Tez aytishlar  ( 99548 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Mahdiyah  13 Aprel 2007, 07:53:34

Tushlikda teshik tishim tushmay,
Kemtik tishim tushibdi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  13 Aprel 2007, 07:54:01

Darsda Nasim rasm soldi,
Nasim rasmga razm soldi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  13 Aprel 2007, 07:54:24

Jamila jamlagan jami jiydadan Mavjuda jamlagan jami jiyda juda oz.

Qayd etilgan


Murod_bek  14 Aprel 2007, 21:55:39

Assalomu Alaykum!
Bilmadim bu tez aytishmi,men bittasidan eshitgandim "tez aytish" degandi:

Tepada ikkita kal kalhat,bittasi oq kal kalhat,bittasi qora kal kalhat,
Oq kal kalhat qora kalhatni boshini cho'qidi
Qora kal kalhat oq kalhatni boshini cho'qidi!
Assalomu Alaykum!
 :7

Qayd etilgan


lolo  17 Aprel 2007, 15:41:39

Bir tup tut tagida bir tup turp.

Qayd etilgan


Murod_bek  17 Aprel 2007, 22:37:46

Assalomu alaykum.
Murod_bek, ozgina yanglish joyi bor ekan yozib kuydim,faqat uzr

Tepada ikkita kal kalhatlar, biri oq kal kalhat biri qora kal kalhat,
Oq kal kalhat qora kal kalhatni boshini chuqibdi,
Qora kal kalhat oq kal kalhatni boshini chuqibdi.
!
Hato uchun uzr!Nozli ko'rsatgan iltifotingiz uchun minnatdorman!!!

Qayd etilgan


Mahdiyah  19 Aprel 2007, 10:09:43

Qishda qatiq qattiq qotib qolibdi

Qayd etilgan


Mahdiyah  19 Aprel 2007, 10:11:55

Tolib tandir tagidan tanga topdi

Qayd etilgan


Mahdiyah  19 Aprel 2007, 10:14:05

San’at saroyi saroylarning sarasi.


Qayd etilgan


Mahdiyah  19 Aprel 2007, 10:15:13


Salimning sadadagi sap-sariq savasi sahar sayraydi.

Qayd etilgan