Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 264527 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 27 B


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 01:57:23

93. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dobbatul arz chiqqanida, unda Musoning asosi va Sulaymonning uzugi bo‘ladi. Uzuk bilan mo‘minning yuzini yorishtiradi, aso bilan kofir burnida iz-belgi qoldiradi. Hatto (so‘ng) hamma bir dasturxon ustiga yig‘iladi va mo‘min kofirdan ajraladi» (Ahmad, Tayolisiy, Nuaym ibn Hammod, Abd ibn Hamid, Termiziy, Ibn Moja, Ibn Jarir, Ibn Munzir, Ibn Abu Hotim, Ibn Muravayh va Bayhaqiylar rivoyat qilgan. Termiziy hasan degan).

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 01:58:01

94. Burayda (r.a.) rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Makka yaqinidagi bir cho‘lga meni olib bordilar. Qup-quruq yer, chor atrof qum. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dobba mana shu yerdan chiqadi. (Uning chiqadigan joyi) bir qarichga bir qarich yer bo‘ladi». (Buxoriy rivoyati)

Dobbatul arz haqida bizning fikrimiz quyidagicha: U oyog‘i bor ulkan jonzot. Mutlaqo inson zotidan emas. Alloh taolo oxir zamonda uni yerdan chiqaradi. Alloh taoloning «erdan» degan so‘zida, bir fikrga ko‘ra, uning ko‘paymasligiga ishora bor.

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 01:59:03

Ibn Kasir o‘z tafsirida yozadi: «Oxir zamonda insonlar buzilib ketib, Alloh buyruqlarini qilmasdan, haq dinni buzib, o‘zgartirib yurgan vaqatlarida Alloh taolo yerdan mana shu Dobbani chiqaradi. Uni ba’zilar Makkadan, yana ba’zilar boshqa yerdan chiqadi, deyishgan. Dobba insonlarga ana shularni gapiradi. Ibn Abbos, Hasan va Qatodalar: «U odamlar bilan suhbatlashadi», deyishdi. Ato Xurosoniy esa boshqacharoq so‘z aytgan: «Ularga gapiradi. Aytadiki, insonlar bizning oyatlarimizga inonmas edilar».

Bu xabar Ali (r.a.) yo‘lidan rivoyat qilingan va Ibn Jarir ham mana shu qavlni tanlagan».

Bizningcha, Dobba quyosh g‘arbdan chiqqanidan so‘ng paydo bo‘ladi. Chunki aynan mana shu kavniy o‘zgarish, ya’ni quyoshning g‘arbdan chiqishidan keyin tavba eshigi berkitilardi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 01:59:38

Dobba chiqadi, mo‘min kim, kofir kim aniq bo‘lib qoladi. So‘ng Shom yoki Yaman tarafdan xushbo‘y shamol esib, mo‘minlarning jonini oladi. Yer yuzida faqat Luka’ ibn Luka’(lar)gina qoladi va Qiyomat ana shu kimsalar ustida bo‘ladi.

Allohning O‘zi asrasin!

Quyoshning g‘arbdan chiqishi Dobba chiqishidan oldin bo‘lishiga Ibn Hajar keltirgan rivoyatlar ham dalolat qiladi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 02:00:01

Ibn Hajar «Fathul Boriy»da yozadi: «Nuaym ibn Hammod Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qiladi:

— Odamlar Ya’juj va Ma’jujlardan so‘ng ozgina muhlat turadilar. Hatto quyosh kunbotishdan bosh ko‘taradi. Shunda ularga bir jarchi nido qiladi: «Ey iymon keltirganlar! Darhaqiqat, sizlardan qabul qilindi. Ey kofirlar! Endi sizlardan tavba eshigi berkitildi. Qalamlar (siyohi) quridi, sahifalar yopildi».

Yazid ibn Shurayh yo‘lidan rivoyat qilinadi: «Quyosh mag‘ribdan chiqqach, qalblarga (ayni holatdagi) narsalari muhrlanib qoladi. Hafaza (kotib, saqlovchi) farishtalar ko‘tariladi. Ularga hech qanday amalni yozmaslik buyuriladi».

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 02:00:50

Abd ibn Hamid va Tabariy sahih sanad bilan Oishadan (r.a.) rivoyat qiladilar:

«(Qiyomatning) eng dastlabki oyat-alomatlari ko‘rinishi bilan qalamlar tashlanadi, sahifalar yopiladi, hafazalar ozod qilinadi, tanalar (qilingan) amallarga guvohlik beradi».

Mazkur rivoyat garchi Oisha onamiz tilidan aytilayotgan bo‘lsa-da, uning Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) olingani shubhasizdir. Yuqoridagi rivoyatlar bir-birlarini quvvatlab, quyidagi ma’noga dalolat qiladi. Quyoshning g‘arbdan chiqishi tavba eshigini yopadi va bu eshik qaytib ochilmaydi. Bu faqat quyosh g‘arbdan chiqqan kungagina xos emas. Balki to Qiyomat kuniga qadar cho‘ziladi. Demak, quyoshning g‘arbdan chiqishi Qiyomat kuni yaqin qolganini bildiruvchi eng birinchi alomat» (Ibn Hajar so‘zi tugadi).

Demak, Dobba quyosh mag‘ribdan chiqqanidan so‘ng, choshgoh mahalida zohir bo‘ladi. Qiyomat ana shundan so‘ng juda-juda yaqin qoladi. Hatto o‘sha vaqtda endi tug‘ilgan go‘dak gunoh yoziladigan yoshga yetmay turib Qiyomat boshlanadi. Tavba eshigi Qiyomat kunigacha berk bo‘ladi. Ilohiy adolat otaning gunohiga bolani javobgar qilmaydi. Tavba eshigi balki faqat quyoshning g‘arbdan chiqishini ko‘rganlargagina tegishli bo‘lar. Vallohu a’lam!

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 02:01:29

Sakkizinchi fasl

Xushbo‘y shamol


Quyida Muslim rivoyat qilgan ikki rivoyatni keltirib o‘tamiz. Ular avvalgi boblarda to‘la rivoyat qilingan edi.

«Xuddi mana shu holatda Alloh taolo xushbo‘y shamol yuboradi. Bu shamol ularni o‘z bag‘riga oladi va Alloh taolo barcha mo‘min-musulmonlarning jonini oladi. Yer yuzida faqat yomon kimsalar qoladi. Ular odamlar ko‘z o‘ngida xuddi eshakdek ayollarga sakraydilar (yaqinlik qiladilar). Ana shu kimsalar ustiga Qiyomat qoyim bo‘ladi» (Muslim rivoyati).

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 02:01:51

«Alloh taolo Iso ibn Maryamni yuboradi. U Urva ibn Mas’udga o‘xshab ketadi. Iso Dajjolni izlab topib o‘ldiradi. So‘ng kishilar yetti yil yashaydilar. Mana shu muddatda ikki kishi o‘rtasida adovat bo‘lmaydi. Keyin Alloh taolo Shom tomondan sovuq bir shamolni yuboradi. Bu shamol yer yuzida qalbida zarra misqolcha yaxshiligi — yoki iymoni — bor bironta ham kishini qoldirmasdan jonini oladi. Hatto birontangiz tog‘ning o‘rtasiga kirib olsa, uning ham jonini oladi. Yerda yaxshilikni bilmaydigan, yomonlikdan qaytarmaydigan yomon kimsalar qoladi».

Bu xushbo‘y shamol Iso alayhissalom vafotidan so‘ng bo‘ladi. Sahih hadisda Iso alayhissalomning yerda qirq yil turganidan so‘ng vafot etishi va unga musulmonlar janoza o‘qishlari rivoyat qilingan. Agar xushbo‘y shamol undan ilgari esganida Iso alayhissalomga janoza o‘qigani bironta ham musulmon topilmagan bo‘lardi. Demak, Abdulloh ibn Amr hadisida aytilganidek, musulmonlar jonini oluvchi bu xushbo‘y shamol Iso alayhissalom vafotlaridan so‘ng yetti yil o‘tgach esadi. Vallohu a’lam!

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 02:02:15

95. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi (r.a.): Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Alloh taolo Yaman tomondan ipakdan-da mayin bir shamol yuboradi. Bu shamol qalbida zarra misqolicha iymoni bor biron kishini qoldirmasdan jonini oladi» (Muslim rivoyati).

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 02:02:38

*  *  *

Savol: Abdulloh ibn Amr hadisida «Alloh taolo Shom tomondan sovuq bir shamol yuboradi», deyilgan. Bu yerda esa shamol Yaman tarafdan esadi, deyilyapti. Hadislar bir-biriga qarama-qarshi ma’noni bildirmayaptimi?

Javob: Imom Navaviy aytadi: «Savolga quyidagi ikki javobni berish mumkin:
1. Ular ikki shamol bo‘ladi. Biri Shomdan, boshqasi esa Yaman tomondan esadi.
2. Bu shamolning paydo bo‘lish joyi yuqoridagi ikki iqlimning biri bo‘ladi. Ya’ni, agar Shomdan paydo bo‘lsa, so‘ng Yamanga o‘tadi. Vallohu a’lam!

Qayd etilgan