Kim nimani yomon ko'radi?  ( 305335 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 73 B


ikbaljohn  12 Fevral 2007, 09:36:41

Bu mavzuyam tushunarli bo'lsa kerak.Kim nimani yomon ko'rishini yozadi.Bo'masam birinchi bo'lib o'zim boshlab beraqolay:
sovugan somsa,oylikni kechikishi,avtobus kutish,svetti ochib qolishi,komppi zavisat qilishi,va nihoyat kir yuvish.

Qayd etilgan


Muslimа  12 Fevral 2007, 11:55:17


Hayotga juda engil qarovchilarni, Allohdan qo'rqmaydigan, umrini kayf safo bilan o'tkazuvchilarni, vaqtini qadriga etmidiganlani. Ayolsifat erkak va erkaksifat ayollarni. Qo'pol insonlarni. Yolg'onchilarni.
Nohaqlikni, hiyonatni va kibrga berilganlarni.

Qayd etilgan


Farida  12 Fevral 2007, 13:19:04

Kino ichidagi reklamani
Kitob ichidagi yirtilgan sahifani
Hotmailni

Qayd etilgan


Shahina  12 Fevral 2007, 14:51:30

Chatda gaplshishni;
"Santa-Barbara"ni;
"Oqshom ertaklari"ni :)

Qayd etilgan


Mahdiyah  12 Fevral 2007, 19:04:45

Shoshilishni,
shoshirganni,
maqtanchoq erkaklarni juda juda yomon ko'raman
eshitishni bilmaydigan insonlarni,
bekorchi insonlarni be'mani gaplarini tinglab o'tirishni,
orqadan gapiradiganlarni,
bir ish qilayotganimda ikkinchisini buyurishlarini,
manga baqirganlarni,
o'zini katta olganlarni -OSMONLARNI
bilmay turib gapirganlarni

qo'pol insonlarni...

disketani (3.5) - juda kam ma'lumot sig'diradi  :D
kerakmas paytda komp. qotib qolishini,...

P.S. Hali esimga tushsa yana yozaman yomon ko'rgan narsalarim ko'p  :D

Qayd etilgan


Mahdiyah  12 Fevral 2007, 19:29:39

Ha yana esimga tushib qoldi.

sutni , kashani yomon ko'raman.
Bog'chada ham umuman hayotda ham kasha yemaganman

Ovozi yoq odamni "ESTRADAMIZ YULDUZI" deb atashlarini

SOTQINLARNI, TUHMATCHILARNI

Qayd etilgan


azizaxon  13 Fevral 2007, 11:06:14

enggggg  yomon ko'rganim kutish  hamma ham shuni yomon ko'rsa kerak 

Tilyog'machilani juda ham yomon ko'raman



kegin tilda boshqayu  dili boshqalani ham

suyuq taomdagi sabzini yomon ko'raman

 

Qayd etilgan


Odina  13 Fevral 2007, 12:34:23

man esa   birovlani aldan xuzurlanadigan odamlani ishlarini yomon ko`raman

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Fevral 2007, 14:17:37

Kutishni va kuttirishni,
menga ovozlrini ko'tarib gapirishlarini,
avtobus kutishni,
yolg'onchilarni, g'iybatchilarni,
ayolidan yoki eridan shikoyat qiladiganlarni,
o'z umr yo'ldoshlarini boshqalarnikiga solishtirishlarini,
ko'rgan kuniga va oldidan boriga shukr qilmaydiganlarni...
Nozaga o'hshab meni ham yomon ko'radigan narsalarim juda ko'p...

Qayd etilgan


Farida  13 Fevral 2007, 15:58:54

maqtanchoq erkaklarni juda juda yomon ko'raman

Man umuman maqtanchoqlarni xushlamayman.
Yana o'zining kiyimi bilan maqtanadiganlarni ham yomon ko'raman.

Qayd etilgan