Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 264671 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 27 B


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 02:03:22

Endi yana bir masala.

«Ummatimdan bir toifa to Qiyomat kuniga qadar haq ustida zohir turadi» hadisi ham yuqoridagi hadislar ma’nosiga zid emas. Chunki bu yerda ma’no quyidagichadir: «Ummatimdan bir toifa kishilar to jonlarini xushbo‘y shamol olmagunicha haq ustida qoyim turadilar». Ya’ni, ular Qiyomat shartlari oxirlaguniga qadar turadilar. Vallohu a’lam!

Hadisdagi «Zarra yoki urug‘ misqolichalik iymon» jumlasi iymonning ko‘payib yoki kamayib turishiga dalildir. «Ipakdan-da mayin shamol», jumlasida mo‘minlarga nisbatan muloyim munosabat va izzat-ikrom bo‘lishiga ishora bor» (Navaviy so‘zi tugadi).

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 02:03:55

Mayin shamolning esishi Qiyomat qoyim yaqinligini bildiruvchi ulkan alomatlarning so‘nggisidir.

Endi vaqt juda-juda oz qoldi. Misli oy-kuni to‘lgan ayol. Uning qachon ko‘zi yorishini hech kim bilmaydi. Kechasi yoki kunduzi to‘satdan uni to‘lg‘oq tutishi mumkin. Alloh taolo bu olamning kuni bitganini, endi yangi, boqiy olamga ko‘chish vaqti yetganini e’lon qilar ekan, buning eng birinchi alomati Adan qa’ridan chiqib insonlarni mahshargohlari sari haydaydigan olov bo‘ladi. Keyingi faslda, Xudo xohlasa, ana shu alomat haqida suhbatlashamiz.

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 02:04:14

To‘qqizinchi fasl
Olovning chiqishi


Qiyomatning bu ulkan alomati haqida xilma-xil hadislar rivoyat etilgan. Ulamolar ularni bir-biriga bog‘lashga harakat qildilar. Haqiqat esa yolg‘iz Allohgagina ayon!

96. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «To Hijoz yeridan olov chiqmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. (Hijozdan chiqqan bu olov) Busradagi tuyalarning bo‘ynini yoritadi» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Qiyomat shart (alomat)larining eng avvali odamlarni mashriqdan mag‘ribga to‘plovchi olovdir» (Buxoriy rivoyati).

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 02:04:57

97. Huzayfa ibn Usayd G‘iforiydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldimizga chiqdilar. Biz Qiyomat haqida so‘zlashib o‘tirgan edik. Payg‘ambar alayhissalom dedilar:

— O‘n oyat-alomatni ko‘rmaguningizga qadar, Qiyomat bo‘lmaydi.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Duxon, Dajjol, Dobba, quyoshning g‘arbdan chiqishi, Isoning tushishi, Ya’juj va Ma’juj, Mashriq, Mag‘rib hamda arab jazirasidagi yer yorilishini sanadilar. Oxirida esa odamlarni mahshargohlari tomon haydaydigan olovni aytdilar» (Muslim rivoyati).

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 02:06:01

97. Huzayfa ibn Usayd G‘iforiydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldimizga chiqdilar. Biz Qiyomat haqida so‘zlashib o‘tirgan edik. Payg‘ambar alayhissalom dedilar:

— O‘n oyat-alomatni ko‘rmaguningizga qadar, Qiyomat bo‘lmaydi.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Duxon, Dajjol, Dobba, quyoshning g‘arbdan chiqishi, Isoning tushishi, Ya’juj va Ma’juj, Mashriq, Mag‘rib hamda arab jazirasidagi yer yorilishini sanadilar. Oxirida esa odamlarni mahshargohlari tomon haydaydigan olovni aytdilar» (Muslim rivoyati).

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 02:06:25

Abu Dovud rivoyatining oxirida: «Yamandan, Adan qa’ridan olov chiqadi va odamlarni mahshargohlari tomon haydaydi», deyilgan.

Qiyomat oldidan chiqadigan olov haqida mana shunday hadislar rivoyat qilingan.

Birinchi hadisda: «Hijoz yeridan olov chiqadi», deyilgan edi. Bu oyat-alomat voqeda bo‘lib o‘tgan.

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 02:06:40

Qurtubiy «Tazkira»da yozadi: «Hijoz yerlarida — Madinada bu olov chiqdi. U 654 yil, jumodul oxir oyining uchinchi tuni chorshanba kechasida qattiq zilzila bilan boshlandi va juma kunining choshgohigacha davom etdi».

Ibn Hajar «Fathul Boriy»da yozadi: «Menimcha ham hadisda zikr qilingan olov Madina tomonlardan chiqqan. Ammo odamlarni to‘playdigan olov hali chiqqani yo‘q, u boshqa olovdir».

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 02:06:53

Hadislardagi xilma-xillikni Ibn Hajar quyidagicha izohlagan: «Bu olovning Adan qa’ridan chiqishi uning odamlarni mashriqdan mag‘ribga to‘plashiga zid emas. Ya’ni u boshlab Adan qa’ridan chiqadi va atrofga tarqaladi. «Odamlarni mashriqdan mag‘ribga to‘playdi», degan so‘zda sharq yoki g‘arb xoslanayotgani yo‘q. Umumiy hashr-to‘plash maqsad qilinyapti. Yoki u (ya’ni, olov) yer yuzida yoyilganidan so‘ng eng birinchi mashriq ahlini to‘playdi».

Hadislar olimlarimiz tomonidan ana shunday sharhlangan. Lekin bu olovning haqiqat-mohiyati, odamlarni qanday to‘plashi qorong‘u. Bu sirni ham yolg‘iz Alloh biladi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 02:07:12

Zamon yaqinlashuvi

Qiyomat qoyim xabarini beruvchi bu alomatning aynan qachon bo‘lishi, qaysi oyat-alomatdan so‘ng ko‘rinishi hadislarda aytilmagan. Demak, uning qachon bo‘lishini ham Alloh biladi.

98. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Zamonning yaqinlashuvi, ilmning kamayib ketishi, fitnalarning zohir bo‘lishi, xasislikning urchishi va harjning ko‘payishi Qiyomat shartlaridandir», dedilar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam).
— Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)! Nima u harj? — deb so‘rashdi sahobalar.
— Qatl, qatl, — dedilar Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam)» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 02:07:45

Ibn Asir zamon yaqinlashuvini umrlarning qisqarishi va barakaning kamayishi deb sharhlagan.

Ibn Asir yozadi: «Lekin ba’zilar uni boshqacha sharhlaganlar. Ya’ni, zamon yaqinlashadi, hatto yil oydek, oy haftadek, hafta kundek, kun soatdek, soat xurmo bargining yonishidek bo‘lib qoladi».

Mana shu oxirgi tafsir sahihroq. Vallohu a’lam! Chunki aynan mana shu ma’noga dalolat qiluvchi zaif hadis bor. Lekin Buxoriy va Muslim rivoyat etgan hadis uning sahihligini bildiradi. Vallohu a’lam!

Qayd etilgan