Muallif Mavzu: Islomda farzand tarbiyasi  ( 89104 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Laylo

  • Mehmon
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #60 : 17 Oktyabr 2007, 06:50:18 »
Ona ham duo qilishga haqliroq. Chunki Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Onaning duosi tez ijobat bo‘ladi”, dedilar. Ashobi kirom so‘radilar: “Nima uchun shunday, yo Rasulalloh?” Rasuli akram: “Chunki ona otaga nisbatan mehribonroqdir. Rahmli va mehribonning duosi bekor ketmaydi”, deb javob berdilar.

Ota-ona farzandlarini aslo duoibad qilmasin, qarg‘amasin. Chunki ularning xayrli duolari kabi, qarg‘ishlari ham tez ijobat bo‘ladi. Agar shunday bo‘lib qolsa, Alloh asrasinki, farzand badxulq, badkirdor bo‘ladi. O‘z navbatida, farzandlar ham ota-onalarining ranjishlariga, noroziliklariga, qarg‘ishlariga sabab bo‘ladigan amal va harakatlardan astoydil tiyilishlari lozim.

Rivoyat qilishlaricha, bir kishi Abdulloh ibni Muborak huzurlariga kelib, o‘g‘lining beodob va badkirdorligidan shikoyat qildi. Abdulloh ibni Muborak so‘radilar: “Uni duoibad qilganmiding?” U kishi tasdiqlab, bosh silkidi. Shunda hazrat: “Sen o‘zing uni buzib qo‘yibsan”, deb u kishini malomat qildilar. Otaning nasihat, ta’limu tarbiyasi farzandga ta’sir qilmoq uchun, avvalo, o‘zi ham solih bo‘lmog‘i lozim.

Laylo

  • Mehmon
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #61 : 17 Oktyabr 2007, 06:50:51 »
Kishi birovning farzandiga ziyon yetkazmasligi, yomonlik qilmasligi kerak, chunki uning zarari zamonlar o‘tib, o‘z farzandlariga qaytishi mumkin. Masalan, hazrati Yusuf alayhissalomga akalari yomonlikni ravo ko‘rdi, quduqqa tashlab ketdi. Oqibatda necha zamonlar o‘tib, o‘zlarining farzandlari Fir’avn qo‘liga asir tushdi.

Ota farzand boshida sihat-salomat hayot kechirib turgani uchun Allohga shukrona qilib, yetim va mazlumlarning ko‘z yoshi to‘kilishidan saqlasin va ularga rahmu shafqat qilib, boshlarini silasin, bu ish bag‘ritoshlikni uzoqlashtiradi. Shuningdek, muhtojlarga nafaqa va xayru ehson qilsinki, mukofoti jannatdir, inshaalloh.

Nikoh va oila risolasidan.

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #62 : 26 Noyabr 2007, 11:38:24 »
Assalomu alaykum!

Islomda qizlar tarbiyasiga oid yaxshi ma'ruzani shu yerdan yuklab olishiz mumkin:

http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=0&func=fileinfo&id=3

Yorqinjon qori ma'ruzalari. Qizlar tarbiyasigaoydasiga oid yaxshi ma'ruza.

Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #63 : 27 Noyabr 2007, 18:55:29 »
Ibn Qoyyim al-Javziya rahimahullohning 
“Tuhfatul mavdud bi ahkomil mavlud” nomli kitobidan olindi

Farzand ulg’aya boshlaganda.

al-Hamdu-Lillaahi Rabbil-'Aalameen was-Salaatu was-Salaamu 'alaa Ashrafil-Anbiyaa.e wal-Mursaleen, wa ba'd:
Go’dak g’oyatda muhtoj bo’lgan narsalardan biri uning hulqiga e’tibor bilan qarashdir. Zero u yoshligida tarbiyachisi o’rgatgan hulqlar bilan o’sib ulg’ayadi. Jumladan, tajanglik, achchiqlanish urushqoqlik, shoshqaloqlik, yengiltaklik, pala-partishlik, qo’rslik, ochofatlik kabi odatlar borki katta bo’lganda bularni tashlash qiyin bo’ladi va bu hulqlar unda mustahkam o’rnashgan sifat va hay’atlarga aylanib qoladi. Garchi bulardan juda hushyor bo’lib yursa ham, bir kuni albatta uni sharmanda qiladi. Shu tufayli aksar odamlarni egri hulqlar bilan topasiz. Bu narsa ular o’sib ungan tarbiya natijasidir. Shuningdek, bola esini taniganda uni laxv (bema’ni) , botil va qo’shiq majlislaridan, bid’at va yomon gap-so’zlardan uzoq qilish vojibdir. Agarda bular uning quloqlariga ilashib qolsa, ulg’ayganda  undan ajralishi qiyin, og’ir bo’ladi va bulardan uni halos qilish valiysiga qiyin kechadi. Zero odatlarni o’zgartirish eng qiyin ishlardandir. Uning sohibi ikkinchi bir tabiatni paydo qilishga muhtoj bo’ladi. Tabiat hukmidan chiqish esa, o’ta og’irdir.
Bolaning valiysi uni boshqalardan narsa olishdan juda yiroq saqlashi kerak. Bola qachon olishga odatlansa , bu unga tabiat bo’lib qoladi va berish emas, olishga o’rganib ulg’ayadi. Bolani berish, ulashishga odatlantirish lozimdir. Qachonki valiy (birovga) narsa bermoqchi bo’lsa, bolani qo’li orqali bersinki, bola berish halovatini tuysin. Bolani yolg’onchi va hiyonatchi bo’lishidan  juda qattiq saqlash kerak. Agarda valiy bolaga yolg’on va hiyonat yo’lini qulaylashtirib qo’ygudek bo’lsa, uning dunyo va ohirat saodatini barbod etgan, uni hamma yahshilikdan mahrum etgan bo’ladi.
 Bolani yalqov, bekorchi, erinchoq va rohatda bo’lishga qo’yib qo’ymaslik, balki uni bularning ziddi bilan tutib turmoq kerak. Unga faqat qiladigan mashg’uloti uchun nafsi va badanini  jamlab oladigan darajada dam bermoq kerak. Zero dangasalik va bekorchilikning yomon oqibatlari bordir.  Insonlarning eng rohatlisi, eng toliqqanidir, insonlarning eng toliqadigani  eng rohatdagisidir. Dunyo sardorligi va ohirat baht-saodatiga faqat toliqish ko’prigidan o’tiladi.  Yahyo Ibn Abu Kasir dedilar: - “Ilmga jismning  rohati bilan erishilmaydi”.
Bolani kechaning oxirida uyg’onishga odatlantiriladi. Bu g’animatlar taqsimlanadigan, sovrinlar ulashadigan palladir. Kimgadur kamroq, kimgadur ko’proq ulush tegadi, yana kimdir bebahra qoladi. Bola qachon yoshligida odatlanib olsa, katta bo’lganida bu unga qulay bo’ladi.
Narsa berishda bolalar o’rtasida adolat qilish.
“Sunan”kitoblari, “Musnadi Ahmad” va  Ibn Hibbon “Sahih” larida Nu’mon ibn Bashir Raziallohu anhudan rivoyat qildilar:
Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam dedilar: -“Farzandlaringiz o’rtasida adolat qilinglar”. (Sahih hadis)
Imom Muslim rivoyat qildilar. Bashir Raziallohu anhuning ayollari: “Mening bolamga hizmatkor sovg’a qiling va bu narsaga Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallamni guvoh qiling”, dedi. Basher Raziallohu anhu Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallamni oldilariga keldilar-da : “Falonchining qizi ( ayollarini aytyaptilar) uning o’gliga hizmatkor tuhfa etishimni so’rayapti…”, dedilar. Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam: “ uning aka-ukalari bormi?”, deb so’radilar. “ha” dedilar. “Ularning hammalariga bunga berganingdek sovga berdingmi?”, deb so’radilar.  “yoq”, deb javob berdilar. Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam: “Bunday qilish yaramaydi, men faqatgina haq narsaga guvohlik qilaman”, dedilar.
Imom Ahmad rivoyatlarida Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam: “ Meni javrga guvoh qilma, albatta bolalaringning sendagi haqqi ular orasida adolat qilishingdir”, dedilar.
Bayhaqiy rivoyat qiladilar. Anas Raziallohu anhu dedilar: “ bir kishi Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam birga utirgan edi, uning o’g’ilchasi kelib qoldi va u o’glini o’pdi-da, bag’riga olib o’tkazdi. Keyin uning qizchasi keldi, u qizchasini oldi-da, yoniga o’tqazdi. Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam “ Sen ular o’rtasida adolat qilmading”, dedilar.
Salaflar bolalarini o’pishda ular o’rtasida adolat qilishni yaxshi korishar edi.

Manba
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #64 : 17 Dekabr 2007, 16:44:08 »
http://www.ayol.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=69&Itemid=57

Farzand tarbiyasiga oid ajoyib ma'lumotlar, maqolalar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #65 : 28 Dekabr 2007, 13:27:53 »
 Din zaruratlarini bilib bola tarbiyalash usulini bilmoq, oz bo’lsa-da, o’qishga va yozishga o’rganmoq xotinlar uchun lozim ishlarni hamda yaxshi va buzuq xulqlardan xabardor bo’lmoq xotinlarning vazifalariga kiradi. Xotinlarning alloma yoki da’vo vakili bo’lmoqlari, muhandislik qilishlari yoki popukli uqalar, ipagu haqiqlarga bezanib, to’yu ziyofatlarda yurishlari – dinimiz talabiga ko’ra matlub bo’lgan narsalar emas, balki o’zlariga omonat etilgan bolalari hamda o’zlariga mos xizmatlarini qusursiz ado etishlari lozim.
  Bola tarbiyasi hifz – i sihhatu ilm – i axloq, ilm – i ruhu shariat qoidalaridan ko’p narsalar bilishga va ko’p tajribalar hosil qilishga zarurat bo’lganidan qisqacha bo’lsa ham, bu narsalar haqida bir qadar ma’lumot berish va shu ma’lumotni kundan – kunga orttirib borishga tirishmoqlik xotinlar zimmasidagi vazifalardandir. Bolani vaqtida uxlatish, zaruratga qarab yuvintirish, kiyimlari va tanasini pok tutish, go’zal xulqlarga odatlantirish, atak – chechak qilishdan boshlab, to tili chiqqunga qadar alohida e’tibor berish lozim.
  Bola tarbiyasi yomon niyat va qo’pollik bilan emas, balki sabr – toqat, mehribonlik, shafqatu sezgirlik bilan bo’lishi kerak. Bundan esa bolani tizginsiz hayvon kabi o’z holiga qo’yish lozim degan gap chiqmaydi. Zarar bilan foydani ayira olmagan yosh go’dakni nazoratsiz tutish katta xatolikdir. Balki uni qattiqlik bilan yumshoqlik o’rtasida adolat bilan tarbiya qilmoq kerakdir.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #66 : 28 Dekabr 2007, 13:28:49 »
  Onasining buyruqlariga jazo yoki tanbehdan qo’rqib emas, balki hurmatli homiysiga ishonmog’iyu komil sevgani sababdan itoat etgan bola adolat bilan tarbiyalangan bo’ladi. Adolat o’lchovi budir: ota – onaga itoatni, dinga hurmatni, tug’ishgan  qarindosh – urug’lar, yaqin – yiroq hamda elu yurt, xalqini sevishni, har bir kattayu – kichik bilan yaxshi muomalali bo’lishini bolalarning qonlariga sut bilan singdirmoq lozim.
  Bu kabi ishlar ota hamda yaqin qarindoshlar zimmasida bo’lsa –da, ammo ulug’ ma’suliyat xotinlar ustiga tushadi.
  Buyuk bir zot: “har bir xotinning aqlini o’lchamoqchi bo’lsangiz, uning qo’l ostidagi bolalariga boqing!” degan ekan. Ko’chada yurgan yoki ba’zan uylarga borgan vaqtimizda farishtalarga duch kelganimiz kabi tarbiyasizlarini ham ko’ryapmiz. Bunday tarbiyasiz bolalar ko’ngillarimizni naqadar hasratga to’ldiradilar. Bularning bunday badbaxt bo’lishlariga onalarning ham yomon tarbiyalarining asari borligi xotiramizga kelganda hasratimiz yanada oshadi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #67 : 28 Dekabr 2007, 13:29:24 »
Har bir so’ragan narsasini, xususan, yig’lab so’ragan vaqtida berish va hech bir so’ziga quloq solmaslik, haddan tashqari taltaytirib o’stirish, sevish, har bir qilig’ini maqtab turish, ziynatli narsalar kiyishga, har vaqt lazzatli taomlar yeyishga odatlantirish bola xulqini buzish uchun eng ta’sirli sabablardir.
  Bolaga yalqovlikning yomon illat ekanini tushuntirmoq, intilish va g’ayratning kamolot ekanini bildirmoq, o’zidan ulug’ bo’lganlarni hurmat etmoqni va kichiklarga marhamatli bo’lmoqni o’rgatmoq, ko’nglidan hasadu duhsmanlik, takabburlik, g’iybat va yolg’on so’zlamoq kabi buzuqlik zirapchalarini chiqarib, ular o’rniga Alloh muhabbatiyu, sabot, iqtisodu adolat urug’lari sochmoq bolaning go’zal xulq – atvorli bo’lmog’iga sababdir.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #68 : 28 Dekabr 2007, 13:30:48 »
Xotinlarning vazifalari bu ravishda ma’lum narsalar bo’lgani, ko’plarida bolalarining xushxulq va tarbiyali bo’lishlarini orzu etganlari holda, tarbiya usulidan xabarsiz bo’lganlaridan nuridiydalari bo’lgan bolalariga yomon ta’lim berurlar. Chunki ta’lim bolalarga: “unday bo’ling, bunday bo’ling” deb buyurish va yomonlikdan tiyish bilan chegaralab qo’yishgina emas, balki ulug’larning barcha harakatlari orqali yoshlarga dars berishdan iboratdir. Fe’l – atvor bilan ta’sir ko’rsatish til bilan bo’lajak darslarga nisbatan ta’sirliroq bo’ladi.
  Garchi xotin bolasiga tili bilan go’zal narsalar o’rgatsa – da, fe’li yomon bo’lsa, u yomon xulq o’rgatuvchi sanalur. Zero, yosh bolalar ota – onalaridan ko’rgan narsalariga taqlid etadilar. Ota – onaning xulqlari bolalar uchun misoli tabiat hukmidadir. Bolalar ko’z o’ngida buzuq va nojo’ya ishlarni qilish ularga ham o’shanday ishlarni o’rgatmoqning o’zidir. Mastlik aravasiga chiqib olib bolasiga ot jilovini tutqazib, bozordan qaytib keluvchi ota qanchalik jonsiz yog’och kabi harakatsiz qaytar bo’lsa –da, bolasiga: “Ey, bolam! Men kabi, ichimlik ichmakni odat qil! Bu dunyoga kelib yor – birodarlarim orasida sharafli bir kasbga ega bo’la olmaganim kabi, sen ham badbaxt o’laroq umr kechir!”, deya axloqsizlikni o’rgatadi. Bunday ikki oyoqli hayvonning bolasi ulg’ayganida to’rt oyoqli hayvon bo’lishi tabiiy. Yomon xulqlar otadan o’g’liga ushbu sabablar bilan meros qolur. Bir – birining hurmatini bajo keltirmagan ota – onalarning bolalari ham hech kimni hurmat etmaydilar. Zero ular bu yomon amalni o’z ota – onalaridan o’rganadilar. Agarda bir ota bolalari ko’z o’ngida onalariga qo’l ko’tarsa yoki onalar otalarga qarab baqirsa, bolalari qoshida bularning hurmatlarining qadri qolmas.
  Ma’rifatli onalar, dindoru insofli xotinlar tarafidan tarbiyalangan odam bolalari go’zal xulqli, shodu g’ayratli, to’g’ri fikrliyu sog’ tanli, oliy tabiatliyu har turli xayrli ishlarga tayyor bo’ladilar. Manglaylarida ham: “bizlar kelajakning otalari, millat otalari, millatning homiy va xodimlarimiz. Janobi Alloh bizga doim yordamchi bo’lur”, deya yozilgandir…

                                                                                                   â€œOila saboqlari”
                                                                                                  Rizouddin ibn Faxruddin
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Salmoni Forsiy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 69
  • -oldi: 126
  • Xabarlar: 955
  • Jins: Erkak
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #69 : 01 Yanvar 2008, 00:13:16 »
                  Bolajonlar tarbiyasida foyda beradigan inratli va hikmatli so'zlar.


“Bolani  toza Islom fitratida o'stirishi uchun ilk tadbir uni halol luqma bilan taomlantirmoqdir”.  (Imomi G'azzoliy)
                                                                                                         

"Bolaning yoshi o'ngga yaqinlashganda, nomahram ayollar yonida o'tirish mumkin emasligini anglat."  (Saddi Sheroziy )

                                                                                                               
 
"Bolalarning uyatchan bo'lishi, ularning kelajakda yahshi fe'l-atvor sohibi bo'lishidan hushhabardir".   (Imom G'azolliy.)



"Bolani kichkinaligida bilim ber, yahshi ishlari uchun mukofot ber, yomonlarini yomonligini tushuntir".   (Saadi Sheroziy)

                                                                                                               

    "Farzandlaringizga tilini tiyishni o'rgating. Gaplashishni o'zi ham o'rganib oladi".    (Benjamin Franklin. )                                                           
                                                                                                               


Farzand tarbiyasida aqlingizni ishlating (o'git bering), foyda bermasa qalbingizni ishlating (duo qiling), u ham foyda bermasa qo'lingizni ishlating.
Farzandini birovning yonida kamsitgan va jazolagan ota, uni isyonchi va sevgidan mahrum qilib o'stiribdi.
Farzand guyo oq qog'ozga o'hshar. Uni yahshi yozuvlar bilan to'ldirish esa ota-ona va ustozning vazifasidir.
Farzand ta'minoti otadan, tarbiyasi esa onadan kutiladi.




www.bolajon.com dan olindi.
« So'nggi tahrir: 01 Yanvar 2008, 00:23:39 muallifi Salmoni Forsiy »
Meni yolg'on bilan kuldirguncha haqiqat bilan urib yiqit

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #70 : 10 Yanvar 2008, 11:43:18 »
Ota-onalar vazifasi
Ulug’ xaqlarning ulug’i ota-ona ustida bo’lgan bola haqqidir. Bola haqqi uchun ota-ona yoki bular o’rnida bo’lgan valiylar dunyo-yu oxiratda mas’ul bo’lurlar. Shuning uchun bu xaqlarni bilmoq va zarur vaqtda ado etmoq farz bo’lar. O’rgatilmagan ot arava tortarga ham, omoch sururga ham yaramagani kabi, tarbiya berilmagan bola ham biror ishga yaramas. Inson tarbiya berilsagina inson bo’lar.Ammo tarbiya berilmasa, vahshiy hayvondan-da tuban bir jonivor  bo’lib qolar.Bola yosh vaqtida har turli tarbiyaga qobul bo’lganida bu vaqt ulug’ g’animatdir.Shuning uchun bolani vaqtida tarbiya qilish lozim.
   Bola hech bir urug’ – bug’doy sochilmagan yer yoki hech bir naqsh yozilmagan oq qog’oz bo’lib, qanday urug’ soсhilgan bo’lsa, shunday ekin hosil berar, qanday yozilgan bo’lsa, shunday o’qilar. Bolaga, agar go’zal tarbiya berilsa, ezgu, dunyo va oxiratda mas’ul bo’lur-u har bir yaxshi ishlaridan tarbiya etuvchilarga go’zal hissalar qo’shar. Agar buning aksicha buzuq tarbiya berilmasa,hayvonlar misoli tashlandiq holda qoldirilsa, bechora bola halok bo’lar, gunohi esa valiylar ustiga yozilar.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #71 : 10 Yanvar 2008, 11:44:00 »
Bola tarbiya etuvchilar eng yosh chog’idan boshlab bolaga yaxshi-yu yomon narsalarni bildirarlar.Xususan tozaligu poklikka odat ettirarlar, har ishu odatlarni qoidaga qo’ydirarlar. Aqllari yetuk bo’lganida tabiiy narsalarga ham zehnlarini sarf qilarlar. Masalan, imoratu yurtlar, tog’u toshlar, chashma-yu jilg’alar, yeru ko’k, oyu quyosh, yomg’iru qor, bo’ronu shamol kabi narsalar haqida qisqa-qisqa bo’lsa-da ma’lumot bayon etarlar. Bundan so’ngra  Qur’on-i Karimu,Hadis-i Sharifdan yengil va qisqa bo’lganlarining ma’nolarini anglatib, buyuk olimlaru mashhur faylasuflarning maqollarini so’zlarlar hamda islom tarixiningeng muhim moddallaridan xabardor qilarlar. Ibratni o’z ichiga oluvchi hikoyatlaru misollar so’zlab, birgalikda muhokama etarlar.Lozim e’tiqodlarni salaf e’tiqodiga muvofiq ravishda ochiq anglatarlar, faraz, harom, vojib kabi islom hukmlarini bildirarlar.
   Din insonlarning xulqlarini go’zallashtirishga,dunyo-yu oxiratlarida baxtli bo’lmoqlariga sabab bo’lganidan,vaqti kelganidan so’ng bu to’gorida musohala joiz bo’lmas.Din usulini bilganlaridan so’ng bolalarni qanday maktablarga berilsa ham,inshoalloh,adashmaslar.
    Din tarbiyasi berilganda Alloh taoloning marhamatli-yu qudratli,butun narsaning yaratuvchisi ekanligini,rizqlarimizu tutash oqib turgan suvlar,har turli hayvonlaru jumla insonlar Alloh taoloning mahluqlari ekanini yengil ravishda anglatish lozim.
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #72 : 10 Yanvar 2008, 11:45:08 »
Anglamay o’qimoq va anglamagan narsalarni o’rgatmoq sababidan bolalarning zehnlari qisilar,g’ayratli so’nar.Agarda bu tariqa din tarbiyasi berilsa,dindan ulush ola olmas,balki dindan muhabbati so’nar.Shuning uchun saboq boshlaganbolalarga “imon shartlari”deb oxiriga qadar “kalima-yi tayyiba”ni o’rgatmoq va “Haftiyak-i sharif”ni hijjalatib o’qitmoq tarbiya usuliga xilofdir.Bolalarga berilajak tarbiyaning eng keraklisi,ularni go’zal odatlarga o’rgatmoq va odatlarni sevib bajarmoq holiga keltirmoqdir.
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Yusufxon

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 1
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #73 : 10 Yanvar 2008, 12:12:53 »
Islom dinida farzand tarbiyasi.
“Tahrim” surasining 6 – oyatida:
“Ey mo’minlar! Sizlar o’zlaringizni va ahli oilangizni o’tini odamlar va toshlardan bo’lgan do’zah olovidan asrangiz!” deb marhamat qilindi. Ya’ni, bu oyati karima hukmiga ko’ra, har bir mo’min ota – ona o’zlarini va oila a’zolarini do’zaxga olib boruvchi gunoh ishlardan saqlanmog’i lozim. Har bir ota ona bu gunohlarni avvalo o’zlari bilmog’i va farzandlariga bildirmog’i lozim.
   Dinimiz beshikdan qabrgacha foydali ilm o’rganishga buyuradi. Inson ilm olib, o’z bilimlarini mustahkamlab bormas ekan, baquvvat va egilmas daraxtga aylanolmay, nimjon, ojiz nihol kabi qolib ketadi.
   Bu ma’suliyatli ishning boshida ota-onalar turadi. Ota – onalar kuf yo’lidagi odamlar bo’lsalar, aksariyat hollarda farzandlarini ham shu botil yo’llarga tortib ketadilar. Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Har bir farzand aslida islomiy fitrat bilan tug’iladi, so’ngra ota-onalarining ta’siri bilan yahudiy, nasroniy yoki majusiy bo’lib yetishadi”, deya marhamat qilganlar.
   7 yoshgacha bolada “go’daklik” davri hokum suradi. Bu davrda ota – ona bolaning salomatligi uchun mas’uldir. Uni kiyim – kechak, oziq – ovqat va boshqa  barcha zaruriy narsalar bilan ta’minlaydi.
   Bolaga asl tarbiya 7 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan “bolalik” bosqichida beriladi. Ota – onaning o’z vazifalarini sidqidildan bajarishi, ayniqsa, ushbu davrda katta ahamiyatga egadir. Chunki odob – ahloqqa poydevor shu davrda hozirlanadi. Bola bu bosqichda taqlidchi bo’ladi, ota – onasidan, atrofdagilardan o’rnak olishga intiladi, ularga taqlid qiladi. Bu davr bolaning balog’atga qadam qo’yish davri bo’lgani uchun ular bilan muomalada ehtiyotkorlik zarur.
   14 yoshdan so’ng bolada “yoshlik” bosqichi boshlanadi. Bu davrda farzandning vujudi kamol topadi, tani kuch – quvvatga to’ladi. Agar oldingi bosqichlarda bola qalbiga Allohga yuksak ishonch – sevgi, Uning qahriga qolishdan qo’rquv hissi chuqur singdirilgan bo’lsa, ushbu bosqichda farzand etuk IYMON egasi bo’lib etishadi.
   So’ngra “navqironlik” davri boshlanadi. Ilk ikki davrda hozirlangan iymon quvvati, Haq va haqiqat hususidagi bilimlar va “yoshlik” bosqichida olingan go’zal his – tuyg’ular bu davrga yetuk inson bo’lib etishishi omilidir.
   Ota – ona bu davrgacha farzandlar tarbiyasiga beparvolik qilgan bo’lsalar, farzandlar har turli gunohlarga yuz burgan, turli yomonliklar va jinoyatlardan ham tap totmaydigan ahloqsiz insonlar bo’lib qolishadi.
   Ota – onalar bu davrgacha bolalari qalbiga buyuk iymon-e’tiqod tuyg’usini singdirgan bo’lsalar, farzandlar bu davrda o’zlarini o’nglab olgan, har turli nafs balolaridan yuz bura oluvchi, hayrli ishlarga bosh bo’ladigan solih va komil insonlar bo’lib yetishadilar. Farzand bu davrda har masala xususida ota – ona maslahatiga muhtoj bo’ladi.
   Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Hech bir ota – ona farzandlariga go’zal tarbiya va yahshi odobdan ortiq bir tuhfa in’om etolmaydi” deb marhamat qilganlar.
      (“Ota – onalarga maslahatlar” kitobidan).


Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #74 : 18 Yanvar 2008, 16:27:43 »
Otalar agar bolalarning onalari bilan go’zal hayot kechirsalar va ularni hrmat qisalar,bolalar bu holdan olijanobligu muosharat adablariga o’rganarlar. Onalariga bu ravishda muomala etilganini ko’rgan bolalar otalarini ortiq sevarlar va o’zlari ham uylanganlarida shu ravishda muomala qilarlar. Hadyani bolalarga teng berib – bolalarga adolat darsi o’rgata turib, ularning biriga biror narsa berib: “ehtiyot bo’l, aka – ukalaringga aytma!” demoqlik, ularga hiyla xiyonat o’rgatmoq bo’lar. Bolalarga bildirib yolg’on so’zlamoq – ularga yolg’on so’zlamoqni, ular huzurida so’kmoq, arzimagan narsalar uchun urmoq ularga adabsizlik, jabru zulmni o’rgatmoqdir. Bolalarning buzuq so’zlariga nisbatan kulib turmoq, keraksiz ishlariga tahsin o’qimoq – ularni orsizligu badbaxtliklarga odatlantirmoqdir. Saboq oluvchi bolalarga bir kimsa nazoratida go’zal o’yinlar o’ynatmoqlik ularning zehnlarini ochmoqlikka sabab bo’ladi. Vaqti yetganida bolalarni maktabga yubormoq ota – ona uchun lozim bo’lgan vazifalardandir. Yosh bolalarni yiroq joylarga yubormoq harnaqadar og’ir ko’rilsa ham g’ayrat etish kerak. Ko’z nurlari bo’lgan yosh bolalarini begona kimsalar xizmatlariga topshirib qaytganlarida o’rin topilgani uchun shukr qiluvchi odamlar ko’pdir. Shuning uchun bolalarni maktabga kuzatgan ota – onalar ko’proq shukr qilishiyu sabr etishi kerak.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

 

Mo'minlarga shifo - Islomda!!!

Muallif Munira xonimBo'lim Islom

Javoblar: 12
Ko'rilgan: 13564
So'nggi javob 13 Avgust 2007, 13:55:30
muallifi Munira xonim
Farzand.uz - Onalar va bo`lajak onalar uchun

Muallif farzand.uzBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 10
Ko'rilgan: 10813
So'nggi javob 27 Fevral 2008, 09:33:12
muallifi Robiya
Benikoh farzand

Muallif otash_2004Bo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 6958
So'nggi javob 25 Yanvar 2010, 16:04:13
muallifi Foniy
Islomda Moda, Modern,Styl.

Muallif saraton07Bo'lim Umumiy

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 6456
So'nggi javob 01 Iyul 2008, 00:47:06
muallifi saraton07
ISLOMDA oiladagi muomala

Muallif MahdiyahBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 46
Ko'rilgan: 26023
So'nggi javob 25 Oktyabr 2018, 11:58:46
muallifi MirzoMuhammad