Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 173912 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 27 B


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:39:22

71. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Orangizga Ibn Maryam tushsa va sizlarga imom bo‘lsa, qanday holga tushasizlar...»

Boshqa bir rivoyatda: «Sizlarga imomlik qilsa», deyilgan.
Ibn Abu Zi’b so‘radi:
— «Sizlarga imomlik qilsa» nima degani ekanini bilasizmi?
— O‘zingiz meni xabardor qiling, — dedim.
— Bu «Sizlarga Parvardigoringiz kitobi va payg‘ambaringizning sunnati ila boshchilik qilsa», deganidir! (Muslim rivoyati)

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:39:52

72. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Payg‘ambarlarning otasi bitta, onalari boshqa-boshqadir. (Ya’ni, iymon bir, shariatlar xilma-xil). Dinlari bir. Men Iso ibn Maryamga eng haqli insonman. Chunki o‘rtamizda boshqa payg‘ambar o‘tmagan. Albatta, u tushadi. Uni ko‘rgan chog‘ingizda, taningizlar. U o‘rta bo‘ylik, oq-qizilga moyil inson. Ustida oq-sariq kiyim-bosh bo‘ladi. Garchi suv tegmagan bo‘lsa-da, boshidan tomchilab turganga o‘xshaydi. Iso xochni parchalaydi, to‘ng‘izni o‘ldiradi, jiz’yani bekor qiladi va kishilarni Islomga chaqiradi. Alloh taolo uning zamonida Islomdan o‘zga barcha millatlarni halok qiladi, Masih Dajjolni o‘ldiradi. So‘ng yer yuzida tinchlik-omonlik hukm suradi. Hatto, sherlar tuyalar bilan, yo‘lbarslar sigirlar bilan, bo‘rilar qo‘ylar bilan birga yuradi. Bolalar ilonlar bilan o‘ynaydi. Ular bolalarga ziyon-zahmat yetkazmaydi. Iso qirq yil yashab, so‘ng vafot etadi. Uning janozasini musulmonlar o‘qiydi» (Imom Ahmad sahih sanad bilan rivoyat qilgan).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:40:16

73. Nuvos ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir kuni ertalab Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bizga Dajjol haqida gapirdilar. Uni yomonlab, haqir ekanini aytdilar, fitnasining xatarli bo‘lishini hikoya qildilar. Biz (Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) gaplaridan keyin) Dajjolni Nahl toifasidan chiqsa kerak deb o‘ylab qoldik. Kechqurun Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga qaytganimizda Payg‘ambar alayhissalom yuzimizdan mana shu ma’noni uqdilar.
— Sizlarga nima bo‘ldi, — deb so‘radilar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam).
— Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), — dedik biz, — ertalab Dajjol haqida gapirdingiz. Uning haqirligini ham, fitnasining xatarli ekanini ham aytdingiz. Biz uni Nahldan chiqsa kerak deb o‘ylab qoldik.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:40:46

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) dedilar:
— Sizlarni o‘ylab (Dajjol emas), boshqa narsa meni xavotirga solyapti. Agar u (ya’ni, Dajjol) men orangizda ekanimda chiqsa, o‘zim sizlarning qarshingizda turib, hujjat keltiruvchi bo‘laman. Agar mening yo‘qligimda chiqsa, unda har kim o‘ziga o‘zi hujjat keltiruvchi bo‘ladi. Barcha musulmon ustida Alloh xalifadir! U (Dajjol) sochi jingalak, ko‘zi so‘nuk bir yosh. Men uni Abdul Uzzo ibn Qattonga o‘xshataman. Qay biringiz Dajjolga yetsa, unga Kahf surasining boshlarini o‘qisin. Dajjol Shom bilan Iroq oralig‘idagi bir joydan chiqadi. O‘ngu so‘lga fasod tarqatishga kirishadi. Ey Allohning bandalari, sobitqadam bo‘lingiz!
— Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)! U yer yuzida qancha vaqt turadi, — deb so‘radik.
— Qirq kun, — dedilar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam). — Bir kuni yildek, yana bir kuni oydek, yana bir kuni haftadek bo‘ladi. Qolgan kunlari odatdagi kunlaringiz kabidir.
— Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), o‘sha yildek bo‘ladigan kunda bir kunlik namoz bizga kifoyami?
— Yo‘q. Uning miqdorini belgilanglar.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:41:04

— Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), Dajjolning yer yuzida tezligi qanday bo‘ladi?
— U xuddi shamol haydayotgan yomg‘irdek (bulutdek) yuradi. Bir qavmning oldiga kelib, da’vat qiladi. Qavm Dajjolga iymon keltirib, da’vatiga ijobat qiladi. Dajjol osmonga buyurib, yomg‘ir yog‘diradi, yerga buyurib, o‘simlik o‘stiradi. Qavmning mol-hollari kechqurun qorinlari o‘tga, yelinlari sutga to‘lib qaytadi. So‘ng Dajjol yana boshqa bir qavm oldiga keladi. Bu qavm uning da’vatini qabul qilmaydi. Dajjol ularning oldidan ketadi. Qavm bor-budidan ayrilgan holda tong ottiradi. Ularning qo‘lidan hech narsa kelmaydi. Dajjol bir xaroba yonidan o‘tayotib unga: «Xazinalaringni chiqar», deya buyruq beradi. Shunda xuddi arilar o‘z boshliqlarining atrofiga yig‘ilganidek, xaroba xazinalari uning oldiga to‘planadi. So‘ngra Dajjol bir yosh yigitni da’vat qiladi. Haligi yigitni qilich bilan urib, qoq ikkiga bo‘lib tashlaydi. Keyin uni (bo‘laklangan yigitni) chaqiradi. Yigit unga yuzlanadi. Yuzi yorishib kulib yuboradi. Mana shu paytda Alloh taolo Masih ibn Maryamni yuboradi. Ibn Maryam ikki sariq libosda sharqiy Damashqning oq minorasi yoniga ikkala kaftini ikki malak qanotiga qo‘yib tushadi. U boshini egsa, (suv tomchilari) tomchilaydi. Boshini ko‘targanida esa undan misli kumushdek qatralar sochiladi. Isoning nafasini sezgan kofir o‘lmay qolmaydi. Uning nafasi nigohi yetgan joyga yetadi. Iso ibn Maryam Dajjolni Lud darvozasi yonida quvib yetib o‘ldiradi. So‘ng Iso alayhissalom Alloh (Masih fitnasidan) ma’sum saqlagan qavm oldiga keladi. Ularning yuzini mash etadi va jannatda erishajak darajalari haqida so‘zlab beradi. Shunda Alloh taolo Iso alayhissalomga quyidagicha vahiy qiladi: «Darhaqiqat, men shunday bir bandalarni chiqardimki, hech kim ularni o‘ldirishga qodir emas. Bandalarimni Tur tog‘iga olib chiqib ket». So‘ngra Alloh taolo Ya’juj va Ma’jujlarni yuboradi. Ular har bir tepalikdan bosh ko‘taradilar. Ya’juj va Ma’jujlarning avvalidagilar Tabariya ko‘li yonidan o‘tayotib, uning suvini ichib qo‘yadi. Oxiridagilar ko‘l oldiga kelib: «Ko‘lda suv bor edi», deyishadi. Ular Iso alayhissalom va uning ashoblarini o‘rab olishadi. Shunda Iso ashoblariga hatto ho‘kizning boshi bugun sizlardagi yuz dinordan ham yaxshiroq bo‘lib qoladi. Iso va ashoblari Allohga iltijolar qilishadi. Alloh taolo Ya’juj va Ma’jujlarning bo‘yinlariga qurt tushiradi. Tonggacha hammalari xuddi bir kishining o‘limidek o‘ladilar. So‘ng Iso alayhissalom va ashoblari pastga tushishadi. Pastlikdagi har bir qarich yer ularning badbo‘y hidlari bilan to‘lgan bo‘ladi. Iso alayhissalom va ashoblari yana Allohga yolvoradilar. Alloh taolo tuya bo‘ynilaridek (katta) qush(lar)ni yuboradi. Qushlar Ya’juj va Ma’jujlar jasadini ko‘tarib, Alloh xohlagan joyga tashlab qaytadilar. So‘ng Alloh taolo bir yomg‘irni yuboradi. Undan na shahar va na qishloqdagi uy omon qoladi. Bu yomg‘ir yerni oynadek yuvib ketadi. So‘ng yerga amr qilinadi:
— Mevalaringni chiqar! Barakotlaringni qaytar!

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:41:33

O‘sha kuni bir jamoat anor yeb, uning po‘stlog‘ida soyalanadi. Alloh taolo sutga barakot ato etadi. Hatto bitta tuyaning suti bir jamoatga yetadi. Xuddi mana shu holatda Alloh taolo xushbo‘y shamol yuboradi. Bu shamol ularni o‘z bag‘riga oladi va Alloh taolo barcha mo‘min-musulmonlarning jonini qabz etadi. Yer yuzida faqat eng yomon kishilar qoladi. Ular odamlar ko‘z o‘ngida xuddi eshaklardek ayollariga sakraydilar (yaqinlik qiladilar). Ana o‘shalar ustiga Qiyomat qoyim bo‘ladi» (Muslim rivoyati).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:42:22

74. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Ummatimda Dajjol chiqib qirq muddat turadi (kun, oy yoki yilligini bilmayman). Alloh taolo Iso ibn Maryamni yuboradi. U Urva ibn Mas’udga o‘xshab ketadi. Iso Dajjolni izlab topib o‘ldiradi. So‘ng kishilar yetti yil yashaydilar. Mana shu muddatda ikki kishi o‘rtasida (ham aslo) adovat bo‘lmaydi. Keyin Alloh taolo Shom tomondan salqin shamolni yuboradi. Bu shamol yer yuzida qalbida zarra misqolicha yaxshiligi yoki iymoni bor bironta ham kishini qoldirmasdan jonini oladi. Hatto birontangiz tog‘ning o‘rtasiga kirib olsa, uning oldiga ham kirib jonini oladi. Yerda yaxshilikni bilmaydigan, yomonlikdan qaytarmaydigan yomon kimsalar qoladi» (Muslim va Nasoiy rivoyati).

Muddat borasidagi ikkilanish Abdulloh ibn Amr tarafidan bo‘lsa kerak. Chunki boshqa sahih hadislarda Dajjolning qirq kun turishi aniq aytilgan.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:43:45

75. Mujma ibn Joriyadan (r.a.) rivoyat qilinadi: Men Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) shunday deganlarini eshitganman: «Iso ibn Maryam Dajjolni Lud darvozasi yonida o‘ldiradi» (Imom Ahmad sahih sanad bilan rivoyat qilgan).

76. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: «Ummatimdan bir toifa haq himoyasida jang qilib, to Qiyomat kuniga qadar zohir bo‘lib turadi. So‘ng Iso alayhissalom tushadi. Shunda musulmon toifaning amiri unga: «Keling, bizga (imom bo‘lib) namoz o‘qib bering», deydi. Iso aytadi: «Yo‘q, sizlar o‘zlaringiz bir-biringizga amirdirsiz».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:44:58

«Bu Allohning mana shu ummatga ko‘rsatgan fazlu karamidir» (Muslim rivoyati).

Olimlar aytadilar: «Bu hol Isoning endi tushgan vaqtiga taalluqli. Keyin esa musulmonlarga, albatta, Isoning o‘zi imomlik qiladi. Ibn Moja rivoyat etgan boshqa bir hadisda shunday deyiladi: «O‘zing oldinga chiqib namozni boshlayver, — deydi Iso musulmonlar amiriga, — hozir sen uchun iqomat aytildi». Rojih (to‘g‘riroq) gap shuki, aynan o‘sha kuni musulmonlarga Mahdiy — Muhammad ibn Abdulloh imom bo‘ladi. Vallohu a’lam.

Hadis zohiridan ko‘rinib turibdiki, yer Qiyomatga qadar solih bandalardan xoli bo‘lmas ekan. Ular o‘zlari aniq ishonadigan haqiqatning himoyasi uchun jang qiladilar.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:46:44

Iso alayhissalom sifatlari

Yuqorida keltirilgan hadislarda Iso alayhissalomning ushbu sifatlari sanab o‘tildi:
— uni ko‘rgan chog‘ingizda taningizlar. U o‘rta bo‘yli, oq-qizilga moyil inson. Ustida ochsariq kiyim-bosh (ikki libos). Garchi suv tegmagan bo‘lsa-da, boshidan (suv) tomchilab turganga o‘xshaydi;

— Ibn Maryam ikki sariq libosda sharqiy Damashqning oq minorasi yoniga ikkala kaftini ikki malak qanotiga qo‘yib tushadi. U boshini egsa, (suv tomchilari) tomchilaydi. Boshini ko‘targanida esa undan misli kumushdek qatralar sochiladi. Isoning nafasini sezgan kofir o‘lmay qolmaydi. Uning nafasi nigohi yetgan joygacha yetadi.

Navaviy aytadi: Qozi Iyoz bu jumlani zohiriga ko‘ra olgan. Ya’ni, Iso alayhissalom nafasini sezgan kofir til tortmay o‘ladi. Uning (Isoning) nafasi esa, nigohi qanchalik uzoqqa yetsa, shuncha masofaga yetadi...

Qayd etilgan