘onchini yoki ikki yolg‘onchi va bir rostgo‘yni ko‘ryapman.
– Uniki chalkash-chigal bo‘lib ketibdi. Qo‘yinglar uni, – dedilar Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) (Muslim va Termiziy rivoyati).
«Uniki chalkash-chigal bo‘lib ketibdi», degan so‘zdan unga shayton xabar olib kelishi, hammasi aralashib ketgani tushuniladi.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #69 : 11 Yanvar 2007, 16:46:59 »
53. Abu Said Xudriy (r.a.) aytadilar: «Makka yo‘lida Ibn Sayyodga hamroh bo‘ldim. Yo‘lda u menga shunday dedi:
– Meni Dajjol deb gumon qiladigan kishilarni uchratganmisan? Axir Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Dajjol Madinaga ham, Makkaga ham kirmaydi», degan so‘zlarini eshitmaganmisan?
– Ha (eshitganman), – dedim men.
– Men Madinada tug‘ilganman. Hozir Makkaga ketyapman...
So‘ng so‘zi oxirida yana shunday dedi:
– Allohga qasamki, Dajjolning tug‘ilgan joyini, makon-manzilini va qaerda ekanini bilmaymanmi?! (Bilaman.)
Abu Said Xudriy aytadi: «U meni shubhalantirib qo‘ydi» (Muslim rivoyati).
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #70 : 11 Yanvar 2007, 16:47:29 »
54. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Haj (yoki umra) niyatida chiqqanimizda oramizda Ibn Sayyod ham bor edi. Yo‘lda bir manzilga qo‘ndik. Hamma har yoqqa tarqab ketdi. Men va Ibn Sayyoddan boshqa hech kim qolmadi. U haqda turli gaplar aytilgani bois, yolg‘iz qolganimdan juda cho‘chidim. Ibn Sayyod narsalarini olib kelib mening narsalarim yoniga qo‘ydi.
– Issiq qattiq (bo‘lyapti), – dedim men. – Narsalaringni anavi daraxt tagiga qo‘ymaysanmi?
U aytganimdek qildi.
Qo‘ylar ko‘rindi. Ibn Sayyod borib, katta kosa(da sut) olib keldi.
– Ey Abu Said, ich, – dedi.
– Issiq qattiq bo‘lyapti. Sut ham issiq, – dedim. Men uning qo‘lidan sut ichishni xohlamaganim uchungina shunday degan edim. Ibn Sayyod dedi:
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #71 : 11 Yanvar 2007, 16:48:01 »
– Ey Abu Said. Odamlarning men to‘g‘rimda aytayotgan gaplaridan (to‘yganim uchun) arqon olib, daraxtga o‘zimni ossam, deyman. Sizlarga – ansorlar jamoasiga maxfiy bo‘lmagan Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) (qaysi bir) hadislari biron kishidan maxfiy qolibdi?! Sen Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) hadislarini eng yaxshi biluvchilardan emasmisan?! Axir Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «U (Dajjol) kofir bo‘ladi», demaganmidilar?! Men musulmonman-ku! Yoki: «U bepusht bo‘ladi. Undan farzand tug‘ilmaydi», demaganmidilar?! Men Madinada farzandlarimni qoldirib kelyapman-ku! Yana Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Dajjol Madinaga ham, Makkaga ham kirmaydi», degan emasmilar? Axir men Madinadan chiqib, Makkaga ketmayapmanmi?!
Abu Said aytadi: «Hatto uni kechirib yuborishimga sal qoldi».
«So‘ng Ibn Sayyod dedi:
– Allohga qasamki, men Dajjolning qachon dunyoga kelishini va hozir qaerda ekanini bilmaymanmi?! (Ya’ni, juda yaxshi bilaman, demoqchi.)
Abu Said aytadi:
– Abadul abad senga halokat-hasrat bo‘lsin! – dedim men unga (Muslim rivoyati).
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #72 : 11 Yanvar 2007, 16:49:10 »
55. Ibn Umarning mavlosi (ozod qilgan quli) Nofe’dan rivoyat qilinadi: Ibn Umar (r.a.) Madina yo‘llarining birida Ibn Sayyodni uchratib, unga g‘azabini qo‘zg‘aydigan bir so‘z aytdi. (G‘azablangan) Ibn Sayyod shishib-kattalashib, hatto ko‘chani to‘ldirdi. So‘ng Ibn Umar (r.a.) Hafsa roziyallohu anhoning oldiga kirdi. U ham voqeadan xabardor bo‘lgan edi. Hafsa Ibn Umarga dedi: «Alloh rahmatiga yo‘liqqur, Ibn Sayyoddan nimani xohlagan eding. Axir Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «U (Ibn Sayyod) avval g‘azab qilib keyin chiqadi», deganlarini bilmaysanmi?» (Muslim rivoyati)
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #73 : 11 Yanvar 2007, 16:50:37 »
56. Yana Nofe’dan rivoyat qilinadi: Ibn Umar aytadi: «Men uni (ya’ni, Ibn Sayyodni) ikki marta uchratdim. Bir gal uni qavm bilan ko‘rdim. Qavmdagilardan biriga: «Sizlar uni o‘sha (Dajjol) deb aytasizlarmi?» dedim. Ular qasam ichib: «Yo‘q (unday emas)», dedilar. «Meni aldayapsizlar, – dedim men. – Sizlardan kimdir aytgan edi. U to orangizda eng badavlat va serfarzand kishi bo‘lmaguncha o‘lmas emish». Biz bir oz gaplashib turib so‘ng ajralishdik. Boshqa safar uni uchratganimda (bir) ko‘zi chiqqan ekan. Men undan: «Bir ko‘zing qachon chiqdi?» deb so‘radim. «Bilmayman», dedi u.
«Boshingda turgan ko‘zingni ham bilmaysanmi?»
«Agar Alloh xohlaganida uni sening manavi asoingda ham yaratgan bo‘lardi».
Shundan so‘ng u xuddi eshakdek juda qattiq pishqirib, xirillab yubordi. Ba’zi yo‘ldoshlarim aytishicha, men uni qo‘limdagi aso bilan uribman va hatto asoim sinib ketibdi. O‘zim esa, Allohga qasamki, hech narsa sezganim yo‘q».
Ibn Umar keyin mo‘minlar onasi (Hafsa roziyallohu anho) oldiga kirib, bo‘lgan voqeani gapirib berdi. Ummul mo‘minin (Hafsa) dedi: «Undan nima istaysan? Axir Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) quyidagi so‘zlarini bilmaysanmi: «Albatta, uning insonlarga yuboradigan eng birinchi narsasi g‘azabidir» (Muslim rivoyati).
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #74 : 11 Yanvar 2007, 16:52:02 »
«O‘zim hech narsa sezganim yo‘q», degani Ibn Umarning (r.a.) Ibn Sayyodga qattiq g‘azab qilganiga dalil bo‘ladi. Hatto Ibn Umar o‘zining nima qilganini sezmay qoldi. G‘azab, agar mana shu darajaga chiqsa, «ig‘loq» (yopish, berkitib tashlash, qorong‘u qilish) deyiladi. Chunki u kishiga maqsadini qorong‘u qiladi. (Ya’ni, odam o‘zining nima qilayotganini sezmaydi).
Hafsa roziyallohu anhoning Ibn Umarga aytgan so‘zidan, u ham otasi va inisining fikrida ekani, ya’ni, Ibn Sayyodni Dajjol deb bilishi ko‘rinadi. Umar (r.a.) Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlarida Ibn Sayyodni Dajjol deb qasam ichgan edi.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

 

Muhammad Huzariy. Nur-ul yaqin

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 545
Ko'rilgan: 170614
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 08:27:09
muallifi AbdulAziz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblari

Muallif AbdusalomBo'lim Islom

Javoblar: 37
Ko'rilgan: 93359
So'nggi javob 30 Noyabr 2013, 14:05:53
muallifi Ҳанафий
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar ul-Foruq)

Muallif Munira xonimBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 124
Ko'rilgan: 43254
So'nggi javob 12 Iyul 2008, 09:09:21
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad. Ota-ona rizosi

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 54
Ko'rilgan: 32181
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 01:07:13
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad. Rasululloh (s.a.v.) qaytarganlar

Muallif MuslimaxonBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 72
Ko'rilgan: 31766
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:30:54
muallifi AbdulAziz