Muallif Mavzu: Islomda farzand tarbiyasi  ( 89447 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Islomda farzand tarbiyasi
« : 15 Fevral 2007, 09:30:32 »
Islom dinida farzand tarbiyasi.
“Tahrim” surasining 6 – oyatida:
“Ey mo’minlar! Sizlar o’zlaringizni va ahli oilangizni o’tini odamlar va toshlardan bo’lgan do’zah olovidan asrangiz!” deb marhamat qilindi. Ya’ni, bu oyati karima hukmiga ko’ra, har bir mo’min ota – ona o’zlarini va oila a’zolarini do’zaxga olib boruvchi gunoh ishlardan saqlanmog’i lozim. Har bir ota ona bu gunohlarni avvalo o’zlari bilmog’i va farzandlariga bildirmog’i lozim.
   Dinimiz beshikdan qabrgacha foydali ilm o’rganishga buyuradi. Inson ilm olib, o’z bilimlarini mustahkamlab bormas ekan, baquvvat va egilmas daraxtga aylanolmay, nimjon, ojiz nihol kabi qolib ketadi.
   Bu ma’suliyatli ishning boshida ota-onalar turadi. Ota – onalar kuf yo’lidagi odamlar bo’lsalar, aksariyat hollarda farzandlarini ham shu botil yo’llarga tortib ketadilar. Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Har bir farzand aslida islomiy fitrat bilan tug’iladi, so’ngra ota-onalarining ta’siri bilan yahudiy, nasroniy yoki majusiy bo’lib yetishadi”, deya marhamat qilganlar.
   7 yoshgacha bolada “go’daklik” davri hokum suradi. Bu davrda ota – ona bolaning salomatligi uchun mas’uldir. Uni kiyim – kechak, oziq – ovqat va boshqa  barcha zaruriy narsalar bilan ta’minlaydi.
   Bolaga asl tarbiya 7 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan “bolalik” bosqichida beriladi. Ota – onaning o’z vazifalarini sidqidildan bajarishi, ayniqsa, ushbu davrda katta ahamiyatga egadir. Chunki odob – ahloqqa poydevor shu davrda hozirlanadi. Bola bu bosqichda taqlidchi bo’ladi, ota – onasidan, atrofdagilardan o’rnak olishga intiladi, ularga taqlid qiladi. Bu davr bolaning balog’atga qadam qo’yish davri bo’lgani uchun ular bilan muomalada ehtiyotkorlik zarur.
   14 yoshdan so’ng bolada “yoshlik” bosqichi boshlanadi. Bu davrda farzandning vujudi kamol topadi, tani kuch – quvvatga to’ladi. Agar oldingi bosqichlarda bola qalbiga Allohga yuksak ishonch – sevgi, Uning qahriga qolishdan qo’rquv hissi chuqur singdirilgan bo’lsa, ushbu bosqichda farzand etuk IYMON egasi bo’lib etishadi.
   So’ngra “navqironlik” davri boshlanadi. Ilk ikki davrda hozirlangan iymon quvvati, Haq va haqiqat hususidagi bilimlar va “yoshlik” bosqichida olingan go’zal his – tuyg’ular bu davrga yetuk inson bo’lib etishishi omilidir.
   Ota – ona bu davrgacha farzandlar tarbiyasiga beparvolik qilgan bo’lsalar, farzandlar har turli gunohlarga yuz burgan, turli yomonliklar va jinoyatlardan ham tap totmaydigan ahloqsiz insonlar bo’lib qolishadi.
   Ota – onalar bu davrgacha bolalari qalbiga buyuk iymon-e’tiqod tuyg’usini singdirgan bo’lsalar, farzandlar bu davrda o’zlarini o’nglab olgan, har turli nafs balolaridan yuz bura oluvchi, hayrli ishlarga bosh bo’ladigan solih va komil insonlar bo’lib yetishadilar. Farzand bu davrda har masala xususida ota – ona maslahatiga muhtoj bo’ladi.
   Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Hech bir ota – ona farzandlariga go’zal tarbiya va yahshi odobdan ortiq bir tuhfa in’om etolmaydi” deb marhamat qilganlar.
      (“Ota – onalarga maslahatlar” kitobidan).
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #1 : 15 Fevral 2007, 09:45:51 »
Forumdoshlar sizlarga savol:
Farzandni qanday tarbiya qilgan ma'qul?
Tarbiyani qachondan boshlash zarur?
Farzand tarbiyasida kim asosiy o'rin egallaydi otami yoki ona?
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #2 : 15 Fevral 2007, 10:58:46 »
Forumdoshlar sizlarga savol:
Farzandni qanday tarbiya qilgan ma'qul?
Tarbiyani qachondan boshlash zarur?
Farzand tarbiyasida kim asosiy o'rin egallaydi otami yoki ona?


Assalamu alaykum,Rohatoy.
Sizni savollaringizga birinchi bo'lib javob bersam.
Avvalo shunday hamma uchun kerakli mavzuni boshlaganingiz uchun Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Bu narsalar turmush ostonasida turgan yigit qizlarimizga katta foyda beradi deb o'ylayman.

Farzand tarbiyasini, haqiqiy islom ruhida qilgan yahshi.Ya'ni unga gapni tushunadigan bo'lishi bilan savob va gunoh yahshi va yomon, halol va harom narsalarni farqini tushuntirib borish lozim. Ularga bolalar uchun mo'l chiqarilgan islomiy kitoblar oq'ib berish, Qur'on, hadisdan ta'lim berish lozim. Alloh kim, payg'ambar kim, Alloh uni nima uchun yaratgan hammasini sekin astalik bilan tushuntirib uning ongiga singdirib borish lozim.(Bu meni fikrim)

Tarbiyani onaning qornidaligidan boshlanadi. Bu narsa hadislarda ham kelgan va hozirgi tib ilmi ham buni tasdiqlagan.

Farzand tarbiyasida ota-onaning ham o'rni bor. Lekin ko'proq ona mas'ul. 
« So'nggi tahrir: 15 Fevral 2007, 14:04:43 muallifi nargiza »
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #3 : 15 Fevral 2007, 12:56:02 »
Assalomu alaykum Nargiza opa!
Javobiz uchun rahmat!
Bu savollarga aynan siz javob berganizdan hursandman!

Bir narsa o'qigandim shuni hozir e'toborilaga havola qilsam!
                                        Bola tarbiyasi
   Horijda bola tarbiyasi ustida olimlar qiziq tajriba o’tkazishibdi: ota bola tug’ilshiga besh – olti oy qolganida har kuni ma’lum bir vaqtda bitta ertakni “uning” yonida so’ylayveribdi. Go’dak tug’ilganidan keyin ham ertakni aytishda davom etibdi. Bola tili chiqqanda ota o’sha ertakni yana ayta boshlagan ekan, (yo Alloh) ertakning davomini bolaning o’zi so’zlab ketibdi.
   Albatta, bu hodisa oddiy tajriba emas, balki bola tarbiyasi qachondan boshlanishi lozimligini ko’rsatuvchi ilohiy bir hikmat isboti hamdir. Shuningdek, yaqinda hofizi Qur’on bir tanishimiz ham bunday dedi: “O’g’lim tilga kirgandaba’zi oyatlarni qaerdadir eshitganini aytardi. Biroq ularni o’g’limga hech kim alohida yod oldirmagan edi. Buning sababini men, o’g’limiz tug’ilmasidan oldin o’sha suralarni o’qiganim va ayolimning unga some’ bo’lgani, deb bildim.”
 
Muhammad Ja’far, Toshkent shahri
“Musulmonlar taqvimi” kitobidan
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #4 : 15 Fevral 2007, 14:23:03 »
Rohatoy, Alloh sizdan rozi bo'lsin. Juda ajoyib narsalarni keltiribsiz.
Bu narsa haqiqat. Bola ona bag'ridaligi davridanoq hamma narsani his qilishga qodir. Bu esa Allohning eng katta mo'jizalaridan biri. Shuning uchun ayollar homiladorlik davrida juda ehtiyot bo'lishlari, asosan halol luqmaga e'tirbor berishlari lozim.
Yahshi narsalarni o'qishi, eshitishga ahamiyat berish lozim. Bu uchun faqat ayollar emas, balki erkaklarimiz ham mas'uldir.
Men o'g'limga ham qizimga ham homiladorlik davrimda Qur'on tilovati bilan mashg'ul bo'lardim. O'g'limni qori bo'lishini juda hohlardim. O'g'lim to'rt yoshga kirganida, qizim esa beshga kirganida Allohning kalomini bemalol o'qiydigan bo'lishdi. Hozir ikkisi ham Qur'onni yodlash bilan mashg'ul. Men esa kenja qizimni o'qitish bilan ovoraman. U hozir olti yoshda, Qur'onni bemalol o'qiy oladi. Allohga shukr. Ularni amalini bardavom qilsin.
Men bularni maqtanish uchun aytmadim,balki turmush ostonasida, shu bilan birga bola tarbiyasidek ulug' bir ishni bo'ynilariga olish uchun tayyorgarlk ko'rayotgan qizlarimiz, yigitlarimiz o'rnak olishar va bizdanda qattiqroq harakat qilishar degan umidda yozdim. Yaqinda bir ustozdan eshtib qoldim. Agar ayol homiladorlik davrida, halol luqma bilan taomlanib, yetti marta Qur'onni Hatm qilib chiqarsa, farzandi qori bo'lar ekan. Bu gap to'g'ri noto'g'riligini bilmadim-u, lekin menga bu gapda jon bordek tuyuldi. Vallohi a'lam.
« So'nggi tahrir: 15 Fevral 2007, 14:25:31 muallifi nargiza »
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #5 : 19 Fevral 2007, 09:50:29 »

Farzand tarbiyasi   

O’g’il qizning hulqi yaxshi yoki yomon bo’lsa, uning asl sababchisi ota – onadir. Ota – ona bolani qarovsiz qo’ymasligi, unga ilm, hunar va yaxshilikka chorlaydigan yo’llarni o’rgatishi lozim. Farzandning fe’l – huquqlari kamol topishi, yo’l – yo’riqlari soz bo’lishi, hizmatga loyiq bo’lishi, mukofotlarga sazovor bo’lishi ota – onaning mehri, duosi va tarbiyasiga bog’liq.
   Behuda va bo’sh qo’yilmagan, tiyib – tergab turilgan farzandlar baht topadilar. O’g’il – qiz yoshligida nimani o’rgansa, umrining so’ngigacha uni unutmaydi. O’g’il – qini o’stirib, farzandlari tufayli sharafga erishgan kishi shunday deydi: “Farzandga yoshligidan bilim o’rgatish kerak. Bola yoshligida bilim o’rgansa, barkamol bo’ladi. O’g’il – qizni ayama, vaqti – vaqti bilan jazolab tur, chunki jazo ularga ta’lim o’rgatadi. Odan bilim o’rgansa, kunlari bahtli o’tadi, o’zi qanchalik kichik bo’lsa ham, shunchalik ulug’lanadi”.
   Bolaga ota namuna bo’lgan bo’lsa, u otasining hulqini jadal o’rganadi. Ota farzandini tergab tarbiyalasa, uning fe’l – yo’rig’i yaxshi bo’ladi, ota – onasini yuzini yorug’ qiladi. Agar nazorat qilguvchi bo’lmasa, unday farzand yaramas va nobakor bo’ladi. Bunday farzanddan umidingizni uzavering.
   Ota – ona farzandini yoshligidan nobakor qilib qo’ysa, fe’l – atvori yaramas bo’lsa, unda umuman ayb yo’q, barcha ayb ota – onaning o’zidadir. Qachonki ota farzandini tergab tarbiyalasa, ular ulg’ayganda o’g’lim – qizim deb sevilishga arziydi.
   Ey ota! Farzandingni tergab tarbiyalagin, toki keyin sendan kulguvchilar bo’lmasin.
   O’g’il – qizlarga bilim va hunar o’rgatish tufayli ularda insoniy fazilatlar paydo bo’ladi. Alloh kimga aql zakovat va bilm bersa, u barcha orzularga erishadi. Kimning hulqi hush, fe’l – atvori yaxshi bo’lsa, dunyoda ham, oxiratda ham ming – ming sevinchlar keltiradi.
      â€œQutadg’u bilik” asari asosida Munisbek tayyorladi
      â€œMusulmonlar taqvim kitobi”dan olindi
 
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

islimakhanim

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 224
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #6 : 20 Fevral 2007, 17:14:55 »
                    Assalamu alaykum!
Jazakahllahu hoyron, Rohatoy opajon!
Man balki bola tarbiyasi haqida fikr bildirishga ancha yoshlik bilarman, lekin shayx Mahmud As'ad Jo'shon hazratlarining "Haqiqiy sevgi" asarlari manga juda yoqib qolgan bitta gap bor: onaning vazifasi- bolasini o'ziga isyon qilmaydigan qilib tarbiyalash degan mazmunda... Manimcha bu onalar (+ bolajak onalar) uchun juda ibratli gap.

mutaallimah

  • Alloh yagona!!!
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 224
  • -oldi: 421
  • Xabarlar: 2122
  • Jins: Ayol
  • Ey nafs isyon qilishdan to'htab o'zingni hisob qil
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #7 : 20 Fevral 2007, 20:32:05 »
Assalomu-alaykum opajonlar albatta man ham farzand tarbiyasi haqida gapirishga hali yoshman.Lekin hozirda hayotimizda bu'lib turgan oddiy haqiqatdan kelib chiqib farzand tarbiyasida eng avval onalar mas'ullar deb uylayman.CHunki bizlarni oilamizda ham hozirgi ku'pgina u'zbek oilalari singari adajonim oilamizni moliyaviy ta'milash maqsadida bizlardan uzoqda ishlab yashashga majburlar.Bizlar esa ayajonim bilan birga yashaymiz.Albatta bunday hayot yengil emas.Lekin adajonim bizlarni bekorga ayajonimga ishonib qoldirmaganla deb uylayman.CHunki ota-onam bir-birlarini juda yahshi tushunadila.Bizlarni ilm olib uni tarqatuvchi insonlar bulishimiz va jamiyyatda uz u'rnimizni topishimiz uchun hayotdagi ba'zi qiyinchiliklarni birgalashib yengib utishga va ogir holatlardan maslahat bilan chiqib ketishga harakat qiladilar.Bizlarni barcha injiqliklarimiz va bazi bolalik ozorlarimiz esa ayajonimga.Albatta ular bizlarni tushunishga harakat qiladilar.Tarbiyamiz uchun jon kuydirib harakat qiladilar.SHunday hollar bu'ladiki ularni ranjitamiz bizlarni adamlani jahllaridan asrab hamma hatolarimizniyam aytavermaydila.Ukalarim bilan ayamlani shu ishlaridan hulosa chiqarib u'zimizni tugrilashga harakat qilamiz.... Hullas manimcha har bir bolaga onalari ibrat bu'ladi yana bilmadim.

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #8 : 21 Fevral 2007, 08:23:42 »
Assalomu alaykum singiljonlarim!
Samimiy fikrlaringiz uchun rahmat! Man ham hali farzand tarbiyasi haqida tajribaga ega emasman, lekin ishonaman, albatta bir kun kelib bunday ma'suliyatli ishni bo'ynimizga olamiz. Nargiza opa aytganlaridek, bu mavzu barchamizga kelajakda albatta kere bo'ladi, inshaolloh!
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #9 : 21 Fevral 2007, 08:29:25 »
Shu o'rinda donolarni farzand tarbiyasi haqida aygan ba'zi gaplarini keltirib o'tsam.

Farzand go’yo oq qog’ozga o’hshar. Uni yahshi yozuvlar bilan to’ldirish esa ota – ona va ustozning vazifasidir.

Bolani toza Islom fitratida o’stirish uchun ilk tadbir uni halol luqma bilan taomlantirmoqdir.
   

            Imom G’azzoliy.

Bolaning uyatchan bo’lishi, ularning kelajakda yahshi fe’l – atvor sohibi bo’lishidan hushxabardir.       

         Imom G’azzoliy.


Bolani kichkinaligida bilim ber, yahshi ishlari uchun mukofot ber, yomonlarini yomonligini tushuntir.       

         Sa’diy Sheroziy.


Farzandlaringizga tilni tiyishni o’rgating. Gaplashishni o’zi ham o’rganib oladi.         
   
   Benjamin Franklin.



« So'nggi tahrir: 21 Fevral 2007, 08:31:32 muallifi Rohatoy »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #10 : 23 Fevral 2007, 11:29:54 »
Negadur bu mavzuga faqat qizlar post qoldirishyapti? ???
Manimcha bu mavzu yigitlarga qiziq emas!
Yoki ular farzandni tarbiyasi faqat ayolga bog'liq deb o'ylasharmikin? ::)
Quyidagi hikoyani o'qib siz farzand tarbiyasida nafaqat onaning, balki otaning o'rni ham qay darajada muhim ekanligini anglaysiz!

                                   Achchiq hosilot

   Farzandim tug’ilganida ulgurishim kerak bo’lgan mol – dunyo va ko’paytirilishi kerak bo’lgan aktsiyalar bilan mashg’ul edim. Uzoqlarda ekanman, u atay-chechak yurishini, shirin – shirin gapirishni o’rganibdi.
   Biroz o’sgandan keyin esa: “Men sizga o’xshashni istayman, adajon… Men katta bo’lsam sizga o’xshayman” deya boshladi.
   Doim ish joyimga qo’ng’iroq qilib:
   - Adajon, uyga qachon kelasiz?- deb so’rardi.
   - Qachon kelishimni bilmayman, o’g’lim. Ammo kelganimda mazza qilib o’ynaymiz…
   Yillar shu kabi o’tdi. O’g’lim o’n yoshga kirdi. Unga bir koptok sovg’a qildim.
   - Rahmat, ada. Yuring, men bilan biroz o’ynang, - dedi.
   - Shu haftaning ichida bitirishim kerak bo’lgan ishlarim bor, o’g’lim. Dam olish kuni o’ynaymiz, xo’pmi?
   â€œXo’p”, dedi-yu, faqat yuzidagi shodlikdan asar ham qolmagandi. “Katta bo’lsam men ham siz kabi bo’laman…”
   O’g’lim avval maktabni, so’ng oliygohni tugatdi. Bunday hollarda otaning o’g’liga qilgan nasihatlariniberish uchun:
   - O’g’lim, men sen bilan juda faxrlanaman. Kel, biroz o’tirib suxbatlashaylik, senga bir ikki og’iz gapim bor, - desam.
   U sekin kulimsirab:
   â€œDo’stlarim bilan uchrashishga va’dalashgandik. Ada, mashinangizni berib tura olasmi? Keyin gaplasharmiz”, - dedi.
   Yana yillar o’tdi. Men endi nafaqaga chiqdim, vaqt serob. O’g’lim esa boshqa shaharda ishlar va o’sha erda yashardi. Bir kuni unga qo’ng’iroq qilib:
   - Dam olish kunlari bizni kelib ziyorat qilib ketsang bo’larmidi?! – dedim.
   - Xo’p, ada. Faqat ishlarim ko’proq, ammo vaqt topib borishga harakat qilaman. O’zim ham sizlarni juda sog’inganman.
   - Xo’p, unda qachon kelasan, o’g’lim?
   - Bilmadim, ada. Hozir bir uchrashuvim bor, shunga shoshib turibman. Ammo kelganimda mazza qilib suhbatlashamiz.
   Shu so’zlar bilan telefon go’shagini qo’ygan o’g’limning bolalik orzusini ro’yobga chiqarganimni tushundim: Otasiga o’xshaganini… ayni otasi kabi ulg’ayganini…

      Anushbibi tayyorladi
      â€œMusulmonlar taqvim kitobi”  2007 yil 1- kitob

Alloh barchamizni to'g'ri yo'ldan adashtirmasin!

Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

islimakhanim

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 224
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #11 : 24 Fevral 2007, 11:09:53 »
 
Iqtibos
Negadur bu mavzuga faqat qizlar post qoldirishyapti?
Assalamu alaykum!
Xavotir olmang opajon, yigitla o'qib, o'rnak olishyapti ;)

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #12 : 26 Fevral 2007, 11:15:12 »
БОЛА ТАРБИЯСИНИНГ БОШЛАНИШИ
http://islom.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=189&Itemid=1


ФАРЗАНД ХАКЛАРИ
http://muslimaat.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=316&Itemid=80



Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #13 : 27 Fevral 2007, 09:05:22 »
Musulmon bolalariga savollar va javoblar


-   Musulmonmisan?
-   Alhamdulillah, musulmonman.
-   Alhamdulillah nima degani?
-   Hamd(maqtov) Allohga hosdir, degani.
-   Qachondan beri musulmonsan?
-   â€œQolu balo”dan beri.
-   U nima degani?
-   Bu “Ahdi misoq”dir, ya’ni Haq taolo ruhimizni yaratganida ular hitob qilib “Alastu birobbikum?” – Men sizning Robbingiz emasmanmi? – deb so’ragan. Ruhlar esa “Balo”, ya’ni Sen bizning Robbimizsan, deganlar. Shundan buyon musulmonman, demakdir.
-   Shu holda kimni qulisan?
-   Albattaki, Allohning quliman.
-   Allohni qanday bilasan?
-   Alloh birdir, avvali va oxiri yo’qdir, azaliy va abadiydir, makoni yo’qdir.
-   Kimning ummatisan?
-   Oxirgi payg’ambar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning.
-   Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nechta ismlari bor?
-   Go’zal ismlari ko’p, biroq shu to’rttasini bilish lozim va shartdir: Muhammad, Mustafo, Ahmad, Mahmud.
-   Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaerda tug’ildilar va hozir qaerdalar?
-   Makkada tug’ildilar. Ellik yoshlaridan so’ng Madinaga ketdilar. Xozir u erdagi “Ravzai mutahhara” deyilguvchi joydalar. Otalarining ismi Abdulloh, onalariniki Ominadir.
-   E’tiqodda qaysi mazhabdasan?
-   Ahli sunnat val – jamoatdaman.
-   Bu nima degani?
-   Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallam va sahobalarining e’tiqodlari bo’yicha borishdir.
-   Amalda mazhabing qaysi va u mazhabning imomi kim?
-   Amalda Imomi A’zam Abu Hanifa mazhabidaman. Bu kishi Hanafiy mazhabining imomilar. Asli ismlari No’mon. Otalarining ismi Sobit.
   Shariatda dalilim to’rtta: 1) Kitob; 2) Sunnat; 3) Ijmoi ummat; 4) Qiyosi fuqaho, ya’ni shariatdagi har qanday masala Qur’on yo hadis, ashobning ittifoqi yo butun din olimlarining ijtihodi bilan ma’lum bo’ladi, hal qilinadi.
   - Alloh tomonidan nechta kitob yuborildi va bu kitoblar qaysi payg’ambarlarga keldi?
   - To’rt ilohiy kitob quyidagi to’rt payg’ambarga keldi: Zabur – Dovud alayhissalomga, Tavrot – Muso alayhissalomga, Injil – Iso alayhissalomga, Qur’on – Muhammad Mustafo sallallohu alayhi va sallamga.


Muhammad Kamolning “Musulmon ayoliga maslahatlar” kitobidan olindi.

Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Doniyor

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #14 : 27 Fevral 2007, 18:14:04 »
Assalamu alaykum!
Alloh Sizdan rozi bo'lsin!
Ma'lumotlar uchun tashakkur.
Judayam xayrli mavzu bo'libdi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

 

Mo'minlarga shifo - Islomda!!!

Muallif Munira xonimBo'lim Islom

Javoblar: 12
Ko'rilgan: 13620
So'nggi javob 13 Avgust 2007, 13:55:30
muallifi Munira xonim
Farzand.uz - Onalar va bo`lajak onalar uchun

Muallif farzand.uzBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 10
Ko'rilgan: 10867
So'nggi javob 27 Fevral 2008, 09:33:12
muallifi Robiya
Benikoh farzand

Muallif otash_2004Bo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 6995
So'nggi javob 25 Yanvar 2010, 16:04:13
muallifi Foniy
Islomda Moda, Modern,Styl.

Muallif saraton07Bo'lim Umumiy

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 6470
So'nggi javob 01 Iyul 2008, 00:47:06
muallifi saraton07
ISLOMDA oiladagi muomala

Muallif MahdiyahBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 46
Ko'rilgan: 26118
So'nggi javob 25 Oktyabr 2018, 11:58:46
muallifi MirzoMuhammad