Mandan oldingi odam! Forumchilarga ta'rif  ( 245365 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 75 B


ikbaljohn  12 Fevral 2007, 09:31:26

Bu ham hammaga tanish mavzu...ya'ni o'zingizdan oldingi userga ta'rif berasiz....
eng kamida 2 ta postdan keyin yozish mumkin qaytadan, bo'lmasa  bir-birlaringizni ko'klarga ko'tarish bilan mashgul bo'lib ketaslar... 8)

Qayd etilgan


Muslimа  12 Fevral 2007, 11:26:02

Bu user haqida aytishm mumkin bo'gan narsa shuki:
Juda chaqqon ekanlar hali uncha ko'p vaqt bo'magan bo'sayam, darrov moderator bo'ptila. Qoyil qolmaslini ilojisi yo'q! :)

Qayd etilgan


Farida  12 Fevral 2007, 13:15:10

Mandan oldingiz Rohatoy haqida:
Juda hurmat qilaman. Ilmli, harakatchan, postlari ma'noli. Doimo aql bilan yondoshadilar.

Qayd etilgan


Shahina  12 Fevral 2007, 14:43:21

Farida.
Judayam hushchaqchaq qiz. Hayotga juda intilib yashaydi.
Qo'shiqlarni ko'p tinglaydi. Ashula matnlarini yig'ib yuradi. Biz bu holni uning postlaridan ham kuzatamiz.

PS. Manga qanaqa ta'rif berisharkin :)

Qayd etilgan


Muslimа  12 Fevral 2007, 15:16:09

Shahina haqida:
Juda ham hurmat qilaman! Ajoyib inson!
Muslimada eng faol qizlardan biri!
Alloh rozi bo'lsin sizdan!

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Fevral 2007, 18:13:38

Tepadagi inson:
U kishini shaxsan tanimasamda, lekin postlaridan shularni bilaman:
Judayam aqlli inson, sabrli, qat'iyatli, matonatli.
Har bir gapini o'ylab gapiradi, o'ylab yozadi. 

Qayd etilgan


ikbaljohn  12 Fevral 2007, 18:24:04

Abdulziz marg'ilonli.Geografiya fani bo'yicha Respublika bosqichi qatnashchisi.Xalqaro jurnalistika fakultetini bitiruvchisi.bilimdon,xushchaqchaq va dilkash suxbatdosh.Darvoqe,"Istiqbol" gimnaziyasining eng oldi o'quvchilaridan bo'lganlar.Farog'at opaning va direktorimiz Xoji akaning sevimli shogirdlaridan.

Qayd etilgan


Mahdiyah  12 Fevral 2007, 18:51:42

Hmmmmmmmmm.

Man ham bu insonni yaxshi tanimasamda oz moz bilaman.
Ular ham Marg'ilonli  :D

Rasmlarni juda yaxshi montaj qilarkanlar.
Studiyada ishlasalar ham bo'ladi?

Qayd etilgan


Mohinur  13 Fevral 2007, 08:18:52

Noza. Judayam hushchaqchaq va intiluvchan qiz!
Qo'shiq, radio tinglashni yaxshi ko'radi.
Kitob o'qishni yaxshi ko'radi.
Fotomontajni ham yaxshi qiladi.
Menimcha, hayotda nimalarnidir yig'ib yurishga ham qiziqsa kerak.

Qayd etilgan


Farida  13 Fevral 2007, 15:52:47

Mohinur.
Asli Buxorodan.
Chevar qiz. Buxoro davlat universiteti talabasi.
Tennisga qiziqadi.
B'azida she'rlar ham yozib turadi.

Qayd etilgan