Zulqarnayn kim?
Ya’juj va Ma’jujlar kimlar?
Zulqarnayn Kahf surasida zikr etilgan solih podshohdir. U Ya’juj va Ma’jujlar bilan ularga qo‘shni turuvchi zolimlar o‘rtasiga to‘siq qurgan.
«Ular: «Ey Zulqarnayn, shak-shubhasiz, (shu tog‘lar ortidagi) Ya’juj va Ma’juj (qabilalari) yer yuzida buzg‘unchilik qilguvchilardir. Bizlar senga bir (miqdor) to‘lov to‘lasak, biz bilan ularning o‘rtasiga bir sad chekib (bir to‘g‘on qurib) berurmisan?» dedilar. U (Zulqarnayn) aytdi: «Parvardigorim menga ato etgan (saltanat) sizlar beradigan (mol-dunyodan) yaxshiroqdir. Bas, sizlar menga (mol-dunyo bilan emas, balki) kuch-quvvat bilan yordam beringlar, men sizlar bilan ularning o‘rtasiga bir devor bino qilay» (Kahf, 94-95).