Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 176469 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 27 B


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:47:38

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Isro kechasida Muso alayhissalomni uchratdim...»

Payg‘ambar alayhissalom Musoning sochi jingalak ekanini aytib, uni Shanua qabilasining kishilariga o‘xshatdilar.

«So‘ng Isoni uchratdim. U o‘rta bo‘yli, xuddi (hozirgina) hammomdan chiqqan kishidek qip-qizil... Va Ibrohim alayhissalomni ko‘rdim. Unga bolalarining ichida eng ko‘p o‘xshaydigani menman» (Muttafaqun alayh).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:48:24

Demak, Iso alayhissalom yuqorida tavsiflangan ko‘rinishda bo‘lgan. Inshaalloh, risolamizning to‘rtinchi faslida yana shu mavzuga qaytamiz.

«Musulmonlar jangga hozirlik ko‘rib, saflarini tiklayotgan paytlarida namoz vaqti bo‘lib qoladi. Shunda Iso alayhissalom tushadilar va musulmonlarga imomlik qiladilar. Iso alayhissalomni ko‘rgan Allohning dushmani — Dajjol xuddi suvga tashlangan tuzdek eriydi. Agar unga (Iso) tushmaganida, erib halok bo‘lardi. Lekin Alloh taolo uni Iso alayhissalom qo‘li bilan o‘ldiradi. (Ibn Maryam) musulmonlarga Dajjolning qonini nayzasida olib ko‘rsatadi» (Muslim rivoyati).

«Agar unga (Iso) tushmaganida, erib halok bo‘lardi».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:51:17

Bu jumla yuqorida aytilgan ma’noni yana-da ta’kidliroq suratda ifodalagan. Ya’ni, Iso nafasi yetgan kofir aslo tirik qolmaydi.

Endi Iso alayhissalomning imomlik qilishlari masalasi haqida. Yuqorida Iso alayhissalom imomlikka o‘tmasdan: «Siz o‘tavering», deb musulmonlar amirini oldinga chiqarganlari aytilgan edi. Demak, Iso alayhissalom mana shu namozdan so‘ng imomlikka o‘ta boshlaydilar. Yoki imomlikni «boshliqlik, amirlik» ma’nosida tushunilishi lozim. Umuman, har ikki ma’no ham sahih. Zero, musulmonlar amiri ularning namozdagi imomi hamdir. Islomning avvalgi yillarida xalifalar jamoatga imomlik qilishardi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:52:02

Iso alayhissalom yerda qancha muddat turadilar va so‘ng qaerga dafn etiladi?

Ibn Kasir tafsirida yozadi: «Abdurahmon ibn Odam Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Iso alayhissalomning samodan tushib, yerda qirq yil yashashlari, so‘ng vafot etishlari va u Zotga musulmonlar janoza o‘qishi hikoya qilingan. Muslim keltirgan Abdulloh ibn Umar rivoyatida esa, Isoning yerda yetti yil bo‘lishlari aytilgan. Ehtimol, Isoning yer yuzida qirq yil turishida u Zotning samoga ko‘tarilishlaridan oldingi va yerga qaytib tushishlaridan keyingi umrlari qo‘shib hisoblangandir. Vallohu a’lam!

Ya’ni, sahih qavlga ko‘ra, u Zot 33 yoshida samoga ko‘tarilganlar. Jannat ahli haqidagi hadisda jannatga kirgan mo‘minlar otalari Odam alayhissalom suratida bo‘lishlari va yoshlari esa Iso yoshida — 33da bo‘lishi xabar qilingan. Ibn Asokirning: «Iso 150 yoshida osmonga ko‘tarilgan», degan rivoyati esa, haqiqatdan yiroq hamda sahih naqllarga ziddir.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:54:20

Hofiz ibn Asokir Iso alayhissalom haqida gapirayotib, ba’zi salaflardan: «U Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) yonlariga qo‘yiladi», degan so‘zni keltirgan. Vallohu a’lam (Ibn Kasir so‘zi tugadi).

Ibn Asokir keltirgan rivoyatni Termiziy Abdulloh ibn Salomdan rivoyat qiladi: «Tavrotda Muhammad alayhissalom sifatlari va Isoning u zot yonlariga qo‘yilishi yozilgan».

Abu Mavdud Madaniy aytadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) qo‘yilgan hujrada bir qarich joy qolgan» (Termiziy rivoyati, hasan).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:55:51

Ibn Kasirning yuqoridagi ikki — «40 yil» va «7 yil» haqidagi rivoyatni jamlashi (33ga 7ni qo‘shib, 40 yil qilgan edi), ya’ni, bir-biriga bog‘lashi to‘g‘ri, kuchli qavl. Chunki mazkur ikkala rivoyat ham sahih. Shu bois, modomiki ularni bir-biriga bog‘lash mumkin ekan, hech qaysi rivoyatni rad etishning hojati yo‘q. Vallohu a’lam.

Men Iso alayhissalomning Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) hujralariga dafn qilinishlari haqidagi rivoyatni ham to‘g‘ri deb bilaman. Vallohu a’lam. Chunki roviy (ya’ni, Abdulloh ibn Salom) yahudiylarning ulkan ulamolaridan bo‘lgan. U Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) sifatlarini Tavrotda topganidan so‘ng Alloh hidoyati ila Islomni qabul qilgan edi. Payg‘ambar alayhissalom davrlariga qadar Tavrotda tahrif — buzilgan o‘rinlar unchalik ko‘p emasdi. Demak, Abdulloh ibn Salom aytgan yuqoridagi xabar ham Tavrotning aslidan olingan. Chunki tahrif Tavrotga ilgariroq kiritilganida edi, yahudiylar undagi Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) sifatlari zikrini ham, mazkur rivoyatni ham olib tashlagan bo‘lardilar. Vallohu a’lam.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:56:33

Beshinchi fasl

Ya’juj va Ma’juj



«Hatto Ya’juj va Ma’juj (to‘g‘oni) ochilib, ular har bir tepalikdan oqib keladilar» (Anbiyo, 96).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:57:17

Ya’juj va Ma’jujning chiqishi

Ular Iso alayhissalom samodan tushib, Masih Dajjolni o‘ldirganlaridan so‘ng chiqadi. So‘ng Alloh taolo Iso alayhissalomga mo‘minlarni Tur tog‘iga olib chiqib ketishni, chunki hech kim bas kela olmaydigan maxluqlar chiqarilganini vahiy etadi. Ya’juj va Ma’juj kuchli qavlga ko‘ra, Yofas ibn Nuh avlodidan bo‘ladi.

77. Hokim Abdulloh ibn Umar (r.a.) yo‘lidan rivoyat qiladi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Ya’juj va Ma’juj (ham) Odam zurriyoti. Ularning har biri o‘zidan mingta va undan ko‘p bola qoldirmagunicha o‘lmaydi».

Abd ibn Hamid ham Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) xuddi shunday rivoyatni sahih sanad bilan keltirib o‘tgan. Agar mazkur rivoyat sahih bo‘lib chiqsa, demak, ular juda uzoq umr ko‘radilar. Hatto har biri to bola-chaqa, nevara-chevaralarining soni mingta va undan oshib ketgunicha yashaydi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:58:26

78. Ibn Abu Hotim va Hokim Abu Javzo yo‘li orqali Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Nuh alayhissalom Som, Hom va Yofas ismli farzandlar ko‘rdi. Somdan arab, fors va rum, Homdan esa qibt, barbar va sudonlar dunyoga keldi. Yofasning avlodi Ya’juj va Ma’juj, turk hamda saqolibalar bo‘ldi».

Ibn Hajar mazkur hadis sanadida zaiflik bor degan.

Lekin tarixdan aynan mana shu hadisga guvohliklar topish mumkin. Vallohu a’lam!

Ibn Hajar aytadi: «Shayx Muhiddinning fatvolarida quyidagi so‘zlar uchraydi: «Ya’juj va Ma’juj Odamning bolalariyu, lekin ular Havvo (Odam alayhissalom jufti haloli)dan tug‘ilmagan». Demak, Ya’juj va Ma’jujlar biz bilan o‘gay og‘a-inidirlar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:59:13

Biz ushbu ma’nodagi so‘zni salaflardan faqat Ka’bul Ahborda uchratishimiz mumkin. Lekin «Ya’juj va Ma’jujlar Nuh avlodidan», degan marfu’ hadis ular so‘zini inkor qiladi. Zero, Nuh alayhissalomning Odam va Havvo zurriyoti ekanliklarida hech shak-shubha yo‘q» (Ibn Hajar so‘zi tugadi).

Biz yuqorida Ya’juj va Ma’jujlar haqida Muslimning Nuvos ibn Sam’ondan keltirgan rivoyatini o‘rganib chiqqan edik (73-hadisga qarang).

Qayd etilgan