Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 264941 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 B


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:29:57

Qozi Iyoz va boshqalar aytadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) o‘zlari bilan Qiyomat o‘rtasidagi muddatning kamligiga nisbatan aytilgan lafzlarning har xilligiga ishora qilganlar».

Qurtubiy «Mufhim»da yozadi: «Hadisi sharifdan Qiyomat qoyimning yaqinlashgani va tezda kelishi xulosa qilinadi».

«Tazkira»da yozadi: «Bu gapdan: «Qiyomat aynan falon kuni bo‘ladi», degan ma’no kelib chiqmaydi. Faqat jumla siyoqi Uning yaqin qolganiga dalolat qilyapti, xolos. Chunki Qiyomat shartlari ketma-ket bo‘ladi. Qur’onda ham: «Darhaqiqat, uning shartlari keldi», deyilgan».

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:30:06

Imom Tabariy bir asarida Ibn Abbosning quyidagi so‘zini keltirgan: «Dunyo oxirat jumalaridan bir jumadir. U yetti ming yil».

Mazkur rivoyat sanadida Yahyo ibn Ya’qub va Hammod ibn Abu Sulaymonlar ham bor. Ularni ba’zilar tanqid qilgan. Lekin Abu Hotam Yahyo haqida «Uning mahalli sidqdir», degan. Hammod esa Ko‘faning faqihi bo‘lgan. Uni Ibn Ma’in va boshqalar ishonchli kishi deb ta’kidlashgan. Demak, Ibn Abbosdan rivoyat qilingan bu mavquf hadis sanadi sahih ekan. Mazkur rivoyatni Tabariy Ka’bul Ahbor va Vahb ibn Munabbahlardan naql qilingan quyidagi rivoyatlardan ustun qo‘ygan. Vahb va Ka’bdan naql qilingan rivoyat: «Dunyo 6000 yildir. Uning 5600 yili o‘tdi».

Ibn Jarir «Sahihayn»da keltirilgan Ibn Umarning (r.a.) hadisini naql qiladi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Sizlarning ajal (muhlat)ingiz sizlardan ilgari o‘tganlar ajali oldida asr namozidan kun botgunigacha (bo‘lgan muddatchadir)».

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:30:15

Ibn Hajar yozadi: «Ibn Umarning ushbu hadisi muttafaqun alayh sahih hadisdir. Unga e’timod qilinadi. Hadisni ikki xil tushunish mumkin.

Birinchi: Hadisdagi miqdor-muddat zohiriga ko‘ra tushunilmaydi. Faqat Qiyomatning yaqin qolgani tashbeh bilan aytilyapti, xolos.

Ikkinchi: Hadis zohiriga ko‘ra olinadi. Demak, mana shu ummatning yerda yashash muddati taqriban kunning beshdan bir qismiga teng ekan» (Ibn Hajar so‘zi tugadi).

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:30:35

Olimlar ushbu masalada turlicha fikr yuritganlar. Lekin bularning barchasi taxmin, xolos. Qiyomatning aynan qay soatda bo‘lishi yolg‘iz Allohgagina ayon.

Shunisi aniqki, Qiyomat juda yaqin qolgan. Haq da’vatchisi nidosiga javob qaytaruvchi biron jon yo‘q. Vaholanki, Qiyomatning barcha kichik shartlari bo‘lib o‘tdi.

«Odamlarga hisob-kitoblari (ya’ni Qiyomat qoyim bo‘lishi) yaqinlashib qoldi. Ular esa g‘aflatda, (iymon keltirib, yaxshi amallar qilishdan) yuz o‘girguvchilardir» (Anbiyo, 1).

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:30:45

Dunyo hayotining beshdan to‘rt qismi o‘tib bo‘ldi. Dunyo umri deyilganida, albatta bashariyat umri tushuniladi. Dunyo umri, ya’ni, bashariyat hayoti (mana shu yer ustidagi albatta) yetti ming yildan oshmaydi.

Lekin ba’zilar bu fikrga qo‘shilmaydilar. Ular qadimgi g‘orlardan topilgan inson suyaklari va bosh chanoqlari bundan qirq ming yil muqaddam yashagan ajdodlarga tegishli deyishadi. Hatto yerda inson hayoti boshlanganligiga million yil bo‘lgan deb o‘ylovchilar ham bor.

Ularga beriladigan eng oson javob shuki, inson tarixini o‘rganuvchi o‘sha olimlarning o‘zlari ham g‘orlardan topilgan suyaklar insonga tegishlimi yoki noma’lum jonzot qoldiqlarimi buni aniq bilmaydilar. Ular aytayotgan farazlarning to‘g‘riligiga yo‘q?!

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:30:55

Faylasuf va tarixchi Vul Dyurant yozadi: «Frantsuz arxeologlari mana shu iqlimda (ya’ni, Iroq va Eronda) yigirma ming yil muqaddam o‘tgan odamlar qoldig‘i-suyaklarini topdilar. Shuningdek, miloddan ilgari 4500yilda yuksak madaniyat bo‘lganiga dalolat qiluvchi topilmalar ham mavjud».

Vul Dyurant fikrini davom ettirib, insoniyat tarixi, uning qachondan boshlab temirdan foydalangani, umuman ijtimoiy-madaniy hayoti haqida bahs yuritadi.

Haqiqatni yolg‘iz gumonu taxminlarga tayanib topmoqchi bo‘layotgan kimsalarning nodonligini bir tomosha qiling! Payg‘ambarlarni tasdiqlash va iymon ne’matidan mahrum olimlarning holini ko‘ring.

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:31:12

Alhamdu lillahki, musulmonman va bir musulmon sifatida Odam alayhissalomning Vul Dyurant kabi faylasuf olimlardan madaniyatu ma’rifat borasida yuksakda ekaniga e’tiqod qilaman. Zero, Alloh taolo unga hayot uchun zaruriy bo‘lgan barcha bilimlarni o‘rgatgan edi:

«Va U zot Odamga barcha narsalarning ismini o‘rgatdi» (Baqara, 31).

Haq din ta’limotini olmagan ba’zi kimsalar Odam va uning zurriyotini (avvalo ularga ishonsalar, albatta) hech narsaga aqli yetmaydigan nodon, gapira olmaydigan soqov, Parvardigorlarini tanimaydigan kofiru johil qilib tasvirlaydilar.

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:31:21

Ular bilgan din tarixi ham, insoniyat tarixi ham mana shunday deydi. Bunday «olimlar» fikriga ko‘ra inson so‘zlashishni keyinchalik qush va hayvonlarga qarab o‘rgangan. Ilk ajdodlar, ularning fikricha, to olov tasodifan kashf etilmaguniga qadar go‘shtni xomligicha yeganlar, tabiat yomonligidan saqlanmoq ilinjida turli narsalarga sig‘inganlar.

So‘ng hayot kechirish darajalari sekin-sekin rivojlanib borgan va taxminan bundan olti ming yillar muqaddam tasodifan temir-ma’danlar kashf qilingan. To o‘shangacha, ya’ni kam deganda qirq ming yil, agar million yil deyishmasa, odamlar jaholatda, zulmatda hayot kechirganlar. Tosh qurollari yordamida kun ko‘rib, g‘orlarda yashashgan.

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:31:32

Bu iymon ne’matidan benasib qolgan kimsalar taxmini, ular qurgan farazlar. Lekin Allohga va oxirat kuniga ishongan mo‘minlar boshqacha e’tiqod qiladilar. Ular Odam alayhissalomning nabiy ekaniga, Alloh taoloning unga barcha narsalar ismini o‘rgatganiga va hayot uchun zaruriy bilimlarni bildirganidan so‘nggina otamizni yerga tushirganiga ishonadilar (Odam alayhissalom farzandlari ham hech narsani bilmaydigan johil, nodon, kofir bo‘lishmagan).

Hech kim Qiyomatning aniq qaysi soatda bo‘lishini aytib bera olmaydi. Insonlar hisob-kitobida esa xato bo‘lishi shubhasizdir.

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:32:01

«(Ey Muhammad), sizdan soat (ya’ni, Qiyomat) qachon voqe bo‘ladi deb so‘raydilar. Ayting: «Uning bilimi faqatgina Parvardigorim dargohidadir. Vaqti-soati kelganida ham faqat o‘zi oshkor qilur. U (ya’ni Qiyomat) samovat va yer uchun juda og‘ir (dahshatli) bir ishdir. U sizlarga faqat to‘satdan-kutilmaganda kelur». Go‘yo siz u haqda yaxshi biladigandek so‘raydilar. Ayting: «Uning bilimi faqatgina Alloh dargohidadir. Lekin juda ko‘p odamlar uni bilmaydilar» (A’rof, 187).

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Qiyomatning juda yaqin qolgani, farishta faqat surga nafxa urishga buyruq kutayotgani haqida gapirganlarida sahobai kiromlarga bu bir oz og‘ir keldi.

Qayd etilgan