Topishmoqlar  ( 94404 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 18 B


Shahina  04 Fevral 2007, 19:54:51

Shakli xuddi shar,
To‘ni beqasam.
Mazasi shakar,
Men totib ko‘rsam.

Qayd etilgan


Shahina  04 Fevral 2007, 19:54:59

Beli bog‘liq, bir tutam,
Lekin emas guldasta.
U bilan uy, hovlini.
Qilsa bo‘lar orasta.

Qayd etilgan


Shahina  04 Fevral 2007, 19:55:07

Kecha-kunduz yurar jadallab,
Yurmoqlikda tinim bilmaydi.
O‘z burchini o‘tar-u, lekin,
Yurgan bilan joydan jilmaydi.
Kunda qarar unga har kishi,
Chunki tushar hammaning ishi.

Qayd etilgan


Shahina  04 Fevral 2007, 19:55:15

Suvda yashar bir hayvon,
O‘zi juda ham polvon.
Qalindir uning tani,
Tanida bor fontani.

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Fevral 2007, 06:18:04

1-Tarvuz
2-supurgi
3-soat
4-delfin tugrimi?

Qayd etilgan


ikbaljohn  09 Fevral 2007, 12:48:27

1.Tarvuz
2.Supurgi
3.Soat
4.Kit
O'zimga malades,ozimga ofarin.Qani sovg'am? ::)

Qayd etilgan


Shahina  10 Fevral 2007, 13:21:15

Javoblaringiz to'g'ri.
Masturaxon, 4-chisi kit.

Sizlardan ham kutib qolaman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 May 2007, 16:32:55

1. O'zini yeb tugatadi.

2. O'zi yerda, boshi ko'kda.

Qayd etilgan


ikbaljohn  14 May 2007, 18:29:24

1. O'zini yeb tugatadi.
Sham

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 May 2007, 18:38:41


Qayd etilgan