Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 183180 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 22 23 24 25 26 27 B


Muslimaxon  16 Yanvar 2007, 13:51:11

Demak, quyoshning g‘arbdan chiqishi ramziy ma’noda oxirgi lahzada - jon chiqar chog‘ida o‘zga olamdan porlaydigan haqiqat quyoshining chiqishiga muqobil ekan. Zero, undan keyin faqat o‘limgina qoladi. Mo‘minning joni yengil, yumshoq olinadi. Kofirning ruhi esa qattiq sug‘irib olinadi. Axir xushbo‘y shamol ham mo‘minlarning jonini avaylab, ohista olmasmidi?! So‘ng ayollari ustiga xuddi eshaklardek sakraydigan fojiru kofir kimsalarga Qiyomat qoyim keladi va ularning joni qattiq, alamli sug‘irib olinadi. Alloh taolodan dunyoyu oxirat salomatligini so‘raymiz! Amiyn!

Qayd etilgan


Muslimaxon  16 Yanvar 2007, 13:52:50

Ya’juj va Ma’jujlar

Iso alayhissalom tushib, Dajjolni o‘ldirganlaridan so‘ng, Ya’juj va Ma’jujlar chiqadi. Musulmonlar hali Iso alayhissalom hukmi ostida rohat qilib yashamagan bo‘ladi.

Biz bu davrni har bir kishi boshidan kechiradigan o‘lim oldidagi tetiklikka, uning naqadar qisqaligiga qiyosladik. Ya’ni, musulmonlar ozgina muddat Iso hukmi ostida yashaydilar. Ya’juj va Ma’jujlarning chiqishi esa inson jismini halok qiluvchi fano omillarining hujumiga ramziy bir ishoraga o‘xshaydi. Zero, xuddi Ya’juj va Ma’jujlar kabi bu fano omillari hujumini hech kim qaytarishga qodir bo‘lmaydi. Ya’ni, Ya’juj va Ma’jujlarni to‘xtatishdan hatto Iso hamda uning ashoblari ham ojiz bo‘ladilar. O‘lim soati yaqinlashgan vaqtda fano omillarini hech kim to‘xtatib qola olmaydi. Endi Iso alayhissalomning duosi bilan Ya’juj va Ma’jujlarning o‘ldirilishiga kelsak, bu ham o‘lim oldidagi tetiklikka ramzdir. Vallohu a’lam!

Qayd etilgan


Muslimaxon  17 Yanvar 2007, 11:01:54

Dobbatul arz chiqishining siri

Dobba quyosh mag‘ribdan bosh ko‘tarib, tavba eshigi berkitilganidan so‘ng chiqadi. "œOdamlar bizning oyatlarimizga ishonmas edilar", deb gapiradi. Mo‘minning yuzini yana-da yorishtirib, kofirning burniga belgi qo‘yadi. Hamma bir dasturxon atrofida jamlanib, kim mo‘min va kim kofir ekani bilib olinadi. Bu o‘lim to‘shagida yotgan kishiga farishtalarning xabar keltirishiga o‘xshaydi. Maloikalar mo‘minga jannat xushxabarini beradi, joni uzilayotgan kofirni do‘zax bilan qo‘rqitadilar!

«(Ey Muhammad), bu zolimlarni o‘lim girdobida qolgan, o‘lim farishtalari qo‘llarini cho‘zib: «Jonlaringizni beringiz! Bu kun - Alloh sha’niga nohaq gaplarni aytganingiz va Uning oyatlaridan yuz o‘girib kibru havo qilganingiz sababli xorlik azobi bilan jazolanadigan kuningizdir», deb turgan paytda bir ko‘rsangiz edi» (An’om, 93).

Qayd etilgan


Muslimaxon  17 Yanvar 2007, 11:02:31

«Agar farishtalar kofir kimsalarning yuz va ketlariga urib jonlarini olayotgan va: «Do‘zax azobini totingiz! Bunga sabab o‘zlaringiz qilgan amallaringizdir, zero Alloh hargiz bandalariga zulm qiluvchi emasdir», deyayotgan paytini ko‘rsangiz edi» (Anfol, 50).

Qayd etilgan


Muslimaxon  17 Yanvar 2007, 11:02:56

Endi mo‘minlar haqida

«Ular (shirk va isyondan) pok bo‘lgan hollarida, farishtalar ularning jonlarini olar ekanlar: «Sizlarga tinchlik-omonlik bo‘lgay. (Endi) qilib o‘tgan amallaringiz sababli jannatga kiringiz», derlar» (Nahl, 32).

Dobbaning chiqishi ana shunday o‘lim sir-asrorlariga va olamning umri tugayotganiga ishora qiluvchi alomatdir.

So‘ng abadiy hayot boshlanadi. Alloh taolodan bizni ham fazlu karami ila haq yo‘lga hidoyatlanganlar qatorida qilishini so‘raymiz. Amiyn!

Qayd etilgan


Muslimaxon  17 Yanvar 2007, 11:03:27

Odamlarni mashriqdan mag‘ribga to‘playdigan olov

O‘lim to‘shagida yotgan kishining joni sug‘irilib o‘zining sharqiy olami — dunyo olamidan g‘arbiy olami — oxirat olamiga o‘tkaziladi. Ruh quyoshi bizga nisbatan mana shu yerda botadi, oxirat olamiga nisbatan esa chiqadi...

Qayd etilgan


Muslimaxon  17 Yanvar 2007, 11:03:54

So‘ngso‘z

Qiyomat shartlari va ularning sir-asrorlari haqida Alloh izni bilan baholi qudrat bilgan-tushunganlarimni bayon etdik.

Alloh taolodan ushbu amalimizni qabul etishini va uni xolis karim yuzi uchun qilishini so‘raymiz.

Risoladagi qalam adashgan, toyilgan o‘rinlarni Uning O‘zi kechirsin!

Bizni mana shunga yo‘llab qo‘ygan Allohga hamdlar bo‘lsin! Zero, o‘zimizcha hech qachon uni topa olmasdik!

Albatta, Parvardigorimiz rasullari faqat haqni keltirganlar!

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh!

Qayd etilgan



AbdulAziz  31 Mart 2008, 07:56:00

Qiyomat alomatlari



Muallif: Muhammad Salamat Jabar

Hajmi: 391 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

Saqlab olish

Online o'qish

Qayd etilgan