Muallif Mavzu: Islomda farzand tarbiyasi  ( 89102 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Istak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 29
  • Jins: Erkak
  • Hammamiz beg'uborlikni qo'msaymiz!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #30 : 21 May 2007, 17:40:36 »
Mas’uliyatlilikni bolada shakllantirish uchun siz oilada har ishingizda unga va oiladagi boshqa insonlar bilan munosabatingizda mas’uliyali ekaningizni ko’rsin, his etsin. So’z bilan anglatiladigan narsa emas bolachaga.
"Òîò, ГЄГІГ® ïîçíà¸ò ñàìîãî Г±ГҐГЎГї, ïîçíà¸ò ñâîåãî Ãîñïîäà".  \\ Õàçðàòè Ìóõàììàä Г‘.ГЂ.Г‚ \\

Istak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 29
  • Jins: Erkak
  • Hammamiz beg'uborlikni qo'msaymiz!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #31 : 21 May 2007, 17:41:40 »
Hato qilish jasoratini shakllantirish.

Atrofingizdagi insonlarga, ayniqsa bolalaringizga, hato qilishiga imkon bering!

Edison isimli olim Lampochkani kash etdi. Buning uchun u 2000 marta urindi. 850 urinishidan so’ng, unga shuncha urinding qo’y endi buni deganlar ham bo’ldi. Shunda u YO’Q, men bu urinishlarim bilan buni qanday qilsa bo’lmasligini o’rgandim deydi. Umid bilan sabr bilan harakat qilib, oxirida 2000  urinishlardan maqsadiga erishdi - kashf etdi. Oradan qancha yillar o’tganiga qaramasdan biz uni tilga olayapmiz, nega, chunki qaror va azm bilan boshlagan ishini oxirigacha olib bora bildi. Hatolar uni umidsizlantirmadi, maqsadini ortidan qiyin bo’lsada, atrofidagilar „bo’lmaydigan ish“ desalarda minglarcha urinishlardan so’ng, natijaga erishdi.

Agar Edisonning ota-onasi uni hato qilgan vaqtida qizib, baqirib chaqirsaydi, u Edison bo’lib ulg’aymasdi.
"Òîò, ГЄГІГ® ïîçíà¸ò ñàìîãî Г±ГҐГЎГї, ïîçíà¸ò ñâîåãî Ãîñïîäà".  \\ Õàçðàòè Ìóõàììàä Г‘.ГЂ.Г‚ \\

Istak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 29
  • Jins: Erkak
  • Hammamiz beg'uborlikni qo'msaymiz!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #32 : 21 May 2007, 17:42:26 »
Bir professordan so’rashdi, sizni bunday bir cho’qqiga erishishingizga nima sabab bo’ldi? -U esa bunda mening onamning o’rni juda katta, dedi.
- Onangizdan bu qadar bahs etyapsiz,unday bo’lsa, onangiz nima qildiki, sizga sabab bo’lsin?
- Hali yosh bola edim. Bir kuni, Surahi dega ko’zaga o’xshash suv to’ldiradigan shisha idishni oldim, og’ziga qadar suv to’la edi,  katta idishga quyayotganimda qo’limdan tushib parcha-parcha bo’ldi. Yerlar ham suv, ham shisha siniqlari.  Bir ko’z oldingizga keltiring, agar shu payt onangiz kelib qolsa, yoki shu holda siz bolangizni ko’rsngiz  nima qilardingiz? Har holda qizishib, baqirib chaqirasiz, yoki bir-ikki tushirasiz aqli boshiga kelsin deb.
Lekin onam keldi, yerga bir qaradi, siniqlarga, sochilgan suvga, menga bir qaradi, ko’rdiki menda hech bir narsa yo’q. Kel bolam, dedi, bir oz ularga qarab turganimizdan so’ng, kel shu siniqlar shu yerda qolmasin, supurgini olib kel, bu yerni tozalaylik. Men keltirdim, birga yig’ishtirdik. Suvni ham birga tozaladik. Keyin onam, yur boqqa chiqamiz dedi. Birga chiqdik, keyin bir surahini oldi, ichini suv bilan to’ldirdi. Va menga dedi: qara o’g’lim, sen hali surahini bir qo’ling bilan ko’tara oladigan darajada ulg’aymading. Shuning uchun bir qo’ling bilan bandidan, ikkinchi qo’ling bilan ostidan tut. Men onam aytganidek qildim, suvni keltirib idshga quydim. Endi qara, qo’lingdan tushdimi, sindimi? – yo’q. Ofarin, kel yana bir marta! Yana bir bor takror qildik.
Mana shu, bor voqea!

Bola nimani o’rgandi?
Agar shu vaqtda qizib, baqirsak, yoki qaytarsak nima bo’lardi.
-   Bolaga qaytib tegishmaslikni.(qachongacha?)
-   O’zicha aqlidan chiqarib bir ish boshlamasligi kerakligini.
-   Unga “Men o’zimcha bir ish qila olmayman” deyishni.
Va hokazo..
"Òîò, ГЄГІГ® ïîçíà¸ò ñàìîãî Г±ГҐГЎГї, ïîçíà¸ò ñâîåãî Ãîñïîäà".  \\ Õàçðàòè Ìóõàììàä Г‘.ГЂ.Г‚ \\

Istak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 29
  • Jins: Erkak
  • Hammamiz beg'uborlikni qo'msaymiz!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #33 : 21 May 2007, 17:44:34 »
Boshqa bir o’rnak:
Bir kuni og’a-inilar bilan birga o’tirgandik deb hikoya qiladi bir psixolog. Ota bolasiga „Qani o’g’lim, bir suv olib kelgin, ichaylik“ dedi. Bola suvni olib kelayotib, yo’lda stakan qo’lidan tushib sindi. Shu vaqtda onasi kelib baqira boshladi.
Kimga??
Bolagami?
Yo’q…
Otasiga.   
„O’zingizni qo’l-oyog’iz yo’qmi, qiziqsizov, turib o’zingiz olsangiz shu stakanni. Nega bolaga ish buyurasiz…. „Va hokazo.
Otasi dediki, kel onasi, agar istasang shu muammoni men hal qilay. Va o’g’liga ogrilib:
 o’g’lim,- dedi, borgin-da menga yana bir stakan suv olib kel. Agar sindirsang, uchinchi stakandan ichaman, sindirsang to’rtinchisidan. O’ninchisida bo’lsa ham sindirmasdan olib kelganingda o’sha stakandagi suvni ichaman, - dedi.
Bola ketdi, ikkinchi stakanda sindirmasdan suv olib keldi.

 Agar onaning aytgani bo’lsaydi…..
 Ertasi kuni bola yotgan joyida: „ona, suv olib keling chanqadim“ – desa hech ham hayron bo’lmang!

Hatolar qizishishning fursati emas, o’rganishning fursatidir. Bolamiz hato qilgani zamon shunday tushunaylik: YASHASIN, bolamga yana bir yangi narsani o’rgataman.
Ishning to’g’risi ham shu:
 Bola qilishi kerak bo’lgan ishni bajarsin, hato qilsin, o’rgansin.
Agar biz atrofimizdgi insonlarga dastak bo’lishni istasak, ularda hato qilish jasoratini shakllantirishimiz kerak.

Bolada hato qilish jasoratini so’ndirsak:
-   u bir ishni hato qilsa yashirishga harakat qila boshlaydi, bilsa yana gap eshitaman deb.
-   Ba’zi ishlarga urinmay qo’ya qoladi, hato qilib qo’ymay deb.
-   Kezi kelsa, uyning ichida ham barmoqlarining uchida yurishni boshlaydi.
-   O’ziga bo’lgan ishonchi yo’qoladi
-   Xatosini yashirish yo’larini izlaydi va natijada yolg’on so’zlashni o’rganishi mumkin!
"Òîò, ГЄГІГ® ïîçíà¸ò ñàìîãî Г±ГҐГЎГї, ïîçíà¸ò ñâîåãî Ãîñïîäà".  \\ Õàçðàòè Ìóõàììàä Г‘.ГЂ.Г‚ \\

Istak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 29
  • Jins: Erkak
  • Hammamiz beg'uborlikni qo'msaymiz!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #34 : 21 May 2007, 17:45:56 »
Hatolar o’rganish va o’zini yetishtirish uchun bir fursatdir.
Ba’zi insonlar birinchi uchragan qiyinchilikda to’xtab qoladilar. Zotan , kechirasizu halqimizning “Itning keyingi oyog’i” deb ataydigan kishilar, bir ishni boshlamasdanoq, yoki, birinchi uchragan qiyinchalikdanoq ortga qaytganlardir.
Inson hato qilgani onda, agar hatosini tushinsa, yangi bir narsa o’rganadi, u ishni unday qilinmasligi kerakligini o’rganadi. Hatoni tushinib yetishiga yordamlashish esa ota-onaning zimmasida.
Yuqoriga yuksalish uchun shamolga qarshi harakat qilish kerak.(samolyotni eslang!)
Farzandingiz o’z vazifasini bajargani uchun uni pul yoki shunga o’xshash narsalar bilan rag’batlantirmang. Chunki u uning vazifasi va qlishi kerak bo’lgan ishi. Dunyoqarashini buzmaylik.

Buyuk insonlarning ko’pi, deyarli hammasi, buyuk risklarni kechib o’tgandirlar. Ularning ichida ko’pchiligi buyush yo’lida hato qilib tuzatishgan. Va hato qilish eshigini yopib, yangi, nurli ufqlarga erishganlar.
"Òîò, ГЄГІГ® ïîçíà¸ò ñàìîãî Г±ГҐГЎГї, ïîçíà¸ò ñâîåãî Ãîñïîäà".  \\ Õàçðàòè Ìóõàììàä Г‘.ГЂ.Г‚ \\

Istak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 29
  • Jins: Erkak
  • Hammamiz beg'uborlikni qo'msaymiz!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #35 : 21 May 2007, 17:46:32 »
Eng kech 1 –sinf ikkinchi yarmidan boshlab bola darslarini(uyga vazifa) o’zi bilib bajarishga o’ta boshlashi lozim.  2 –sinfning boshidan boshlab esa o’zi bajarishga o’tishi lozim. Ota-ona faqat  kuzatuvchi bo’ishi kerak. Maslan, qanchalik to’g’ri yoki hato qildi, balki qayta bajarishi kerakdir, va hokazo. Lekin bola bilan birga o’tirib vazifa bajarmasligi kerak. Chunki, bu bolaning vazifasidir.
- Bola o’zini vazifali his eta boshlashi lozim.
- Vazifalilik- ulg’ayish uchun ozuqadir.(diqqat qiling, bo’yning o’sishi uchun deyilmayapti!)
- ….
"Òîò, ГЄГІГ® ïîçíà¸ò ñàìîãî Г±ГҐГЎГї, ïîçíà¸ò ñâîåãî Ãîñïîäà".  \\ Õàçðàòè Ìóõàììàä Г‘.ГЂ.Г‚ \\

Istak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 29
  • Jins: Erkak
  • Hammamiz beg'uborlikni qo'msaymiz!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #36 : 21 May 2007, 17:47:16 »
Ona:
- mani o’g’lim universitetning 2 kursida o’qiydi, lekin haligacha ertalab men o’yg’otaman.
- o’zi tursin.
- ozi turolmaydi, o’yg’ona olmaydida - shu!
- o’g’lingizga bir qo’ng’roqli soat hadya qiling, ayting, ”o’g’lim, endi san kap-katta odam bo’lding, qara, bugungacha hech farqiga bormabman. Bundan keyin ertalab o’zing turasan. Mana bu senga chiringlaydigan soat.” - deng!
Ona 1-2 haftadan so’ng qaytib tashakkurlarini izxor qildi. Natija beribdi.


Endi shu maslahat bergan inson tilidan:
-   Meni ham ertalab o’yg’onishim ko’pincha qiyin kechadi, Alloh rozi bo’lsin ayolim o’yg’otadi, ya’ni muammo yo’q. Lekin, bir kuni ayolim uyda yo’q edi, men esa ertalab soat 7:00 da turishim kerak. Nima qildim? Soatni 7:00 ga qurdim. Yotishdan avval ertalab o’zim turishim kerakligini o’yladim, taraddud bilan yotdim. Qarang-ki, ertalab 6:50 da hali soat jiringlamasidan piq etib ko’zimni ochdim. Nega? Boshqasi turg’izmasligini aniq bilaman. So’rumlilikni o’zimga oldim, o’zimni vazifali his etdim.
"Òîò, ГЄГІГ® ïîçíà¸ò ñàìîãî Г±ГҐГЎГї, ïîçíà¸ò ñâîåãî Ãîñïîäà".  \\ Õàçðàòè Ìóõàììàä Г‘.ГЂ.Г‚ \\

Istak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 29
  • Jins: Erkak
  • Hammamiz beg'uborlikni qo'msaymiz!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #37 : 21 May 2007, 17:48:39 »
Faraz qiling 6 - 7 – sinfdagi, ya’ni 12 -13 yoshdagi o’g’lingiz begona bir qiz bilan, yoki qizingiz bir bola bilan…. Hullas siz istamagan, hush ko’rmagan biror holat. Nima qilasiz?
Bunday voqealar shunaqa ko’pki…
Bir ota tilidan:
„Bizning uydan janoza chiqqandek 3 haftadan beri ovqat qilinmaydi. Uyga kiritdim, oldimga olib rosa kaltakladim. Uni o’qishdan ham chiqardim.“
ee-ee!!!
Ha shunday, nima bo’ladi endi? U bola yoki qiz endi o’ziga keladi yoki kela olmaydi bundan keyin. Bu yoshdagi bolaning ruhiy hayoti bilan o’ynashib bo’ladimi? O’ylab ko’ring, bu mudhish jinoyatku!

Ammo siz, o’zingizdan bir o’grilib so’rang, bolangizga shu kungacha buni yanglish bir narsa ekanini anglatttingizmi? Bolangiz ham bu kungacha atrofida bu kabi ishlarni qilgan, va buning uchun olqishlangan, ofarin degan insonlarni ko’rdi. Tomosha qilgan televizorda, balki-da birgalikda oilaviy tomosha qilgan filmlar, yoki ko’rsatuvlarda buni naqadar bir “mukammal”, neqadar “ajoyib” bir narsa ekanini ko’rdi, va sizlar ham u asnoda bu bilan bog’liq hech bir ochiqlama qilmadingiz. Ya’ni bu kabi yoki siz bolangizda ko’rishni istamagan bundan ham  battarroq narsalarni tomosha qildingiz va hech narsa demadingiz. Tabiiki, bola ham bu kabi holatlarni normal sanay boshlaydi. Balki shuning uchun qiladi bu ishni va yoki boshqasini, bila olmaymiz.
Ya’ni bu holatda nima qilishimiz kerak, chiroyli holatda tushintirishimiz kerak. Yana o’zimiz amal qilmasak, bekor, hayotni hola-hola o’yniga almashtirishdan boshqa narsa bo’lmaydi.
"Òîò, ГЄГІГ® ïîçíà¸ò ñàìîãî Г±ГҐГЎГї, ïîçíà¸ò ñâîåãî Ãîñïîäà".  \\ Õàçðàòè Ìóõàììàä Г‘.ГЂ.Г‚ \\

Istak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 29
  • Jins: Erkak
  • Hammamiz beg'uborlikni qo'msaymiz!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #38 : 21 May 2007, 17:50:21 »
Bolalarimizni hozirgi yashab turgan zamonimiz uchun emas, kelajak uchun hozirlashimiz kerak.
Hozir axborot almashinuvi shunchalik tezlashib ketdiki, bu ma’noda, butun Yer yuzini bir qishloqqa o’xshatish mumkin. Dunyoning u chekkasida nimalar bo’layotganini bir necha soniyalar ichida bilib olish imkoniyatlari paydo bo’ldi. Televizor, internet, radio va hokazolar ko’pchilik hayotining ajralmas bir qismiga aylandi. Har kuni yangi ma’lumotlar, har kuni yangi chaqiriqlar, har kuni yangi filmlar orqali - yangi hayot tarzlari. Bularning hammasi faqat bolalarnigina emas kattalarning ham dunyoqarashiga ta’sir qilmasdan qo’ymaydi. Avvallari odamlar orasida qizchalarni holasiga yo ammasiga, o’g’il bolalarni esa amaki yoki tog’asiga o’xshatishardi. Hozirchi, hozir bolalarning dunyoqarashi bilan ota-onaning dunyoqarashlari orasida juda katta farqlar ko’rinadi. Boalalar hozir televizordagi yoqtirgan ammasiga yoki televizordagi tog’asiga o’xshashsa  buning hech hayron qolarli yeri yo’q, chunki ota onasi bilan dildan suxbat qurib vaqt o’tkazish bormi…? Amaki  yoki hola bilanchi…? Darvoqe, elektr kelmay chiroq o’chib qolgan vaqtlarni hisobga olmasak, bolalar ulardan ko’ra ko’proq TV-bilan hamsuhbat bo’lishadi. Ularni tomosha qilarkan ichidan jo’sh urib kelgan savollariga javob topganday bo’ladi, agar javob topsa – yuragiga yaqin oladi, yana ko’rgisi keladi. Albatta ko’rgisi keladida, chunki bola o’syapti, ayniqsa axborot asri bolalari har kuni bir talay yangi “nega?”lar-u yangi “qanday qilib?” lar bilan duch kelishi tabiiy hol. Bularni har doim ham tiliga chiqara olmaydilar. Qani bu chaqiriqlarni avvaldan sezib, ularga javob izlagan ota-onalar? 
Ba’zilar bu axborot manbalaridan foydalanishni oshpichoqdan foydalanishga o’xshatishadi. Shu pichoqdan bazilar yaxshi niyatda foydalanishsa, yomon niyatda foydalanadiganlar ham topiladi.
Bolalarimiz har o’rgangan narsasini eng to’g’risini o’rganshiga yordamlashaylik, shunday o’rgansinki, ortiq savol nazari bilan qaytib ayni masalaga taqalmasinlar. Ular tabiatan o’ta qiziquvchan, yangilikka chanqoqdirlar. Bu chanqoglikni qondirish yana ota-onaga zimmasiga tushadi.
Bu chanqoqlikni ilm bilan sug’orib, ularni ilmga qiziqtira olgan, ilmning mazasini totishni yoshligidan o’rgata olgan, buning uchun izlanib yelib yuguradigan ota-onalar naqadar baxtli. 
"Òîò, ГЄГІГ® ïîçíà¸ò ñàìîãî Г±ГҐГЎГї, ïîçíà¸ò ñâîåãî Ãîñïîäà".  \\ Õàçðàòè Ìóõàììàä Г‘.ГЂ.Г‚ \\

Istak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 29
  • Jins: Erkak
  • Hammamiz beg'uborlikni qo'msaymiz!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #39 : 21 May 2007, 17:51:56 »
Bolalarimizga inson bo’lganligi uchun bu dunyoda o’ziga hos muhim o’ringa egaligini anglatishimiz kerak. Nega?
Atrofimizdagi o’simliklar, suv, jonivorlar va hokazo, bularni agar diqqat bilan kuzatadigan bo’lsak, insonlar bor bo’lishi bilan ma’no kasb etishligini ko’ramiz. Ya’ni bularning bor bo’ib tirishi, yashab, gullab, meva solishi yoki ko’payishlari o’zlari uchun emas, aynan insonlar uchun ekanini bilishga ko’p aql kerak emas. Bularni insonlarsiz bir tasavvur qilib ko’ring-a. Mevalar pishib yetilsa-da, hech kim uzib yemasa, yer bilan bitta bo’lib uvol bo’lsa. Exx, uzumlar, anjirlar, ananas deysizmi, ... sanab adog’iga yetolmaysan. Gullar chiroyli bo’lib ochilsayu, ularga kimsa boqmasa, hidlab huzurlanmasa. Quyosh bekordan bekorga chiqib botaversa.
Demak, inson - inson bo’lganligi uchun muhim bir o’ringa ega ekanki, atrofidagi borliq unga hizmatda. Bolalar bilsinlar bu haqiqatlarni.
"Òîò, ГЄГІГ® ïîçíà¸ò ñàìîãî Г±ГҐГЎГї, ïîçíà¸ò ñâîåãî Ãîñïîäà".  \\ Õàçðàòè Ìóõàììàä Г‘.ГЂ.Г‚ \\

Istak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 29
  • Jins: Erkak
  • Hammamiz beg'uborlikni qo'msaymiz!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #40 : 21 May 2007, 17:54:52 »
Bir yondan qaralsa, har bir insonning boshqasidan farqli ekanini ko’ramiz. Va ana shu farqlilik, shu insonni bizga boshqalardan ajraltib ko’rsatadi. Aynan shu farqli hususiyat ko’pincha hayotda o’z o’rnini topishida juda muhim, hal qiluvchi rol o’ynaydi. Sunday ekan, bolalarimizda umuminsoniy fazilatlari bilan birgalikda o’z qirralarini kashf etishiga yordam berishimiz kerak. Agar bolalarga o’zlarining muhim o’ringa ega ekanini anglata olsak, shuni his ettira olsak, ular inson bolasi qilishi mumkin bo’lgan har narsani qila olishlari mumkin, ya’ni buning uchun o’zidagi kuchni his eta boshlashadi. Ha, bu kuch har bir insonda bor(ya’ni har bir insonga berilgan), lekin uni hamma ham his eta olmaydi. Bu kuch g’ayritabiiy bir kuch emas, tabiiy bir kuchdir.
Yuqorida umuminsoniy fazilatlarni kashf etish haqida eslandi. Ular qanday fazilatlarki?
Bular insonlarning o’z Yaratuvchisiga, so’ngra insonlarga hamda Xoliqning  boshqa yaratiqlariga bo’lgan munosabatidir. Endi, nega “singdirish” emas “kashf etish” so’zini qo’llanganimizga to’htaladigan bo’lsak, buning bir ajoyib sababi bor, u ham bo’lsa, Alloh inson vujudini shu fazilatlarning urug’i bilan qo’shib yaratganidir. Bular insonning o’zini kelishtirishida, zamonaviy til bilan aytganda bir avans vazifasini o’tashi kerak. Axir, har bir bola musulmon bo’lib tugi’ladi, deb bizga oldindan bekorga bildirildimi? Demak har bir go’dakda musulmonlik fazilatlari bor, shu muborak avanslarni uvol qilmasdan, foydalantirishlik bilan foydalanishlik aziz ota-onalar zimmasiga tushyapti. 

Menimcha, bolakay shunday tushinishi kerak:
Men bir insonman. Nima bo’lgan taqdirda ham, meni bu hayotda, atrofimdagi insonlar orasida, ota onamning oldida o’rnim bor. Bu mening ularga yoki ularning menga sevgisidan va eng avvalo inson ekanligimdandir.

Chunki, Alloh Taolo yer yuzida insonni O’ziga halifa(o’rinbosar) qilishlik bilan aziz qildi. Boshqa maxluqlarni unga bo’ysundirib qo’ydi. Va hatto, e’tibor bering, dunyoga yangi inson keltirish imkoniyatini berdi va bularning ustida javobgar qildi.   
"Òîò, ГЄГІГ® ïîçíà¸ò ñàìîãî Г±ГҐГЎГї, ïîçíà¸ò ñâîåãî Ãîñïîäà".  \\ Õàçðàòè Ìóõàììàä Г‘.ГЂ.Г‚ \\

Istak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 29
  • Jins: Erkak
  • Hammamiz beg'uborlikni qo'msaymiz!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #41 : 21 May 2007, 17:57:37 »
Bolalaringizni hech qachon haqorat qilmang!
Bu harakatingiz bilan ularning har narsaga moslashuvchan nozik qalblarida haqorat uchun joy xozirlamang-ki, boshqa birisi ham haqoratlasa, uni siz tomonizdan xozirlangan joyiga osonlikcha qabul qilib olavermasin. Va eng xatarlisi - o’zini haqoratga loyiq sanamasin.
Bolalarni har hil bo’lmag’ur “esi-past”, “qovoq”, “to’nka”, …”eshak” va boshqa har qanday nomlar bilan guruhlarga ajratmaylik.
Chunki, qovoqning urug’i ekilsa eshak o’sib chiqmaydi, eshakning bolasi qovoq emas, xo’tik bo’ladi. U sizning farzandingiz, biroq, undan ham avval insondir
Biz uchun ularning yaxshi bir inson bo’lishlari yetarlidir. Har kim ham olim bo’la olmas, lekin yaxshi inson bo’lishi mumkin. Ya’ni har kimning zakosi turlicha bo’lgani uchun buni to’g’ri qabul etishimiz va ularni zakosiga qarab yaxshi-yomonga ajratmasligimiz lozim.
"Òîò, ГЄГІГ® ïîçíà¸ò ñàìîãî Г±ГҐГЎГї, ïîçíà¸ò ñâîåãî Ãîñïîäà".  \\ Õàçðàòè Ìóõàììàä Г‘.ГЂ.Г‚ \\

Istak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 29
  • Jins: Erkak
  • Hammamiz beg'uborlikni qo'msaymiz!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #42 : 21 May 2007, 18:03:45 »
Bola yurishga boshlashidan avval va boshlagandan keyin tashqi dunyo bilan qiziqishi kuchaya boshlaydi, har ko’rgan narsani qo’liga olib ko’rgisi keladi, sinchiklaydi, u narsani har turli holga solib ko’rishga harakat qiladi, yerga tashlaydi takror oladi, og’ziga soladi, turgan joydan boshqa yerga qo’yadi. Ba’zan sindiradi, yirtadi va hokazo. Bularning hammasi bolaning atrofidagi narslarni kashf etish, tanish, o’rganish zamonidir.
Bola bu yoshida o’z kuchini(imkoniyatlarini) his eta boshlaydi, har narsa qilib ko’rgisi keladi. Va harakatlari natijasida o’ziga bo’lgan ishonchi orta boshlaydi. Shuning uchun ham, bu vaqtda bola egoistik(faqat men, meniki kabi) hatti harakatlar qilishi tabiiy hol sanalishi kerak va bunga monelik ko’rsatilmasiligi kerak. Etiborli jihati shuki, bola o’zini bu vaqtda kichik dunyoqarashi sig’dirgan har ishni qila oladigan kuchga sohibdek his etadi. Shuning uchun bolani bu vaqtda hech ham qaytarmaslik kerak, aksincha o’ziga bo’lgan ishonchini asta sekin shakllana boshlashi hamda dunyoni kashf etishiga yordamchi bo’lish kerak.

Bu yoshdagi bolada iroda, aql va mantiq yuritish bor bo’lsada, bular hali juda kuchsizdir. Shuning uchun ular bilan munosabat qurishda ularga so’zlashdan ko’ra teginish(yaqin olish, bag’riga bosish va hokazolar) va uning ko’zlarining ichiga qarab tabassum qilishlar tushunarliroqdir.  Bu bilan biz uni qabul qilayotganimizni sevgimizni bildirgan bo’lamiz.
 
Keyinroq esa bola uchun 8-9 yoshiga qadar “Taqlid” juda muhim o’rganish vositasidir. Bolaning bilim-nasihatdan ko’ra boy tajribaga, o’rnakli hatti-harakatlarga va model bo’la oladigan insonlarga ehtiyoji bordir.  Bunda besh tuyg’uning o’rni e’tibrlidir. Bular: ko’rish, eshitish, hidlash, ta’m bilish va teginish(teri sezgsi).
.....

Asosan psixolog va pedagog Fotih Qalqinchning "Okul Evda Baslar"radioeshittirishlaridan va boshqa turli manbalardan foydalanildi
« So'nggi tahrir: 22 May 2007, 12:13:15 muallifi Istak »
"Òîò, ГЄГІГ® ïîçíà¸ò ñàìîãî Г±ГҐГЎГї, ïîçíà¸ò ñâîåãî Ãîñïîäà".  \\ Õàçðàòè Ìóõàììàä Г‘.ГЂ.Г‚ \\

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #43 : 22 May 2007, 09:22:17 »
Assalomu alaykum!
Istak, avvalo forumga hush kelibsiz!
Mavzuni kerakli va foydali ma'lumotlar bilan to'ldiribsiz!
Alloh hayrli ishlarizda bardavom qilsin!
Sizdan iltimos malumotlarni qaerdan olganiz haqida ham yozib o'tsangiz! Sizdan yana yaxshi postlar kutib qolamiz! Alloh rozi bo'lsin!

Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Laylo

  • Mehmon
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #44 : 22 May 2007, 09:51:15 »
Assalamu alaykum!
Rohatoy, istak, Alloh sizlardan rozi bo'lsin!
Judayam kerkali ma'lumotlar ekan.
Alloh dunyo va oxiratingizni obod qilsin!
Yana shunday ibratli postlar kutib qolamiz.

 

Mo'minlarga shifo - Islomda!!!

Muallif Munira xonimBo'lim Islom

Javoblar: 12
Ko'rilgan: 13564
So'nggi javob 13 Avgust 2007, 13:55:30
muallifi Munira xonim
Farzand.uz - Onalar va bo`lajak onalar uchun

Muallif farzand.uzBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 10
Ko'rilgan: 10813
So'nggi javob 27 Fevral 2008, 09:33:12
muallifi Robiya
Benikoh farzand

Muallif otash_2004Bo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 6958
So'nggi javob 25 Yanvar 2010, 16:04:13
muallifi Foniy
Islomda Moda, Modern,Styl.

Muallif saraton07Bo'lim Umumiy

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 6456
So'nggi javob 01 Iyul 2008, 00:47:06
muallifi saraton07
ISLOMDA oiladagi muomala

Muallif MahdiyahBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 46
Ko'rilgan: 26023
So'nggi javob 25 Oktyabr 2018, 11:58:46
muallifi MirzoMuhammad