Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 264546 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 27 B


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 18:05:46

Qur’onda zikr etilgan Zulqarnaynning yunon shohi Iskandar emasligiga Ibn Hajar mana shuni dalil qilib ko‘rsatgan. Chunki Iskandar Iso alayhissalom zamonlariga yaqin yashab o‘tgan. Demak, bu Ibrohim alayhissalom zamonlaridan qariyb 2000 yil keyin bo‘lgan.

Faxrur Roziy yozadi: «Zulqarnayn nabiy bo‘lgan. Iskandar esa kofir. Unga kofirligiga hech qanday shak-shubha bo‘lmagan Arastu ustozlik qilgan. Iskandar uning maslahatiga ko‘ra ish yuritgan».

Ibn Hajar aytadi: «Zulqarnaynni Iskandar deb biluvchilar Tabariy va Muhammad ibn Robe’larning «Misrga tushgan sahobalar» kitobida keltirilgan quyidagi hadisiga suyanishadi. Lekin bu hadis roviylari orasida Ibn Lahiya ham bor:

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 18:06:22

83. Bir kishi Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) Zulqarnayn haqida so‘radi. Payg‘ambar alayhissalom shunday javob berdilar: «U rumlik bo‘lgan. Shohlik-mulk ato qilingach, Misrga kelib Iskandariyani bino qildi. Iskandariyani qurib bitirganidan so‘ng uning oldiga bir malak keldi. Zulqarnayn samoga ko‘tarildi. Malak unga: «Pastga bir qara», dedi. «Men (faqat) bitta shaharni ko‘ryapman», deb javob berdi Zulqarnayn. Malak dedi: «Bu yer. Alloh taolo (uni) senga ko‘rsatishimni xohladi. Darhaqiqat, Alloh yer yuzida senga saltanat-hokimlik berdi. Endi sen yer uzra yurib, bilmagan kishiga bildirgin, bilganlarni esa (yanada) sobit qilgin».

Agar ushbu hadis sahih bo‘lganida, masala o‘z yechimini topardi. Lekin bu hadis zaif. Vallohu a’lam» (Ibn Hajar so‘zi tugadi).

Ibn Hajarning hadisni Ibn Lahiya sababidan zaifga chiqarishi unchalik to‘g‘ri emas. Abdulloh ibn Lahiya rivoyat qilgan hadislarni rojih-kuchli gapga ko‘ra hasan deyish mumkin.

Qayd etilgan


Muslimaxon  12 Yanvar 2007, 14:32:08

Zulqarnayn qurgan to‘g‘on ochilganmi?
Ya’juj va Ma’jujlar tashqariga chiqdimi?


To‘g‘ondan kichkina teshikcha ochilgani haqiqat. Biz yuqorida aynan mana shu ma’noga dalolat qiluvchi ikkita hadis keltirib o‘tgan edik. Risolamizdagi 81 — 82-raqamli hadislarning birini Buxoriy va Muslim, ikinchisini esa Buxoriyning yolg‘iz o‘zi rivoyat qilgan.

Har ikkala hadis to‘g‘onning buzila boshlaganiga dalolat qiladi. To‘g‘on to Iso alayhissalom zamonlarigacha turadi. Iso alayhissalom zamonida Alloh izni ila Ya’juj va Ma’jujlar butunlay tashqariga chiqib oladilar. Bu chiqish Qiyomatning ulkan alomatlaridan biri hisoblanadi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  12 Yanvar 2007, 14:32:39

«Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bir kuni qo‘rqqan-xavotirlangan holda kirib keldilar:
— Yaqinlashib qolgan yomonlikdan arablarga vayl bo‘lsin. Bugun Ya’juj va Ma’juj to‘g‘onidan mana shuncha ochildi (Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ikki barmog‘ini halqa shakliga keltirib ko‘rsatdilar).

Zaynab aytadilar: «Men Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) so‘radim:
— Yo Rasululloh! Oramizda solih insonlar bo‘lsa ham, hammamiz halok bo‘lamizmi?
— Ha, — dedilar Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam), — agar iflosliklar ko‘payib ketsa».

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 01:50:08

Menimcha, vallohu a’lam, Ya’juj va Ma’jujlarning bir martalik chiqishi mo‘g‘ul-tatarlar bosqinida bo‘lib o‘tgan. Mo‘g‘ullar Islom davlatlarini birin-ketin bosib oldilar. Bog‘dodni vayronaga aylantirib, u yerda qariyb sakkiz yuz ming kishini qilichdan o‘tkazdilar. Xalifa Mo‘’tasim va uning oilasi ham qatl qilindi. Hijriy yettinchi yilning boshlarida bo‘lgan bu qirg‘in — mo‘g‘ullarning behisob qo‘shin bilan bostirib kelishi Ya’juj va Ma’jujlarning so‘nggi chiqishi emas edi. Musulmonlar orasida ma’siyatlar, fisqu fujur ko‘payb ketganidan so‘ng, Alloh taolo ularni mana shunday jazoladi. Ilohiy hikmat taqozosiga ko‘ra berilgan ushbu jazo musulmonlar uchun o‘zlarini o‘nglab olishga - g‘aflatdan uyg‘onishga bir turtki edi.

Ha, musulmonlar orasida ma’siyatlarning avj olib ketishi ular uchun halokatli yakunlandi. Nahot endi ham biz o‘zimizni o‘nglab olmasak?! Nahot endi ham nima uchun xorlik va halokat yoqasida turganimizni anglab yetmasak?! Nahot hali ham nafslarimizu shaharlarimizni ma’siyat-buzuqliklardan tozalamasak?!

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 01:50:29

Shoyad shundan keyin bizga Allohning rahmi kelsa, yana xusrat yuborsa! Zero, Alloh taolo Qur’oni karimda quyidagicha marhamat qiladi:

«Aniqki, to biron qavm o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha Alloh ularning ahvolini o‘zgartirmas» (Ra’d, 11).

Ba’zi mufassiflar mo‘g‘ullar bosqini bilan Ya’juj va Ma’jujlar chiqishini nihoyasiga yetgan deb fikr bildirgan. Ya’ni, Qiyomatning ulkan alomatlaridan bo‘lgan Ya’juj va Ma’jujlarning chiqishi hijriy yettinchi asrda voqelikda ko‘rindi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 01:50:55

«To Ya’juj va Ma’juj (to‘g‘oni) ochilib, ular har bir tepalikdan oqib keladigan va haq va’da (ya’ni Qiyomat) yaqin bo‘ladigan vaqtgacha ular qaytmaydilar» (Anbiyo, 96).

«Fi zilalil Qur’an»da yoziladi: «Yuqoridagi oyati karima Ya’juj va Ma’jujlarning qaysi zamonda chiqishini aniq belgilab berayotgani yo‘q. «Haq va’da yaqin bo‘ladigan...» demakkim, Qiyomat yaqinlashyapti. Bu esa hali Payg‘ambar alayhissalom hayot bo‘lgan vaqtdayoq aytilgan edi:

«(Qiyomat) soati yaqinlashib qoldi va oy ham bo‘lindi» (Qamar, 1).

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 01:51:20

Zero, ilohiy hisobdagi zamon bashar sanog‘idagi zamondan farqlidir.

Demak, «(Qiyomat) soati yaqinlashib qoldi»dan boshlab to bugungi kunimizgacha, ya’ni, mana shu vaqt oralig‘ida, Ya’juj va Ma’jujlar to‘g‘oni ochildi deyish mumkin. Unda mo‘g‘ul-tatarlarning sharqqa qilgan bosqini o‘sha Ya’juj va Ma’jujlarning (so‘nggi) chiqishi bo‘ladi.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bundan o‘n uch yarim asr muqaddam Zulqarnayn qurgan to‘g‘ondan kichik teshik ochilganini aytgan edilar. Mo‘g‘ul-tatarlar bosqini ham undan keyin bo‘ldi. Mo‘g‘ul-tatarlar Halako‘xon boshchiligida Abbosiylarning so‘nggi vakili Mo‘’tasim xalifaligi davrida arab shaharlarining kulini ko‘kka sovurdi. Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) Ya’juj va Ma’jujlar haqidagi so‘zlari voqeda ana shunday gavdalandi. Biz faqat o‘zimizcha shu to‘g‘ri deb aytyapmiz xolos. Keskin hukm qilayotganimiz yo‘q. Zero, uning haqiqati yolg‘iz Allohgagina ayon!»

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 01:51:40

Hech shak-shubha yo‘qki, Qur’oni karimda Qiyomatning ulkan alomatlaridan sanalgan, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) hadislarida rivoyat qilingan Ya’juj va Ma’juj-larning chiqishi hali voqeda kuzatilmadi. Chunki bu «ulkan chiqish»ning eng yorqin alomati uning Iso alayhissalom samodan tushgan vaqtda bo‘lishidir. Alloh taolo ularni Iso va uning ashoblari duosi barakoti bilan halok etadi. Ya’juj va Ma’jujlar ustiga qurtlar yuboriladi va ular xuddi bir kishining o‘limidek, baravar jon beradilar.

Bu haqda sahih hadislar rivoyat qilingan.

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 01:52:01

Oltinchi fasl

Quyoshning g‘arbdan chiqishi

«Parvardigoringizning ayrim oyatlari keladigan kunda esa ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (endi keltirgan) iymoni foyda bermas. Ayting: «Kutaveringlar! Biz ham kutguvchilarmiz!»
(An’om, 158).

Tavba eshiklarining taqa-taq berkilishi — quyoshning g‘arbdan (sharqdan emas!) bosh ko‘tarishi. Mazkur oyat bayoni bir qancha muta-votir hadislarda kelgan. Bu kun quyosh g‘arbdan chiqadigan kun! Quyosh g‘arbdan chiqqan zahoti har bir qalb oxirgi soniyadagi holati-kechinmasi bilan tosh qotadi. Alloh oqibatimizni xayrli etsin!

Qayd etilgan