Jamiyat va inson > Oila va jamiyat

Islomda farzand tarbiyasi

(1/31) > >>

Muslimа:
Islom dinida farzand tarbiyasi.
"œTahrim" surasining 6 — oyatida:
"œEy mo’minlar! Sizlar o’zlaringizni va ahli oilangizni o’tini odamlar va toshlardan bo’lgan do’zah olovidan asrangiz!" deb marhamat qilindi. Ya’ni, bu oyati karima hukmiga ko’ra, har bir mo’min ota — ona o’zlarini va oila a’zolarini do’zaxga olib boruvchi gunoh ishlardan saqlanmog’i lozim. Har bir ota ona bu gunohlarni avvalo o’zlari bilmog’i va farzandlariga bildirmog’i lozim.
   Dinimiz beshikdan qabrgacha foydali ilm o’rganishga buyuradi. Inson ilm olib, o’z bilimlarini mustahkamlab bormas ekan, baquvvat va egilmas daraxtga aylanolmay, nimjon, ojiz nihol kabi qolib ketadi.
   Bu ma’suliyatli ishning boshida ota-onalar turadi. Ota — onalar kuf yo’lidagi odamlar bo’lsalar, aksariyat hollarda farzandlarini ham shu botil yo’llarga tortib ketadilar. Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "œHar bir farzand aslida islomiy fitrat bilan tug’iladi, so’ngra ota-onalarining ta’siri bilan yahudiy, nasroniy yoki majusiy bo’lib yetishadi", deya marhamat qilganlar.
   7 yoshgacha bolada "œgo’daklik" davri hokum suradi. Bu davrda ota — ona bolaning salomatligi uchun mas’uldir. Uni kiyim — kechak, oziq — ovqat va boshqa  barcha zaruriy narsalar bilan ta’minlaydi.
   Bolaga asl tarbiya 7 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan "œbolalik" bosqichida beriladi. Ota — onaning o’z vazifalarini sidqidildan bajarishi, ayniqsa, ushbu davrda katta ahamiyatga egadir. Chunki odob — ahloqqa poydevor shu davrda hozirlanadi. Bola bu bosqichda taqlidchi bo’ladi, ota — onasidan, atrofdagilardan o’rnak olishga intiladi, ularga taqlid qiladi. Bu davr bolaning balog’atga qadam qo’yish davri bo’lgani uchun ular bilan muomalada ehtiyotkorlik zarur.
   14 yoshdan so’ng bolada "œyoshlik" bosqichi boshlanadi. Bu davrda farzandning vujudi kamol topadi, tani kuch — quvvatga to’ladi. Agar oldingi bosqichlarda bola qalbiga Allohga yuksak ishonch — sevgi, Uning qahriga qolishdan qo’rquv hissi chuqur singdirilgan bo’lsa, ushbu bosqichda farzand etuk IYMON egasi bo’lib etishadi.
   So’ngra "œnavqironlik" davri boshlanadi. Ilk ikki davrda hozirlangan iymon quvvati, Haq va haqiqat hususidagi bilimlar va "œyoshlik" bosqichida olingan go’zal his — tuyg’ular bu davrga yetuk inson bo’lib etishishi omilidir.
   Ota — ona bu davrgacha farzandlar tarbiyasiga beparvolik qilgan bo’lsalar, farzandlar har turli gunohlarga yuz burgan, turli yomonliklar va jinoyatlardan ham tap totmaydigan ahloqsiz insonlar bo’lib qolishadi.
   Ota — onalar bu davrgacha bolalari qalbiga buyuk iymon-e’tiqod tuyg’usini singdirgan bo’lsalar, farzandlar bu davrda o’zlarini o’nglab olgan, har turli nafs balolaridan yuz bura oluvchi, hayrli ishlarga bosh bo’ladigan solih va komil insonlar bo’lib yetishadilar. Farzand bu davrda har masala xususida ota — ona maslahatiga muhtoj bo’ladi.
   Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "œHech bir ota — ona farzandlariga go’zal tarbiya va yahshi odobdan ortiq bir tuhfa in’om etolmaydi" deb marhamat qilganlar.
      ("œOta — onalarga maslahatlar" kitobidan).

Muslimа:
Forumdoshlar sizlarga savol:
Farzandni qanday tarbiya qilgan ma'qul?
Tarbiyani qachondan boshlash zarur?
Farzand tarbiyasida kim asosiy o'rin egallaydi otami yoki ona?

Munira xonim:

--- Iqtibos: Rohatoy  15 Fevral 2007, 09:45:51 ---Forumdoshlar sizlarga savol:
Farzandni qanday tarbiya qilgan ma'qul?
Tarbiyani qachondan boshlash zarur?
Farzand tarbiyasida kim asosiy o'rin egallaydi otami yoki ona?


--- End quote ---

Assalamu alaykum,Rohatoy.
Sizni savollaringizga birinchi bo'lib javob bersam.
Avvalo shunday hamma uchun kerakli mavzuni boshlaganingiz uchun Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Bu narsalar turmush ostonasida turgan yigit qizlarimizga katta foyda beradi deb o'ylayman.

Farzand tarbiyasini, haqiqiy islom ruhida qilgan yahshi.Ya'ni unga gapni tushunadigan bo'lishi bilan savob va gunoh yahshi va yomon, halol va harom narsalarni farqini tushuntirib borish lozim. Ularga bolalar uchun mo'l chiqarilgan islomiy kitoblar oq'ib berish, Qur'on, hadisdan ta'lim berish lozim. Alloh kim, payg'ambar kim, Alloh uni nima uchun yaratgan hammasini sekin astalik bilan tushuntirib uning ongiga singdirib borish lozim.(Bu meni fikrim)

Tarbiyani onaning qornidaligidan boshlanadi. Bu narsa hadislarda ham kelgan va hozirgi tib ilmi ham buni tasdiqlagan.

Farzand tarbiyasida ota-onaning ham o'rni bor. Lekin ko'proq ona mas'ul. 

Muslimа:
Assalomu alaykum Nargiza opa!
Javobiz uchun rahmat!
Bu savollarga aynan siz javob berganizdan hursandman!

Bir narsa o'qigandim shuni hozir e'toborilaga havola qilsam!
                                        Bola tarbiyasi
   Horijda bola tarbiyasi ustida olimlar qiziq tajriba o’tkazishibdi: ota bola tug’ilshiga besh — olti oy qolganida har kuni ma’lum bir vaqtda bitta ertakni "œuning" yonida so’ylayveribdi. Go’dak tug’ilganidan keyin ham ertakni aytishda davom etibdi. Bola tili chiqqanda ota o’sha ertakni yana ayta boshlagan ekan, (yo Alloh) ertakning davomini bolaning o’zi so’zlab ketibdi.
   Albatta, bu hodisa oddiy tajriba emas, balki bola tarbiyasi qachondan boshlanishi lozimligini ko’rsatuvchi ilohiy bir hikmat isboti hamdir. Shuningdek, yaqinda hofizi Qur’on bir tanishimiz ham bunday dedi: "œO’g’lim tilga kirgandaba’zi oyatlarni qaerdadir eshitganini aytardi. Biroq ularni o’g’limga hech kim alohida yod oldirmagan edi. Buning sababini men, o’g’limiz tug’ilmasidan oldin o’sha suralarni o’qiganim va ayolimning unga some’ bo’lgani, deb bildim."
 
Muhammad Ja’far, Toshkent shahri
"œMusulmonlar taqvimi" kitobidan

Munira xonim:
Rohatoy, Alloh sizdan rozi bo'lsin. Juda ajoyib narsalarni keltiribsiz.
Bu narsa haqiqat. Bola ona bag'ridaligi davridanoq hamma narsani his qilishga qodir. Bu esa Allohning eng katta mo'jizalaridan biri. Shuning uchun ayollar homiladorlik davrida juda ehtiyot bo'lishlari, asosan halol luqmaga e'tirbor berishlari lozim.
Yahshi narsalarni o'qishi, eshitishga ahamiyat berish lozim. Bu uchun faqat ayollar emas, balki erkaklarimiz ham mas'uldir.
Men o'g'limga ham qizimga ham homiladorlik davrimda Qur'on tilovati bilan mashg'ul bo'lardim. O'g'limni qori bo'lishini juda hohlardim. O'g'lim to'rt yoshga kirganida, qizim esa beshga kirganida Allohning kalomini bemalol o'qiydigan bo'lishdi. Hozir ikkisi ham Qur'onni yodlash bilan mashg'ul. Men esa kenja qizimni o'qitish bilan ovoraman. U hozir olti yoshda, Qur'onni bemalol o'qiy oladi. Allohga shukr. Ularni amalini bardavom qilsin.
Men bularni maqtanish uchun aytmadim,balki turmush ostonasida, shu bilan birga bola tarbiyasidek ulug' bir ishni bo'ynilariga olish uchun tayyorgarlk ko'rayotgan qizlarimiz, yigitlarimiz o'rnak olishar va bizdanda qattiqroq harakat qilishar degan umidda yozdim. Yaqinda bir ustozdan eshtib qoldim. Agar ayol homiladorlik davrida, halol luqma bilan taomlanib, yetti marta Qur'onni Hatm qilib chiqarsa, farzandi qori bo'lar ekan. Bu gap to'g'ri noto'g'riligini bilmadim-u, lekin menga bu gapda jon bordek tuyuldi. Vallohi a'lam.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version