Jamiyat va inson > Oila va jamiyat

Islomda farzand tarbiyasi

<< < (2/31) > >>

Muslimа:

Farzand tarbiyasi   

O’g’il qizning hulqi yaxshi yoki yomon bo’lsa, uning asl sababchisi ota — onadir. Ota — ona bolani qarovsiz qo’ymasligi, unga ilm, hunar va yaxshilikka chorlaydigan yo’llarni o’rgatishi lozim. Farzandning fe’l — huquqlari kamol topishi, yo’l — yo’riqlari soz bo’lishi, hizmatga loyiq bo’lishi, mukofotlarga sazovor bo’lishi ota — onaning mehri, duosi va tarbiyasiga bog’liq.
   Behuda va bo’sh qo’yilmagan, tiyib — tergab turilgan farzandlar baht topadilar. O’g’il — qiz yoshligida nimani o’rgansa, umrining so’ngigacha uni unutmaydi. O’g’il — qini o’stirib, farzandlari tufayli sharafga erishgan kishi shunday deydi: "œFarzandga yoshligidan bilim o’rgatish kerak. Bola yoshligida bilim o’rgansa, barkamol bo’ladi. O’g’il — qizni ayama, vaqti — vaqti bilan jazolab tur, chunki jazo ularga ta’lim o’rgatadi. Odan bilim o’rgansa, kunlari bahtli o’tadi, o’zi qanchalik kichik bo’lsa ham, shunchalik ulug’lanadi".
   Bolaga ota namuna bo’lgan bo’lsa, u otasining hulqini jadal o’rganadi. Ota farzandini tergab tarbiyalasa, uning fe’l — yo’rig’i yaxshi bo’ladi, ota — onasini yuzini yorug’ qiladi. Agar nazorat qilguvchi bo’lmasa, unday farzand yaramas va nobakor bo’ladi. Bunday farzanddan umidingizni uzavering.
   Ota — ona farzandini yoshligidan nobakor qilib qo’ysa, fe’l — atvori yaramas bo’lsa, unda umuman ayb yo’q, barcha ayb ota — onaning o’zidadir. Qachonki ota farzandini tergab tarbiyalasa, ular ulg’ayganda o’g’lim — qizim deb sevilishga arziydi.
   Ey ota! Farzandingni tergab tarbiyalagin, toki keyin sendan kulguvchilar bo’lmasin.
   O’g’il — qizlarga bilim va hunar o’rgatish tufayli ularda insoniy fazilatlar paydo bo’ladi. Alloh kimga aql zakovat va bilm bersa, u barcha orzularga erishadi. Kimning hulqi hush, fe’l — atvori yaxshi bo’lsa, dunyoda ham, oxiratda ham ming — ming sevinchlar keltiradi.
      "œQutadg’u bilik" asari asosida Munisbek tayyorladi
      "œMusulmonlar taqvim kitobi"dan olindi
 

islimakhanim:
                    Assalamu alaykum!
Jazakahllahu hoyron, Rohatoy opajon!
Man balki bola tarbiyasi haqida fikr bildirishga ancha yoshlik bilarman, lekin shayx Mahmud As'ad Jo'shon hazratlarining "Haqiqiy sevgi" asarlari manga juda yoqib qolgan bitta gap bor: onaning vazifasi- bolasini o'ziga isyon qilmaydigan qilib tarbiyalash degan mazmunda... Manimcha bu onalar (+ bolajak onalar) uchun juda ibratli gap.

mutaallimah:
Assalomu-alaykum opajonlar albatta man ham farzand tarbiyasi haqida gapirishga hali yoshman.Lekin hozirda hayotimizda bu'lib turgan oddiy haqiqatdan kelib chiqib farzand tarbiyasida eng avval onalar mas'ullar deb uylayman.CHunki bizlarni oilamizda ham hozirgi ku'pgina u'zbek oilalari singari adajonim oilamizni moliyaviy ta'milash maqsadida bizlardan uzoqda ishlab yashashga majburlar.Bizlar esa ayajonim bilan birga yashaymiz.Albatta bunday hayot yengil emas.Lekin adajonim bizlarni bekorga ayajonimga ishonib qoldirmaganla deb uylayman.CHunki ota-onam bir-birlarini juda yahshi tushunadila.Bizlarni ilm olib uni tarqatuvchi insonlar bulishimiz va jamiyyatda uz u'rnimizni topishimiz uchun hayotdagi ba'zi qiyinchiliklarni birgalashib yengib utishga va ogir holatlardan maslahat bilan chiqib ketishga harakat qiladilar.Bizlarni barcha injiqliklarimiz va bazi bolalik ozorlarimiz esa ayajonimga.Albatta ular bizlarni tushunishga harakat qiladilar.Tarbiyamiz uchun jon kuydirib harakat qiladilar.SHunday hollar bu'ladiki ularni ranjitamiz bizlarni adamlani jahllaridan asrab hamma hatolarimizniyam aytavermaydila.Ukalarim bilan ayamlani shu ishlaridan hulosa chiqarib u'zimizni tugrilashga harakat qilamiz.... Hullas manimcha har bir bolaga onalari ibrat bu'ladi yana bilmadim.

Muslimа:
Assalomu alaykum singiljonlarim!
Samimiy fikrlaringiz uchun rahmat! Man ham hali farzand tarbiyasi haqida tajribaga ega emasman, lekin ishonaman, albatta bir kun kelib bunday ma'suliyatli ishni bo'ynimizga olamiz. Nargiza opa aytganlaridek, bu mavzu barchamizga kelajakda albatta kere bo'ladi, inshaolloh!

Muslimа:
Shu o'rinda donolarni farzand tarbiyasi haqida aygan ba'zi gaplarini keltirib o'tsam.

Farzand go’yo oq qog’ozga o’hshar. Uni yahshi yozuvlar bilan to’ldirish esa ota — ona va ustozning vazifasidir.

Bolani toza Islom fitratida o’stirish uchun ilk tadbir uni halol luqma bilan taomlantirmoqdir.    

            Imom G’azzoliy.

Bolaning uyatchan bo’lishi, ularning kelajakda yahshi fe’l — atvor sohibi bo’lishidan hushxabardir.       

         Imom G’azzoliy.


Bolani kichkinaligida bilim ber, yahshi ishlari uchun mukofot ber, yomonlarini yomonligini tushuntir.       

         Sa’diy Sheroziy.


Farzandlaringizga tilni tiyishni o’rgating. Gaplashishni o’zi ham o’rganib oladi.         
   
   Benjamin Franklin.



Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version