Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 173922 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 27 B


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:47:29

54. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Haj (yoki umra) niyatida chiqqanimizda oramizda Ibn Sayyod ham bor edi. Yo‘lda bir manzilga qo‘ndik. Hamma har yoqqa tarqab ketdi. Men va Ibn Sayyoddan boshqa hech kim qolmadi. U haqda turli gaplar aytilgani bois, yolg‘iz qolganimdan juda cho‘chidim. Ibn Sayyod narsalarini olib kelib mening narsalarim yoniga qo‘ydi.
— Issiq qattiq (bo‘lyapti), — dedim men. — Narsalaringni anavi daraxt tagiga qo‘ymaysanmi?
U aytganimdek qildi.
Qo‘ylar ko‘rindi. Ibn Sayyod borib, katta kosa(da sut) olib keldi.
— Ey Abu Said, ich, — dedi.
— Issiq qattiq bo‘lyapti. Sut ham issiq, — dedim. Men uning qo‘lidan sut ichishni xohlamaganim uchungina shunday degan edim. Ibn Sayyod dedi:

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:48:01

— Ey Abu Said. Odamlarning men to‘g‘rimda aytayotgan gaplaridan (to‘yganim uchun) arqon olib, daraxtga o‘zimni ossam, deyman. Sizlarga — ansorlar jamoasiga maxfiy bo‘lmagan Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) (qaysi bir) hadislari biron kishidan maxfiy qolibdi?! Sen Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) hadislarini eng yaxshi biluvchilardan emasmisan?! Axir Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «U (Dajjol) kofir bo‘ladi», demaganmidilar?! Men musulmonman-ku! Yoki: «U bepusht bo‘ladi. Undan farzand tug‘ilmaydi», demaganmidilar?! Men Madinada farzandlarimni qoldirib kelyapman-ku! Yana Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Dajjol Madinaga ham, Makkaga ham kirmaydi», degan emasmilar? Axir men Madinadan chiqib, Makkaga ketmayapmanmi?!
Abu Said aytadi: «Hatto uni kechirib yuborishimga sal qoldi».
«So‘ng Ibn Sayyod dedi:
— Allohga qasamki, men Dajjolning qachon dunyoga kelishini va hozir qaerda ekanini bilmaymanmi?! (Ya’ni, juda yaxshi bilaman, demoqchi.)
Abu Said aytadi:
— Abadul abad senga halokat-hasrat bo‘lsin! — dedim men unga (Muslim rivoyati).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:49:10

55. Ibn Umarning mavlosi (ozod qilgan quli) Nofe’dan rivoyat qilinadi: Ibn Umar (r.a.) Madina yo‘llarining birida Ibn Sayyodni uchratib, unga g‘azabini qo‘zg‘aydigan bir so‘z aytdi. (G‘azablangan) Ibn Sayyod shishib-kattalashib, hatto ko‘chani to‘ldirdi. So‘ng Ibn Umar (r.a.) Hafsa roziyallohu anhoning oldiga kirdi. U ham voqeadan xabardor bo‘lgan edi. Hafsa Ibn Umarga dedi: «Alloh rahmatiga yo‘liqqur, Ibn Sayyoddan nimani xohlagan eding. Axir Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «U (Ibn Sayyod) avval g‘azab qilib keyin chiqadi», deganlarini bilmaysanmi?» (Muslim rivoyati)

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:50:37

56. Yana Nofe’dan rivoyat qilinadi: Ibn Umar aytadi: «Men uni (ya’ni, Ibn Sayyodni) ikki marta uchratdim. Bir gal uni qavm bilan ko‘rdim. Qavmdagilardan biriga: «Sizlar uni o‘sha (Dajjol) deb aytasizlarmi?» dedim. Ular qasam ichib: «Yo‘q (unday emas)», dedilar. «Meni aldayapsizlar, — dedim men. — Sizlardan kimdir aytgan edi. U to orangizda eng badavlat va serfarzand kishi bo‘lmaguncha o‘lmas emish». Biz bir oz gaplashib turib so‘ng ajralishdik. Boshqa safar uni uchratganimda (bir) ko‘zi chiqqan ekan. Men undan: «Bir ko‘zing qachon chiqdi?» deb so‘radim. «Bilmayman», dedi u.
«Boshingda turgan ko‘zingni ham bilmaysanmi?»
«Agar Alloh xohlaganida uni sening manavi asoingda ham yaratgan bo‘lardi».
Shundan so‘ng u xuddi eshakdek juda qattiq pishqirib, xirillab yubordi. Ba’zi yo‘ldoshlarim aytishicha, men uni qo‘limdagi aso bilan uribman va hatto asoim sinib ketibdi. O‘zim esa, Allohga qasamki, hech narsa sezganim yo‘q».
Ibn Umar keyin mo‘minlar onasi (Hafsa roziyallohu anho) oldiga kirib, bo‘lgan voqeani gapirib berdi. Ummul mo‘minin (Hafsa) dedi: «Undan nima istaysan? Axir Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) quyidagi so‘zlarini bilmaysanmi: «Albatta, uning insonlarga yuboradigan eng birinchi narsasi g‘azabidir» (Muslim rivoyati).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:52:02

«O‘zim hech narsa sezganim yo‘q», degani Ibn Umarning (r.a.) Ibn Sayyodga qattiq g‘azab qilganiga dalil bo‘ladi. Hatto Ibn Umar o‘zining nima qilganini sezmay qoldi. G‘azab, agar mana shu darajaga chiqsa, «ig‘loq» (yopish, berkitib tashlash, qorong‘u qilish) deyiladi. Chunki u kishiga maqsadini qorong‘u qiladi. (Ya’ni, odam o‘zining nima qilayotganini sezmaydi).
Hafsa roziyallohu anhoning Ibn Umarga aytgan so‘zidan, u ham otasi va inisining fikrida ekani, ya’ni, Ibn Sayyodni Dajjol deb bilishi ko‘rinadi. Umar (r.a.) Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlarida Ibn Sayyodni Dajjol deb qasam ichgan edi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:00:37

58. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Ibn Sayyodni Harra kunida yo‘qotib qo‘ydik» (Abu Dovud sahih sanad bilan rivoyat qilgan).
Harra voqeasi taxminan hijratning 63 yilida Yazid ibn Muoviya zamonida bo‘lib o‘tgan. Demak, Ibn Sayyod Madinada musulmonlar orasida yetmish yildan ortiqroq yashagan. Harra jangi kunida yo‘qolib qolgan va hech kim uning qayoqqa ketganini bila olmagan. Hadisdan ko‘rinib turibdiki: «Ibn Sayyod o‘ldi, odamlar uning yuzini ochib ko‘rib, Dajjol emasligiga amin bo‘ldilar», kabi gaplar sahih emas ekan.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:02:57

59. Ibn Umar (r.a.) aytadi: «Allohga qasamki, men Masihi Dajjolning Ibn Sayyod ekaniga shubha qilmayman» (Abu Dovud sahih sanad bilan rivoyat qilgan).

60. Muhammad ibn Munkadirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Jobir ibn Abdullohni (r.a.) Alloh nomiga qasam ichib:
— «Ibn Sayyod Dajjol» deganini ko‘rdim.
— Siz Alloh nomiga qasam ichyapsizmi? — deb so‘radim undan.
— Men Umarning mana shunday deb Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlarida qasam ichganlarini eshitganman. Nabiy alayhissalom uni inkor qilmagan edilar» (Buxoriy, Muslim va Abu Dovud rivoyat qilgan).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:03:18

Dajjolning ota-onasi qanday ko‘rinishda bo‘ladi

Termiziy rivoyat qilgan bir hadisda Ibn Sayyodning Dajjol ekani deyarli ochiq aytilgan.

61. Abu Bakradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar:
— Dajjolning ota-onasi o‘ttiz yil yashab farzand ko‘rmaydilar. So‘ng bir ko‘zli bola tug‘iladi. U oilasida zarrari ko‘p, foydasi kam (bola bo‘ladi). Ko‘zlari uxlasa ham, qalbi uxlamaydi.
So‘ng Payg‘ambar alayhissalom uning ota-onasini ta’rifladilar.
— Otasi uzun bo‘yli, oriq, qushburun kishi, onasi esa ulkan gavdali, qo‘llari uzun ayol bo‘ladi».
Abu Bakra (r.a.) aytadi: «Madina yahudiylari orasida shunday ko‘rinishda tug‘ilgan bir bolaning daragini eshitdik. Men Zubayr ibn Avvom bilan birga uning ota-onasi oldiga bordim. Ularda Payg‘ambar alayhissalom aytgan sifatlar bor edi. Ulardan:
— Farzandingiz bormi? —  deb so‘radik.
— Biz o‘ttiz yil bola ko‘rmadik. So‘ng oilamizda bir ko‘zi ko‘r, zarari ko‘p, foydasi kam bir bola tug‘ildi. Uning ko‘zlari uxlaydi, ammo qalbi uyg‘oq bo‘ladi, — deb javob berdi yahudiy ota-ona.
Biz tashqariga chiqdik. Haligi bola yoping‘ichda o‘ranib, tashqarida yotgan ekan. U tomondan bir g‘o‘ldirash eshitilardi. Bola boshini ochib: «Nima dedinglar?» deb so‘radi. Biz ham: «Nima deganimizni eshitdingmi?» deb so‘radik.
«Ha — dedi u, — Mening ko‘zlarim uxlasa-da, qalbim uxlamaydi» (Termiziy rivoyati, hasan g‘arib).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:09:46

62. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir yahudiy ayoli bir ko‘zi ko‘r, boshqa ko‘zi esa bo‘rtib-turtib chiqqan bola tug‘di. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) uning Dajjol bo‘lib chiqishidan xavotir oldilar» (Imom Ahmad rivoyati).

63. Abu Zar G‘iforiydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) meni uning onasi oldiga yubordilar.
— So‘ra-chi, onasi uni necha oy qornida ko‘tarib yuribdi, — dedilar.
— Men uni 12 oy ko‘tarib yurdim, — dedi onasi, — tug‘ilgan vaqtida u xuddi bir yashar go‘dakdek chinqirdi» (Ahmad va Bazzoz rivoyati).

Endi Alloh izni va madadi bilan Ibn Sayyod haqidagi ulamolar so‘zini keltirib o‘tamiz.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:10:18

Xattobiyning fikri

Ibn Asir «Jome’ul usul»da Xattobiyning quyidagi so‘zlarini keltiradi:
«Ibn Sayyod xususida kishilar xilma-xil fikrlar bildirishgan. Ba’zan savol qilinadi: «Qanday qilib Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) yolg‘ondan payg‘ambarlik da’vosini qiluvchi kimsani Madinada sog‘-omon qoldirdilar? O‘zlariga hamshahar bo‘lib turishiga ruxsat berdilar? Buni qanday tushunmoq kerak? Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) nima uchun Duxon surasidan bir oyatni yashirdilar? So‘ng unga: «Tur, yo‘qol, hech qachon haddingdan oshma!» dedilar?»
Menimcha, bu voqea musulmonlar bilan Madina yahudiylari va uning ittifoqchilari o‘rtasida sulh tuzilgan vaqtlarda bo‘lib o‘tgan. Ya’ni, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Madinaga kelganlarida yahudiylar bilan quyidagi shartlar asosida sulh tuzgan edilar:
1. Yahudiylarning hech qachon shahardan chiqib ketmasliklari.
2. Ularning o‘z hollariga tashlab qo‘yilishlari.

Qayd etilgan