Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 176613 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 27 B


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:59:56

79. Sahih hadisda Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Yer yuzida «Alloh, Alloh», deyilmay qolguniga qadar Qiyomat qoyim bo‘lmaydi» (Muslim rivoyati).

80. «Yer yuzida «La ilaha illalloh» aytilmay qolguniga qadar Qiyomat qoyim bo‘lmaydi» (Imom Ahmad sahih sanad bilan rivoyat qilgan).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 18:00:30

81/82. Ummul mo‘minin Zaynab roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bir kuni uning oldiga xavotirlangan holda kirib keldilar:
— Yaqinlashib qolgan yomonlikdan arablarga vayl bo‘lsin. Bugun Ya’juj va Ma’juj to‘g‘onidan mana shuncha ochildi (Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ikki barmog‘ini halqa shakliga keltirib ko‘rsatdilar).

Zaynab aytadi: «Men Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) so‘radim:
— Yo Rasululloh! Oramizda solih insonlar bo‘lsa ham, hammamiz halok bo‘lamizmi?
— Ha, — dedilar Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam), — agar iflosliklar ko‘payib ketsa».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 18:00:56

Ibn Hajar «Fathul Boriy»da yozadi: «Olimlar «iflosliklar» kalimasini «zino, valadi zinolar va fisqu fujur» deya sharhlaganlar».

Ibn Arabiy aytadi: «Demak, yaxshilar ham yomonlar bilan birga — agar ularni o‘zgartirmasalar — halok bo‘ladilar. Shuningdek, yomonlar yaxshilar nasihatiga quloq solmasdan, o‘z fisqu fujurlarida qaysarlik bilan davom qilsalar va buning natijasida fasod chor-atrofga tarqalib ketsa, hamma birdek halok bo‘ladi. So‘ng har kim niyatiga qarab turg‘iziladi. Zaynab onamiz Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) so‘zlaridan agar o‘sha kichkina tuynuk kattarishda davom etsa, bir kun Ya’juj va Ma’jujlar chiqadigan katta yoriqqa aylanishini tushunganlar. U Ya’juj va Ma’jujlar chiqishi insoniyat uchun umumiy halokat ekanini bilgan» (Ibn Hajar so‘zi tugadi).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 18:01:22

Zulqarnayn kim?
Ya’juj va Ma’jujlar kimlar?


Zulqarnayn Kahf surasida zikr etilgan solih podshohdir. U Ya’juj va Ma’jujlar bilan ularga qo‘shni turuvchi zolimlar o‘rtasiga to‘siq qurgan.

«Ular: «Ey Zulqarnayn, shak-shubhasiz, (shu tog‘lar ortidagi) Ya’juj va Ma’juj (qabilalari) yer yuzida buzg‘unchilik qilguvchilardir. Bizlar senga bir (miqdor) to‘lov to‘lasak, biz bilan ularning o‘rtasiga bir sad chekib (bir to‘g‘on qurib) berurmisan?» dedilar. U (Zulqarnayn) aytdi: «Parvardigorim menga ato etgan (saltanat) sizlar beradigan (mol-dunyodan) yaxshiroqdir. Bas, sizlar menga (mol-dunyo bilan emas, balki) kuch-quvvat bilan yordam beringlar, men sizlar bilan ularning o‘rtasiga bir devor bino qilay» (Kahf, 94-95).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 18:01:50

Biz Zulqarnayn qurdirgan devorning sharqda ekanini qat’iy ayta olamiz. Chunki Zulqarnayn kunchiqar tomonda o‘sha zaif qavmni uchratgan edi.

«Hatto (u) kunchiqarga yetgach...» (Kahf, 90).

Ammo aynan ma’lum bir devorni: «Mana shu Zulqarnayn qurdirgan to‘g‘on», demoqlik mushkul.
Balki bu o‘sha mashhur Xitoy devoridir. Yoki ulug‘ muhaddis Imom Termiziy yurti Termizda topilgan devordir. Vallohu a’lam!

«Fi zilalil Qur’an»da yozilishicha: «Termiz shahridagi bir maqbara yonidan (eski) devor topilgan. U «Temir darvoza» nomi bilan tanilgan. Milodiy o‘n beshinchi asrning boshlarida u yerdan nemis olimi Sayld Berger o‘tayotib, o‘z kitobida mazkur devor haqida yozgan edi. Shuningdek, ispan tarixchisi Klavixo ham o‘zining 1403 yildagi safari tarixini yozar ekan, devor haqida to‘xtalib o‘tadi. «Temir darvoza shahrining devori Samarqand — Hind yo‘li ustida joylashgan. Bu Zulqarnayn tiklagan o‘sha devor bo‘lishi ham mumkin».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 18:02:09

Yuqoridagi fikrlarning qay biri tasdiqlanishidan qat’iy nazar, Ya’juj va Ma’jujlarning kichik sharqdan chiqishi aniq.

Endi Zulqarnayn haqida gapiradigan bo‘lsak, ba’zilar uni nabiy desa, yana ba’zilar uni payg‘ambar emas, faqat solih podshoh deyishadi.

Xo‘sh, Zulqarnayn kim o‘zi? U Iskandariyani qurdirgan yunon shohi Iskandarmi? Yoki Ibrohim alayhissalom bilan bir zamonda yashagan Yaman shohimi? Olimlar bu xususda turlicha fikr bildirganlar. Haqiqat esa yolg‘iz Allohga ayon.

Ba’zi mufassiflar Aleksandr Makedonskiyning (makedoniyalik Iskandar) Zulqarnayn emasligini yozadi va bunga yunon shohi Iskandarning kofir ekanini, Qur’onda zikr qilingan Zulqarnayn esa mo‘min-musulmon kishi bo‘lganini hujjat qilib keltiradi. Lekin bu dalil kuchli emas. Chunki biz faqat tarixga suyanib, makedoniyalik Iskandarni kofirga chiqaryapmiz. Tarix esa hamisha faqat aniq haqiqat bo‘lavermaydi. Biz tarixning unchalik ishonarli hujjat bo‘la olmasligiga quyida bir misol keltiramiz.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 18:02:27

Tarix Ibrohim, Muso va Iso alayhissalomlar haqida hech narsa demagan. Axir Qur’oni karimda hikoya qilingan mazkur haqiqatlar tarixning ochiq, nurli sahifalarida naqshlanishga haqli emasmidi?! Afsuski, bunday bo‘lmadi. Tarix ular haqida hanuz gung.

Menimcha, tarixning tumanli va gumonli ekaniga yuqoridagi dalil kifoya qilsa kerak. Biz faqat salafi solihlarimiz tomonidan aytib o‘tilgan xabarlarni mahkam tuta olamiz. Alloh taologa behad hamdu sanolar bo‘lsin!

«Fathul Boriy»da Ibn Hajar quyidagicha yozadi: «Ulkan faqih tobe’inlardan bo‘lmish Ubayd ibn Umayr yo‘lidan rivoyat qilishicha, Zulqarnayn piyoda haj qilgan va uning xabarini eshitgan Ibrohim alayhissalom Zulqarnaynga peshvoz chiqqanlar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 18:03:30

Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qilinadiki: «Zulqarnayn Masjidul Haromga kirgan. Ibrohim alayhissalomga salom berib, u zotning qo‘lini olib ko‘rishgan».

Usmon ibn Saj yo‘lidan rivoyat qilinishicha: «Zulqarnayn Ibrohim alayhissalomdan: «Meni duo qiling», deb so‘raydi. «Qanday qilib seni duo qilay, — deydilar Ibrohim alayhissalom. — Axir sizlar (Zamzam) bulog‘ini bulg‘adingiz-ku!»

«Bu ish mening tarafimdan sodir etilgani yo‘q», deydi Zulqarnayn. Ya’ni, bu ishni mendan beso‘roq qilishgan.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 18:04:15

Ibn Hishom yozadi: «Ibrohim bir masalada Zulqarnayndan hukm so‘radi. Zulqarnayn unga hukm chiqarib berdi».

Ibn Hajar aytadi: «Mazkur rivoyatlar bir-birini tasdiqlab-quvvatlab kelyapti».

Yuqoridagi rivoyatlarga ko‘ra, Zulqarnayn Ibrohim alayhissalomga zamondosh bo‘lgan. Demak, u Ibrohim alayhissalom Alloh amriga binoan kishilarni hajga chaqirganida hajga kelgan.

«Va odamlar orasida (yurib ularni) hajga chaqirgin, ular senga (ya’ni, sening da’vatingga javoban) yayov hollarida va yiroq yo‘llardan keladigan oriq-holdan toygan tuyalar ustida kelurlar» (Haj, 27).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 18:04:58

Ibn Hishom yozadi: «Ibrohim bir masalada Zulqarnayndan hukm so‘radi. Zulqarnayn unga hukm chiqarib berdi».

Ibn Hajar aytadi: «Mazkur rivoyatlar bir-birini tasdiqlab-quvvatlab kelyapti».

Yuqoridagi rivoyatlarga ko‘ra, Zulqarnayn Ibrohim alayhissalomga zamondosh bo‘lgan. Demak, u Ibrohim alayhissalom Alloh amriga binoan kishilarni hajga chaqirganida hajga kelgan.

«Va odamlar orasida (yurib ularni) hajga chaqirgin, ular senga (ya’ni, sening da’vatingga javoban) yayov hollarida va yiroq yo‘llardan keladigan oriq-holdan toygan tuyalar ustida kelurlar» (Haj, 27).

Qayd etilgan