Muallif Mavzu: Islomda farzand tarbiyasi  ( 90528 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Umayyah

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 27
  • Jins: Erkak
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #90 : 13 Aprel 2008, 09:22:28 »
Kecha bir dugonam ishlaydigan fotostudiyaga borgandim.
Bir qizaloq buvijoni bilan rasm tashlab ketishgan ekan.
O'shani olishga kelishdi.

Ketayotganlarida, buvijonisi 5 yoki 6 ysohlardagi nevarasiga "Opalarga nima deyish kerak?" deb qaradi.

Man hozir "Rahmat" desa kerak, deb o'ylagandim.
Chunki har doim shunaqa.

Lekin qizcha shirin so'zlari bilan "Olloh rozi bo'lsin!" deganida umuman boshqacha bo'lib ketdim.

Mana haqiqiy islomdagi tarbiya deb qo'ydim ichimda.


Haa  Chindan xam xozirda bundey tarbiyadagi
farzandlar afsuski juda xam kamayib bormoqda :(
Foydalanuvchi ban qilingan.

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #91 : 18 Aprel 2008, 16:58:38 »
     Farzand tarbiyasida aqlingizni ishlating (o’git bering), undan keyin qalbingizni ishlating (duo qiling), u ham foyda bermasa, qo’lingizni ishlating.

      Farzandini birovni yonida kamsitgan va jazolagan ota uni isyonchi va sevgidan mahrum qilib o’stiribdi.

     Farzand go’yo oq qog’ozga o’xshar. Uni yaxshi yozuvlar bilan to’ldirish esa ota-ona va ustozning vazifasidir.

     Farzand ta’minoti otadan, tarbiyasi onadan kutiladi.

“Hilol taqvimi” 2008/1429 (aprel-iyul)
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #92 : 18 Aprel 2008, 17:00:16 »
     Bolani toza Islom fitratida o’stirish uchun ilk tadbir uni halol luqma bilan taomlantirmoqdir.

Imom G’azzoliy
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #93 : 18 Aprel 2008, 17:04:53 »
    Bolani yoshi o’ngga yaqinlashganda, nomahram ayollar yonida o’tirish mumkin emasligini anglat.

Sa’diy Sheroziy

     Bolalarning uyatchan bo’lishi, ularning kelajakda yaxshi fe’l-atvor sohibi bo’lishidan xushxabardir.

Imom G’azzoliy

     Bolani kichkinaligida bilim ber, yaxshi ishlari uchun mukofotla, yomonlarini yomonligini tushuntir.

Sa’diy Sheroziy
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

otash_2004

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 13
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #94 : 22 Aprel 2008, 22:20:03 »
Assalamu alaykum!
Juda ham chiroyli mavzuni tanlabsiz.
Alloh Sizdan rozi bo'lsin!
Hammamizga Olloh farzand ne'matini nasib qilsin Inshaolloh va kimga nasib qilgan bulsa uni tabiya qilishda Ollohning uzi yul kursatsin.

saraton07

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 175
  • Jins: Erkak
  • Ollohim,hech kimni ayirma muhabbatingdan!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #95 : 27 May 2008, 01:12:26 »
Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu azizlar.
 
Farzand tarbiyasi Islomda eng yuqori o'rinda turuvchi masalalar sirasiga kiruvchi masala  hisoblanadi.
 Imomi A'zam hazratlarinig tug'ilishlari va bolalikdagi Qur'oni Karimni yod olishlari to'g'risidagi rivoyatda  qanchalik farzand tarbiyasi nozikligi, har bir qilingan nojo'ya harakat farzand tarbiyasiga qanchalik o'z ta'sirini o'tkazishini ko'rishimiz mumkin.
 O'shanda hazrati Imomi A'zam janoblari  4 yoshda  bolib,Qur'oni Karimni 3 kunda yod olib,onalariga "Onajon, men qur'onni 3 kunda yod oldim " deb quvonganlarida, onalari "Bolam, otangiz bir vaqtlar bir tishlam olmani berizo tishlab qo'ymaganlarida,siz Qur'onni bir kunda yod olar edingiz " degan ekanlar.
 Endi yaxshilab e'tibor bering-a, bu rivoyatda qanchalik islomning  ziyrak va zukkoligi  ko'rsatilgan.
Hattoki, bir vaqtlar qilgan tariqday xatoyingiz,hali o'ylanmagan esayizda,kelajakda o'z kuchini hatto farzandizga o'tkazadi.Olloh qanchalar mukammal yaratgan-a  bu olamni. Har bir nafas hisobda, qoyil qolish kerak.
 Xo'sh,bugungi kunda biz nima qilib yuribmiz. Shu savolni har birimiz bir o'ylab ko'rsak,hoh yigit,hoh qiz bo'lsin.
ayniqsa ko'ngilxushlikni sevuvchi yoshlar.
Boramiz barga,deskotekaga. Araq ,pivoni hohlagancha ichamiz.
Hohlagancha haromga berilamiz.Keyin kelajakda bu ishlarning ko'pigi qozonda tepaga chiqqanda hayron bo'lamiz"Nega bunday bo'ldi,nega bunaqa bo'layapti" deb. astag'furulloh, ko'ramiz eshitamiz, ayuhannos soluvchilarni "E Xudo,man sanga nima qildim" deb.  Hech kim o'ylamaydiki"Man Ollohga rizosi uchun nima qildim" deb.
Bolalarimizni tug'ilgandan boshlab, unga Ollohdan hidoyat tilab,chin musulmon bo'lsin deguvchilar hozir kamdan-kam.
Hozir ko'pchilik,"Kotta bo'lsa,Hudo hohlasa boy bo'lsin,krutoy bo'lsin" deyishga odatlanganlar.
Endigina shirin tilchasi chiqqan o'g'ilchamizga so'kinishni hazil tariqasida o'rgatamiz,so'kishni shirin tilchalari bilan takrorlaganda hammamiz  dildan quvonamiz. Hamma emasu,aksariyat shunday. Nima qiliq bu,odamlar? Axir bu borib turgan razolatning boshiku.Undan ko'ra assalomni o'rgatsak bo'lmaydimi? Ko'chadan qaysidir tarbiyasizda so'kishni o'rganib kelsa urushsak yaxshimasmi? Toki uyda takrorlamasin,buni.Va qolgan tarbiyalar to'g'risida, aytmoqchimanki bugungi zamonimizda, aytarli  yaxshi holatlar juda kam. Oldin bizlarga ko'p va xo'p ertaklarni Bobomlar, momomlar so'zlab berib, vaqtimizni , diqqatimizni shunga tortardilar.Va qaysi qahramon yaxshiyu,qaysisi yovuz deb  musobaqachalar o'tkazishardi. Bundan bizga foyda edi. Qalbimizda ezgulikni gurkiratishga intilishgan o'shanda endi tushunsam. A hozir, ertak eshituvchi bola kamdan -kam. E   gapirsak gap ko'p, qolganlarniyam fikrlarini  o'qisak,yaxshi bo'lardi bu borada.
Qalbingiz  Ollohga  itoat  etsin.
Ollohnig  sevgisi barchaga   yetsin.

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #96 : 05 Noyabr 2008, 15:32:49 »
     â€œQiz asraguncha tuz asragan afzal” - deyishgan qadimgilar. NEGA? Chunki qiz bola shu qadar nozik hisoblanganki, u sal narsaga aynib ketishi mumkin! Top- toza oq sutga bir tomchi siyoh tomsa, qanchalik bulg’ansa, qiz bolaning tashqi ko’rinishining ochilib-sochilib ketishi ham shunchalik uning butun borlig’u nomusiga dog’ bo’lib tushadigandek. Biroq hozir gap qiz bola tugul, hatto o’g’il bolalarimizning kiyinish madaniyati to’g’risida emas. Balki qanday kiyinganidan, fe’l – atvorining kengu-torligidan qatiy nazar, ko’z o’ngimizda o’z-o’zicha shakllanib kelayotgan bu odam NIMA ESHITIB, NIMA KO’RIB ULG’AYAYOTGANI HAQIDA!!!
   Boshidan oq aytib qo’yaylik, qadrli ota-onalar, aziz va mo’tabar ustozlar, bizni kechirsinlaru, ammo tan olamy ilojimiz yo’q, hozirgi kunda farzandlarimiz tarbiyani bizdan emas, INTER-TELE-VIDEO atalmish “rahnamosi” dan olib yotgani bor gap! Bir qaraganda shunisi ham yaxshidek?! Ahir biz uzzi kun o’g’il-qizimizning tarbiyasi bilan shug’ullanadigan bo’lsak, bola-chaqani kim boqadi?! Shu boisdan ham biz charchab-horib ishdan kelamiz, bir luqma ovqatimizni naridan-beri yeymiz, so’ng to’ygami, tug’ilgan kungami yoki boshqa bir tirikchiligimizga otlanamiz. “Bolam, salom”, “Bolam, hayr”, “Pul kerakmi? Ma, ol bolam”, “O’tgan yilgi paltoing kaltayib qoldimi? Mayli, yanagi maoshdan yangisini olamiz!”, “Maktabga borayapsanmi o’zi? Ha, barakalla!”, “Novvosga qaradingmi?”, “Uyni yig’ishtirdingmi?” va haokazo… Va bo’ldi… Shu!!! Bolamiz bilan bo’ladigan eng uzoq va mazmunli suhbatimizning mohiyati faqat shulardangina iborat halos???
   INTER-TELE-VIDEO esa uning ham otasi, ham onasi, opasi, dugonasi, do’sti, tarbiyachisi bo’lib qolganini shundan keyin ham tan olamy ko’ringchi? Ammo bu do’stning shu yoshga kirib, ba’zan mahramimizga ham aytolmaymiz… Masalan, yetti yoshdagi qizaloqlar, ayol kishi boshi aylanib behol bo’la boshladimi, bu homiladorlikdan nishona ekanligini qayerdan biladi? Besh yoshdagi bolakay esa, chaqaloqlarni kasalhonadan olib kelishmaydi, ularni ayalari huddi mushuklarga, bo’ri yoki tulkilarga o’hshab tug’ishiyu, katta bolalarni esa chaqaloqni sotib oldik deb aldashlarini, har holda o’zimiz yonimizga o’tirg’izib, erinmay batafsil tushuntirmagandurmiz, yohud bu haqda ularga bog’cha opasi mahsus mashg’ulot o’tib berib gapirmagandur?
   Bir tanishimning qizi oddiy maktabdan nufuzli gimnaziyaga o’qishga qatnay boshladi. Eh, qizlar, qizlar!!! Ular hoh 7 yoshda bo’lsin, hoh 17 da gaplashadigan mavzulari moda yoki kiyim kechakdan iborat bo’ladi. Nima gap o’tsa-o’tganki, yangi kelgan qizaloq dugonalari bilan gurunglasha turib, hali umrida “topik” yani, qorinning tepasidan keladigan maykacha, kiyib ko’rmaganini aytib qoladi. Qizlar piqirlashib kulishgan. “Vay, seni qarayu! Kindigi ochilmagan qiz!” deb, uni mazah qilishgan. Buni qarangki bu gaplar qizaloqqa og’ir botadi. Go’yoki kindigini ochib yurmaslik uyatdek. Ho’rligi kelib, ota-onasini yozg’iradi, “Mana sizlarni tartib-qoidalaringizni deb o’rtoqlarimga kalaka bo’ldim!”. Ha bu ne gapki, endilikda bor yo’g’I nisbatan AHLOQLI BO’LISH ham ayb hisoblansayu, jamoa undaylarni ustidan kulsa, yanayam aniqrog’I, kiym kiyishdagi oddiy me’yorlikni tabiiy qabul qila olmasalar. Ha, bolalarning ko’zi tugul kindigi ham ochilib ketgani endi yangilik emas. Ular maktab dasturidan to’rt qator she’rni bilmasliklari mumkin, ammo har bir be’mani reklama roliklarini to’tiqushday yoddan takrorlaydilar. “Keltirdingmi? Ha shef!”, “Sizni prostata, adenoma bezovta qilyaptimi?”, “Leykers bilan gazni bos!”, “Yahshi ko’rasanmi Jek?” va hokazo…
   Homiladorlikdan saqlovchi vositalar reklamasi berilayotgan, sizku “Eyyy, bolam baribir hech narsani tushunmaydiku” deb hotirjam o’tiraverasiz, ammo bolalar bir-biriga zimdan ko’z urishtirib puqr-piqr kulishadi. Bizning AHMOQLIGIMIZ ustidanmi, yoki o’zlarinig AQLLI bo’lib ketganliklaridanmi, bilmaymiz? Bular hali holvasi…

Hayrulla Hamidovning mulohazalaridan olingan.
(davomi bor, inshaAlloh....)
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #97 : 08 Yanvar 2009, 02:12:02 »
Sirdoshim — qizim, eshit...



Muallif: Baxtiyor Muhammadamin
Hajmi: 272 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

hamdam

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 2
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #98 : 12 Yanvar 2009, 13:12:37 »
Forumdoshlar sizlarga savol:
Farzandni qanday tarbiya qilgan ma'qul?
Tarbiyani qachondan boshlash zarur?
Farzand tarbiyasida kim asosiy o'rin egallaydi otami yoki ona?


Bolajoningizni tarbiya yoli juda ko'p amma agar Islomiy Ravishda tarbiya qilmoqchi bo'lsangiz Buyerni bosing!

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #99 : 22 Yanvar 2009, 13:55:08 »
:as:

(davomi...)
      Bunday kinofilmlar tabiiyki asosan detektiv yoki triller janrida bo’lib undagi so’z va jumlalar ham shunga yarasha kriminal ibora va jargonlardan iborat bo’ladi. Ayrim shunaqa filmlar borki, ularning originalligini saqlash maqsadida rus tiliga qilingan tarjimalarda deyarli har bir so’zni orasida o’rischa so’kishning takrorlanib turishi, ingliz tilidan sinhron tarjima qilingan filmlarda esa, istaymizmi yo’qmi, “fuck of” jumlasi ham tez-tez quloqqa chalinib qolishi tabiiy hol. Balki yod tildagi so’kish so’zlari o’zimizning “hey onangni” chalik qo’pol eshtilmas, ammo shunisi borki aynan o’sha inglizlarning o’zida “fuck of” jumlasini tele yoki kinoda personajlar tilidan qo’llanilishiga nisbatan juda qattiq chora ko’riladi. Masalan, bir paytlar mashxur “Shamollarda qolgan hislarim” filmidagi “la’nati”- “dumn” degan birgina so’zning ketib qolgani uchun ham, film ijodkorlari javobgarlikka tortilgan ekan. To’g’ri o’sha davrlardan buyon ko’p vaqt o’tib ketgan bo’lsa-da, ammo hali hamon g’arbda 70-yillardan keyingi vaziyat bir oz yumshaganning o’ziyoq, amerika filmlarining shu darajaga olib borib qo’yganki, kino qahramonlar tilidan chiqadigan so’kinishlarni tushunsa bormi, Toshpo’lat tajangning ham uyatdan lavlagisi chiqib ketardi!!!
       Ammo shunisi e’tiborliki naqadar “demokratlashib” ketganiga qaramay Amerika Qo’shma Shtatlarida bolalar uchun chiqariladigan filmlardagi so’z senzurasi nihoyatda qattiq olib boriladi. Birgina “Indiana Jons” yoki “Garri Potter” filmlarining misol tariqasida ko’rib o’tadigan bo’lsak, u yerda hattoki “shet” ya’ni “ahlat” jumlasi ham ishlatilmatdi. Faxshu razolat avjiga chiqqan shu mamlakatda ham senzuradan tashqari so’zlarni ishlatish, tananing yalang’och qismini ko’rsatish, zo’ravonlik va narkotik vositalarini iste’mol qilish mavzusini namoyish qilish, qat’iyan taqiqlangan. Kim bo’lishidan qat’iy nazar, bu qonun-qoidani buzgan kishi katta miqdorda jarima to’lashi va hattoki jinoiy javobgarlikka tortilishi ham shubhasizdir. To’g’ri, bu sehrli atalmish o’lkadagi g’irrom tuzmning o’ziga hos nayrangbozchiligi bo’lishi mumkindir, ammo shunga qaramay bolalar masalasida chegaradan chiqib ketish, ya’ni bolalar adabiyotlari, filmlari, ko’rsatuvlari shuningdek adabiyotlar, multfilmlarda ahloqqa zid jumlalarning ishlatilishi yoki g’ayritarbiyaviy ko’rinishlarning namoyish etilishini qat’iyan taqiqlovchi qonunning baribir borligi ijobiy hol emasmi?(!)
            Endi birgina rossiya kanali orqali namoyish etilayotgan “Brigada” filmining takrori kunduzgi vaqtda ko’rsatilishiga nima deysiz??? Yalang’och xotinlaru, kakain hidlayotgan bangilarmi, bularning bari-barini rus tengdoshlari qatori BIZNING BOLALAR ham ko’rib yotishibdi. Yo’ldoshli antenna orqali namoyish etiladigan film  va ko’rsatuvlarning aksariyati shu va shunga o’xhsash filmlardan iborat bo’lgandan keyin bizning o’zbek tijorat kanallari ham tomoshabin reytingini oshirish uchun qo’shiq emas qiypanglashdan iborat kliplarni aylantirishni avjiga olidirib yuborgandan ajablanmasa ham bo’ladi. Qolaversa, sobiq tuzim davrida Estradaning unchalik taraqqiy etmagani sabab ko’pchilik “Modern Talkin”, “Abba”, “Bone-M” larni eshitib o’sgan va tabiiyki ularning bironta ham so’ziga tushinishmagan. Aslida esa jahonga mashxur  bunday guruhlarning aytayotgan ashulalarida ham ma’no mazmunning o’zi bo’lmagan. Chunki g’arbda eng muhimi ohang hisoblangan. Biroq hozirda ingliz tilini sizu bizdan ko’ra yaxshiroq o’zlashtirib bo’layotgan bolalarimiz bilishmaydiku. Ammo koshki ular hech qurisa, o’z ona tilida yangrayotgan qo’shiqlarda ham tuturuqli jumlalar eshitayotgan bo’lishsa edi. Ahir bizning estradamiz ham g’arb san’atiga qarab yurib emas, naq yugurib ketmoqda. Shuning uchun ham farzandlarimizdagi ko’rish, anglash, tushunish kabi hissiyotlar arzon garovga, pala-partishiga qabul qilishga aylanib qolgan.
        Bundan bir necha yil ilgari kinoekranlarimizda “Ramayana” filmi namoyish etilganda kichik yoshdagi barcha bolalar paykon otishga berilib ketgani kabi, hozir osmir yoshdagi o’g’il bolalar o’z imijini Shoxruh yoki Shoxruhhon yoki Shaxriyorga o’xshatishga urunishadi. Birinchi sinif qizaloqlarning katta tanaffus vaqtida oyijonlari shosha-pisha nonlariga bir bo’lak saryog’ surib, tayyorlab bergan butterbrodlarini kavshay turib, qizg’in ravishda muhokama qiladigan mavzusi ham shunga o’xshash: “Zerda honimning bolasi tug’iladimi, yo’qmi?”, “Esma Salimga tegadimi? Demirgami?”, “Manga Kechalar qo’shig’I yoqadi, sangachi?” va hokazo…
MANA SHUNAQA RUHDA O’SIB BORMOQDA QIZLARIMIZ, VOYAGA YETMOQDA O’G’ILLARIMIZ!!!
             Kuni kecha yosh bir san’atkorning yangi qo’shig’ining klipi namoyish etildi. Qo’shiqku tuppa tuzuk, ammo klipdagi voqeani ko’rin-a! Er va xotin so’rida o’tirishibdi, 15-16 yoshlardagi qizi ularga choy olib kelib, quyib ketadi. Ona: “Dadasi mana qizimizning ham bo’yi yetib qolibdi” deydi, hey beysiz… Ota ham bir oz jim qolib javob beryapti eshiting (!) : “Ha, o’zim ham anchadan beri sezib yuribman!”. Tavba, hech zamonda ota-ona qizining yetilib qolgani haqida ham shunaqa ohangda gaplashadimi? Hop, ana qizining masalasi to’g’risida  shu tarzda o’z fikrini bildiradigan ota-onalar ham bordir, ammo ularning televideniye orqali ibrat qilib ko’rsatadigan qanday jihati bor? Ota bo’lmishning tavshanib, qizning yetilib qolganiga anchadan beri zimdan nazar solib yurganini xotiniga aytib o’tirishi kishida allaqanday shilimshiq bir his uyg’otmatdimi? Va eng qizig’I nihoyat klipda qo’shiq yangragach boshlanadi, “Bo’yi yetib qo’shni qiz…” degan jumlalardan keyin, bo’yi yetgan qo’shni qizning devoridan bir bo’z yigit o’g’riday mo’ralaydi. Bir yigitki naq, 30 yoshning nari berisida, darhaqiqat yetilib pishib ham bo’lgan. Bu klipmi, maynavozchilikmi yoki milliy o’ziga hosliklarning beo’xshov karikaturasimi bilolmaymiz?! Shukur qilasiz, “Harna yarim yalang’och bo’lib qiypanglashmayaptiku!” deb.
     So’zni muhtasar etadigan bo’lsak, jazavaga tushib baqirish-chaqirish ojizlarning ishidir. Lekin yuqorida aytilganlarning barchasiga jimgina qarab turaverish ham to’g’ri EMAS!!! Biz demakratik davlatda yashayapmiz, ammo masalan Rossiyaga Iroq demokratiyasi kerak emas ekan, nega biz televideniyamizda boshqa davlatlarning demokratiyasi hazim qiladigan g’oyalarni jimgina yeb kelaverishimiz kerak? Shu bilan “Jahon kino va tele sanoatida mavjud dasturlar va filmlarning berib borilishi taqiqlansin!” demoqchi emasmiz. Aksincha ko’pgina sifatli chet el filmlari o’zining ahloqiy-tarbiyaviy jihatlari bilan bizga na’muna bo’lishga ham arziydi. Biroq o’zbek tomoshabini, qolaversa ekranlarga termulib o’sayotgan farzandlarimizning didi qachon va qay tarzda shakllanishidagi muhim bir lahzani qo’ldan boy berib qo’ymaslig uchun NIMA QILMOQ KERAK? Javob tayyor!!! Albatta, ekaran mahsulotlarining sifatlilarini o’zimiz ishlab chiqarishimiz va namoyish etishimiz kerak. Biroq sifat har doim ko’p vaqt  va katta pul talab etib qoladi-da. Ho’sh nima bo’pti? Ahir davlat ta’minoti shuning uchun ham mavjud emasmi? Qolaversa ishonchimiz komil-ki, O’zbekistonda tafakkur saviyasi yuqori odamlar juda ko’p. Biz ishonamizki ular sizu bizga o’xshab qizimiz kindigi haligacha ochilmaganidan o’kinib kelishidan oldin-da, millat tashvishini chekishni boshlashadi. BIZ BUNGA ISHONAMIZ!

Hayrulla Hamidovning "Xolislik sari" dasturidan olingan
« So'nggi tahrir: 22 Yanvar 2009, 14:01:32 muallifi Ðœuslimа »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #100 : 06 Mart 2009, 16:56:45 »
:as:

 :bs1:

Киши бир вақтнинг ўзида толиби илм, обид, ишчи, ҳунарманд, давлат арбоби, катта сармоядор ва шунинг билан бирга олим ҳам бўлиши мумкин экан. Шуни қайта таъкидлаш ўринлики, динимиз илмга ундайди. Бу ҳаммага маълум, ойдек равшан, исбот талаб қилинмайдиган ҳақиқатдир. «Ð”ин илмга қарши» деганлари уйдирма гап, асоссиздир. У гапга лаққа тушиб ишониш эса, поезд билан кема бир-бирига қарама-қарши келиб Ñ‚Ñžқнашиб кетибди, дейилган хабарга лаққа тушишдек гап. Шу каби, Ислом билан илмнинг бир бирига қарши бўлиши асло мумкин эмас. Ислом манфаатсиз — инсониятга фойдаси тегмайдиган илмга қаршидир.

Олийгоҳга кира олмай, Ñžқишни йиғиштириб қўйиш оқилона тадбир эмаслигини англаётганингиз чоғида, сизни шонли тарихимизга саёҳат қилишга чорлаймиз. Вазиятдан фойдаланиб, кириб келган 2009 йилда нималарга кўпроқ эътибор қаратишимиз зарурлигини ақлан ўрганишга киришамиз. Энг асосий масалалардан бири ота-онани ҳурмат қилиш, уларнинг буйруқларига «Ð»Ð°Ð±Ð±Ð°Ð¹» деб жавоб бериш ва ҳоказоларни ўрганиш асносида ўтмишнинг ёп-ёруғ ва кир-чиркин ҳудудларига ҳам қадам ранжида айлаймиз.

БИР ИЛОҲИЙ ФАРМОНГА БЕШ ХИЛ ЖАВОБ

Икки табаррук инсонга оқ бўлиш маъносини уламолар қуйидагича изоҳлайдилар.

Айрим олимлар: «ÐžÑ‚а-онага Ñžқрайиб қараш, беадабона тик боқиш — оқликдир», дейишса, айрим олимлар: «Ð¤Ð°Ñ€Ð·Ð°Ð½Ð´Ð½Ð¸Ð½Ð³ сўзи ота-онага қаттиқ ботиб, улар кўзидан қатра ёшнинг чиқмоғи — оқликдир», дейишади.

Расули Акрам соллаллоҳу алайҳи ва саллам марҳамат қилиб дедилар:

«Ð­Ð½Ð³ катта гуноҳ ҳақида хабар берайинми?! Энг катта гуноҳ — Аллоҳга ширк келтириш, сўнгра ота-онага оқ бўлиш, сўнгра ёлғон гувоҳлик беришдир!» (Бухорий ривояти).

Фарзандлар ота-онага яхшилик қилиш ёки қилмаслик борасида беш қисмга бўлинар экан.

 

БИРИНЧИ ҚИСМ

Ота-она ҳаётлигида ҳам, улар вафотидан кейин ҳам яхшилик қилгувчилар. Яъни ота-она тириклигида улардан яхшилигини аямайди. Молини, жонини, вақтини ота-онаси учун фидо қилади. Фикру зикри у иккиларини хурсанд қилиш ва уларнинг розилигини топиш бўлади.

Оғзидан чиққан энг ширин сўзлар ота-онаси учун... Энг тотли, тансиқ таомлар ота-онаси учун... Энг яхши кийимлар ота-онаси учун... Энг гўзал муомала улар учун... Уй тўриси ҳам, қалб тўриси ҳам улар учун!

Улар учун ҳар нарсага тайёр, елиб-югуради. Қандай қилсам иккисини шод қиламан, хушнуд қиламан, у иккиси мендан рози бўлишади, деб ўйлайди, изланади. Ўзи хафа бўлса ҳам, уларни хафа қилмайди, аксинча кулдиради. Ўзи киймаса ҳам уларни кийдиради, ўзи емаса ҳам уларни едиради. Ҳузурларида овозини кўтармайди, қовоқ солмайди, буйруқларига «Ð»Ð°Ð±Ð±Ð°Ð¹», деб жавоб беради. Уларни доим табассум билан қаршилайди. Улар ёнида «Ð£Ñ„» десам охиратим куяди, деган хавфда яшайди. Уларни ранжитишдан қўрқади. Касал бўлишса, тинмай Аллоҳга ёлвориб дуо қилади. Кучли дўхтирларга кўрсатади. Ота-онани қайғуга соладиган хабарларни уларга билдирмайди. Айниқса, ёш келинлар рўзғордаги камчиликлар, ҳар оилада топиладиган енгил гап-сўзларни ота-онасига ташимайди. Ҳикоя қилишларича, ота-онасини қаттиқ иззат-ҳурмат қиладиган ёш келинга эри жаҳл устида қўл кўтариб қўяди. Қиз йиғлаганича ичкари уйга кириб кетади. Шу пайт, тўсатдан, эшик тақиллайди. Йигит эшикни очади. Остонада икки қўли совға-саломга тўла қизнинг ота-онаси ҳамда акаси турарди. Ичкарида нима бўлганидан бехабар меҳмонлар кўтаринки кайфиятда уйга киришади. Ота-онаси келганидан хурсанд бўлган қиз улар истиқболига чиқади. Кўзлари қизариб кетган қизини кўрган она ҳеч истиҳола қилмай:

— Ҳа, нима бўлди, йиғладингми? — деб сўрайди.

Қиз ақллилик қилиб:

— Сизларни соғиниб йиғлаб ўтирган эдим, шукрким Худойимнинг ўзи сизларни етказди, — дейди.

— Соғинганингда Ñžғлимга айтсанг, дарров уйга олиб борадилар, шундайми Ñžғлим? — деб куёвга юзланади.

Қизнинг кўзидек юзлари қизариб ўтирган куёв шошиб-пишиб «Ҳа, шундай», — дейди.

— Йўқ, ўзимиз келамиз, — деб гапга аралашади ота.

Меҳмондорчилик сўнгида қайнота куёвга катта миқдорда пул узатиб: «ÐšÐ°Ð¼Ð»Ð°Ñ€Ð¸Ð½Ð³Ð³Ð° ишлатарсизлар», — дейди.

Оқила қизнинг гўзал тадбири билан катта-катта жанжаллар олди олинади. Ота-онасига меҳрибон бўлган қизнинг одобини кўрган йигитнинг хотинига бўлган муҳаббати янада ошади.

Мўмин ота-она ҳақини адо қиламан, деб бошқа ҳуқуқларни поймол қилмайди. Вафотларидан кейин ҳам айни ўша яхшиликда давом этади. Ота-онаси суйган кишиларга яхшилик қилиш, ота-она номидан савоб амаллар бажариш каби эзгу ишларни тўхтатмайди.

Абу Ҳурайра (Мадинанинг амири бўлганлар) ҳар куни эрталаб ишга кетаётганларида албатта, оналарининг ёнига кириб, ҳол-аҳвол сўраб, қуйидагича саломлашар эдилар: «ÐÑÑÐ°Ð»Ð¾Ð¼Ñƒ алайкум онажон, мени ёшлигимда раҳм-шафқат, меҳÑ€-муҳаббат билан ўстирганингиздек, Худованд сизни ҳам раҳм қилсин». Оналари Ñžғилнинг тонгги дуои саломига алик олиб: «ÐšÐµÐºÑÐ°Ð¹Ð³Ð°Ð½Ð¸Ð¼Ð´Ð° шунчалар раҳм-шафқатли, меҳрибон бўлганингиздек, Аллоҳ сизни ҳам раҳм қилсин», дер эканлар. Кеч кириб, ишдан қайтишларида ҳам айни шу ҳол такрорланарди.

Яна бир саҳобанинг онаси иш буюрса, онасининг паст чиққан овозини англамай «Ð½Ð¸Ð¼Ð° дедингиз?» деб қайта сўрашга ботинмас экан. Онаси кетгач, атрофдагилардан «Ð¾Ð½Ð°Ð¼ қандай иш буюрдилар?» деб сўраб олар экан.

 

ИККИНЧИ ҚИСМ

Ота-она тириклик пайтида уларга яхшилик қилмайди. Ота-она оламдан ўтгач боши деворга урилиб кўзи очилади. Ота-она қадрига улар ўлганидан кейин етади.

Ибн Жавзий ўтмишда бўлиб ўтган бир воқеани ҳикоя қилиб дейди:

«Ҳаж маҳалда бир солиҳ киши Каъба атрофида тавоф қилаётган ҳисобсиз ҳожиларни кўриб: «Ð±ÑƒÐ»Ð°Ñ€Ð´Ð°Ð½ қайси бирининг ҳажи қабул бўлди-ÑŽ, қайси бириники қабул бўлмади экан», деб хаёлидан ўтказибди. Кеч кириб бу одам уйқуга кетади. Тушида «Ñ„алончининг олдига бор, у ҳажи мақбуллардан», деган овозни эшитибди. Тушида номини эшитган кишини Макка бўйлаб қидара бошлайди. «Ð¡Ð¸Ð· излаётган киши ҳобгоҳда ётмайдилар. У кишини доим ибодатда топасиз», дейишди унга. Қидира-қидира, охири у кишини топибди. Салом аликдан кейин бор гапни унга айтиб беради. Маъюс ва маҳзун кўринган бу обид юзига табассум киради. Ва ўз қиссасини сўзлаб беради:

«Қирқ йилдан бери кўзимдан ёш тинмайди, йиғлаб ибодат қиламан, ҳар йили ҳажга эҳром боғлайман. Бунинг сабаби бор. Бундан 40 йил муқаддам рамазон ойида уйга маст бўлиб кириб келдим. Шунчалар кўп ичган эканманки, оёқда туролмай қолибман. Зўрға уйга етиб келдим. Нима деб валжираётганимни ўзим билмайман. Эшикни очиб ҳовлига кирдим. Хотиним нон ёпмоқчи бўлиб тандирга ўт қалаётган экан. Мени маст ҳолатда кўриб: «Ð²Ð¾Ð¹ шўрим, Рамазонда ҳам ичасизми?! Ичкари уйга киринг, қўни-қўшни кўрмасин, изза бўлмайлик», деб мени ичкарига тортди. Ғазабим келди. «Қўлингни торт! Йўқол кўзимдан!» деб бақирдим. У мени ичкарига киргизмоқчи бўлди. Мен уни ўлгудай дўппосладим. Қий-чувни эшитиб онам югуриб чиқди. Бошида намоз Ñžқиганда ўрайдиган катта рўмоли, қўлида тасбеҳ. Онам қариб кичкина бўлиб қолган эди. Ўзи озғин, рўза ичи янада озиб кетган. «Ð˜Ñ‡Ð´Ð¸Ð½Ð³Ð¼Ð¸, Рамазонда ҳам ичасанми?! Йўлдан урган ўртоқларинг ўлсин, Рамазонда кайф қилмай ўл,» деб қарғай кетди. «ÐŽÐ·Ð¸Ð½Ð³ ўл!» деб онамни шартта кўтариб ловиллаб ёнаётган тандир ичига отдим. Тандир оғзини беркитиб қўйдим. Хотинимни ичкари уйга қулфлаб қўйганман, онамни тандир ичига тиқиб юбордим, ўзимни эса уйқу элита бошлади. Эртасига уйғондим. Хотиним йиғлайвериб кўзи шишиб кетибди. Устига қора кийим кийиб олган.

— Тинчликми, нега йиғлаяпсан? Онам қанилар? — дедим.

— Онангизни қаердалигини билмайсизми?! — деди.

— Йўқ, билмайман. Онажоним қанилар? Ая, ҳув ая, — деб аям ўтирадиган уй томонга қараб бақирдим. Хаёлимда онам ичкаридан туриб, ҳозир болам, икки ракат суннат Ñžқиб олай чиқаман, дегандек бўлди.

— Кеча маст ҳолда келиб онажонимни тандирга ташладингиз-ку. Намозхоним, дуохонимни ўлдириб қўйдингиз-ку!!!

Юрагим уришдан тўхтагандек бўлди. «ÐÐ»ғон!» деб қичқириб юбордим. Онамнинг уйига чопдим. Жойнамози солиқ, Қуръони очиқ, демак онам шу ўртада. Узоққа кетса Қуръонни ёпиб кетади. «ÐÑ! Ая-ÑŽ!» дедим. Жавоб бўлмади. Тандир ёнига чопиб келдим. Не кўз билан кўрайки тандир остида онамнинг рўмоли ва тасбеҳи ётарди.

Ароқ инсонни не кўйларга солмайди-я?! Гоҳ шер бўлиб наъра тортасан, гоҳ қуш бўлиб сайрайсан, гоҳ маймундек сакрайсан, гоҳ тўнғиз, гоҳ... Хуллас, шакл ҳам, шамойил ҳам одамийликдан чиқиб кетади...

Шундан бери кўзимдан ёш тинмайди. 40 йил бўлдики, тавба-тазарру қиламан. Ҳажга бораман. Онам учун ҳаж қиламан, ҳақларига эрта-кеч дуо қилиб, истиғфорлар айтаман, онам номидан садақотлар бераман. Хуллас, онамга етадиган савоб йўлларини излайман».

 

УЧИНЧИ ТОИФА

Ота-она тириклигида яхшилик қилиб, улар оламдан ўтгач уларни унутиб юборувчилар. Ота-она ҳақига дуо қилмайди, яхшилик йўлларини изламайди. Хўжакўрсинга дастурхон ёзиб, ҳар куни бир қўйнинг калла-поччаси билан паққос туширадиган одамларни йиғиб уларга дастурхон ёзади. Буни «Ñ…айри-эҳсон» деб, ўзича савоб ҳам умид қилади.

 

ТЎРТИНЧИ ҚИСМ

Ота-онага яхшилик қилади, лекин миннату зарда билан қилган яхшилигини ювиб ташлайди. Улар ўлгач қабрлари устини бетонлаб, мармар тош билан безатиб қўяди ва буни ўз ёнидан қилдирганини билдириб «Ð¤Ð°Ñ€Ð·Ð°Ð½Ð´Ð»Ð°Ñ€Ð¸Ð´Ð°Ð½ ёдгорлик», деб катта ҳарфлар билан ўйиб ёзиб қўяди. Шу билан ота-онага бўлган яхшиликка якун ясалади. Ҳушига келиб қолса йилда икки марта ҳайит кунлари бир-бир эслаб қўяди, бўлмаса йўқ. Солиҳ фарзандлардек беш маҳал намозда Аллоҳ таолога ёлвориб дуо қилмайди.

 

БЕШИНЧИ ҚИСМ

Ота-онага тириклигида ҳам, ўликлигида ҳам яхшилик қилмайдиганлар. Бундайлар ўз ўзини маҳв қилган шўролар даврида, динсизлик авжига чиққан пайтда жуда кўпайиб кетди. Натижада «Қариялар уйи» деган мудҳиш жойлар пайдо бўлди. Ташидан яхшига ўхшаган бу жойлар аслида хаста жамиятнинг яраси эди.

Кўрганларнинг айтишича, бир киши «Қариялар уйи»Ð³Ð° тўрт дона иссиқ нон кўтариб зиёрат учун келади. Хонани иссиқ кунжутли ноннинг ҳиди тутиб кетади. Нон ҳидидан жунбушга келган қариялар каравотларни ғичирлатиб, шоша-пиша ўринларидан тура бошлашади. Улар худди уруш давридагидек нонни талаша кетишди. Зиёратчи нима қиларини билмай эсанкираб қолади. Шунда хона бурчагидаги каравотда ўз ўрнидан туролмаётган бир қария ёш болалардек йиғлайди: «Ð‘арака топгурлар, менга ҳам бир бурда олиб қўйинглар. Менга бир бурда бўлса кифоя, ҳой яхшилар оғзим тегиб қолсин...»

Бақир-чақир ичида чолнинг хириллаб чиққан паст овози эишитилмайди. Эшитилган тақдирда ҳам унга нон олиб қўйишнинг сира иложи йўқ эди.

Сарваримиз Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам Парвардигордан сўраб дуо қилар эдилар: «ÐÐ»Ð»Ð¾ҳим, менга беражак ризқингнинг энг кенги ва мўлини кексайганимда Ñ‘ умрим охирида қилгин».

Охират сафарига астойдил тайёргарлик кўриладиган пайтда нонга, уй-жойга муҳтож бўлишдек ёмон нарса бўлмаса керак. Кексайганда беш маҳал масжидга қатнаш ўрнига ризқ кўйида кўчаларда сарсон кезишдек аянчли ҳол борми?! Пешонани хотиржам саждага қўйиб, узоқ-узоқ дуо ва зикр қилиш ўрнига, бозорда: «ÐšÐµÐ± қолинг! Оп қолинг!» — дея бақириб, кунни кеч қилишдан кўра каттароқ зиён бормикан?

Аллоҳ ўзи асрасин, бандасига муҳтож қилмасин!

Оламдан эрта кўз юмган оналар қабри узра айтилган сўзлар

Маълумки, ўлим далил-исбот талаб қилмайдиган ҳақиқатлардандир. Тонгда чиққан қуёш, шомда ботиши қанчалар ҳақиқат бўлса, дунёга келган инсоннинг дунёдан кетиши шунчалар ойдин ҳақиқатдир.
« So'nggi tahrir: 06 Mart 2009, 17:00:32 muallifi Muslimaa »
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #101 : 06 Mart 2009, 17:03:19 »

Юқорида ота-онага яхшилик борасида фарзандларни беш қисмга бўлган эдик. Ёшгина оналаридан эрта айрилган гўдаклар қисмати ҳам асосан беш қисмга бўлинар экан. Бу дарсда, кечагина онаси қучоғида эркаланиб, она алласи билан ухлаб, она қўлидан иссиқ кулча нонлар еб, бугун ёш, гўзал онасидан айрилган оламдаги турли хил гўдакларнинг онаси қабри устида айтган сўзларига қулоқ тутамиз. Агарчи бу дил сўзларини болалар жажжи тили билан айтолмаса-да, забони ҳоли билан, кўзида ёши билан баралла айтмоқда.

БИРИНЧИ ҚИСМ БОЛАЛАР

Ассалому алайкум, онажон.

Ассалому алайкум, меҳрибоним.

Тириклигингизда салом бериб тўя олмадим. Вафотингиздан сўнг саломимни қанда қилмайман. Аллоҳ қабрингизни жаннат боғчаларидан қилсин. Кенг, мунаввар қилсин. Қабр азобидан, қабр фитнасидан ўзи сақласин. Жаннатга беҳисоб, беазоб киргизсин.

Розиман, бўлинг ризо,

Худо сиздан бўлсин ризо,

Равзада ором олинг

то келгунча явмул жазо.

Кун келиб мен ҳам борурман

ёнингизга ошиқиб,

Иймон билан йўлиқмоқдир

мендаги ёлғиз сазо.

Онажон! Оқ ювиб оқ тарардингиз. Жуда ғамхўр, ширинсўз, меҳрибон эдингиз. Ўйнатиб кулдирардингиз, алла айтиб ухлатардингиз. Ўзингиз қийналсангиз ҳам бизни қийнашни истамас эдингиз.

Ўзингизни, сўзингизни жуда-жуда соғиниб, қўмсаймиз. Дадамизнинг жон ҳолига қўймай ҳар куни «Ð°ÑÐ¼ қачон келадилар?» деяверамиз. Синглим ҳам доим «Ð°ÑÐ¼, аям» деб йиғлайди. Бечора дадам аввалида бир нарсалар деб бизларни овутди, кейин эса «Ð°ÑÐ½Ð³Ð¸Ð· келолмайдилар, аянгиз ёнига биз борамиз», дедилар. Ҳамиша «Ð°ÑÐ½Ð³Ð½Ð¸ дуо қил» деб эслатиб турадилар.

Ўзлари сиздан кейин маъюс, маҳзун бўлиб қолдилар. Ошхонага кириб ҳам, уйингизга қараб ҳам йиғлайдилар. Мен дадамни кучли, қўрқмас ботир деб билардим. Сиздан кейин ёш боладек йиғлоқи бўлиб қолдилар. Аввал йиғлаганларини кўрмаган эканман.

Аяжон! Катта бўлсам китоблар ёзиб савобини сизга бағишлайман. Номингиздан яхши ишлар қиламан. Сиз ором олиб ётинг, онажон. Биздан хавотир олманг. Дадам янада меҳрибон бўлиб қолган. Бизни урушмайди, сизни кўп ёдлайди. Кўп дуо қилади.

 

ИККИНЧИ ҚИСМ БОЛАЛАР

Аяжон, бизни ташлаб қаёққа кетдингиз?! Кўзимизни жиққа ёшга тўлдириб қаён кетдингиз?! Сиз кўмилдингизу, сиз билан бирга меҳрингиз ҳам кўмилди. Сиздан жудо бўлганимиздан кейин ширин сўз, Ñ‘қимли алла, тоза кийим, тотли таомдан ҳам жудо бўлдик. Кўйлагим озгина кир бўлса, дарров тозасини кийгизиб қўяр эдингиз, ҳозир кўйлагимнинг кирлигидан ўртоқларим устимдан куладиган бўлган. Ноилож ўзим кир ювишни ўргандим.

Сиздан кейин уйимизга бошқа бир хотин келди. Кичкина Ñžғли ҳам бор экан. Келганининг эртасига сиз суядиган тувакдаги гулларни олиб чиқиб ахлатга ташлаб юборди.

— Хола, бу гулга аям ҳар куни сув қуяр эдилар. Аяжоним бу гулни яхши кўрар эдилар. Ахлатга ташламанг, — дедим.

— Аяжонингиз яхши кўрган бўлсалар, мен ёмон кўраман, тушундингизми? Бу уйда аянгиз эмас, мен хўжайинман, — деди.

Дадамга қарадим. Дадам юзини олиб қочди. Эртаси куни қарасам, сиз суйиб киядиган кўйлагингизни олиб, пақирга солди. Аям кирни бу пақирда ювмасдилар, дегани қўрқдим. Нима қиларкан, деб кутдим. Пақирга сув тўлдириб синглимга берди.

— Фотима! Мана бу латтани олиб ошхонанинг полини ювиб чиқ, — деб буюрди.

— Бу латта эмас, аяжонимни кўйлаги. Фотима пол ювишни билмайди, у ҳали кичик, мен пол юваман, — дедим.

— Ҳув тирранча, кўп валдирама! Сенга ҳали бошқа иш бор. Аянгни кўйлаги поллаттадан бошқа нарсага ярамайди, — деб кўйлагингизни сувга ботириб-ботириб Фотиманинг олдига отди.

— Тезроқ бўл, бўлмаса кечаги калтакдан яна ейсан, — деди.

Кейин билсам, кеча Фотимани роса урган экан. Фотима қўрқоқ бўлиб қолган. Ўлганингиздан кейин кулгани йўқ. Ўлганингиздан бери унинг сочини ҳеч ким тузукроқ ювганини билмайман.

Фотима ошхонани полини арта бошлади. Мен ҳовли супуришга тушдим. Авваллари сизга кўмак бермаганимни ўйлаб, юрагим эзилиб кетди. Эшик очилиб дадам кириб келди. Қўлида сумка бор эди. Ҳалиги хотин тиржайиб келиб дадамнинг кўлидан сумкасини олди. Ҳаммалари сиз ўтирадиган уйга кириб кетишди. Сиздан кейин у уйга биз кирганимиз йўқ. Фотиманинг каравотида ҳалиги хотиннинг боласи ётади. Фотима эса мен билан.

Бир оз муддатдан кейин уй ичидан кулги овозлари эшитилди. Узоқ кулгидан кейин ҳалиги хотиннинг Ñžғли ичкаридан чиқди. Бир қўлида «Ð¼Ð°Ñ€Ð¾Ð¶Ð½Ð¸Ð¹» иккинчи қўлида «Ð¿ÐµÑ‡ÐµÐ½ÑŒÐµ». Фотимага қарадим. Энгашиб пол ювяпти.

Сиз доим: «Ð¼Ð°Ð½Ð° буни еб олсанг полвон бўласан», деб овқат едирар эдингиз. Фотимани ёнгинангизга ўтирғизиб овқатлантирардингиз. Ҳозир Фотима иккимиз алоҳида ўтирамиз. Дадам, янги хотин ва унинг Ñžғли алоҳида ўтиришади.

Аяжон, қачон қайтасиз?! Аяжон қачон бизни олиб кетасиз?!

УЧИНЧИ ҚИСМ БОЛАЛАР

Бу ҳодиса учига найзасимон учли темир ўрнатилган халачўпдек узун таёқчага қон рангли байроқ боғлаган шўролар даврида бўлиб ўтган. Тарихимизнинг энг кир, ўта қоронғи-зимистон кунларида бўлиб ўтган бу аянчли ҳодисани бир хонадон эмас, балки минглаб хонадонлар ўз бошидан кечирган...

1933-йиллар. Ёшгина муслима аёл тўртинчи фарзандини туғаётиб оламдан ўтади. Аёл ўлганининг эртасига эрини ҳибсга олишади. Уйда тўрт фарзанд ёлғиз қолади. Энг каттаси балоғатга етмаган 11 яшар, энг кичиги сутдан чиқмаган. Дунёга келганига атиги икки-уч кун бўлган холос. Она вафотининг ўттизинчи куни бола она қабри устида кўз ёш тўкиб дерди:

«ÐžÐ½Ð°Ð¶Ð¾Ð½, Аллоҳ сизни раҳмат қилсин. Жойингиз жаннатда бўлсин. Биз... биз яхшимиз...

Сиздан кейин дадамни бир неча киши келиб, қўлини боғлаб олиб чиқиб кетишди. Шу пайтгача дараги йўқ. Уйда егулик нарса қолмаган экан, сигирни соғиб укаларимга ичиряпман. Қўшнилар бир-икки кун овқат бериб туришди, мазза қилдик. Кейин бермай қўйишди. Бир ойдан бери фақат сут ичамиз. Биздан ҳеч ким хабар олмайди. Қишлоқдагиларнинг айтишича, дадамни олиб кетган одамлар тоғаларимни ҳам олиб кетишибди. Амакиларим эса йўқ эмиш.

Ҳаво жуда совуқ. Яхшиямки уйимизда ўтин кўп экан, шуни Ñ‘қиб исинамиз. Қорнимиз жуда-жуда очиб кетди. Укаларим сутдан безиб қолди. Қариндошларнинг уйига укаларимни етаклаб бордим. Улар овқат еб ўтиришган экан. Киришимиз билан овқатни яшириб қўйишди. Сандал устидаги овқатни остига тиқиб қўйишди. Биз нима бўлаётганига тушунмай ўтиравердик. Овқатнинг ҳиди уйни тутиб кетган эди. Укаларим «Ð½Ð¾Ð½, овқат» деб йиғлай бошлади. Қариндошларимиз овқат берармикан, дея кутиб ўтирдим. Беришмади. Укаларимнинг йиғиси кўтарилди. Шунда қариндошимиз: «ÑƒÐ¹Ð¸Ð¼Ð¸Ð·Ð³Ð° кетамиз, деб йиғлаяпти шекилли, уйларингга бора қолинглар», деди. Ноилож чиқиб кетдик. Уйга келсак дарвоза ланг очиқ. Суюниб кетдим. «Ð”адам келибди!» деб бақириб юборибман. Шунда қўшнимизнинг шум Ñžғли «Ð´Ð°Ð´Ð°Ð½Ð³ аянгни ёнига кетибди, кеча дадам шундай деди», деб қолди. «ÐÐ°Ñ„асинг қурсин», деб ичкарига кирдим. Не кўз билан кўрайки сигиримиз жойида йўқ. Уйдаги ўтинлар ҳам йўқ. Қўшниларникига кирмоқчи бўлиб эшик қоқдим, ҳеч ким эшикни очмади. Қайга боришни билмай укаларимни етаклаб сизнинг ёнингизга келдик. Онажон, нима қилай, айтинг...»
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #102 : 06 Mart 2009, 17:06:16 »

ТЎРТИНЧИ ҚИСМ БОЛАЛАР

Бу воқеа Андалусда бўлиб ўтган.

Тўқсон йил атрофида ҳукм сурган умавийлар давлати қулаб, ўрнига аббосийлар давлати ўрнатилган даврда, Андалусда умавийлардан тирик қолган амирлар катта исломий давлат барпо қилишади. Саккиз юз йил атрофида Андалусда Ислом гуллаб яшнайди. Тарқоқлик, ички низолар ва бошқа сабабларга кўра 800 йил гуркираган етук давлат парчаланади. Охирги қулаган шаҳар Ғорната шаҳридир. Андалус ҳозирда Испания ва Португалия давлатларини ўз ичига олган.

Андалусда христианлаштириш ишлари авж олади. Мусулмонлар аёвсиз қириб ташланади. Ҳикоя қилмоқчи бўлганимиз ўша мудҳиш даврда содир бўлиб ўтган. Воқеани ёш ўспирин йигит ҳикоя қилади:

«ÐžÐ½Ð°Ð¼Ð½Ð¸Ð½Ð³ кўзи ёриб Ñžғил туғди. Суюниб кетдим. Очиғини айтсам севинчим ичимга сиғмасди. Лекин онам ҳам, отам ҳам хурсанд эмас. Гўё уйимизда бола туғилмай, балки ўлганга ўхшаш ота-онам мотамсаро. Мен ҳеч нимага тушунмадим. Бола туғилган куни отам чақалоқни кичик бир уйчага олиб кириб кетди. Шу ёшга кириб ўша уйга кирганим йўқ. Ота-онам киришади холос, менга рухсат берилмайди. Бугун эса негадир чақалоқни ўша уйга олиб киришди. Кунлар ўтиб якшанба келди. Уйимизга черковдан поп келиб болани чўқинтирди. Ота-онам эса боягидек маъюс ва маҳзун.

Бир куни отам менга арзимаган бир гапни айтиб, «Ð±Ñƒ — сир, ҳеч кимга айтма, онанг ҳам билмасин», деб қолди. Эртаси куни онам мени ёнига чақириб «Ñžғлим, отанг нима деди?» деб қолди. Мен «Ð±Ñƒ — сир, ҳеч кимга айтмайман», дедим. Онам мендан гап олишга роса уринди. Мен отам сирини айтмадим. Шунда онам: «Ð¼ÐµÐ½Ð¸Ð½Ð³ ҳам сенга айтадиган гапим бор, ҳеч кимга айта кўрма, ҳатто отанг сўраса ҳам айтма», деб оддий бир гапни айтди. Онам сир, деб пичирлаб айтган гапи сирликка арзимайдиган оддий гап эди. Ноилож уни ҳам сир сақладим. Бу гал отам келиб онам менга айтган гапни билишни истади. Айтмадим. Кўп уринди, лекин мендан бир дона калима ололмади. Шунда онамни чақириб: «ÐžÐ½Ð°ÑÐ¸, Ñžғлинг сир сақлайдиган катта йигит бўлиб қолибди. Энди унга қўрқмай, бор гапни айтсак ҳам бўлаверади, — деб менга юзланди. — ÐŽғлим, онанг билан менинг сир айтиб, у сирни билишга уринишимиз сени синаш, имтиҳон қилиш эди. Шукурким, сир сақлайдиган мард йигит бўлибсан. Биз сенга ҳозир бошқа бир катта сирни айтмоқчимиз. Мен билан ÑŽÑ€», — деб мени бояги кичик уй томон бошлади. Наҳот мен ҳам шу уйга кираман-а, деб ўйладим. Уйга кирдик. Уй қоп-қоронғи эди. Отам чироқ Ñ‘қди. Менга узоқ тикилиб турди. Нималардир демоқчи бўлди, негадир гапирмади. Токчага бориб латтага ўралган бир нарса олди. Сўнг сўз бошлади:

«ÐŽғлим, биз христиан эмасмиз. Биз мусулмонмиз. Муҳаммад алайҳиссаломнинг умматимиз. Мана бу — муқаддас китоб Қуръони Карим», — деди.

Кейинчалик билсам, ота-онам бу уйга кириб намоз Ñžқир экан, Қуръон тиловат қилар экан. Укам туғилганда бу хонага киришининг сабаби, укамга ўша куни ўнг қулоғига азон чап қулоғига такбир айтишган экан. Отам сўзида давом этиб: «ÐŽғлим, амакингга қаттиқ итоат қил», деб тайинлади.

Эртаси мен мактабга келдим. Дарс пайти амаким келиб, мени чақирди.

— Жиян, ÑŽÑ€ кетдик, — деди шошилиб.

— Қаёққа?

— Сўрама, тезроқ бўл!

— Китобларимни олай.

— Йўқ, тезроқ олдимга туш.

Мен амаким билан шошиб соҳилга келдик ва кемага миндик. Мен шунда ҳайратланиб:

— Амаки, қаёққа кетаяпмиз? Аям-дадамдан изн сўрамайсизми? — дедим.

— Даданг «Ð°Ð¼Ð°ÐºÐ¸Ð½Ð³Ð³Ð° итоат қил», деб айтганми?

— Айтган.

— Бўлмаса, ҳар-хил савол бермай жим кет.

— Хўп бўлади.

Кема бизларни мен билмайдиган жойга ташлади. Кемадан тушганимиздан кейин амаким хўрсиниб гап бошлади:

— Укагинам, оғир бўл. Ота-онангни мусулмонлигини билиб қолишди, сабр қил. Отанг менга «Ñžғлимни олиб тезроқ қочинглар. Бизни энди тинч қўйишмайди», дегани учун сени шу ерга — мусулмонлар юртига олиб келдим.

Андалус қулагандан кейин мусулмонлиги аниқланган эркагу аёл ваҳшийларча ўлдирилар эди. Таҳқиқ йўллари эса кўп. Уйида ҳаммом бўлиши, жума куни чўмилиши, хатна қилиниши кабилар билан кишининг мўмин Ñ‘ мўмин эмаслиги аниқланар эди.

Қисса қаҳрамони ота-онаси қандай ўлдирилганидан бехабар. Қаерга кўмилганини ҳам билмайди. Аслида улар кўмилганми ёки йиртқич ҳайвонларга ем қилинганми, униси ҳам қоронғу. Чақалоқ тақдири номаълум. Йигит эса катта мусулмон олим бўлиб етишади.

 

БЕШИНЧИ ҚИСМ

Бу қисмдаги болалар ҳам ота-оналарини қаерга кўмилганини билишмайди. Ота-оналарининг тирик, ўлигидан бехабарлар. Оталари ким, оналари ким билишмайди. Бор-йўқ билганлари, оқ халатли тарбиячилар, қаттиққўл мудира, бахил завхозу баджаҳл қоровул. Яшайдиган уйлари тепасига «Ð‘олалар уйи», деб ёзиб қўйилган.

У бечоралар она ҳақига дуо қилишни ҳам, қарғаб, лаънат Ñžқишни ҳам билмайди. Етимлар улғайиб, қўли пул кўргач «Ð¾Ð½Ð°Ð»Ð°Ñ€» ҳам қайдандир пайдо бўлиб қолади. Осмондан тушганми, ердан чиққанми, буни билиш қийин.

Мана шунақа гаплар. Кейинги ҳафтага сиз азизлар учун бундан-да қизиқарли маълумотларни тўплашга киришамиз.

Умримизни сарҳисоб айлашдан қўймасин!

Хайрулло ҲАМИДОВ.
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

imlaah

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 179
  • -oldi: 320
  • Xabarlar: 184
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #103 : 31 Mart 2009, 02:56:29 »
Билмайман

 

Бисмиллаҳ вассолату вассаламу ала росулиллаҳ аммо баъд:

Азиз биродарлар биз бугунги суҳбатимизда аксар аҳли илмлар унутиб қўйган бир иборат ҳақида сўз юритмоқчимиз. Бу сўз ҳақида салафларимиз нима деганлар ва салаф уламолари уни қай даражада истеъмол қилганлар. Биз ишора қилмоқчи бўлган сўз бирон олим киши сўралган пайтида тез-тез ишлатиб туриши керак бўлган "БИЛМАЙМАН" калимасидир. Қани энди салафларимизнинг бу ҳақдаги сўзларига қулоқ тутайликчи.

Ибн Аббос розияллоҳу анҳумо дедилар: агар олим "БИЛМАЙМАН" ни тарк қилса ҳалокатига йўлиқибди. Алий ибн Ҳусайн ҳам шундай деган.

Шаъбий айтадилар: "БИЛМАЙМАН" илмнинг ярми.

Алий ибн Аби Толиб розияллоҳу анҳунинг сўзлари будир: "билмаган нарсаси ҳақида "Аллоҳу аъламу" демоқлик кишининг илмига далолат қилади. Чунки Аллоҳ азза ва жалла пайғамбари соллаллоҳу алайҳи ва салламга хитоб қилиб деди: "(Эй Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва саллам уларга) айтинг: Мен (Қуръонни етказганим учун) сизлардан бирон ҳақ-ажр сўрамайман ва мен сохтакорлардан ҳам эмасман". (Сод: 86)

Ибн Умар розияллоҳу анҳумодан: Илм учдир: сўзловчи китоб, амалдаги суннат ва "билмайман".

Марвазийнинг ривоятларида имом Аҳмаднинг ушбу сўзлари нақл қилинган: Ҳар бир нарсада гапиравериш дуруст эмас. Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи ва саллам бир нарса ҳақида сўралсалар: "Билмайман, Жибрийлдан сўрайчи" дер эдилар.

Марвазий имом Аҳмаддан сўрадилар: Одамлар олимни ҳамма нарсани билади деб ўйлайдилар. Бунга жавобан Ибн Масъуд розияллоҳу анҳунинг сўзларини келтирдилар: Одамларга ҳар бир сўраган нарсаларида фатво бераверган кимса мажнундир. Абу Абдуллоҳ дедилар: банда Аллоҳдан тақво қилиши ва сўзини ўйлаб сўзлаши лозим, у албатта бу ҳақда сўралади. Одамларга фатво бераётган киши уларни ўз мазҳабига тортиши ва қаттиқлик қилиши мумкин эмас.

Имом Молик айтадилар: ҳар бир сўраган кишига жавоб бераверишинг илмни хорлаш ва камситишдир.

Имом Саврий раҳимаҳуллоҳ дедилар: модомики бизга ўргатадиганларни топар эканмиз ўрганаверамиз. Имом Аҳмад дейди: биз қиёматгача илм ўрганамиз.

Ибн Умар розияллоҳу анҳумодан бир аъробий сўради: амма мерос оладими? Билмайман – дедилар.

— Сиз билмайсизми?

— Ҳа. Уламоларга бориб улардан сўра.

Ҳалиги киши қайрилиб кетгач Ибн Умар ўз қўлларидан ўпиб: Абу Абдурроҳман қандай гўзал сўзни айтди-я. Билмаган нарсасидан сўралганди, билмайман, - деб жавоб берди.

Улуғ тобеинлардан бири Усмон ибн Осим айтади: улардан бири бирон масъалада фатво бериб юборади, агар бу масъала Умар розияллоҳу анҳудан сўралганда унга Бадр аҳлини жамлаган бўларди.

Ибн Сирийн: киши учун билмаган нарсасини айтганидан кўра жоҳил ҳолда ўлиши яхшироқдир.

Молик ибн Анас айтадилар: Менинг фатвога лойиқ эканимга етмишта олим гувоҳлик бермагунича фатво бермадим.

Муҳаммад ибн Мункадир: Олим Аллоҳ билан бандалари ўртасидадир, улар ўртасига қандай киришини ўйлаб олсин.

Ибн Уяйна ва Саҳнун айтадилар: одамларнинг фатвога жасоратлироғи уларнинг энг илми озларидир. Саҳнун: Тўғри жавоб фитнаси мол-дунё фитнасидан қаттиқроқ.

Рабийъа йиғлаётганди, ундан сизни нима нарса йиғлатди, деб сўрадилар? Илми бўлмаган кишидан фатво сўралди ва исломда жуда оғир иш зоҳир бўлди.

У ерда баъзи фатво бераётганлар бор, улар қамалишга Ñžғридан кўра лойиқроқдирлар.

Муттафақун алайҳи бўлган ҳадисда Абдуллоҳ ибн Амр розияллоҳу анҳу ривоят қилади: Аллоҳ таоло илмни одамлардан суғуриб олиш билан кўтармайди. Лекин илмни уламоларни олиш билан кўтаради, биронта олимни қолдирмагандан кейин одамлар жоҳил кишиларни ўзларига бош қилиб оладилар. Улар сўралсалар илмсиз жавоб берадилар, бас, ўзлари ҳам адашадилар бошқаларни ҳам адаштирадилар.

Абдуллоҳ ибн Аббос розияллоҳу анҳумо дедилар: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам таматтуъ қилдилар (яъни, ҳажда). Урва ибн Зубайр деди: Абу Бакр ва Умар таматтуъдан қайтарганлар. Ибн Аббос: Уларни ҳалокатга учрайдилар деб ўйлайман. Мен расулуллоҳ айтди десам, у Абу Бакр ва Умар қайтарган дейди-я. Имом Аҳмад ривояти.

Имом Бухорий ривоят қилган ҳадисда Усмон розияллоҳу анҳу таматтуъдан ҳамда ҳаж ва умрани жамлашдан қайтарадилар. Алий розияллоҳу анҳу эса бу иккисига ният қиладилар ва расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам суннатларини биронтанинг гапи учун тарк қилмайман, дейдилар.

Солим ибн Абдуллоҳ Шом аҳлидан бўлган бир кишининг Абдуллоҳ ибн Умар розияллоҳу анҳумодан ҳажгача умра билан таматтуъ қилиш ҳақида сўраётганини эшитиб қолди. Абдуллоҳ ибн Умар:

— у ҳалол, деди. Шомлик киши:

— отангиз бундан қайтарганлар-ку, деди.

— қани менга айтчи агар отам ундан қайтарган бўлса, расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам уни қилган бўлса отамни буйруғига эргашиладими ёки расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламникига?

— албатта расулуллоҳникига.

— расулуллоҳ шундай қилганлар.

Термизий ривояти.

Зикр қилиб ўтилган сўзлар аҳли илмлар учун айтилган бўлсада эндигина илм талабини бошлаган ёки илмнинг аввалги босқичларида бўлганлар Ñ‘ умуман илм доирасида бўлмагану бирок бошқаларга сўз бермасдан билган билмаган нарсалари ҳақида гапираверадиганлар ҳам бу гаплардан ўзларига яраша хулоса чиқариб олишлари лозим.

Аллоҳ барча мусулмонларни ҳақ йўлдан адаштирмасин

imlaah

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 179
  • -oldi: 320
  • Xabarlar: 184
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #104 : 31 Mart 2009, 02:58:44 »
Болалар тарбияси учун 30 восита

 «ÐžÐ´Ð°Ð¼Ð»Ð°Ñ€Ð´Ð°Ð½ (мутакаббирлик билан) юзингни ўгирмагин ва ерда кибру-хаво билан юрмагин. Чунки Аллох барча кибру-хаволи, мактанчок кимсаларни суймас. Юрганингда ўртача юргин ва овозингни паст килгин. Чунки овозларнинг энг ёмони эшаклар овозидир». (Лукмон  18-19).

Имом Ибн Кудома Алмакдисий ўзининг: «ÐœÐ¸Ð½Ñ…ожул-косидин» номли китобида бир неча одобларни зикр килади:  «Ð‘ола вояга етиб, унда фикрлаш аломатлари намоён бўлса, уни яхши кузатиш ва ахволини ўрганиш лозим бўлади. Чунки, боланинг калби содда ва тоза бўлиб, у хар кандай накшни кабул килишга тайёрдир. Агар яхшиликка одатлантирилса, яхшилик билан улгаяди. Унинг савобида ота-она ва тарбия берувчилар шерик бўлади. Агар ёмонликка одатланса, ёмонлик билан улгаяди ва жавобгарлик унинг якинлари бўйнига тушади. Шунинг учун болани эхтиёт килиш, тарбиялаш, ёмонликлардан пок тутиб яхши ахлокларни ўргатиш лозимдир. Агар бола юзида хаё нурлари  кўриниб баъзи ишлардан уялса ва хаё килса ва уни ёмон деб билса, бу Аллох таолонинг хидояти ва ахлокининг яхшилиги ва калбининг тозалигига далолат киладиган яхшиликдир. Агар боланинг холати шундай бўлса, у балогатга етганда комил аклли бўлиши билан келажаги порлокдир. Болага чиройли одоб беришга риоя килиш диккат эътиборга сазовор ишдир».

Биз куйида болаларга берилиши керак бўлган баъзи ахлок-одоб воситаларини зикр киламиз:


 

Mo'minlarga shifo - Islomda!!!

Muallif Munira xonimBo'lim Islom

Javoblar: 12
Ko'rilgan: 13821
So'nggi javob 13 Avgust 2007, 13:55:30
muallifi Munira xonim
Farzand.uz - Onalar va bo`lajak onalar uchun

Muallif farzand.uzBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 10
Ko'rilgan: 10989
So'nggi javob 27 Fevral 2008, 09:33:12
muallifi Robiya
Benikoh farzand

Muallif otash_2004Bo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 7075
So'nggi javob 25 Yanvar 2010, 16:04:13
muallifi Foniy
Islomda Moda, Modern,Styl.

Muallif saraton07Bo'lim Umumiy

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 6525
So'nggi javob 01 Iyul 2008, 00:47:06
muallifi saraton07
ISLOMDA oiladagi muomala

Muallif MahdiyahBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 46
Ko'rilgan: 26679
So'nggi javob 25 Oktyabr 2018, 11:58:46
muallifi MirzoMuhammad