Muallif Mavzu: Pirimqul Qodirov. Yulduzli tunlar (roman)  ( 248754 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
« Javob #735 : 10 Yanvar 2008, 22:16:33 »
Doshqozonlarda palov pishmoqda. Dasturxonlarga noz-ne’matlar, oltin-kumush surohiylar qo‘yilgan. Soqiylar xumlarda kuch yig‘ib yotgan maylardan ko‘zachalarini to‘ldirib olishmoqda. Ulardan biri ikkinchisiga shivirlab deydi:
— Ertaga yana qirg‘in urush bo‘larmish. Shunday paytda ichkulik bazmi ko‘ngillariga qanday sig‘arkin?
Ikkinchi soqiy e’tiroz qiladi:
— Ichkulik odamni botir qilgay, g‘am-g‘ussani unutdirgay! Xumda xosiyat ko‘p.
Ba’zi beklar ham: «Jangchilarning kayfiyatini may bilan ko‘tarmoq kerak!» deb, bazmning tezroq boshlanishini sabrsizlik bilan kutmoqda edilar. Hatto shahzodalardan Humoyun bilan Askariy ham xatarli urush oldidan to‘yib kayf qilish umidida edilar. Bobur o‘g‘illarining otadan ibrat olib allaqachon may ichishga o‘tganlarini hozir yana bir og‘rinib his qildi-yu, ko‘pdan beri ko‘ngliga tukkan niyatini shu qirg‘inbarot arafasida amalga oshirmasa bo‘lmasligini o‘yladi.
U savdarlarga buyurib ziyofat bo‘ladigan joydan nariroqqa kattagina chuqur qazdirdi. Chuqur yaqiniga sandiqday-sandiqday ikkita xarsangtoshni yumalatib keltirib o‘rnattirdi.
Beku navkarlar uning nima qilmoqchiligini tushunolmay hayron edilar. Bobur oltin-kumush surohiylarga may qo‘yishni buyurdi. Lekin dasturxon yoniga hech kimni taklif qilmadi. O‘zi ham may to‘la oltin surohiy bilan haligi chuqur yaqinida tikka turibdi. Beklardan biri yonidagi o‘rtog‘iga:
— Bugun tik turib ichgaymiz, chamasi? — deb shivirladi.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
« Javob #736 : 10 Yanvar 2008, 22:16:48 »
Bobur hamma eshitadigan jarangdor tovush bilan:
— Janob beklar! Yigitlar! — deb gap boshladi.— Taklif bo‘ldiki, jangchilarga may ichiraylik, toki dadil bo‘lib maydonga kirsinlar. Ammo boshimizdan o‘tgan, bilurmizki, may dadilligi — aldamchidir. Mast odam jangda ajal paymonasidan qanday ichganini bilmay qolur. Najot qayda? Ertangi jang biz ko‘rgan qirg‘inlarning eng mushkuliyu eng murakkabi bo‘lg‘usidir. Biz sepoyalar yasadik, arobalarni zanjirlar bilan bog‘ladik, g‘alabaning barcha rejalarini tuzdik. Endi bu rejalarni eng nozik nuqtalarigacha bexato amalga oshirmasak mag‘lub bo‘lgaymiz. Jangda nihoyatda hushyor bo‘lmog‘imiz kerak. Najot mastlikda emas, hushyorlikdadir! May ichib ko‘p gunohlar qildik. Endi men hayot-mamot jangiga halqumimni poklab kirmoqchimen... Bir o‘lim har vaqt boshimizda bor. Agar ertaga kunim bitsa, bu foniy dunyodan boqiy dunyoga may mastligi bilan emas, imon pokligiyu tan halolligi bilan ketmoqchimen!
Bobur o‘sha damda chindan ham bir o‘limni zimmasiga olib, beku navkarlari bilan vi-dolashayotgan odamday hayajonlanib gapirgan edi. Bu ko‘pchilikka juda qattiq ta’sir qildi. Bir lahzalik og‘ir jimlikdan so‘ng, Bobur shu bugun bitgan masnaviy she’ridan to‘rt satrini yoddan aytdi:
Kimki o‘lmak o‘ziga jazm etar,
Ushbu holatta bilursenki netar.
Aritur barcha gunohidan o‘zin...
Tavba qildim chog‘ir ichmaklikdin!

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
« Javob #737 : 10 Yanvar 2008, 22:17:16 »
So‘nggi satrini baland ovoz bilan aytgandan so‘ng, surohiydagi mayni oyog‘i ostidagi chuqurga sepib tashladi. So‘ng surohiyni chuqur yonidagi xarsangtoshga qarsillatib urdi. Oltin surohiy xuddi uchqun sachratganday «yalt-yult» etib pachaqlandi-yu, ko‘kat orasiga yumalab tushdi. Bunday hodisani umrlarida birinchi marta ko‘rayotgan beku navkarlar qo‘llaridagi maylarini nima qilishni bilmay sarosima bo‘lib qolishdi. Bobur yana ja-rangdor, ta’sirli tovush bilan she’r aytdi:
Oltinu nuqra surohi-yu, ayoq —
Majlis olotin tamomi bul choq
Hozir aylab borini sindurdum!
Tark etib mayni ko‘ngil tindirdum!
Beku navkarlar hang-mang bo‘lib turishibdi. Kimlardir qo‘llaridagi xushbo‘y mayni chuqurga to‘kishdan qizg‘anadi. Kimlardir oltin-kumush surohiylarni xarsangga urib sindirishga jur’at etolmaydi. Balki Bobur o‘ziga ep ko‘rgan bu ish beku navkarlarga joiz emasdir?
O‘zining ta’sirli nutqlariyu she’rlari bilan ixlosmandlarini sehrlab olishga va ortidan ergashtirishga o‘rgangan Bobur bugun har qachongidan ham ortiq e’tiqod bilan so‘zlamoqda:
— Beklar! Yigitlar! Qachongacha nafsimizga tobe bo‘lurmiz? Tokay umrimizni mayga zoe eturmiz? Ichkulikning harom kayfi kimga vafo qilibdiki, sizu bizga vafo qilgay? Oltinu nuqraga achinmang! Surohiylarning sinig‘ini miskinu  bechoralarga ulashgaymiz.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
« Javob #738 : 10 Yanvar 2008, 22:17:52 »
Agar tangrim bizga madad bersa, ertangi jangdan g‘olib chiqgaymiz! May to‘kilgan mana shu chuqur o‘rniga obod bir manzilu marmar voyin qurdirgaymiz. Niyat qilaylikki, voyin zilolday buloq suviga to‘lib tursin. Voyin bo‘yiga xayr-ehson uyi barpo etaylik. Toki bu uyda ichkulik bazmlarining sarfu xarajatini, oltinu nuqra surohiylar pulini muhtojlarga xayru ehson qilib ulashsinlar. Shu ezgu niyat yo‘lida kimki menga hamdamu maslakdosh bo‘lsa mayni to‘ksin, sindirsin mayxo‘rlik olotini!
Bobur Humoyunga bir qarab oldi. Bu qarashning ma’nosini sezgan Humoyun:
— Hazrat otajon, men doim sizdan ibrat olishga o‘rganmishmen, — dedi. — Daf bo‘lsin mayu surohiy!
Humoyun mayni chuqurga sepdi-yu, oltin surohiyni xarsangga urib sindirdi. Undan so‘ng Askariy, Tohir, Hindubek... bir necha soat ichida uch yuzga yaqin beku mulozim qo‘lidagi qadahini xarsangga urib, may ichishdan tavba qildi. Bu hodisa o‘sha kuni qarorgohdagi o‘n ming jangchining hammasiga ma’lum qilindi. Boburning hayot-mamot jangi oldidan chiqargan farmonida:
— O‘z nafsini yenggan odamlar har qanday yog‘iyni yengishga qodirdirlar! — degan so‘zlar maxsus ta’kidlandi va buni isbot etadigan misollar muqaddas kitoblardan ham keltirildi.
Bu hammasi qo‘shin orasida tarqalgan vahimani bosishga va odamlarning ruhini ko‘tarishga yordam berdi. Boshqa muammolar jang maydonida hal bo‘ldi.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
« Javob #739 : 10 Yanvar 2008, 22:18:10 »
Zambaraklar yovning harbiy fillariga olovli o‘qlar otdilar. Zambarak o‘qlari kigiz parchalariga o‘ralgan edi. Borutdan o‘t olgan kigiz parchalari fillarning ustiga olov bo‘lib yog‘ilardi. Olovdan cho‘chigan yov fillari bo‘kirib orqaga qaytar va izma-iz kelayotgan otlig‘u piyodalarni bosib-yanchib qochib qolardi.
Lekin Rano Sangramning qo‘shini behisob ko‘p edi.
Erta tongdan boshlangan jang kechgacha davom etdi. Boburning o‘zi og‘ir ahvol yuz bergan joylarga ot choptirib borardi. U zaxiradagi kuchlar yordamida yovning eng xatarli hujumlarini bir necha marta qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Humoyun o‘ng qanotdan, Askariy chap qanotdan yov askarlariga ustma-ust zarbalar berdi. Kechki payt Boburning buyrug‘i bilan Turdibek Turkistoniy chopqir otlarda yovning har ikki qanotini aylanib o‘tdi-da, to‘lg‘ama ishlatib, orqadan qaqshatqich zarba berdi.
Olov halqasi ichida qolgan Rano Sangramning ko‘ziga o‘q tegdi, bir ko‘zi ko‘rmay qoldi. Shunda rajput soqchilari uni jang maydonidan olib chiqib qochdilar...
G‘alabadan so‘ng o‘sha chuqur o‘rniga marmar voyin, uning yoniga xayr-ehson uyi qurildi. Xarsangga urib sindirilgan oltin-kumush surohiylar puli bevayu yetimlarga, g‘aribu muhtojlarga ulashildi...
Keyinchalik Bobur Rano Sangram Sinxning bir ko‘zi oqib tushganini, o‘zi mag‘lubiyat alamidan og‘ir kasalga uchrab yotib qolganini eshitdi. Hozir buni Xondamirga so‘zlab bergach:

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
« Javob #740 : 10 Yanvar 2008, 22:18:25 »
— G‘ayridinlar uchun ham xudo bor ekan! — dedi.— Rano Sangram biz bilan ittifoq tuzgan edi. So‘zidan qaytib, ahdini buzganlarga xudo o‘zi jazo berarkan! «Vaqoi’»ning maxsus bobida muhoribaning barcha tafsilotlarini yozmishmen. Xattot kitobning tayyor qism-lari bilan birga shu bobni ham bugun ko‘chirib bo‘lgay. Oqshom hammasini sizga berurmen, mavlono. O‘qib fikr aytursiz.
Boya javobsiz qolgan iltimosiga endi javob olgan Xondamir qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi:
— Siz menga tengsiz bir ishonch bildirursiz, hazratim!
— Sizni Hirotdan chorlab keltirishdan maqsad ham ijodiy ishlar bo‘yicha maslahatingizni olmoq edi.
— Sarafrozmen!
Shu payt ot dupuri eshitildi. Yo‘lka oxirida uzoqdan ot choptirib kelgan chopar sakrab yerga tushdi va ta’zim bilan Bobur tomonga kela boshladi.
— Agrada biron shoshilinch ish chiqqanga o‘xshaydir, — dedi Bobur. — Mavlono, agar men poytaxtga ketsam, «Vaqoi’»ni sizga oqshom keltirib berurlar.
Bobur otini tutib turgan jilovdor tomonga yo‘naldi.

_____________
* «Habib us-siyar» — «Sevimli do‘stning tarjimai holi» demakdir. Xondamir o‘zining bu katta asarida Arab, Eron, O‘rta Osiyo, Xuroson tarixining olam paydo bo‘lganidan to XVI asrgacha o‘tgan eng muhim davrlari haqida so‘z yuritadi.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
« Javob #741 : 10 Yanvar 2008, 22:18:40 »
2

Sekri tog‘ining shimoliy yonbag‘rida salqin bog‘ning to‘rida joylashgan uch xonali shinam xilvatxona mavlono Xondamirga berilgan edi. Bobur o‘sha kuni Agraga jo‘nab ketdi. Mavlono xilvatxonaning o‘ymakor ayvoniga chiqib, undan yaxshi ko‘rinadigan shishaday tiniq ko‘lni tomosha qilib o‘tirganida xonai xosning savdarboshisi Boburning qo‘lyozmasini unga olib kelib berdi.
Qo‘lyozma xattot tomonidan zarvaraqlarga  benihoya chiroyli qilib ko‘chirilgan edi. Xondamir uni xona ichiga olib kirib, miz ustiga qo‘ydi. Tepada yonayotgan shamlarni miz ustiga yaxshi yorug‘ beradigan qilib o‘rnatgach, ko‘zoynagini taqdi va asarni ehtiyot bilan varaqlab o‘qishga tushdi.
Bundan o‘n yilcha avval Bobur Hirotga ikkinchi marta borganida Xondamirga «Vaqoi’»dan o‘qib bergan bobning uslubi mavlononi xiyol taajjubga solgan edi. Mana bu qo‘lyozmada ham Bobur qalamga olgan voqealar juda murakkab bo‘lsa-da, muallif ularni og‘zaki hikoyaga yaqin bir tarzda xiyla oddiy uslubda yozgan edi. Ko‘p joylarda Xondamir hatto Boburning so‘zlash tarzini, ohangi, ba’zi bir shaxsiy xislatlarini payqab: «G‘alati-ku!» — deb qo‘ydi. Chunki otasi Mirxond Xondamirni yoshlikdan boshqacha e’tiqodlar bilan tarbiyalab o‘stirgan edi. Bu e’tiqodga binoan, nasrnavis muarrix o‘z shaxsiy uslubini davr uslubiga bo‘ysundirmog‘i, o‘z «meni»ni davr ummoniga qo‘shib bilintirmay yubormog‘i kerak edi. Agar asarda muallif o‘zini namoyon qilaversa, bu — nokamtarlik belgisi hisoblanardi. Katta tarixiy kitoblar hukmdorlar uchun yozilar, asosiy ta’rifu tavsif o‘shalarning ishlariga berilardi. Nazokatli o‘xshatishlar, jimjimador majozlar va shoirona ko‘tarinki uslub hukmdorlarga xush kelar va barcha mualliflar bo‘ysunadigan bir qonun hisoblanardi.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
« Javob #742 : 10 Yanvar 2008, 22:19:15 »
Bobur mana shu qonunni butunlay inkor etuvchi uslub bilan asar yozgani Xondamirga ortiq darajadagi bir shakkoklikdek tuyuldi. Bobur o‘g‘li Humoyunga yozgan xatini ham kitobida keltirgan edi:
«...Xat bitirda takalluf qilay deysen, ul jihattin mug‘laq* bo‘ladur. Betakalluf pok alfoz bila bit, senga ham tashvish oz bo‘lar va o‘qig‘uvchig‘a ham».
«Ajabo! — o‘ylandi Xondamir, — betakalluf til bilan asar bitmoq Bobur mirzo uchun pok uslub belgisi hisoblanur ekan-da!» Xondamir o‘zining o‘n yildan beri yozayotgan «Habib us-siyar»ida nazokatli takalluflar ko‘pligini esladi-yu, o‘zini o‘ng‘aysiz sezib, o‘qishdan to‘xtadi va ayvonga chiqdi.
Osmonda sakkiz kunlik oy suzib yurar, uning nuri qarshidagi ko‘lning o‘rtasida oydin yo‘lka hosil qilgan edi. Ko‘lning narigi chetidan tog‘ etagigacha kelgan bu nur yo‘lkasida to‘lqinlar jimir-jimiri gavhar jilvasiga o‘xshab ko‘zni qamashtirardi. Lekin Xondamir shu nur o‘yinida ham Bobur tasvirlagan voqealarni ko‘rar, ularning ta’sirini xayolidan uzoqlashtirolmas edi. Sertakalluf, serbezak uslub Xondamirdan juda ko‘p kuch, vaqt, mehnat talab qilar edi. Bunday jimjimador uslubda asar yozish qanchalik qiyin bo‘lsa, uni o‘qib tushunish ham shunchalik qiyin edi. Bobur ikki tomonni ham bu qiyinchilikdan qutqarishga intilsa nimasi yomon? O‘g‘liga yozgan xatida «senga ham tashvish oz bo‘lar, o‘qig‘uvchiga ham» deganda u haqli emasmi? Unda Xondamirning yuksak shoirona uslubga oid e’tiqodlari puchga chiqadimi? Yo‘q, bu mumkin emas!

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
« Javob #743 : 10 Yanvar 2008, 22:19:30 »
Xondamir qaytib ichkariga kirdi-yu, o‘zining haqligiga dalil qidirib, ochiq qo‘lyozmaning davomini o‘qishga tushdi.
Hali hech bir muarrix qalamga olmagan g‘aroyib voqealar bu qadar ko‘p! Xondamir kitobning mazmuni yangi va maroqli ekaniga tan bermay iloji qolmadi. Bobur o‘zini-o‘zi ochiqchasiga muhokama qilgan, o‘z xatolarini ro‘yi-rost yozgan joylari ham Xondamirga ju-da iliq tuyuldi. Oxirgi boblarida yana ajib bir xat uchradi. Bobur Agradan Kobulga yuborgan bu maktub Mohim begimga atab yozilganini Xondamir sezdi. Boburning zaharlanish tafsilotlari shu yerda bitilgan edi: «Dasturxon ustida ikki-uch marta ko‘nglum barham urib qusayozdim. Oxir ko‘rdumkim bo‘lmas, qo‘pdum... Obxonaga borib qalin qusdim. Hargiz oshdin so‘ng qusmas edim, balki ichganda ham qusmas edim. Ko‘nglimga shubha kechdi.
...Jon mundoq aziz nima emish: muncha bilmas edim, ul misra’ borkim:
«Kim o‘lar holatga yetsa,
Ul bilur jon qadrini».
Tengri taoloning inoyati bor ekandir, manga yangi boshdan jon bag‘ishladi».
Bobur o‘z hayoti haqida bu qadar ochiqchasiga yozgani Xondamirni hayron qoldirdi. Keyingi bobda yana bir tafsilot uning e’tiborini tortdi. Ichkilikni bundan ikki yil odin tashlagan Bobur uni haligacha qaytib og‘ziga olmas edi. Buning oson bo‘lmaganini Xondamir quyidagi satrlardan bildi: «Bu o‘tgan ikki yilda chog‘ir majlisining orzu va ishtiyoqi behad va g‘oyat edi, andoqki, chog‘ir ishtiyoqidan borlar* yig‘lamoq sarhadiga yetar edim».

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
« Javob #744 : 10 Yanvar 2008, 22:20:16 »
O‘z istagiga qarshi kurashib, yig‘lash darajasiga borganini ochiq yozish tojdorlar orasida misli ko‘rilmagan bir sohibdillik ekaniga Xondamir ich-ichidan tan berdi. Ochiqchasiga aytgan mana shunaqa oddiy tafsilotlar tufayli Bobur unga o‘zi kabi bir inson farzandi bo‘lib tuyuldi. Ammo boshqa tojdorlar tarixiy kitoblarda oddiy odamlarga o‘xshab ko‘rinishdan qanchalik cho‘chiydilar! Ular el-yurtdan mumkin qadar balandda bo‘lishni, oddiy insondan ko‘ra xudoga yaqinroq turishni qanchalik yaxshi ko‘radilar! Shuning uchun ham Xondamirdek muarrixlar podsholar haqida oddiy odamlar tushunmaydigan balandparvoz, sertakalluf tilda kitob yozishga majbur bo‘ladilar. Bobur o‘zi podshoh bo‘lgach, bunday takalluflarni kim uchun yozadi? Hamma tomonidan qabul qilingan davr uslubining qonunlarini buzib chiqib, o‘z hayoti haqida shunday erkinlik va rostgo‘ylik bilan asar yozishi — hech kimga qaram emasligi tufayli emasmikin?
Bu fikr Xondamirni Boburning uslubidagi o‘zgachalik bilan go‘yo yarashtirdi. Shundan keyin Boburga xos oddiylikning teran bir she’riy nafosati ham borligini, bu nafosat odamni sehrlab olishini sezdi. Tun yarmidan oshganda esa asarda tasvirlangan voqealarga qiziqib, uslubini butunlay esdan ham chiqardi.
Tongga  yaqin ozgina uxlab, so‘ng yana o‘qishni davom ettirdi-yu, qo‘lyozmaning oxiriga yetmaguncha undan ajralolmadi.
Bobur Sekriga uchinchi kun ertalab qaytib keldi— kunduzi havo juda issiq bo‘lgani uchun yo‘lni tun sal-qinida bosib o‘tgan edi. U Xondamirni yana bog‘da uchratdi, ikkovi piyoda o‘sha buloq bo‘yiga keldilar.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
« Javob #745 : 10 Yanvar 2008, 22:20:39 »
Bobur yo‘l yurib charchagan, uyqusiz o‘tgan yana bir tun yuzini juda so‘litib qo‘ygan bo‘lsa ham u o‘zini xushhol tutib:
— Mavlono, mensiz dilgir bo‘lmadingizmi? — dedi.
— Hazratim, men tunu kun sizdan ayrilmay suhbatingizda bo‘ldim, siz yozgan asar sahifalarida unutilmas damlarni boshdan kechirdim.
— Hali oxiriga yetmagandirsiz?
— Kecha peshinda oxirgi sahifasini yopganimcha hamon uning ta’siri bilan yashamoqdamen.
— Meni ayamang, mavlono, rostini ayting.
— Rostini aytsam, siz meni chil-chil sindirdingiz!
Xondamir bu gapni shunday jiddiy turib, ichki bir dard bilan aytdiki, Bobur taajjublanib to‘xtadi:
— Nechuk sindirmishmen, mavlono?
— Uslubingizdagi nafis bir soddalik qarshisida mening yuksak shoirona uslubim ortiqcha bir takallufdek tuyuldi.
— E, takallufmi? Ammo mening ahvolim o‘zingizga ma’lum. Jumlalarni takalluf bilan bezashga fursatim yo‘q edi.
— Asli go‘zal bo‘lgan yuzga ortiqcha zeb-ziynat ne hojat? Hazratim, siz adabiyotimizda hali hech kim qilmagan ulug‘ bir ishni qilmishsiz. Muborak bo‘lsin!
— Minnatdormen, mavlono. Biroq hali men bu ishning yo‘qolgan sahifalarini tiklamog‘im kerak.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
« Javob #746 : 10 Yanvar 2008, 22:21:18 »
— Tiklashingizga aminmen. Oxiri yana boshqa nek ishlaringiz yozilgusidir. Biroq shu turishda ham men bu ulkan asaringizni turkiy tilda aytilgan yangi bir so‘zdek qabul qildim. Men aminmenki, avlodlarimiz sizning bu shoh asaringizni Alisher Navoiyning «Xamsa»si kabi e’zozlagaylar. Chunki shu vaqtgacha turkiy tilda bitilgan eng ulug‘ she’riy asar «Xamsa» bo‘lsa, shu vaqtgacha turkiy tilda bitilgan eng ulug‘ nasriy asar, menimcha, «Boburnoma» bo‘lg‘usidir.
— Mavlono, garchi mubolag‘a qilgan bo‘lsangiz ham, dil so‘zlaringiz uchun tashakkur. Men bu asarni nihoya-siga yetkazish uchun bugun yana Sekriga qaytib keldim. Agar nuqsonlari bo‘lsa ochiq ayting.
— Faqir ba’zi sahifalardagi sanalaru nomlarda noaniqliklar uchratdim. Xususan, Hirotga Husayn Boyqaro saroyiga oid boblar xiyol tahrirtalab.
— Mana shu nuqtalarda menga sizning ko‘magingiz darkor.
— Bajonidil, hazratim. Neki noaniqlik bo‘lsa, barchasini alohida qog‘ozga yozib qo‘ydim. Asaringiz bilan birga bermoqchimen.
Shu payt tepadan o‘tayotgan qushlar keskin hushtak chalganga o‘xshab noxush ovoz chiqargani eshitildi. Bobur osmonga qarab, qoramtir-qizg‘ish kalxatlar galasi qanot qoqmay uchib borayotganini ko‘rdi. So‘ng ularni Xondamirga ko‘rsatib:
— Bu yirtqichlar janglardan so‘ng o‘laksa yeb mazaxo‘rak bo‘lmishlar, — dedi. — Rano Sango bilan bo‘lgan jangdan so‘ng mana shu ko‘l atroflarida, bog‘ning o‘rnida o‘lib yotgan odamlar, gotlar, tuyalar, fillar behisob edi. Kalxatlar qon hidini sezib, uzoqlardan gala-gala uchib kelganlari yodimda bor...

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
« Javob #747 : 10 Yanvar 2008, 22:21:41 »
Bu xotira Boburda noxush tuyg‘ular qo‘zg‘aganini sezgan Xondamir:
— Nachora, hazratim, — dedi. — Hanuzgacha hech bir ulug‘ davlat jangu jadalsiz barpo bo‘lgan emasdir.
— So‘zingiz chinu, ammo... So‘nggi yillarning voqealarini qog‘ozga tushirganimda, barcha qurbonlar, to‘kilgan barcha qonlar ko‘z o‘ngimda shunday to‘liq gavdalandiki uyqularim o‘chib ketdi... Bajur qo‘rg‘onida uch ming kishining qilichdan o‘tkazilgani... Panipatda bir necha yuz asirning to‘fangdan otib o‘ldirilgani... Bizning odamlar ham kalla-minoralar qo‘nargani...
— Hammasini umr kitobingizda ro‘yirost bitmishsiz.
— Chunki avlodlar haqiqatni bilsinlar, bizni farishta deb o‘ylamasinlar. Qilgan gunohlarimiz o‘zimizga nechog‘liq og‘ir tushganidan ogoh bo‘lsinlar.
Boburning ruhida dam-badam sezilib qolayotgan ichki bir dard — faqat xastalik yoki charchoqlikdan emasligini Xondamir endi sezdi. Bobur ijodiy ishga berilgan sari uning qalbidagi shoh bilan shoirning murosa qilishi qiyinlashib ketardi.
Xondamir beixtiyor Hirotni va Alisher Navoiy bilan Husayn Boyqaro orasidagi murakkab munosabatlarni esladi. Bu ikki zot yoshlikdan bir-birlarini yaxshi ko‘rar edilar, ammo podshohning shafqatsiz ishlari shoirning nafis tuyg‘ulariga shu darajada zid kelar ediki, Alisher Navoiy Husayn Boyqaro bilan bir shaharga, hatto bir mamlakatga sig‘ishmay qoladigan va Xurosonni tashlab hajga ketishga astoydil intiladigan paytlari bo‘lardi.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
« Javob #748 : 10 Yanvar 2008, 22:22:10 »
Hatto bir shaharga va bir mamlakatga sig‘maydigan katta shoir bilan podshoh Boburning qalbida birga yashashga majbur ekanini va bu uni qanchalik qiyin ahvollarga solishini Xondamir hozir yaqindan ko‘rganday bo‘ldi. Uning yodiga Boburning:
Yuz xayfki, zoe’ o‘tadir umri aziz,
Afsuski, botil* boradir umri sharif!
degan satrlari tushdi. «Shoir bu satrlarni podshohlik tashvishlaridan to‘yib ketgan paytda yozgan bo‘lsa kerak!» degan o‘y ko‘nglidan kechdi.
Bobur buloq bo‘yiga cho‘nqayib o‘tirib, kaftini muzday tiniq suvga to‘ldirib oldi-da, uni simirib, xiyol tafti bosilganday bo‘ldi.
Xondamir gapni yoqimliroq mavzuga burgisi keldi:
— Hazratim, Hirotda uchrashganimizda siz o‘z hayotingizni... ko‘chki bosgan buloqqa o‘xshatgan edingiz. Yodingizdami?
— Yodimda bor.
— Faqir hozir taxmin qildimkim, Movarounnahrda ko‘chki bosgan buloq balki shu yerga kelib qayta ko‘z ochgandir?
— Aql bovar qilmaydir. Orada shuncha uzoq masofalar bor.
— Lekin chinakam zo‘r iste’dodlar — o‘lmas buloqlarga o‘xshar ekanlar. Ularning ko‘zini o‘n joyda bekitsalar, o‘n birinchi joydan yana yorib chiqar ekanlar!

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
« Javob #749 : 10 Yanvar 2008, 22:23:00 »
— Rost, hazratim, turk olamining bu tarixiy nuqsoni haqida siz bilan Hirotda ham ko‘p dardlashgan edik.
— Ana o‘shal dardlarning turtkisi bilan men Kobulu Samarqandda turkiy alifboni tiklamoqchi bo‘ldim. Bundan maqsad — barcha davlat ishini turkiy tilda yuritmoq edi. Ammo... bu harakat qanday fojea bilan tugagani ma’lumingizdir.
— E-voh, shunday ulug‘ jasorat uvol bo‘ldi-ya! Johillar yana g‘olib keldilar!
— Ammo turkiy alifbo bilan turkiy ma’naviyatga oid orzular meni hamon tark etgan emas. O‘g‘illarim Humoyun bilan Komron xatti Sig‘noqiyni mukammal o‘rganibdir, menga o‘shal alifboda maktublar biturlar. Hozir men tunu kun turkiy tilda o‘ylaymen, shu tilda ijod qilmoqdamen. Chunki bizga ona suti bilan kirgan tilimiz — bizning ma’naviy vatanimizdir. Turkiy tilda yozganimda ruhim yana Andijonu Samarqandga qaytgandek taskin topur. Ma’naviyat ohanrabosi bilan turkiy ellarni ruhan yaqinu inoq qilish mening ezgu niyatimdir. Bu niyatga biz yetolmasak, shoyad kelgusi avlodlar yetsa!
Bobur ko‘pdan beri uyqusiz yurganidanmi yoki sog‘inch hissining zo‘ridanmi, ko‘zlari beixtiyor yoshga to‘ldi.
— Men ham Hirotni behad sog‘inib yuribmen, hazratim. Lekin... o‘zingiz aytgan edingizki, Hind ham endi biz uchun vatan. Yozgan asarlaringiz Hindning shavkatiga ham shavkat qo‘shg‘usidir. Hindda barpo qilgan ulug‘ davlatingiz esa sizni voyaga yetkazgan Movarounnahrga ham shuhrat keltirgusidir.
— Zora shunday bo‘lsa! — dedi Bobur.
U Xondamir bilan kechgacha dardlashib yurdi-yu, ko‘nglini bo‘shatib, o‘zini ancha yengil sezdi. Biroq kechasi yana uyqusi qochib, tong otguncha mijja qoqmadi.

______________
* M u g‘ l a q — tushunib bo‘lmaydigan.
* B o r l a r — «ba’zi paytlar» ma’nosida.
* B o t i l — qalbaki yo‘ldan borish, adashish.

 

Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?

Muallif forumnnbBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 25
Ko'rilgan: 28703
So'nggi javob 11 Fevral 2013, 16:14:58
muallifi Dilzoda Saydullayeva
Pirimqul Qodirov. Avlodlar dovoni (roman)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 538
Ko'rilgan: 154527
So'nggi javob 08 Fevral 2010, 09:56:29
muallifi AbdulAziz
Pirimqul Qodirov. Qora ko'zlar (roman)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 6313
So'nggi javob 07 Yanvar 2012, 10:59:20
muallifi AbdulAziz
Pirimqul Qodirov. Ona lochin nidosi (roman)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 5344
So'nggi javob 26 Iyun 2012, 08:59:15
muallifi AbdulAziz
BBCUzbek.Com da - Radiokitob. "Yulduzli tunlar"

Muallif Musannif AdhamBo'lim Boshqa kitoblar

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 11787
So'nggi javob 10 Noyabr 2009, 18:40:49
muallifi Abdullоh