Assalomu alaykum!
Nega bizda "ba'zilar" g'arb madaniyatiga keragidan ortiq taqlid qilishadi, sabab nima?
Vaalaykum assalom!
Manimcha bunga sabab, g'arb hayotini yengilligida. G'arbga taqlid orqali ko'pchilik hayotini yengillashtiradi, nazarida.(!) Masalan, kiyinish, ota-onaga munosabat, qarindosh urug'chilik, erkak va ayol munosabatlari, farzand tarbiyasi, ayollarni jamiyatdagi o'rni, eri va farzandlari oldidagi burchi va hokazolar.... Sharqda bu masalalarga ancha jiddiy qaraladi. G'arb madaniyatida yengillik ko'proq, shuning uchun ham ko'pchilik taqlid qiladi.
Nega g'arbliklar bugungi kunda bizning madaniyatimiz(odob-axloq, kiyinish,..)ga taqlid qilishmaydi, axir sharq madaniyat o'chog'i emasmidi?
Taqlid qilishmasligini sababi ular uchun bizni madaniyat
qiyin tuyiladi. Lekin g'arbliklarni aksariyati sharq madaniyatiga tan beradi, birgina ota-onaga farzandni munosabati, yoki kichiklarni kattalarga bo'lgan hurmatini o'zi ular havas qilib gapirishadigan masalalardan biri, bunaqa misollar ko'p.
Bu masala(muammo)larning yechimini topish imkoniyati bordir!?.
Bu masalalarni yechimini topish qiyin. Negadur biz o'z madaniyatimizni g'arbliklar o'z madaniyatini yoyayotgandek tarqatmaymiz. Aslida bizning madaniyatimiz tarqatishga arzidigan va ezgulikka yetishtira oladigan madaniyatdir.
Ko'pchiligimiz, yoshlarni deyarli 90% hech qachon(!) MTV, MuzTV yoki bosghqa g'arb MusicTV laridagi klip va musiqalarni o'rniga, O'zTV orqali berilayotgan milliy musiqa yoki boshqa shu kabi narsalarni ko'rishmaydi. NEGA? BUNGA KIM YOKI NIMA SABAB? MANA SHULAR HAQIDA BOSH QOTIRIB KO'RISH KERAK!