Mandan oldingi odam! Forumchilarga ta'rif  ( 245402 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 75 B


Doniyor  13 Fevral 2007, 16:24:09

Unchalik yaxshi tanimayman.
Lekin ba'zi fikrlaridan ilmga intiluvchan ekanliklarini bildim.
Qo'shiq ko'p tinglarkanlar. Chunki "Qoshiqlar matni" bo'limini "ergallab olibdilar".

Qayd etilgan


Muslimа  13 Fevral 2007, 16:41:41

Doniyor haqida:
Agar adashmasam bu inson Abdulazizni ukalari bo'ladilar (adashgan bo'lsam uzr!). Lekin postlaridan judayam iymonli, aqilli ekanlilari sezilib turadi! Islomiy kitoblar bo'limiga doimo post qoldiradilar!  Alloh rozi bo'lsin sizdan!

Qayd etilgan


Doniyor  13 Fevral 2007, 16:55:32

Tashakkur opajon!

Man ham sizni juda hurmat qilaman. Avataringizdan ham ko'rinib turibdiki, siz ham judayam iymonli, aqlli qizsiz. Singlingiz bilan birga Islomiy kitoblar bo'limida juda xayrli ishlarni amalga oshiryapsizlar. Rahmat.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Fevral 2007, 17:16:04

Ukam Doniyorbek!

Judayam xushchachaq, intiluvchan, mehnatkash, do'stlashishni yaxshi ko'radi.
Uningcha, "erkak kishi dunyodagi barcha ishni uddalay olishi kerak". Shuning uchun ham u doimo harakatda.
Texnikaga qiziqadi va yaxshi tushunadi. Doimo eng yangi texnikadan xabardor bo'lishga intiladi.
Do'stlari juda ko'p. Har qadamda ular bilan muomala qila oladi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  13 Fevral 2007, 18:45:42

Hurmatim baland bu yigitga. Garchi biz bitta fakultetda ta'lim olgan bo'lsak ham bu yigitning samimiylik, qalbi kenglik, hammaga birdek munosabatda bo'lishlik kabi yangi-yangi insoniy fazilatlarini kashf etib boryapman. Kompyuter va dizaynga qiziqishlarini 4 yil birga o'qib endi bilib o'tiribman. Qoyil! Biz hamkasb va hamkormiz. Ijodlariga omadlar tilayman.

Qayd etilgan


Munira xonim  14 Fevral 2007, 08:02:48

Abdulaziz:
Bu kishiga hurmatim juda baland. So'zlaridan juda ilmlik, savyalari baland. Hamma narsaga yahshi ko'z bilan qaraydilar. Doimo post qilganlari og'ir vazmin, o'zini tuta oladigan bo'liub ko'rinadi menga. Din borasida ham juda ilmlari keng. Men u kishiga omad tilayman. Alloh yo'lida qilayotgan ishlarini Alloh taolo mukofatlasin.

Qayd etilgan


Munira xonim  14 Fevral 2007, 08:05:24

Rohatoy, Noza.
O'z singillarimdek yahshi ko'raman. Odobli, ilmli, har narsaga o'z fikrini ochiq bildira oladigan qizlar.Yozgan postlarini o'qib ko'p narsani bilsa bo'ladi.  Bu opa singilga va boshqa qizlarimizga ham ikki dunyo bahtini tilayman.

Qayd etilgan


Muslimа  14 Fevral 2007, 08:32:19

Nargiza opa haqida:
Ajoyib inson! Postlaridan o'zim uchun ancha kerakli hulosalarni chiqaraman! Hyotiy narsalarni yozadilar! Ularni yozgan postlari ko'pincha manga yordam beradi. Juda ham iymonli inson! Qalbingizdagi IYMON ingiz hech qachon so'nmasin opajon! Alloh rozi bo'lsin sizdan!

Qayd etilgan


ikbaljohn  14 Fevral 2007, 10:17:19

Rohatoy!Junior member.Postlari soni 91 ta.Yaxshi +14,yomon -2 ta. Ishlarini yaxshi ko'rallar.Avatorlariga gap yo'q. Xozcha bilganlarim shu... ;D

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Fevral 2007, 19:41:42

Iqboljon G'afurov (agar familiyalari esimdan chiqmagan bo'lsa)
1982 yil Marg'ilon shahrida tug'ilgan.
Sentrning olipta bollaridan :)
"Istiqbol" gimnaziyasida 8-sinfgacha o'qib, keyin Farg'ona turk lisesiga o'tgan.
Gimnaziyada ajoyib she'r va hikoyalar yozishlarini bilardim.
Balki hozir ham qalam qoralab tursalar kerak.
Ona tili va adabiyoti bo'yicha viloyat olimpiadasi g'olibi (faqat bizi sinfdoshga yutqazib qo'yganlar :) )
Yuridik institutni bitirganlar.
Samimiy inson, samimiy hazilni yoqtiradi.
Agar haliyam, o'sha qobiliyati bo'lsa, hozir she'riy javob qaytaradi :)

Qayd etilgan