Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 173686 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 27 B


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:32:34

*  *  *

Agar siz Ibn Sayyod haqidagi hadislarni diqqat bilan o‘rganib chiqsangiz, uning tug‘ilishi payg‘ambarlik zamoniga juda yaqin bo‘lganini ko‘rasiz. Ibn Sayyodning yashirin tarixi esa musulmonlar boshiga eng katta sinov-balo tushgan kunlarga to‘g‘ri keldi. O‘sha kuni hijrat hovlisi ansorlar yurti — Madinaga Shom qo‘shini bostirib kirdi va u yerda turli xunuk ishlarga qo‘l urdi.

Ibn Sayyod mana shu kuni — Harra kunida g‘oyib bo‘lgan.

Guyo Ibn Sayyod bu kunni ataylab kutganga o‘xshaydi. Musulmonlar boshiga fitna balosi ag‘darilganini ko‘rib, qalbi bir oz orom oldi va shu bilan kifoyalanib, ko‘zdan yo‘qoldi. Vallohu a’lam!

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:33:04

Men hadislarni ko‘zdan kechirar ekanman, yana bir bor Umar (r.a.) qasamlarini ko‘nglimda tasdiqlayman. Darvoqe, Abdulloh ibn Umar, Jobir ibn Abdulloh, Abu Zar G‘iforiy va Abdulloh ibn Mas’udlar ham Umar (r.a.) bilan bir xil fikrda bo‘lishgan.

Dajjol Qizil dengiz bo‘yidagi orollardan birida kishanlab qo‘yilgan. Dajjol Ibn Sayyod qiyofasida Madinaga «tashrif buyurgan». Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) yuborilgan o‘sha vaqtlarda u ham payg‘ambarlik da’vosi bilan chiqdi. Ashobi kiromlarni fitna domiga tortishga urindi. Lekin Alloh taolo mo‘minlarni uning yomonligidan omon saqladi. Dajjol Islom g‘olib bo‘lgach, boshqa yahudiylar kabi shahardan quvilmaslik uchun o‘zini musulmon qilib ko‘rsatdi. Musulmonlar orasiga fitna urug‘ini sochishda uning qanchalik xizmat ko‘rsatgani yolg‘iz Allohga ayon! Usmonning (r.a.) o‘ldirilishidan boshlab Harra kuniga qadar barchasi uning fitnalaridir. So‘ng u Harra kunida izsiz yo‘qoldi.

Mazkur dalillarga suyanib men ana shunday xulosaga keldim. Yana Allohning O‘zi bilguvchiroqdir!
Butun olamlar Parvardigoriga hamdlar bo‘lsin!

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:34:11

To‘rtinchi fasl

Iso alayhissalom
Iso alayhissalomning tushishlari

«Har bir ahli kitob o‘limi oldidan unga (Isoga) albatta iymon keltirur. Qiyomat kunda esa, u bularning zarrariga guvoh bo‘lur» (Niso, 159).

Iso alayhissalom hozir hayotlar.

«Yana kofirliklari va Maryam xususida ulug‘ bo‘hton qilganliklari sababli hamda Allohning payg‘ambari bo‘lgan al-Masih Iso binni Maryamni «bizlar o‘ldirganmiz» degan so‘zlari sababli (Biz ularni la’natladik). Holbuki ular uni o‘ldirganlari ham, osganlari ham yo‘q. Faqat ular uchun (boshqa birov Isoga) o‘xshatib qo‘yildi, xolos. Albatta, Iso haqida talashib-tortishgan kimsalar uning (o‘ldirilgan-o‘ldirilmagani) haqida shubhada qolganlar. Balki uni Alloh O‘z huzuriga ko‘targandir. Alloh qudrat va hikmat egasi bo‘lgan zotdir. Har bir ahli kitob o‘limi oldidan unga (Isoga) albatta iymon keltirur. Qiyomat kunda esa u bularning zarrariga guvoh bo‘lur» (Niso, 157-159).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:34:43

«Ey ahli kitob, (Isoni xudo deyish bilan) diningizda haddingizdan oshmangiz! Alloh sha’niga esa faqat haq gapni aytingiz! Albatta, al-Masih Iso binni Maryam faqat Allohning payg‘ambari va Uning Maryamga yetkazgan so‘zi hamda uning tomonidan bo‘lgan ruh (sohibidir), xolos. Bas, Alloh va Uning payg‘ambarlariga iymon keltiringiz! «(Tangri) uchta (ya’ni Alloh, Maryam va Iso uchalalari ham tangrilardir)» demangiz! (Bunday botil e’tiqoddan) to‘xtangiz, shunda o‘zingiz uchun yaxshi bo‘lur. Hech shak-shubhasiz Alloh yakka-yagonadir. U farzandlik bo‘lishdan pok zotdir. Osmonlardagi va yerdagi bor narsa Unikidir. Allohning o‘zi yetarli vakildir» (Niso, 171).

Ibn Jarir at-Tabariy Niso surasining 159-oyati tafsirida bir qancha sahobiy va tobe’inlar so‘zlarini keltirib, oxirida shunday deydi:

«Har bir ahli kitob o‘limi oldidan unga (Isoga) albatta iymon keltirur» (Niso, 159). Mazkur so‘zlarning eng sahihi birinchisidir. Ya’ni, Iso alayhissalom yer yuziga qaytib tushganlaridan so‘ng, albatta, har bir ahli kitob Iso o‘lmaslaridan ilgari u Zotga iymon keltiradi. U Zotga iymon keltirmagan bironta ahli kitob qolmaydi» (Ibn Jarir so‘zi tugadi).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:35:29

Ibn Kasir aytadi: «Ibn Jarir so‘zi shubhasiz haq. Chunki yahudiylarning Isoni o‘ldirdik, osdik degan da’volari hamda nodon nasorolarning bu bo‘htonni qabul qilishlari botil-no-to‘g‘ri ekanini ta’kidlashdan murod ham shu edi. Ular Iso alayhissalomni o‘ldirmaganlar. Alloh taolo Isoni samoga ko‘tardi va u zot sog‘-omon hayotdirlar. Isoni o‘ldirmoqchi bo‘lgan kimsalar ko‘ziga boshqa birov Iso alayhissalom qilib ko‘rsatildi. Ular o‘sha kishini Iso gumon qilib o‘ldirdilar. Iso alayhissalom Qiyomat oldidan yerga tushadilar. Mutavotir hadislarda ta’kidlanganidek, Masihi Dajjolni o‘ldiradilar, xochni sindiradilar, xinzir (to‘ng‘iz)ni ham o‘ldirib, jiz’yani tugatadilar. Ya’ni, barcha din egalari faqat Islomni qabul qiladi. Aks holda (endi jiz’ya emas) qilich masalani yechib beradi».

— Barcha ahli kitob u Zotga iymon keltiradi. Ularning birontasi ham Isoni tasdiqlamasdan qolmaydi.

Alloh taolo aytadi: «Har bir ahli kitob o‘limi oldidan (ya’ni Isoga) albatta iymon keltirur».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:36:32

Ya’ni, Iso alayhissalom o‘limlari oldidan u Zotga iymon keltiradi. Yahudiylar va ularga hamfikr nasorolar Isoni o‘ldirilgan va osilgan deb yuribdilar.

«Qiyomat kunida esa u bularning zarrariga guvoh bo‘lur».

Ya’ni, samoga ko‘tarilishlaridan oldin va yerga tushganlaridan keyin ko‘rgan ularning yomon ishlariga guvohlik beradi» (Ibn Kasir so‘zi tugadi).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:37:09

Anusiy «Ruhul ma’oniy»da yozadi: «Oyatdagi har ikkala zamir Iso alayhissalomga tegishli deyilgan (Ya’ni, (Isoning) o‘limi oldidan, unga (Isoga) iymon keltiradi). Ushbu ma’nodagi so‘z-tafsir Ibn Abbos (r.a.), Abu Molik, Hasan, Qatodalardan ham rivoyat qilingan. Tabariy ham shuni ixtiyor etgan. Ya’ni, Iso alayhissalom tushganlarida yer yuzida mavjud barcha ahli kitob o‘limlari oldidan u Zotga iymon keltiradi. O‘sha kunga kelib, dinlar bitta dinga aylanadi» (Anusiy so‘zi tugadi).

Lekin ba’zi mufassirlardan — ular orasida Ibn Abbos ham bor — sahih sanad bilan boshqacharoq tafsir ham vorid bo‘lgan. Ya’ni, Iso alayhissalomga iymon keltirmay turib (bironta) yahudiy o‘lmaydi».

Har ikkala tafsir to‘g‘ri. Ular bir-birini inkor qilmaydi. Zero, haq ahli quyidagi haqiqat qarshisida bir xil fikrdalar:

Har bir bandaga o‘limi oldidan bilmagan (tushunmagan) narsasi oydinlashadi va u shunda iymon keltiradi. Lekin u vaqtdagi iymon kishiga hech qanday foyda bermaydi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:37:47

«Na gunoh ishlarni mudom qilib yurib, qachonki, birovlariga o‘lim kelganida, «endi tavba qildim», deydigan va na kofir holida o‘lib ketadigan kimsalarning tavbalari qabul qilinur» (Niso, 18).

Demak, oyati karimani quyidagicha tushunmog‘imiz joiz ekan. Barcha ahli kitob — xoh o‘zlarining o‘limlari oldidan bo‘lsin, xoh Iso alayhissalom tushganlarida u Zotning o‘limlari oldidan — albatta, Isoga iymon keltiradilar. O‘shanda barcha dinlar bitta Islom diniga aylanadi.

Bu ahli sunnat o‘rtasida ittifoq qilingan tafsirdir. Allohga behad hamdlar bo‘lsinkim, Iso alayhissalomning tushishlari va u zot Masih Dajjolni o‘ldirishlari mutavotir hadislarda rivoyat qilingan.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:38:17

Iso alayhissalomning tushishlari haqidagi hadislar

69. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, sizlarning orangizga Ibn  Maryamning tushishi yaqin qoldi. U adolat bilan hukm qiladi, xochni sindiradi, xinzir (to‘ng‘iz)ni o‘ldiradi va jiz’yani tugatadi. Mol-dunyo shu darajada ko‘payib ketadiki, hatto uni hech kim qabul qilmay qo‘yadi. Kishiga dunyoyu undagi bor narsadan bitta sajda yaxshiroq bo‘lib qoladi».

So‘ng Abu Hurayra: «Xohlasangiz, (ushbu oyatni) o‘qingiz: «Har bir ahli kitob o‘limi oldidan unga, albatta iymon keltirur. Qiyomat kunida esa, u bularning zarariga guvoh bo‘lur» (Niso, 159-oyat), dedi (Buxoriy va Muslim rivoyati. Hadis lafzi Buxoriyniki).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:38:52

70. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Iso ibn Maryam tushib, xinzirni o‘ldiradi, xochni yo‘qotadi. Namoz unga (uning imomligiga) jamlanadi. Mol-dunyoni (kishi) qabul qilmay qo‘yadi. Xirojni to‘xtatadi. Ravhoga tushib, u yerdan haj yoki umra qiladi. Yoki har ikkisini jam qiladi» (Imom Ahmad sahih sanad bilan rivoyat qilgan).

Qayd etilgan