Mandan oldingi odam! Forumchilarga ta'rif  ( 245415 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 75 B


Munira xonim  17 Fevral 2007, 08:56:30

Assalamu alaykum.
Mastura:
Yangi a'zolarimizdan bo'lsalarda juda ham faol. Ayniqsa Viktorinada juda ko'p savol va jvoblari bilan qatnashadilar. Menga o'hshab Vodiydan ekanliklarini bilib juda hursand bo'ldim. Ilmlik va o'z fikrlarini to'g'ri bildira oladilar.Hozirdan yuksak ilm cho'qqilariga intilmoqdalar. Inshalloh, Islomga ko'p hizmatlari bilan ulush qo'shadigan katta olimalardan bo'lib yetishadilar. Bu yo'lda u kishiga ALloh taolo madadkor bo'lsin!!!

Qayd etilgan


Abdusalom  17 Fevral 2007, 09:44:09

Nargiza opa!
Judayam sabrli inson. Postlarining hammasi ma'noli.
Bir narsani o'ylamay yozmaydi.
Birovdan  ezgu maslahati va niyatini ayamaydi.

Qayd etilgan


azizaxon  17 Fevral 2007, 12:50:05

Assalomu Alaykum!!!  uzr  Abdusalom aka  haqlarida  hech  nima bilamayman lekin yaxshi  inson liklarini aniq  bilaman.Bu  forumga albatta yaxshi  insonlar kirishadi -ku  a.

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Fevral 2007, 08:03:33

Assalamu alaykum.
Azizahon. Asl ismilari Munira. Namanganlilkar, men birlan bir shahardan ekanliklarini bilib rosa hursand bo'lganman. Odinahon bilan dugona, agar adashmasam. Turmush ostonasidan turgan, orzulari osmon singillarimizdan. Forumga a'zo bo'lganlariga ancha bo'ldi,lekin postlari negadir juda kam. Ishlari o'qishlari ko'p bo'lsa kerak. Nima bo'lganda ham u kishiga omad tilayman. Alloh taolo barcha qalblaridagi ezgu niyatlariga yetkazishini duo qilib qolaman.

Qayd etilgan


mubashshir  18 Fevral 2007, 10:35:35

Assalamu alaykum.

Nargiza opa. Men yahshi taniydigan yagona forumdagi ishtirokchi. Juda ham ilmlik va taqvodor ayol. Bilganim uchun aniq ayta olaman. Har bir narsa ustida chuqur mulohaza qilib fikr beradilar. Bolalariga qattirqo'llik va mehr bilan juda yahshi tarbiya berganlar. hamma havas qiladigan oilaning bekasi. Hammani faqat yahshi tomonini ko'ra oladigan hususiyat sohibasi. Umuman olganda juda ko'p yahshi fazilatlari bor, deb o'ylayman. U kishiga va oiallariga Allohning rahmatini tilayman...

Qayd etilgan


Nodi  19 Fevral 2007, 07:17:53

Mubashshir.
Forumning eng yosh userlaridan. Lekin shunday bo'lishidan qat'iy nazar o'zining aqlliligi bilan ajralib turadi.
Islom haqida bilimlari ham talaygina.
"Siddiqnoma" degan kitobni forumga kiritganlar.

Qayd etilgan


ikbaljohn  19 Fevral 2007, 09:50:15

Nodi yoki Nodira Shomurodova.Ushbu forumning veteranlaridan.Hero member  :o.Osmonni yaxshi ko'rallar.Toshkentning Yunusobod tumanidan.Postlariyam ma'noli ekan.Shu xozcha!

Qayd etilgan


Muslimа  19 Fevral 2007, 10:04:23

Ikbaljohn haqida:
Forumga shiddat bilan kirib kelgan user ekanlar.
Juda ham hazilkash, bazi postlarini o'qib insonni yuzida tabassum paydo bo'ladi (boshqalani bilmadimu lekin manda shunday bo'ladi :)).
Alloh rozi bo'lsin sizdan!

Qayd etilgan


mutaallimah  19 Fevral 2007, 15:31:34

Assalomu alaykum Rohatoy opa haqlarida!
Eng chiroyli avator sohibasi yozgan postlari ma'noli  anchagina faol ishtirokchilardan biri hisoblanadilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Fevral 2007, 21:56:17

va alaykum assalom!

Masturaxon singlimiz.
Forumga yangi a'zo bo'lganlardan. Islomiy ilmlarining yaxshiligini Ziyouz viktorinasidan bilib oldik.
Kitob o;'qishni yaxshi ko'rarkanlar.
Shuning uchun ham har bir postlari ma'noli, avval o'ylab, keyin mulohaza bildiradilar.

Qayd etilgan