KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"  ( 11479 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


muxbir  16 Iyun 2006, 17:31:35

Assalomu alaykum, aziz forumchilar!
Aybga buyurmasangizlar, futbolga oid yana bir mavzu ochdim.
Bu mavzuda sizlarni bugun Koreyada boshlangan futbol bo'yicha "Tinchlik Kubogi" tarixi va yangiliklaridan boxabar etaman.

Original post by Otabek

Mavzu arxivi

Qayd etilgan


muxbir  16 Iyun 2006, 17:32:23

KOREYA "TINCHLIK KUBOGI"

"Tinchlik Kubogi". Kubok baxslariga 2003 yili asos solindi va xuddi shu yili dastlabki musobaqa tashkillashtirildi. Bu Kubok shunchaki ermak uchun o'ylab topildi, deyish mantiqqa to'g'ri kelmasa kerak. Musobaqada har bir qit'adan yetakchi jamoalarning ishtiroki millatlararo hamjihatlik va do'stlik tuyg'ularini shakllantirishda muhim o'rin tutadi. Darvoqe, musobaqaning bosh maqsadi ham shundan iborat.  Hozirgi kunda futbolda qattiq qoralanayotgan ratsizmga qarshi kurash ushbu Kubok g'oyalaridan biridir. Musobaqaning asosiy xomiylari SAMSUNG, "Koreya Xana Bank"i, "Korean Air", "Adidas", "Neovia" kabi nufuzli kompaniyalardir.
Musobaqaning mukofat jamg'armasiga ko'ra, g'olib 2 million AQSH dollari, finalchi esa 500 ming AQSH dollariga ega bo'ladi.
Dastlabki Kubok bundan ikki yil avval - 2003 yil 15-22 iyul kunlari o'tkazildi. Unda Yevropadan Lion (Fransiya), PSV Eyndxoven (Gollandiya), Myunxen 1860 (Germaniya), Beshiktosh (Turkiya), Osiyodan Seongnam Ilva Chunma (Janubiy Koreya), Janubiy Amerikadan Nasional (Urugvay), Shimoliy Amerikadan LA Galaksi (AQSH), Afrikadan Kayzer Chifs (Janubiy Afrika Respublikasi) kabi jamoalar ishtirok etishdi. O'shanda barcha raqiblaridan ustun kelgan PSV Eyndxoven (Gollandiya) klubi finalda fransiyalik "sherlar" - Lionni 1:0 hisobida mag'lub etgan edi.
2003 yil 15-22 iyul. Qatnashgan jamoalar:
"A" guruhi:
LION (FRANSIYA)
BESHIKTOSH (TURKIYA)
SEONGNAM ILVA CHUNMA (KOREYA)
KAYZER CHIFS (JANUBIY AFRIKA)

"B" guruhi:
NASIONAL (URUGVAY)
PSV EYNDXOVEN (GOLLANDIYA)
LA GALAKSI (AQSH)
MYUNXEN 1860 (GERMANIYA)


 Tashkilotchilar bu yilgi musobaqa ham qiziqarli o'tishiga ishonishadi.
Musobaqaning ilk g'olibi - PSV Eyndxoven (Gollandiya)

Bu yilgi musobaqa bugundan boshlab ochildi.
Bu yilgi baxslarda esa quyidagi jamoalar ishtirok etishi nazarda tutilgan:

"A" guruhi:
PSV EYNDXOVEN (GOLLANDIYA)
SEONGNAM ILVA CHUNMA (KOREYA)
ONSE KALDAS (KOLUMBIYA)
LION (FRANSIYA)

"B" guruhi:
BOKA XUNIORS (ARGENTINA)
TOTTENXEM (ANGLIYA)
REAL SOSIEDAD (ISPANIYA)
SANDAUNS (AFRIKA)


Koreyada juda katta obro'ga ega Gus Xiddink "PSV Eyndxoven"ga boshchilik qilmoqda.

Jahon futbol sahnasidagi "eng yosh turnir"lardan bo'lgan "Tinchlik Kubogi" ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otmoqda. Shuningdek, musobaqalarni OAV orqali namoyish etishni Koreyaning SBS telekompaniyasi o'z zimmasiga olgan. Qani, ko'raylik-chi, qaysi jamoa turnir g'olibligiga erishar ekan...

Qayd etilgan


Shoxjahon12  31 Yanvar 2007, 12:20:27

Bu yilgi musobaqada jahonning grand klublari taklif etilishi kutilmoqda.

Qayd etilgan