Xattoki payg'ambarimizni s.a.v. Bobosidan keyin qaramog'iga olgan amakilari, Alining r.a. otalari Abu Tolib ham jannatga kirmasligi balki, jahannamda azoblanashi, bundan payg'ambarimiz s.a.v. Judayam siqilganlari rivoyat qilingan. Endi rasulimizning s.a.v. O'stirib katta qilgan amakilari kechirilmagandan keyin, boshqa kofirlarning oqibatini nima deyish mumkin? Alloh taolo payg'ambarimizga s.a.v. xatto Islom dinini bilmay ungacha o'lgan onasiga istig'for aytishni man qilgan (Ammo onalari Din xabari yetmagan solihalardan deydi ba'zilar). Islomdan xabardor bo'la turib, kofir holida o'lgan inson aniqki jahannamga tushadi.
"(Tangri ekanligiga) hech qanday hujjat-
dalil kelmagan narsani (ya’ni, jonsiz butlarni)
Allohga sherik qilganlari sababli kofirlarning
dillariga qo‘rquv solajakmiz. Ularning borar
joylari jahannamdir, zulm qilguvchilarning
joylari naqadar yomon joy!" (Oli Imron, 151) Allohning biron so'zini rad qilish ham kofirlik hisoblanadi, Alloh saqlasin. Nozik masala bo'masa yozib o'tirmasdim, bu o'zimcha gapirayotgan gapim emas:
Imom Abu Hanifa va Abu Muti'larning savol javoblari.
"...Savol: Bir odam, men kofirni kofir deb
bilmayman, desa, unga nima deysiz? Yoki
kofirning taqdiri menga ma'lum emas, desa-chi?
Javob: Unday odam kofir kabidir.
Savol: Kofirning borar joyini bilmayman desa-
chi?
Javob: U Allohning kalomiga munkirdir, u ham
kofirdir...
"
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1811.0Alloh saqlasin. Alloh taoloning so'zi haq. Jahannam kofirlarning joyi ekani rost...
Kofirlarga yaxshilikni tilash esa faqat tirikligidagina mumkin. Ya'ni ular uchun istig'for aytishmas balki, ular uchun hidoyat - iymon so'rash. Chunki Alloh Al Hadiy - Istagan kishisiga hidoyat berguvchidir.
Alloh barchamizni to'g'ri yo'lga hidoyat qilsin. Jonimizni mo'min holda olsin.