Kim nimani yomon ko'radi?  ( 305467 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 ... 73 B


Zamiraxon  21 Avgust 2010, 15:22:35

Har gapida kesatib gapiradiganlarning shu odatini;

Forumda faqat postlar sonini oshirish uchun "sifat nol, miqdor mo'l" amalini qiladiganlarning shu odatini;

Xo'jako'rsinga ish qiladiganlar, "meni maqtasin" deydigan riyokorlarning shu odatlarini.

Qayd etilgan


UzMuslim  21 Avgust 2010, 15:48:57

Avvalo Namozni qazo Qilishni Yomon Ko'raman,
KeyiN Brovniong Orqasidan gapirganlarni,
Keyin Hammani Oldida Kesatiq Gaplarni Eshitishni Yomon Ko'raman,
Ertani O'ylamey qilingan Ishni Yomon Ko'raman.

Qayd etilgan


Zamiraxon  22 Avgust 2010, 08:32:48

Irodasizlikni...

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  22 Avgust 2010, 18:47:08

Bismillohir rohmanir rohiym!

Fursatdan foydalanib, vaqtida bir narsani sizlarga aytib quyay. Forumdoshlarning Toshkendagi uchrashuvi mavzusidagi rasmlarni ko'rib kishini ko'zi quvonadi. Uchrashuvdagi rasmlarni ko'rib turib, bizlarga ham bunaqa uchrashuvlar nasib qilsin deb yaxshi niyat qilib qo'ydik. Yaxshilar davrasida bo'lishlik, Ollohning bizdek g'arib bandalariga qilgan marhamati deb bilaman.

Ushbu xolis niyatimizning lekin degan tomoni bor. Yaxshilar safida, davrasida bo'lishlik menga juda ham yoqadi, ammo rasmga tushushni juda ham yomon ko'raman.

Mobodo sizlardan shunaqa taklif bo'lib qolsa, iltimoslaringizni erda qoldirmaslik va noqulay vaziyatga tushib qolmaslik uchun, oldindan sizlarni xabardor qilib qo'yayapman. Rasmga istisno holatlardan tashqari hech qachon tushgim kelmaydi. Meni tushunasizlar degan umiddaman.

Hammangizni borlaringizga shukr!

Qayd etilgan


UzMuslim  22 Avgust 2010, 18:54:08

Har Xil bemani Ko'rsatuvlarni yomon Ko'raman..

Qayd etilgan


yoqutxon  22 Avgust 2010, 22:48:05

Yo'q deyilganidan so'ng ham hadeb qayta qayta so'rayverishlarini,kechirimlimas,to'g'rimi  noto'g'rimi o'zini aytganida turvoladiganlarni,yog'li ovqatlarni,gazetalardagi programma, e'lonlarni,mayda gap odamlarni yomon ko'raman.

Qayd etilgan


Chustiy  23 Avgust 2010, 03:08:02

bunaqa smslar agar biznessimi kassob qiganida manam chiqazmasdim chustiy

uzr jargonizga tushunmadim,
smsni qassobgamas, TVga yozgandim ;D

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  23 Avgust 2010, 04:34:14

bunaqa smslar agar biznessimi kassob qiganida manam chiqazmasdim chustiy

uzr jargonizga tushunmadim,
smsni qassobgamas, TVga yozgandim ;D

manimcha kasod dimoqchi boganla

Qayd etilgan


shirin_a  24 Avgust 2010, 20:07:24

 :bs1:
 :as:
New York dago Qishni, Florida dagi Yozni yoqtirmayman  ;)

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  25 Avgust 2010, 11:19:36

Bismillohir rohmanir rohiym!

Gaplashayotganda oyoqqa e'tibor berganlarni,
Ovqatlanayotganda ovqatga suqilib qaraganlarni

hush ko'rmayman. Mana shu ikki holatga kishi juda ham noqulay vaziyatga tushib qoladi.

Qayd etilgan