Mandan oldingi odam! Forumchilarga ta'rif  ( 245305 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 75 B


Shahina  28 Fevral 2007, 07:09:40

Nodi.

Judayam tirishqoq va mehnatsevar qiz.
Forumga a'zo bo'lganiga 1 yildan oshdi.
Lekin postlari havas qilsa arzigulik.

Qayd etilgan


Robbim_Rahmon  28 Fevral 2007, 16:37:54

SHahina

Bugun 07:10:52 da post qiptila

Imzolari: Hammelaga omad va baht tilayman !! diptila

sizga ham baht va omad doimo yor bo'lsin SHahina :)

Qayd etilgan


Mohinur  28 Fevral 2007, 17:29:34

Niklari: Rabbim_Rahmon.
Yangi a'zolardan ekanlar.
Avatarlari judayam chiroyli ekan.
Agar imzodagi sayt o'zlariniki bo'lsa, judayam go'zal chiqqan ekan.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  28 Fevral 2007, 17:40:14

Manimcha,Mohinur anchadan forumimizga buyon kirmagan userlarimizdan biri. "Mohinur al-Buxoriy",degan tahallus judayam mos tushgan.:) Al-Buxoriy tahallusli buyuk bobokalonlarimizga doim shunday munosib bo'lib yursinlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Mart 2007, 06:46:33

Shohjahon.
Asl ismlari - Otabek. Familiyalari - Yo'ldoshev.
O'zbekiston jahon tillari universiteti va Koreyaning Chung-Ang universitetini tamomlagan.
Ajoyib jurnalist, mohir sportchi.
"Paxtakor" va "Valencia"ning ashaddiy muxlisi.

Qayd etilgan


mubashshir  01 Mart 2007, 07:26:21

Abdulaziz aka.
Juda yahshi inson. Ilmlik va birodarlariga shirin so'z. Hamma narsani ochiqlik va vazminlik bilan tushuntiradilar. Meni bu forumga a'zo bo'lishimga asosan Abdulaziz aka sababchi bo'lganlar, ya'ni u kishini postlarini ajoyib fikrlarini o'qib keyin a'zo bo'lishga qaror qilganman. Vodiyning javohiri bo'lgan Marg'ilon shahridanlar. Forumni bu holga keltirish uchun anchagina mehnat qilgan bo'lsalar kerak.  Alloh u kishini mehnatlarini ulug' mukofotlar ila siylasin. Amiyyn.

Qayd etilgan


ikbaljohn  01 Mart 2007, 10:57:24

Mubashshir (to'g'ri yozdimmi ishqilib?) 26 iyun 2006 yilda a'zo bo'lgan bo'lsalar ham postlarini soni 106 ta xolos.Jinsi erkak.Yosh 16.Muqaddam sudlanmagan.Manimcha litsey o'quvchisi.Ozgina aktivroq bo'ling,ukam!
 

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Mart 2007, 14:58:20

Ikbaljohn: Avvalo Mubashshir haqlarida ma'lumot. U kishi hozirda juda bandlar. Oldin juda ham faol edilar. Hozir esa ishlari ya'ni o'qishlari juda ko'p. Maktabdan tashqari hozirda Qur'oni Karimni yodlash bilan bandlar. Alloh nasib qilsa kuchli va go'zal ovoz sohibi va Hofizi Qur'on bo'lib yetishadilar. Sizlar ham duoda bo'linglar.

Ikbaljohn:Juda hushchaqchaq va harakatchan bo'lsalar kerak hayotda ham. Buni forumdagi ishlaridan ham ko'rish mumkin. Bu kishi a'zo bo'lganlaridan keyin bu forum yanada jonlandi. Deyarli hamma shu kishini bo'limlarida har kuni post qoldiradi. Juda hazilkash va dilkash inson.  Maqtovlar ko'payib ketmasin...Alloh sizdan rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


islimakhanim  01 Mart 2007, 16:00:41

 Nergez hanim: forumda hamma uchun birday sevikli bo'lgan opajonimiz, oqila umr yo'ldoshi, ikki qiz, ikki o'g'ilning mehribon onajonisi. ziyouz forumining faol, aqlli, ko'ngli ochiq, dono a'zosi. Muslima bo'limidagi eng faol userkalardan. man judayam yaxshi ko'raman!

Qayd etilgan


Iroda  01 Mart 2007, 18:31:28

Islamkhanim. Assalomu alaykum. Ooo judayam yaxshi qizlar. Turkiyalikla o'zbek tilini ham yaxshi bilarkanla. Alochi qizlarimizdan. Bor yogi 2tagina yomon baho. Qolgani 5. Inshaolloh hamma ishlari doim shunaqa 5 bo'lsin.

Qayd etilgan