97. Huzayfa ibn Usayd G‘iforiydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldimizga chiqdilar. Biz Qiyomat haqida so‘zlashib o‘tirgan edik. Payg‘ambar alayhissalom dedilar:
— O‘n oyat-alomatni ko‘rmaguningizga qadar, Qiyomat bo‘lmaydi.
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Duxon, Dajjol, Dobba, quyoshning g‘arbdan chiqishi, Isoning tushishi, Ya’juj va Ma’juj, Mashriq, Mag‘rib hamda arab jazirasidagi yer yorilishini sanadilar. Oxirida esa odamlarni mahshargohlari tomon haydaydigan olovni aytdilar» (Muslim rivoyati).