Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 185225 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 B


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:26:30

UCHINCHI BOB

«Odamlarga hisob-kitoblari (ya’ni Qiyomat qoyim bo‘lishi) yaqinlashib qoldi. Ular esa g‘aflatda, (iymon keltirib, yaxshi amallar qilishdan) yuz o‘girguvchilardir» (Anbiyo, 1).

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:27:07

Qiyomat qoyimning yaqinligi

Qiyomat qoyim deyilganda ikki xil ma’no tushuniladi.

Birinchi ma’no: Har bir insonning o‘z qiyomati bor. Kishining o‘limi uning qiyomatidir.

Ikkinchi ma’no: Ulkan Qiyomat. Dunyo hayotining tugashi va oxirat olamiga safar. U kunda har bir jon amaliga yarasha jazo-mukofot oladi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:27:30

Quyidagi hadis Qiyomat qoyimning birinchi ma’nosiga tegishli.

104. Oisha (r.a.) aytadi: «Sahroi arablar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga kelishsa, u zotdan Qiyomat haqida so‘rashardi.

Payg‘ambar alayhissalom ularning yoshi eng kichkinasiga qarab aytar edilar:
— Agar mana bu o‘lmasa, hatto unga qarilik yetmasdan turib, ustingizga Qiyomat keladi» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ularga Qiyomat qoyimni o‘ylamasdan o‘zlarining Qiyomatlari — o‘limlari g‘amini yemoqlari lozimligini aytganlar. Kim o‘lsa, demak uning Qiyomati qoyim bo‘libdi. Marhum uchun qabr jannat bog‘laridan bir bog‘ga yoki jahannam chohlaridan bir chohga aylanadi. Inson eng avvalo yaqinda boshiga tushadigan narsaga tayyorlanmog‘i lozim. U: «Qiyomat qoyim qachon bo‘ladi?» deb boshini og‘ritib yurishning o‘rniga yaxshi amallarini ko‘paytirsin, niyatini xolis qilsin va mana shu tariqa o‘z qiyomat — o‘limiga hozirlik ko‘rsin!

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:27:49

105. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir kishi Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam): «Qiyomat qoyim qachon bo‘ladi?» deb so‘radi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bir oz jim turdilar-da, so‘ng yonlaridagi Azd shanualik (Azd Shanua — Yamandagi qabila) bolaga qarab dedilar: «Agar manavi bola umr ko‘rsa, unga qarilik yetmasdan turib Qiyomat qoyim bo‘ladi».

Anas (r.a.) aytadi: «O‘sha kunlarda u bola men bilan tengqur edi» (Muslim rivoyati).

Yuqorida keltirilgan hadislarda Qiyomat so‘zi birinchi ma’noga ko‘ra ishlatilgan.

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:28:01

Ulkan Qiyomat, ya’ni butun olam hayotining tugallanishi haqida esa juda ko‘p hadislar rivoyat qilingan. Men Qiyomatning juda yaqin qolganini ta’kidlamoqchiman. Hatto, qo‘rqamanki, nabiralarimiz Qiyomat qoyimni ko‘rmasalar edi.

Alloh taolo bizni ham, zurriyotimizni ham bu kunni ko‘rishdan asrasin! Chunki U kun faqat Alloh g‘azabi va la’natiga duchor bo‘lgan kimsalar ustiga keladi va ular orasida «La ilaha illalloh» kalimasini aytuvchi biron tirik jon qolmaydi. Alloh asrasin!

Endi yana Qiyomat yaqin qolganini bildiruvchi hadislarga hamda voqeiy misollarga o‘tamiz. Alloh madadkor!

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:28:56

Qiyomat qachon?

Qiyomatning aniq vaqti yolg‘iz Allohgagina ma’lumdir.

«(Ey Muhammad), sizdan soat (ya’ni, Qiyomat) qachon voqe bo‘ladi, deb so‘raydilar. Ayting: «Uning bilimi faqatgina Parvardigorning dargohidadir. Vaqti-soati kelganida ham faqat O‘zi oshkor qilur. U (ya’ni, Qiyomat) samovot va yer uchun juda og‘ir (dahshatli) bir ishdir. U sizlarga faqat to‘satdan — kutilmaganda kelur». Go‘yo siz u haqda yaxshi biladigandek so‘raydilar. Ayting: «Uning bilimi faqatgina Alloh dargohidadir. Lekin juda ko‘p odamlar uni bilmaydilar» (A’rof, 187).

Lekin Qiyomat yaqinlashganini taxminan bilish mumkin va bu ish shariatda ham qaytarilmagan. Qiyomatning katta va kichik shartlari sahih hadislarda bayon etilgan. Biz ularga qarab ko‘p narsani bilishimiz mumkin. Butun olamlar Parvardigori Alloh taologa hamdlar bo‘lsin.

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:29:13

Shu bois voqeiy hodisalarga, zohir bo‘lgan alomatlarga asoslanishning Qiyomat yaqinligi xususida bahs yuritar ekanmiz, bu bilan befoyda yoki imkonsiz narsaga qo‘l urgan hisoblanmaymiz. Alloh haq yo‘ldan adashtirmasin!

Ibn Hajar aytadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Payg‘ambar qilib yuborilganimda Qiyomat va men mana bu (ikki barmog‘im)dek edi», deganlar. Qur’oni Karimda esa quyidagi mazmunda oyat nozil qilingan:

«Darhaqiqat, yolg‘iz Allohning huzuridagina (Qiyomat) soati (qachon bo‘lishi to‘g‘risidagi) bilim bordir» (Luqmon, 34).

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:29:22

Hadis va oyat ma’nolari bir-biriga zid emas. Chunki Qiyomatning yaqinligini bilish bu uning aynan qachon bo‘lishini aytish hisoblanmaydi» (Ibn Hajar so‘zi tugadi).

Biz ham mana shu yo‘ldan boramiz. Qiyomatning yaqin qolganligi haqida bahs yuritar ekanmiz, uning muayyan vaqtini belgilashni barcha g‘oyiblarni bilguvchi Zotga havola qilamiz.

O‘tgan bobda Qiyomat qoyimning yaqinligiga dalolat qiluvchi bir qancha hadislar aytildi. Ulardan ba’zi birlarini eslab o‘tamiz.

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:29:35

106. Mustavrid ibn Shaddoddan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Men Qiyomat soati nafasida yuborildim. Manavi (barmog‘im) bunisidan o‘zganidek undan o‘zdim». Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlariga ishora qildilar» (Termiziy va Tabaroniy rivoyati).

Ibn Hajar «nafas» kalimasini yaqinlik ma’nosida sharh-lagan.

Ibn Asir «Nihoya»da yozadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) «Men (Qiyomat) soati nafasida yuborildim», dedilar. Ya’ni, men Qiyomat qoyim vaqti yetilib qolgan paytda yuborildim. Faqat Alloh taolo uni bir oz keyinga surdi va meni mana shu nafasda yubordi». Bu yerda «nafas» yaqinlik ma’nosida qo‘llangan.

Ba’zilar aytadiki: Alloh taolo Qiyomatga ham xuddi inson nafasi kabi nafas ato etgan.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytmoqchilarki: «Men Qiyomatga yaqin bir paytda yuborildim. Xuddi yaqinda turgan kishining nafasi sezilganidek, uning nafasini his qildim».

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:29:46

107. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «(Payg‘ambar qilib) yuborilganimda, men va Qiyomat mana bu ikkisidek edik. (Ularning orasi) xuddi ulardan birining ikkinchisidan ortiqligidek». Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini juftlashtirdilar» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Ya’ni, o‘rta barmoqning ko‘rsatkich barmoqdan qanchalik uzunligiga qarab yana qancha muddat hayot davom etishini o‘ylang.

Odam alayhissalomdan to Qiyomatga qadar yashash o‘rta barmoqchalik bo‘lsa, bu hayotning ko‘rsatkich barmoqchalik umri tugadi. Endi o‘rta barmoqning ko‘rsatkich barmoqdan uzunligi miqdorida hayot qoldi, xolos.

Qayd etilgan