Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 174235 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 26 27 B


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:53:04

Inson — borliq ruhi

Inson mana shu borliqning jonidir. Aslida butun dunyo inson sababli va inson uchun yaratilgan. Shuning uchun ham bashariyat to‘la kofir bo‘lib, Uning oyatlarini inkor qilganida dunyoning umri tugaydi.

«Alloh, Alloh!» deguvchi inson ustida Qiyomat qoyim bo‘lmas!» (Muslim rivoyati)

Insoniyat iymon ne’matidan butunlay mahrum qilinganida, yer yuzida «La ilaha illalloh» kalimasini aytadigan bironta odam topilmaydigan zamonlar kelganida borliq ham ruhi jonidan judo bo‘ladi. Zero, borliq mana shu ruh bilan tirik turadi. U aynan ushbu ruh sababli yaratilgan edi. Xuddi ruh yashashi uchun inson yaratilganidek.

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:53:55

Chunki inson faqat go‘shtu qondan tarkib topgan emas. Unda yashayotgan ruh insoniyat haqiqati, uning mohiyatidir. Inson — Allohning yerdagi xalifasi! Bu oliy martabaga u nafxa sohibi bo‘lgani bois erishdi.

«Bas, qachon uni tiklab, ichiga o‘z (dargohimdagi) jondan kiritganimda, sizlar unga sajda qilgan holingizda yiqilingiz!» (Hijr, 29)

Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan sahih hadisda aytilishicha, homila yuz yigirma kunlik bo‘lganidan so‘ng unga ruh kiritiladi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:54:23

Borliqda Odam alayhissalomning yaratilishi ham mana shunga o‘xshaydi. Ya’ni, nutfa (bir tomchi suv) inson ruhini qabul qilib olishga tayyor bo‘lgach, Alloh taolo unga bir farishtani yuboradi va Alloh izni bilan homilaga jon-ruh kirgiziladi.

Xuddi shunday borliq ham xalifaning istiqboliga tayyor bo‘lgach, Alloh taolo farishtalarga dedi:

«Men yerda (odamni) xalifa qilmoqchiman». (Baqara, 30)

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:55:11

Yer xalifasi Odam va uning zurriyoti borliq uchun ruh-jon maqomida turadi. Alloh taolo yerdagi barcha narsani yana o‘ziga qaytarib olguniga qadar borliq inson bilan tirik bo‘ladi. Bu holat inson vafot etguniga qadar ruhi bilan yerda yashaganiga o‘xshaydi.

Oqibat esa turlicha bo‘ladi. Kimdir yerdagi xalifalikni to‘g‘ri ado etgani uchun rohat-farog‘atga erishadi. Yana kimdir noto‘g‘ri xatti-harakatlari bois azob-uqubatga duchor qilinadi.

Ibrohim alayhissalom zamonigacha bashariyat o‘spirin bolalardek yengiltaklik va quloqsizlik bilan yashadi. Ular pand-nasihatlarni tinglamadi, hikmatga e’tibor ham bormadi. Natijada mana shu yengiltakliklari, quloqsizliklari tufayli ko‘plari Nuh alayhissalom o‘z qavmi 950 yil hidoyatga da’vat qildilar. halok bo‘ldi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:55:29

«Darvoqe, har qachon men ularni Sening mag‘firatingga (sabab bo‘ladigan din yo‘liga) da’vat qilsam, ular (mening so‘zlarimni eshitmaslik uchun) barmoqlarini quloqlariga tiqib (meni ko‘rmaslik uchun yuzu ko‘zlariga) oyoq tirab turdilar hamda (menga itoat etishdan bosh tortib) kibr-havo qildilar». (Nuh, 7)

Nuh alayhissalom shu qadar uzoq muddatli da’vatdan so‘ng qavmining iymonga kelishidan umid uzdilar va ularni duoibad qildilar. Zero, bu qavm yerda xalifalik ma’no-mohiyatini to‘g‘ri ado etuvchi mo‘minlar uchun yaratilgan hayotga loyiq emas edi!

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:55:43

«Nuh aytdi: «Parvardigorim, yer kofirlaridan biron hovli-joy egasini qoldirmagin. Chunki Sen agar ularni (er yuzida) qoldirsang, ular bandalaringni yo‘ldan ozdirurlar va ular faqat ko‘rnamak, nopok (kimsalar)ni tug‘ib-ko‘paytirurlar». (Nuh, 26-27)

Ba’zi rivoyatlarda aytilishicha, Nuh alayhissalomga iymon keltirgan, uning kemasida jon saqlab qolgan mo‘min va mo‘minalar soni bor-yo‘g‘i saksonta bo‘lgan. 950 yillik da’vatlari hosilasi edi bu!

Keyingi qavmlar ham Nuh alayhissalom qavmlaridan deyarli farq qilmaydi. Biz Od, Samud, Tubba’ va boshqa qavmlar qissasidan xabardormiz. Ularning barchalari o‘z payg‘ambarlarini yolg‘onchiga chiqardi va natijada Alloh azobiga duchor bo‘ldilar. Chunki ulardan ham, zurriyotlaridan ham biror yaxshilik chiqishi umid qilinmadi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:56:09

Nuh alayhissalom aytgan edilar: «Chunki Sen agar ularni (er yuzida) qoldirsang, ular bandalaringni yo‘ldan ozdirurlar va ular faqat ko‘rnamak, nopok (kimsalar)ni tug‘ib-ko‘paytirurlar». (Nuh, 27)

Mo‘minlar avlodiga yer keng-mo‘l bo‘lishi uchun ilohiy hikmat taqozosiga ko‘ra kofir qavmlarning hayot tomirlari yulib tashlandi. Endi bashariyatning yoshi bir oz ulg‘aygan edi. Insonlar o‘spirinlik yoshidan o‘tib, ko‘p narsani aql tarozusida tortib ko‘radigan bo‘lishdi. Bu davrda, ya’ni, Ibrohim alayhissalomdan keyin to Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) davrlarigacha bo‘lgan muddatda rasullar da’vatini qabul qiladigan kishilar soni ortib bordi. Hatto ashaddiy kofirlar avlodidan ham mo‘min farzandlar chiqishi umidli hodisaga aylandi va shu sababli butun qavmni yer yuzidan yo‘qotib tashlash jazosi to‘xtatildi. Endi faqat o‘lim va asirlik jazolari qolgan edi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:56:16

Nihoyat bashariyat Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) zamonlariga kelib, aqliy komillikka yetishdi. Ya’ni, aqli to‘ldi. Bu hol inson hayotidagi qirq yoshga qiyos qilinadi.

Agar butun o‘tgan umr bor-yo‘q hayotning beshdan to‘rt qismini tashkil etadigan bo‘lsa, bugun insoniyat — agar kishi umri bilan hisoblaydigan bo‘lsak — ellik yoshga kirdi va buyog‘i bizning hisobimizda juda-juda oz qoldi.

Odamlar turli ma’siyatlar, fisqu fujurlar, mast qiluvchi ichimliklar bilan o‘zlarini-o‘zlari o‘limga hukm etar ekanlar, yigitlik yoshida ham hayot bilan vidolashishlari mumkin!

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:56:30

Bugun biz ayni shu holatning tirik guvohlarimiz. Butun bashariyat tarixi mana shunday o‘z-o‘zini o‘ldirish bilan to‘lib-toshgan. Bu zulmatdek qop-qora, zulm, kufr va fisqu fujur bilan to‘lgan qora kunlar, qora tarixdir.

Nopok kimsalar olamga hukmron. Barcha-barcha imkoniyat va qulayliklar fasod tarqatuvchi «zot»lar qo‘lida. Insoniyat bugun olamni hatto to‘rt marta izdan chiqarib yuborishi mumkin. U ana shunday xarob qiluvchi qurollarga ega.

Xo‘sh, mana shunday hayot tarziga ega qavm yer yuzida uzoq hayot kechiradi, deb o‘ylaysizmi?!

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:56:39

Menimcha, vallohu a’lam, Alloh taolo bandalarini bu zulm-zulmat orasiga tashlab qo‘ymaydi. U juda mehribon Zot!

Hayot oxirlamoqda, bashariyat umri juda oz qoldi. Qiyomat alomatlari asta-sekin ko‘rinyapti.

Bandalar Parvardigorlari huzurida hisob-kitob qilinadilar. Alloh bizga kifoya va U naqadar yaxshi kifoya etguvchi!

Qayd etilgan