Assalam alaykum Wa Rohmatullohu Wa Barokatuhu!
Quyidagi maqolani Islom va TV mavzusiga choylamoqchi edim afsuski u mavzuni topa olmadim. Maruzada biroz andishalik bo'lsa barcha forumdoshlardan uzurimni so'rab qolaman...
Farzandlar va TV
[/color]
Qiz asraguncha tuz asragan afzal deyishgan qadimgilar, nega?! Chunki, qiz bola shunchalik nozik hisoblangan-ki, u sal narsaga aynib ketishi mumkun. Top-toza oq sutga bir tomchi siyoh tomsa qanchalik bulg’ansa, qiz bolaning tashqi ko’rinishining ochilib-sochilib ketishi ham, shunchalik uning butun borlig’i-yu nomusiga dog’ bo’lib tushadigandek. Biroq hozir gap qiz bola tugul hatto o’g’il bolalarimizning kiyinish madaniyati to’g’risida ham emas yoki qanday kiyinganligidan, fe’l-atvorining keng-u torligidan qat’iy nazar, ko’z o’ngimizda o’z-o’zicha shakillanib kelayotgan bu odam nima eshitib, nima ko’rib ulg’ayotganligi haqida?!...
Boshidanoq aytib qo’yaylik qadrli ota-onalar, aziz va mo’tabar ustozlar bizni kechirsinlar-u, ammo tan olmay ilojimiz yo’q. Hozirgi kunda farzandlarimiz tarbiyani bizdan emas, intertelvidinya deb atalmish rahnamosidan olib yotgani bor gap. Bir qaraganda shunisi ham yaxshidek, ahir biz uzu kun o’g’il-qizimizning tarbiyasi bilan shug’ullanadigan bo’lsak, bola-chaqani kim boqadi?! Shu boisdan ham biz charchab qolib ishdan kelamiz, bir luqma ovqatimizni naridan-beri yeymiz so’ng, to’ygami, tug’ulgan kungami yoki boshqa bir tirikchiligimizga otlanamiz. "œ-Bolam Salom, Bolam Xayr. Pul kerakmi? —Mana ol. O’tgan yilgi paltoying kaltayib qoldimi, mayli yanagi maoshda yangisini olamiz. Maktabga borayapsanmi o’zi? Ha barakalla. Novvosga qaradingmi, uyni yig’ishtirdingmi?! va hakazo..." va bo’ldi shu.
Bolamiz bilan bo’ladigan eng uzoq va mazmunli suhbatimizning mohiyati faqat shulardangina iborat xolos.
Intertelvedinya esa uning ham otasi ham onasi, opasi, dugonasi, do’sti, tarbiyachisi bo’lib qolganini shundan keyin ham tan olmay ko’ring-chi?! Ammo bu do’stning bolalarimizga o’rgatayotgan juda ko’p narsalarni shu yoshga kirib ba’zan mahramimizga ham ayta olmaymiz. Masalan, yetti yoshdagi qizaloqlar, ayol kishi boshi aylanib behold bo’la boshladimi, bu homiladorlikdan nishona ekanligini qayerdan biladi?! Besh yoshdagi bolakay esa, chaqaloqlarni kasalxonadan olib kelishmaydi, ularni ayalari huddi mushuklarga, bo’ri yoki tulkilarga o’xshab tug’ushi-yu, katta bolalarni esa chaqaloqni sotib oldik deb aldashlarini har holda ularga o’zimiz yonida o’tirg’izib, erinmay batafsil tushuntirmagan yohud bu haqda bog’cha opasi maxsus mashg’ulot o’tib berib gapirmagandir?!
Bir tanishimning qizi, oddiy maktabdan nufuzli gimnazyaga qatnay boshladi. Ehh, qizlar qizlar"¦ ular hoh yetti yoshda bo’lsin hoh o’n yettida gaplashadigan mavzulari albatta moda yoki kiyim-kechakdan iborat bo’ladi. Nima gap o’tsa o’tganki. Yangi kelgan qizaloq dugonalari bilan gurrunglasha turib, hali umrida ya’ni, qorinning tepasidan keladigan maykacha kiyib ko’rmaganini aytib qoladi. Qizlar piqirlashib kulishgan. "œ-Vay, seni qara-yuu kindigi ochilmagan qiz", -deb uni mazax qilishgan. Buni qarang-ki bu gaplar qizaloqqa og’ir botadi va yoki kindigini ochib yurmaslik uyatdek. Xo’rligi kelib ota-onasini yozg’iradi. "œ-Mana sizlarning tartib qoidangizni deb o’rtoqlarimga kalaka bo’ldim". Ha, bu ne gapki endilikda bor-yo’g’i boshqalarga nisbatan axloqli bo’lish ayb hisoblansa-yu, jamoa undaylarning ustidan kulsa. Yanayam aniqrog’i kiyim kiyishdagi oddiy me’yyorlikni tabiiy qabul qila olmasalar. Ha, bolalarning ko’zi tugul kindigi ham ochilib ketgani, endi yangilik emas. Ular maktab darsligidan to’rt qator she’rni bilmasligi mumkun. Ammo har bir be’mani reklama roliklarini to’tiqushdek takrorlaydilar. "œ-keltirdingmi. —Ha, shef", "œ-Sizni prastata adenoma bezovta qilyaptimi?", "œLycrs bilan gazni bos", "œYaxshi ko’rasan-mi Jek?" va hakazo"¦ Homiladorlikdan saqlovchi vositalar reklamasi berilayotgan siz-ku, "œe bolam baribir hech narsani tushunmaydi-ku" deb, hotirjam o’tiraverasiz, ammo bolalar zimdan ko’z urushtirib piqir-piqir kulishadi. Bizning axmoqligimizning ustidan-mi, yoki o’zlarining aqilli bo’lib ketganliklaridanmi?! Bilmaymiz, bular hali halvosi. Kabilniy televedinya sharofati bilan uzu kun namoyish etilayotgan filmlarni-ku aytmay qo’yaqolaylik"¦
Shu o’rinda yana bir jihatga e’tibor bersak, o’zbek dublyaj san’atining baribir betakrorligiga shak keltirmagan holda shuni qayd etish mumkun-ki, ba’zan bu betakrorlik chet elning ba’zi saviyasi past filmlarini ohangraboli, yoqimli ovoz hamda talaffuz bilan, qiziqarli bo’lishiga qodirli bo’lgani holda, o’zimizda ishlab chiqarilayotgan video filmlarni aksincha, sun’iy, zerikarli va jonsiz faqat stilistikaga urg’u berib, gapirtirishlari orqali, shundoq ham zerikarli sujetlarni yanada mujmallashtirishlari bilan ajoyib. Biroq shunga qaramay, to’rt ko’z tugal tavaniki. Istaymizmi yo’qmi biz ulardan ko’z uzmaymiz. Biroq bilmaymiz-ki, asosan tungi kanallarda namoyish etiladigan tungi badiy filmlar, kunduz kuni namoyish etiladi. Ya’ni siz tunda uyingizda bolalar soatini joriy qilganingiz bilan, kunduz kuni farzandizgiz siz uxlab qolib ko’rolmagan, sharmandali filmlarni mazza qilib tamosha qilishadi. Bu hali bor yo’g’i ularni ko’rayotganlari. Rus tilini tushinadigan bolalarning eshitayotgan gaplarichi?! Bunday kinofilmlar tabiiyki asosan detektiv yoki triller janirida bo’lib, undagi so’z va jumlalar ham shunga yarasha criminal ibora va jargonlardan iborat bo’ladi. Ayrim shunaqa filmlar bor-ki, ularning originalligini saqlash maqsadida, rus tiliga qilingan tarjimalarni deyarli har bir so’zini orasida ruscha so’kishning takrorlanib turishi, ingliz tilidan sinxron tarjima qilingan filmlarda esa, istaymizmi-yo’qmi, "œfak of" jumlasi ham tez-tez quloqqa chalinib qolishi tabiiy hol. Balki yot tildagi so’kinch so’zlar o’zimizning "œhey onangni"chalik qo’pol eshitilmas, ammo shunisi borki, aynan o’sha inglizlarning o’zida "œfak of" jumlasini tele yoki kinoda persanajlar tilidan qo’llanilishiga nisbatan juda qattiq chora ko’riladi. Masalan, bir paytlar mashhur "œShamollarda qolgan xislarim" filmidagi la’nati "œdamn" degan birgina so’zning ketib qolgani uchun ham film ijodkorlari javobgarlikka tortilgan ekan.