Ular bilgan din tarixi ham, insoniyat tarixi ham mana shunday deydi. Bunday «olimlar» fikriga ko‘ra inson so‘zlashishni keyinchalik qush va hayvonlarga qarab o‘rgangan. Ilk ajdodlar, ularning fikricha, to olov tasodifan kashf etilmaguniga qadar go‘shtni xomligicha yeganlar, tabiat yomonligidan saqlanmoq ilinjida turli narsalarga sig‘inganlar.
So‘ng hayot kechirish darajalari sekin-sekin rivojlanib borgan va taxminan bundan olti ming yillar muqaddam tasodifan temir-ma’danlar kashf qilingan. To o‘shangacha, ya’ni kam deganda qirq ming yil, agar million yil deyishmasa, odamlar jaholatda, zulmatda hayot kechirganlar. Tosh qurollari yordamida kun ko‘rib, g‘orlarda yashashgan.