Bugungi kun tarixi  ( 117544 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 20 B


Shoxjahon12  12 Yanvar 2008, 10:32:32

BUGUN 12 YANVAR



TUG'ILDILAR:



1628 yil 12 yanvar - "Zolushka","Qizil qalpoqcha" kabi butun dunyoga mashhur ertaklar muallifi buyuk fransuz ertakchi yozuvchisi Sharl Perro (1628-1703) tug'ildi.


1876 yil 12 yanvar
- Buyuk amerikalik yozuvchi Jek London (1876-1916) tug'ildi.


1916 yil 12 yanvar - Janubiy Afrika Respublikasining 9chi prezidenti Piter Villem Bota 1916-2006) tug'ildi.


1949 yil 12 yanvar - Futbol bo'yicha Germaniyaning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Ottmar Xitsfeld tug'ildi.


1968 yil 12 yanvar - Futbol bo'yicha Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi, 1994 yilgi Jahon chempioni Mauro Silva tug'ildi.


VOQEALAR:


1910 YIL 12 YANVAR -  Xitoylik yosh oila dunyodagi eng yosh ota=onaga aylandi. Farzand tug'ilgan paytda ota 9, ona 8 yoshda bo'lgan.

1932 yil 12 yanvar - Xetti Karauey - AQSH senatiga saylangan birinchi ayol bo'ldi.


1936 yil 12 yanvar
- Sobiq SSSRda "Lokomotiv" sport uyushmasi tuzildi.


1999 yil 12 yanvar - Amerikalik mashhur basketbolchi Maykl Jodan ilk marta katta sportdagi faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi.




Qayd etilgan


Shoxjahon12  14 Yanvar 2008, 17:24:15

BUGUN  14 YANVAR


TUG'ILDILAR:


Miloddan avvalgi 38 yil, 14 yanvar - Rim imperatori, Oktavian Avgustning asrandi o'gli va imperator Tiberiyning akasi Neron Klavdiy tug'ildi.


1875 yil 14 yanvar -Faylasuf va vrach, 1952 yilgi Nobel mukofoti sohibi Albert Shveyser (1875-1965) tug'ildi.


1919 yil 14 yanvar
- Italiyalik siyosatchi Julio Andreotti tug'ilgan.

1941 yil 14 yanvar - Amerikalik mashhur aktrisa Fey Danauey tug'ildi.



VOQEALAR:



1953 YIL 14 YANVAR - Marshal Tito sobiq Yugoslaviyaning 1chi prezidenti etib saylandi.


1954 yil 14 yanvar - Aktrisa Merilin Monro va beysbol yulduzi Jo di Majiolarning to'yi bo'ldi. Ular bor-yo'gi 9 oygina birga hayot kechirishdi.










Qayd etilgan


Shoxjahon12  15 Yanvar 2008, 11:10:00

BUGUN  15  YANVAR



TUG'ILDILAR:


1622 yil 15 yanvar
  - Fransuz dramaturgi Jan Batist Molier (1622-1673) tug'ildi.



1873 yil 15 yanvar - Avstriyalik faylasuf Maks Adler (1873-1937) tug'ildi.


1918 yil 51 yanvar - Misrning sobiq prezidenti Gamal Abdel Naser (1918-1970) tug'ildi.

1929 yil 15 yanvar -  Amerika qora tanli aholisi huquqlari himoyachisi, 1964 yilgi Nobel mukofoti sohibi Martin Lyuter King tug'ildi.

1950 yil 15 yanvar - Fransuz futbolhisi, "Lion","Bordo" va Fransiya terma jamoalarida o'ynagan Morris Trezor tug'ildi.

1975 yil 15 yanvar -  Fransiyalik ayol tennischi, Katta Shlem turniridagi musobaqalarning 2 karra g'olibi Mari Piers tug'ildi.



VOQEALAR:



1200 yil 15 yanvar - Qirol Filipp II Avgust Yevropada ikkinchi marta Parij Universitetini tashkil etdi.

1759 yil 15 yanvar -  Britaniya Muzeyi tashkil etildi.

1919 yil 15 yanvar - Pianinochi Ignasiy Yan Paderevskiy Polsha bosh vaziri etib tayinlandi.

1934 yil 15 yanvar - Qozog'iston Davlat Universiteti tashkil etildi.

1943 yil 15 yanvar -  Qurilishi 16 oy davom etgan va 83 million dollar sarflangan Pentagon qurilishi yakunlandi.


Qayd etilgan


Shoxjahon12  16 Yanvar 2008, 17:12:55

BUGUN  16  YANVAR


TUG'ILDILAR:



1847 YIL 16 YANVAR - Venger yozuvchisi kalman Miksat (1847-1910) tug'ildi.

1905 yil 16 yanvar - Latviyalik yozuvchi Anna Sakse (1905-1981) tug'ildi.


1911 yil 16 yanvar - Chilining 1964-1970 yillardagi Prezidenti Eduardo frey Montaleva (1911-1982) tug'ildi.

1931 yil 16 yanvar - GFRning 1999-2004 yillardagi Prezidenti Yohannes Rau (1931-2006) tug'ildi.


VOQEALAR:


1970 yil 16 yanvar
- Muammar Kadafi Liviya bosh vaziri etib tayinlandi.

1984 yil 16 yanvar - Maykl Jekson 8chi marotaba "Gremmi" sovrinini qo'lga kiritdi.










Qayd etilgan


Shoxjahon12  17 Yanvar 2008, 11:09:05

BUGUN 17 YANVAR 


TUG'ILDILAR:


1504 yil 17 yanvar - 1566-72 yillardagi Rim Papasi Piy V (1504-1572) tug'ildi.


1706 yil 17 yanvar - Amerikalik davlat arbobi Benjamin Franklin (1706-1790) tug'ildi.


1860 yil 17 yanvar - Irlandiyaning 1 chi prezidenti Duglas Xayd (1860-1949) tug'ildi.


1863 yil 17 yanvar
- Angliyaning 1916-22 yillardagi bosh vaziri Lloyd Jorj tug'ildi.

1942 yil 17 yanvar - Amerikalik bokschi Muxammad Ali tug'ildi.


1962 yil 17 yanvar -  Amerikalik aktyor Jim Kerri tug'ildi.



VOQEALAR:


1876 yil 17 yanvar -  Yozuvchi Viktor Gyugo Fransiya senatiga saylandi.


1945 yil 17 yanvar - Sobiq SSSR armiyasi Varshavani ozod qildi.








Qayd etilgan


Shoxjahon12  18 Yanvar 2008, 11:28:06

BUGUN  18 YANVAR


TUG'ILDILAR:


1689 yil 18 yanvar - Fransuz yozuvchisi Sharl Lui Monteske (1689-1755) tug'ildi.

1882 yil 18 yanvar - Ingliz yozuvchisi Alan Aleksandr Miln (1882-1956) tug'ildi.

1892 yil 18 yanvar - Amerikalik komik aktyor Oliver Xardi (1892-1957) tug'ildi.

1928 yil 18 yanvar - Polyak kinoaktyori Fransishek Pechka tug'ildi.

1947 yil 18 yanvar - Yaponiyalik kinorejissor va aktyor Takeshi Kitano tu'gildi.

1955 yil 18 yanvar - Amerikalik kinoaktyor Kevin Kostner tug'ildi.

1967 yil 18 yanvar - Chililik mashhur futbolchi Ivan Samarano tug'ildi.



VOQEALAR:


1535 yil 18 yanvar - Ispaniyalik Fransisko Pisarro Peruda Lima shahrini tashkil etdi.

1947 yil 18 yanvar - Rossiyada Saxalin viloyati tashkil etildi.

1991 yil 18 yanvar - Iroq Isroilning Tel-Aviv va Xayfa shaharlariga raketa zarbalari berdi.

1994 yil 18 yanvar - Los-Anjelesda Rixter shkalasi bo'yicha 6,6 balli zilzila oqibatida 34 kishi halok bo'ldi.





Qayd etilgan


Shoxjahon12  19 Yanvar 2008, 10:30:13

BUGUN  19 YANVAR


TUG'ILDILAR:


1544 YIL 19 YANVAR - Fransiyaning 1559-60 yillardagi qiroli Fransisk II (1544-1560) tug'ildi.

1736 yil 19 yanvar - Shotlandiyalik ixtirochi Jeyms Uatt (1736-1819) tug'ildi.

1809 yil 19 yanvar -  Amerikalik yozuvchi Edgar Po (1809-1849) tug;ildi.

1920 yil 19 yanvar - Perulik diplomat, BMTning 1981-91 yillardagio bosh kotibi Xavier Peres De Kuelyar tug'ildi.

1946 yil 19 yanvar - Amerikalik aktrisa Dolli Parton tug'ildi.

1969 yil 19 yanvar - Serbiyalik sobiq futbolchi, hozirda "Real M" klubi shtabida faoliyat yuritayotgan Predrag Miyatovich tug'ildi.



VOQEALAR:



1966 yil 19 yanvar - Indira Gandi Xindistonning 3 chi bosh vaziri etib tayinlandi.





Qayd etilgan


Shoxjahon12  21 Yanvar 2008, 13:32:41

BUGUN  21  YANVAR


TUG'ILDILAR:



1905 yil 21 yanvar - Fransuz modelieri Kristian Dior (1905-1957) tug'ildi.

1922 yil 21 yanvar - Ingliz aktyori Pol Skofild tug;ildi.

1941 yil 21 yanvar - Ispan xonandasi Plasido Domingo tug'ildi.

1970 yil 21 yanvar - Xorvatiya terma jamoasi tarkibida 1998 yilgi JCHda bronza medali sovdirndori futbolchi Alen Bokshich tug'ildi.



VOQEALAR:

1977 YIL 21 YANVAR - Italiyada bolani abort qilishga ruxsat berildi.

1997 yil 21 yanvar - Noma'lum sababga ko'ra taniqli jurnalist Otar Kushinashvili halok bo'ldi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  22 Yanvar 2008, 11:23:35

BUGUN  22 YANVAR


TUG'ILDILAR:


1561 yil 22 yanvar - Ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561-1626) tu'gildi.

1572 yil 22 yanvar - Ingliz shoiri Jon Don (1572-1631) tug'ildi.

1775 yil 22 yanvar - Mahshur fransuz fizik olimi Amper Andre Mari (1775-1836) tug'ildi.

1788 yil 22 yanvar - Buyuk ingliz shoiri Jorj Gordon Bayron (1788-1824) tug'ildi.

1904 yil 22 yanvar -  Rus bolalar yozuvchisi Arkadiy Gaydar (1904-1941) tug'ildi.

1909 yil 22 yanvar - Birmalik diplomat, 1962-1971 yillardagi BMT Bosh kotibi U Tan (1909-1974) tug'ildi.

1959 yil 22 yanvar - Shveysariyalik futbol hakami Urs Mayer tug'ildi.

1968 yil 22 yanvar - Frasniyalik futbolchi, terma jamoasi bilan Jahon va Yevropa chempioni Frank Lebyof tug'ildi.

1977 yil 22 yanvar - Yaponiyalik mashur sobiq futbolchi Xidetoshi Nakata tug'ildi.






Qayd etilgan


Shoxjahon12  23 Yanvar 2008, 11:52:28

BUGUN 23 YANVAR


TUG'ILDILAR:


1783 yil 23 yanvar - Fransuz yozuvchisi Stendal (1783-1842) tug'ildi.

1870 yil 23 yanvar - Amerikalik jismoniy tarniya o'qituvchisi, voleybolni o'ylab topgan Uilyam Morgan (1870-1942) tug'ildi.

1928 yil 23 yanvar - Fransuz aktrisasi Janna Moro tug'ildi.

1930 yil 23 yanvar - Amerikalik astronavt uilyam Poug tug'ildi.

1969 yil 23 yanvar - Rossiyalik mashhur sobiq futbolchi Andey Kanchelskis tug'ildi.






Qayd etilgan