Muallif Mavzu: Islomda farzand tarbiyasi  ( 89103 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Istak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 29
  • Jins: Erkak
  • Hammamiz beg'uborlikni qo'msaymiz!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #45 : 23 May 2007, 11:51:28 »
Istakning bundan avvalgi postlarida asosan psixolog va pedagog Fotih Qalqinchning "Okul Evda Bashlar" radioeshittirishlaridan(ayniqsa, unda keltirilgan  voqeiy misollardan) va boshqa turli manbalardan foydalanildi.
"Òîò, ГЄГІГ® ïîçíà¸ò ñàìîãî Г±ГҐГЎГї, ïîçíà¸ò ñâîåãî Ãîñïîäà".  \\ Õàçðàòè Ìóõàììàä Г‘.ГЂ.Г‚ \\

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #46 : 23 May 2007, 15:47:48 »
Assalomu alaykum!

Bolajonlar uchun qiziqarli o'yinlar, islomiy tarbiyaga oid, aqlni charhlovchi o'yinlar, bolajonlarga dinni tushuntirishda yo'rdam beradigan ko'pgina malumotlarni quyidagi saytdan olishingiz mumkin!

http://www.bolajon.com/

Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Istak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 29
  • Jins: Erkak
  • Hammamiz beg'uborlikni qo'msaymiz!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #47 : 30 May 2007, 17:50:46 »
Bolachalar biror narsa bilan mashg’ul bo’lganini ko’rsak, biz „ular o’ynashyapti“  deymiz. Aslida bu ularning kichik dunyosida biz tushungan o’yindan anchagina farqli narsadir. Bu joyda bitta narsa muhim, bolalar uchun har hil chiroyli o'yinlarni ko'paytirish kerak. Biz kattalar o'yin o'ynasak, o'yin chog'ida deyarli yangi narsa o'rganmaymiz, va eng muhimi asosan dam olish vositasi deb ko'ramiz. Lekin bolalar o'yin chog'ida ko'p narsa o'rganadi, va jiddiy bir mashg'ulot sifatida qarashadi.
Oddiy misol:
Bolangiz o’zicha o’ynayotganda bir kuzating uni qanchalik jiddiy yondoshayotganini ko’rasiz. Endi o’zingizni tasavvur qiling, siz huddi shu darajadagi jiddiylik bilan bir ish bilan mashg’ulsiz, sizga birortasi halal bersa, yoki ishlayotgan narsangizni olib qo’ysa, qanaqa holatga tushasiz?
Qanaqa holatga? ???
« So'nggi tahrir: 05 Iyun 2007, 14:11:18 muallifi Istak »
"Òîò, ГЄГІГ® ïîçíà¸ò ñàìîãî Г±ГҐГЎГї, ïîçíà¸ò ñâîåãî Ãîñïîäà".  \\ Õàçðàòè Ìóõàììàä Г‘.ГЂ.Г‚ \\

Istak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 29
  • Jins: Erkak
  • Hammamiz beg'uborlikni qo'msaymiz!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #48 : 30 May 2007, 18:16:56 »
Bolalaringiz bilan munosabatda, bundan keyingi 1-chi oy uchun ushbu shartlar qo'yilsa:

1. Bolani hech qaytarmaslik.

2. Ayb ishlariga va hatolariga urg'u bermaslik.(o'xraymaslik, olaymaslik, baqirmaslik, urishmaslik ....)

3. Faqat va faqat yutuqlarini davomli ravishda izlash, va yutuqlaridan hursandlikni(aslo, narsa berib emas) bildirish. Yutuqlarini o'zlariga bildirish.
(tabassum qilish, Borakalloh deyish, aslida sen bundan ham ko'ra mukammalrog'ini qila olasan, Yashavor, ..., Ey Allohim mani bu bolamga yana chiroyli narsalarni ber!)

4. Bir biri bilan va boshqalar bilan aslo solishtirmaslik.("Sen shu boladaqa bo'la olmaysanmi"- kabi so'zlarni umuman qo'llanmaslik)

 
Bu shartlar kattalarga anchagina og'ir yukni yuklaydi, qaytarmasdan qanday qilib ta'lim-tarbiya qilish mumkin, degan savol ustida turli holatlar ustida bosh qotirishga va o'z ustida ishlashiga, izlanishga majbur qiladi. Alabatta o'zi ustida ishlashi yaxshi natijalar bera boshlaydi.
Nega birinchi oy uchun bu shartlar? - menimcha keyingi oylarda o'zlari guvoh bo'lishadiki, buni davom ettirish kerak!!! Ikkinchidan agar og'ir shart qisqa zamonga qo'yilsa shartni ko'tarish, qabul qilish oson :).

Har hil oila va har hil muhitlar bor. Bir yerda imkon bor, birida esa yo'q deyish mumkin. To'g'ridir.
Bu bir taklif holos, albatta kimdir bundan ko'ra birmuncha chiroyliroq imkoniyatlarga ham ega bo'lishi  mumkin.
Tanqidiy mulohazalardan hursand bo'lamiz!!!
« So'nggi tahrir: 30 May 2007, 18:32:21 muallifi Istak »
"Òîò, ГЄГІГ® ïîçíà¸ò ñàìîãî Г±ГҐГЎГї, ïîçíà¸ò ñâîåãî Ãîñïîäà".  \\ Õàçðàòè Ìóõàììàä Г‘.ГЂ.Г‚ \\

Istak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 29
  • Jins: Erkak
  • Hammamiz beg'uborlikni qo'msaymiz!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #49 : 30 May 2007, 18:25:06 »
Chiroyli mo'min bo'lishning alomatlaridan biri o'zi uchun yaxshi ko'rib istagan narsasini boshqa yaqini uchun ham istashi, ho'sh, biz bunga qanchalik ahamiyat beryapmiz.
   Avvalgi postda "Har hil oila va har hil muhitlar bor" deb yozgandim, o'sha har hil muhitning bizga qaragan tomoni ham bor. Bu muhitdagi o'rnimiz(mas'uliyat ma'nosida) bizning imkoniyatlarimiz, ilmimiz, tajribamiz, va dunyoqarashimizning qanchalik kengligiga qarab belgilansa kerak.
   Odam yaxshi bilmagan narsasiga qarshi chiqsa unga hayron bo'lish yoki qizishga hech asos yo'q, aytmoqchimanki, biz internetda va boshqa manbalarda bir qancha foydali ma'lumotlarga duch kelamiz, ajabo, ularni yaqinlarimiz bilan ham baham ko'ramizmi,  qay tarzda, qanchalik?
« So'nggi tahrir: 30 May 2007, 18:50:34 muallifi Istak »
"Òîò, ГЄГІГ® ïîçíà¸ò ñàìîãî Г±ГҐГЎГї, ïîçíà¸ò ñâîåãî Ãîñïîäà".  \\ Õàçðàòè Ìóõàììàä Г‘.ГЂ.Г‚ \\

Istak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 29
  • Jins: Erkak
  • Hammamiz beg'uborlikni qo'msaymiz!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #50 : 15 Iyun 2007, 17:53:37 »
Bularni hayotimizga olib kirishimiz, borini esa rivojlantirishimiz uchun bir narsa juda muhimdir.
ISTAK.
Menimcha bu kishining bir narsadan qanchalar umidli ekaniga bog'liq, umidning darajasi esa ishonchga. Ya'ni bir narsaga ishonmasangiz unga bog'liq biror narsadan umid ham qilmaysiz. 
Biz rost istashimiz, istagimizda yolg’on bo’lmasligi lozim. “E, qo’ysangchi” deydi balki, shu yerda shaytoni lain, “istakda ham yolg’on bo’ladimi?”. Ha! Bo’larmish. Bir do’ppini yonimizga qo’yib, vijdonimizga quloq tutsak, ko’nglimizdagi “MEN HAM  ISTAYMAN” deganimiz hayqiriqmi yoki ingrash ekanini farqiga boramiz??
Istagimiz darajasini baholash uchun boshqa istaklarimiz orasida nechanchi o’rinda tutayotganimizga qarashimiz yetarlidir.
Biz har doim hato bilan yonma yonmiz. Yaratgan esa bizga nima muhim-u, nima keraksiz ekanini eng mukammal bilishlik bilan biladi. Yetarki, biz unga yo’nalaylik. Uning bizga nimalar deganiga e’tibor beraylik.
Har narsaning Egasi bo’lgan Zot, shu “ROST  ISTAK”ning ham egasidir. Demak, Unga yo’nalamiz, Undan so’raymiz. Faqat, ….
 ROST SO’RASHLIK bilan!
"Òîò, ГЄГІГ® ïîçíà¸ò ñàìîãî Г±ГҐГЎГї, ïîçíà¸ò ñâîåãî Ãîñïîäà".  \\ Õàçðàòè Ìóõàììàä Г‘.ГЂ.Г‚ \\

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #51 : 22 Iyun 2007, 07:15:50 »
Farzandingizning tili kalimaga juftlangan kundan boshlab, uning ongiga quyidagi uch muborak jumlani quymog’ing farzdir: “ASSALOMU ALAYKUM”, “BISMILLAHIR ROHMANIR RAHIYM”, “ALLOHU AKBAR”.
      Abu Lays Samarqandiy.   

Bugungi kunda jamiyatimizning yuzini qora qiluvchi pastkashlar, yomonlar, beboshlar, o’g’rilar, giyohvandlar va nashavandlar… KECHA TARBIYALARIGA E’TIBOR BERILMAGAN BOLALARDIR.

Bolalarni pisand qilmagan milattlar inqirozi ularni yot qo’llarga va yot madaniyatlar ixtiyoriga berib qo’yganlari sababliki, ulardan ayrilishga mahkumdirlar.
      Abdulla Avloniy.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #52 : 07 Sentyabr 2007, 11:08:03 »
Ma’naviy tarbiya kerak.

Bolamiz yo’talsa, istmasi ko’tarilsa, darhol do’xtirga chopamiz. Yarim kunda ham, yarim tunda ham. Moshina kerak bo’lsa, moshina, vaqt kerak bo’lsa, vaqt, pul kerak bo’lsa, pul, tanish kerak bo’lsa, tanish topiladi. Nima qilib bo’lsa-da, bolamiz tanasidagi darddan halos bo’lishi kerak. Farzandimizdan ko’ra, biz ota-onalar ko’proq aziyat chekamiz. Dilbandimiz sog’aygach esa, azoblar bir zumda tarqaydi. Xotirjam tin olamiz.
Ammo farzandimizning ahloqi dardga chalinsa, nima yo’l tutamiz? Ahloqiy istmasi ko’tarilsa, qanaqa chora ko’ramiz? Tili qiyshaysa – gap qaytarsa, ko’ngli aynisa – hurmatsizlik ko’rsatsa, qulog’i og’risa – itoatsizlik qilsa, UNING DAVOSIGA QANCHALIK SHOSHILAMIZ?! To’g’risi, ko’pchiligimiz farzandlarimiz ahloqi buzilganda (masalan, onasiga gap qaytarsa, qo’shniga o’qraysa, yolg’on so’ylasa) tanasiga dard kirganchalik tashvishlanmaymiz. Holbuki, ma’naviy dard jismoniy darddan og’ir bo’lsa, og’ir, ammo yengil emas. Shunday ekan, farzandining oyog’i cho’loq, qo’li maymoq, tili soqov, ko’zi g’ilay bo’lishini istamagani kabi, har bir ota-ona zurriyotlarining ma’naviy-ruhiy-ahloqiy tomondan ham salohiyatli bo’lishi uchun o’z vaqtida qayg’ura bilmog’i kerak…

M. Quronovning “Otalar kitobi”
asosida tayorlandi.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #53 : 11 Sentyabr 2007, 20:05:54 »
Assalomu alaykum!

Dadajon, 10$ berib turaolmaysizmi?

Ishdan kech qaytgach, charchagan ota eshikni oldida 5 yoshli o‘g‘li uni kutayotganini ko‘rdi.
“Dada, sizga bir savol bersam maylimi?”
“Ha, albatta, nima savol ekan?” javob berdi ota.
“Dada, siz bir soatda qancha pul ishlaysiz?”
“Bu seni ishing emas! Qayerdan olding bunaqa savolni?” dedi jahli chiqib ota.
“Men shunchaki bilmoqchiman. Iltimos, ayting, bir soatda qancha topasiz?” hech qo‘ymadi bola.
“Juda ham bilging kelayotgan bo‘lsa, men bir soatda $20 ishlab topaman.”
“Unda,” dedi bola boshini yerga egdi va yana unga qarab, “Dada, sizdan $10 olib tursam bo‘ladimi?”
Ota g‘azablandi. “Agar men qancha pul topishimni bilishing shunchaki bir ahmoqona o‘yinchoq yoki boshqa bir bo‘lmag‘ur narsa sotib olish uchun kerak bo‘lsa, u holda darhol xonangga kirib joyingga yot! Nima uchun bunday o‘zboshimchalik qilganing haqida o‘yla. Men kuni bilan uzoq, og‘ir soatlar mehnat qildim va bunday o‘yinqaroqlikka vaqtim yo‘q.”
Bolakay indamay xonasiga kirib ketdi va ketidan eshikni yopib qo‘ydi. Ota o‘tirib, o‘g‘lining bergan savolidan g‘azabi qaynardi. Qanday qilib u shunchaki pul olish uchun bunday savollar berishga jur'at etdi. Bir soatlardan keyin, ota tinchlandi va o‘g‘liga qattiq gapirib qo‘yganiga afsuslana boshladi. Balki u rostdan ham $10 ga arziydigan narsa olmoqchidir, undan tashqari u mendan ko‘p pul so‘ramaydi, deb o‘ylardi u. Ota o‘g‘lining xonasi oldiga kelib eshikni ochdi. “O‘g‘lim uxlayapsanmi?” sekin so‘radi u.
“Yo‘q dada, uyg‘oqman,” javob berdi bola.
“Men o‘yladim, balki avval senga qattiq gapirib qo‘ygandirman,” boshladi ota. “Bugun kun uzun bo‘ldi va men charchaganim uchun senga ozgina jahl qilib qo‘ydim. Mana sen so‘ragan $10.”
Bola o‘rnidan turdi va quvonganidan “Rahmat dadajon!” deb qichqirdi. Keyin u yostig‘ini tagiga qo‘lini tiqib, boshqa g‘ijimlangan pullarini chiqardi. Ota, o‘g‘lining bergan pulidan tashqari pullari borligini ko‘rib, yana jahli chiqa boshladi. Bolakay shoshilmay pulini sanab, otasiga qaradi.
“Puling bor bo‘lsa, mendan nega pul so‘rading?” g‘azablandi ota.
“Chunki bor pulim yetarli emas edi, lekin endi yetarli,” javob berdi bola. “Dadajon, meni endi $20im bor... Bir soat vaqtingizni sotib olsam bo‘ladimi?”...

IslomUz forumidan olindi.
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

Laylo

  • Mehmon
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #54 : 17 Oktyabr 2007, 06:48:24 »
FARZAND TARBIYASI

Bolaning tili chiqishi bilan unga avvalo kalimai tayyibah – La ilaha illallohu Muhammadur rasulullohni o‘rgatish lozim. “Oyat-al kursiy”ni va “Hashr” surasining oxiridagi “Huvallohullaziy...” deb boshlangan uch oyatni o‘rgatsa, Alloh taolo o‘sha farzandni doimo xayrli ishlar qilishga muvaffaq qiladi. Shunday tarbiya bergan ota-onaga farzandining yaxshi, xayrli amallaridan savoblar beriladi. Aksincha, u sodir etgan yomon amallarga ota sherik bo‘lmaydi.

Farzand yetti yoshga kirganda namoz o‘qishga buyursin. Agar o‘n yoshgacha namoz o‘qimasa, hadisi sharifga muvofiq, urib bo‘lsa ham namoz o‘qitish lozim. Shunda balog‘atga yetguncha besh vaqt namoz o‘qishga ko‘nikib boradi.

O‘n yoshdan o‘g‘il va qiz bolalarning yotoq joylarini boshqa qilish kerak.

Laylo

  • Mehmon
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #55 : 17 Oktyabr 2007, 06:48:39 »
Ota-ona farzandlar bilan muomala qilishda, jumladan, hadya berish, erkalash, lutf va mehribonlikda adolat qilib, barchalariga bir xil munosabatda bo‘lishi shart. Mabodo farzandlaridan birortasini ayricha sevsa ham, buni boshqalariga sezdirib, ularning ko‘nglini cho‘ktirmasligi lozim.

Biror narsa olib kelsa, birinchi qizlariga, keyin o‘g‘illariga ulashsin. Chunki qizlarning qalbi o‘g‘il bolalarga qaraganda nozik va ta’sirchan bo‘ladi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Kim qiz bolalarni xursand qilsa, Allohdan qo‘rqib yig‘lagandek bo‘ladi va kimki Alloh taolodan qo‘rqib yig‘lasa, Alloh taolo uning badanini do‘zax o‘tiga harom qiladi”, deb marhamat qilganlar.

Farzand ulg‘ayib aqlini taniy boshlagach, unga Qur’on, farz, sunnat va boshqa din ilmi va odobidan ta’lim bersin. Agar o‘zi qodir bo‘lmasa, Imomi A’zam mazhabiga oid komil ustozga berib, zaruriy ilmlardan boxabar qilsin.

Laylo

  • Mehmon
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #56 : 17 Oktyabr 2007, 06:49:03 »
O‘g‘il bolalarga suzish, kamon otish, ot minish kabi yigit kishi uchun vatan himoyasida, jangda, musofirchilikda zarur bo‘ladigan hunarlarni va yana biror bir kasbni o‘rgatishi, qiz bolalarga pishirish, chevarchilik va shunga o‘xshagan ro‘zg‘or uchun zarur ishlarni o‘rgatmoqlari lozim. Zero, kasb-hunar o‘rganmoq o‘tgan anbiyo-yu avliyolarning sunnatlari bo‘lib, insonni faqirlik va muhtojlikdan qutqaradi.

Yana farzandlarga kasb-hunar bilan topilgan halol rizqlardan yedirmog‘i vojibdir. Ular voyaga yetganlari zahoti o‘zlariga mos qalliq topib, oilali qilsinlar. Aks holda ulardan biror gunoh sodir bo‘lsa, Alloh asrasin, ota-ona farzandining shu gunohiga sherik bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, Alloh taolo ota-onaga farzandlarni gunohdan pok va Islom fitratida omonat qilib bergan, o‘z navbatida ota-ona ham bu omonatni pok va bexiyonat Alloh taologa havola qilmoqliklari lozim.

Laylo

  • Mehmon
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #57 : 17 Oktyabr 2007, 06:49:20 »
Hadisi sharifda ta’kidlanganidek: “Sizlarning har biringiz oilangizga cho‘pon kabisizlar. Har biringiz hamma farzandlaringizga va ayollaringizga javobgar bo‘lasiz”. Shu bois ota-ona Alloh taolo oldida mas’ul bo‘lmaslik uchun, farzandlarining dini va obro‘sini saqlashi kerak. Buzuq aqida va nojo‘ya oqimlarga kirib qolmasliklari uchun Ahli sunnat val jamoat aqidasi, hazrati Imomi A’zam rahmatullohi alayh mazhabi va naqshbandiya tariqati ta’limoti asosida tarbiyalashi zarur.

Er o‘z xotin va farzandlari bilan ochiq chehrali, saxovatli, marhamatli, muloyim holda, doim xursandchilik bilan hayot kechirishga harakat qilsin. Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam: “Sizlarning eng yaxshiroqlaring, o‘z ahliga yaxshi muomala qilganlaringdir. Men ahlim uchun yaxshi muomala qilishda sizlarning yaxshiroqlaringizman”, deb marhamat qilganlar.

Ota-ona mehr-shafqat yuzasidan farzandlarini o‘psinlar. Bu haqda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Farzandlarni ko‘p o‘pinglar, albatta sizlar uchun har bir o‘pganda jannatda bir daraja bor”, deb marhamat qilganlar.

Laylo

  • Mehmon
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #58 : 17 Oktyabr 2007, 06:49:43 »
Rivoyat qilishlaricha, hazrati Umar raziyallohu anhu bir kishini amaldor qildilar. O‘sha kishi bir yumush bilan kelganda Amirul mo‘’minin farzandlaridan birini quchoqlariga olib, o‘pib-erkalab o‘tirar edilar. Xalifai zamonning bu ishlaridin hayratda qolib dedi: “Mening ham bolalarim bor, ammo ularni hech qachon o‘pgan, erkalagan emasman”. Shunda hazrati Umar roziyallohu anhu: “Modomiki, o‘z bolalaringga, yoshlarga rahm-shafqating yo‘q ekan, kattalarga rahming qaerdan kelsin”, deb u amaldorni darhol bo‘shatib yubordilar.

O‘rni kelganda aytish kerakki, qiz bola balog‘atga yetgandan so‘ng otasi va bolig‘ og‘a-inilari bilan o‘pishib ko‘rishishdan tiyilsin. Mahramlar bilan qo‘lma-qo‘l so‘rashish kifoya.

Onalar ham balog‘atga yetgan o‘g‘illari bilan o‘pishib ko‘rishmasin. Aks holda bunday paytda tasodifan shahvat paydo bo‘lib qolsa, xunuk oqibati haqida kitoblarda juda og‘ir hukmlar keltirilgan. Qarindoshlardan tog‘a va amakilar ham shu hukmda. Ammo ayollar boshqa qarindoshlar bilan qo‘l berib so‘rashishlari mumkin emas.

Laylo

  • Mehmon
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #59 : 17 Oktyabr 2007, 06:50:00 »
Aksar kitoblarda ayollarning nomahram erkaklarga salom berishlari ham ta’qiqlangan. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ayol kishining nomahramlar bilan ko‘rishishini qat’iyan man’ qilganlar. Shuningdek, begona ayolga nazar qilishni “Shaytonning zaharli o‘qlaridan bir o‘q”, deya zararli va ofatli ekanligiga ishora qilganlar.

Alisher Navoiy hazratlari “Arbain hadis”da (qirq hadis sharhi) yuqoridagi hadisi sharifni shunday sharhlaganlar:

Solma ko‘z, kimsa bo‘lsa nomahram,
Garchi nafsing topar nazzorada sud.
Ki nazarkim harom, shaytonning –
Navokidir valek zahrolud.


Ota doimo farzandlariga tabassumli, ochiq yuzli bo‘lsin. So‘zlaganda, muboh bo‘lgan o‘yinlarda ularga erkinlik bersin va ularning haqiga doimo xayrli duo qilsin. Hadisi sharifda aytilishicha: “Otaning farzand haqiga qilgan duosi payg‘ambarlarning o‘z ummatlariga qilgan duosi kabidir”.

 

Mo'minlarga shifo - Islomda!!!

Muallif Munira xonimBo'lim Islom

Javoblar: 12
Ko'rilgan: 13564
So'nggi javob 13 Avgust 2007, 13:55:30
muallifi Munira xonim
Farzand.uz - Onalar va bo`lajak onalar uchun

Muallif farzand.uzBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 10
Ko'rilgan: 10813
So'nggi javob 27 Fevral 2008, 09:33:12
muallifi Robiya
Benikoh farzand

Muallif otash_2004Bo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 6958
So'nggi javob 25 Yanvar 2010, 16:04:13
muallifi Foniy
Islomda Moda, Modern,Styl.

Muallif saraton07Bo'lim Umumiy

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 6456
So'nggi javob 01 Iyul 2008, 00:47:06
muallifi saraton07
ISLOMDA oiladagi muomala

Muallif MahdiyahBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 46
Ko'rilgan: 26023
So'nggi javob 25 Oktyabr 2018, 11:58:46
muallifi MirzoMuhammad