Javob: Hozir 26 yoshdaman. 22 yoshda Allohning cheksiz marhamati bilan Ahmad Lutfiy Qozonchining "Saodat asri qissalari" kitobini o'qib, Islomni angladim (o'zimcha) va islomiy hayot kechirishga hafakat qilib kelyapman (o'zimcha), shu to'rt yilning 1 yili uyqu bilan o'tgan bo'lsa, yana kim biladi qanchasi Televizor ko'rish va boshqa bekorchi ishlar bilan o'gandir. Sar hisob qiladigan bo'lsam qo'limda hech narsa yo'q, afsus. 4 yil ichida atigi 1 oy juma maruzalarida o'tgan. Mp3 dan eshitganlarim ham 1 oy atrofida. Yaxshilik yo'lida gapirgan vaqtimham 1 hafta bo'lsa bordir, hisoblasangiz undan ham kam chiqishi mumkin, kitob o'qigan vaqtimni hisobladim u ham 30.4 kun bo'ldi.
Lekin menga berilgan imkonlarning, ne'matlarning sarhisobi yo'q.
Yo Rabbim, men bir bechora, purqusur, gunohkor, nonko'r bandangman. Manfaatlar yo'lida cho'loq, gunohlarga botgan bir bechora, faqir bandangman. Sening huzuringga Sening marhamatingga sig'inib keldim, qo'limda azobingdan qutulish yo'lida hech bir sarmoya yo'q, Sening huzuringga hech narsa bilan keldim, ammo Sen g'anilarning g'anisisan, marhamatlilarning marhamatlisi, meni avf ayla yo Rabbim. Gunohlarim ko'p amma Sendan o'zgaga sajda qilmadim, menga shu lutfni bergan Sen, umidim Sensan yo Rabbim, yo G'affor, yo Sattor. Meni Seni tanimaydigan, bilmaydigan qilishing mumkin edi, lekin sen menga behisob ne'matlar berib Seni, janob Rasululloh s.a.v. ni bilguvchilardan qilding. Sendan gunohimni kechirishingni so'rayman, ammo bir gunohkorman, gunohkorlarning duosi ijobat bo'lishi qiyin dedi bir do'stim, ammo nima qilay Sendan o'zga kimim bor, kimga yolvoray, boshqa boradigan joyim yo'q, Sen dan o'zga tayanchim, madadkorim yo'q. Ammo men g'aflatda qoldim yo Rabbim, shayton bilan bo'lgan urushlarda yengildim Rabbim, gunohga bottim Rabbim, ammo Mutlaq G'olib Sensan yo Rabbim, shar, zulm, yomonlik uzra musulmonlarni g'olib ayla yo Rabbim, ularga izzatlarini qaytarib ber yo Rabbim, Sen bizni isloh ayma Rabbim.
Savol: Nega Jadidchilar ishni Jadid maktablari ochishdan boshlashdi deb hisoblaysiz?