Mandan oldingi odam! Forumchilarga ta'rif  ( 245436 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 75 B


Shahina  21 Fevral 2007, 16:05:32

Iqboljon.
Nuriddin Asqarovning qo'shiqlariga qiziqadi.
YMni yaxshi ko'radi.
Bossning qichqirig'ini yomon ko'radi.

Qayd etilgan


islimakhanim  22 Fevral 2007, 10:38:09

 Assalamu alaykum!
Shahina khanim: postlari biz yangi memberla havas qilarli darajada, ya'ni qahramon member! Postlari juda yokadi, manimcha, o'zlarini Shaha deb chaqirishlarini xoxlaydila, avatorlarida bitta qip-qizil yurak tinmay aylanib turadi :).  hozircha shu...

Qayd etilgan


Muslimа  22 Fevral 2007, 10:58:23

Islimakhanim haqida:
Islimakhanim yangi bo'lishlariga qaramay, ko'pchilikka manzur bo'lgan singiljonlarimizdan! Ismlari juda ham go'zal! Har bir postlari ma'noli. Me'yorida hazil qiladilar, ba'zan!  :)
Sizni Alloh yo'lida yaxshi ko'raman singlim!
Manga bildirgan tilaklariz o'zizga ham yor bo'lsin!
Alloh rozi bo'lsin sizdan!

Qayd etilgan


shoir  26 Fevral 2007, 01:17:59

Rohatoy.
Yaqingacha unchalik ko'p post qilmasdilar. Odatda forumga kirib, ko'p o'qib, postni kam qilardilar.
Postlaridan judayam aqlli va tajribali inson ekanliklari bilinadi.

Qayd etilgan


ikbaljohn  26 Fevral 2007, 11:21:32

Shoir.Nicklaridan va avatorlaridan she'riyatga juda qiziqishlari bilinib turibdi.Postlarini soniyam chakkimas.Lekin oxirgi paytlarda juda kamnamolar.Bir xaftada bir marta kiradilaru lekin deyarli barcha bo'limlarga postlarini yozib ketallar.Xozcha bilganlarim shu!!!

Qayd etilgan


islimakhanim  26 Fevral 2007, 11:30:23

 Assalamu alaykum!
Ikbal Bey:  ko'ngilochar bo'limni prezidenti! Juda chaqqon, xushchaqchaq, tezkor moder. baholari 50 na 50 hozircha... shu negadir avatorlaridan mushukla hech tushmaydi...  a'zo bo'lganlariga hali ko'p bo'lmagan bo'lsa ham, forumni "o'ziniki" bo'lib qolganla. Kirib kelgan yangi mehmonlani kutib olib, bir piyola choy bilan, yo'g'e, yangi-yangi mavzula bilan siylaydila... shu hozircha...

Qayd etilgan


shoir  27 Fevral 2007, 07:51:55

Islimak honim
Yangi user bo'lishlariga qaramay 111 ta post qoldiribdilar.
Turk tilini yaxshi bilarkanlar.
Biroz hazilkashroq. Odamning aybini ayab o'tirmaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Fevral 2007, 08:00:35

Shoir.
Haqiqiy shoirlarga xos xislatlar sohibi. Andijon davlat universiteti magistri va ayni paytda muallimi.
Kitob, o'qish, ayniqsa mumtoz adabiyot namunalarini mutolaa qilish jonu dili.
Kelajakda bu yuzasidan bir ilmiy ish qilmoqchi.
Abdulla Qodiriyni sevadi, "O'tkan kunlar"ni sevadi, Otabek va Kumushbi o'z aka-opasidek biladi.
Forumning 3 yillik qadrdoni.

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Fevral 2007, 08:37:12

Abdulaziz.

Forumning jonkuyari. Hammani do'sti va ularga qo'lidan kelganicha to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi. Holis yordam qo'lini uzatguvchi inson. Ham diniy ham dunyoviy ilm sohibi. Sh'erlari juda go'zal va hayotiy,menga juda yoqadi. Kelajaklari porloq deya umid qilaman. Forumni shu darajaga yetishida bu kishini hizmatlari tahsinga sazovar. Shahsan menga juda ko'p yordamlari tekkan. U kishidan forumda ishlash va shunga o'hshash juda ko'p narsalarni o'rganganman. Shu paytgacha hech kimga yomon gapirib ko'nglini og'ritganlarini guvohi bo'lmadim, bundan keyin ham bo'lmayman,Inshalloh. Bu kishini ishlariga omad tilayman. Alloh taolo O'zi madadkor bo'lsin...

Qayd etilgan


Nodi  27 Fevral 2007, 11:26:19

Nargiza opa.

Forumning eng jonkuyar useri. Sevimli yor, qadrdon do'st va shirindan shakar bolajonlarning suyukli onasi.
Vodiyliklarga xos lutf egasi. Og'ir-bosiq inson.
Forumdagi eng hayotiy postlar muallifi.

Qayd etilgan