Islomda farzand tarbiyasi  ( 98508 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 B


Umayyah  13 Aprel 2008, 09:22:28

Kecha bir dugonam ishlaydigan fotostudiyaga borgandim.
Bir qizaloq buvijoni bilan rasm tashlab ketishgan ekan.
O'shani olishga kelishdi.

Ketayotganlarida, buvijonisi 5 yoki 6 ysohlardagi nevarasiga "Opalarga nima deyish kerak?" deb qaradi.

Man hozir "Rahmat" desa kerak, deb o'ylagandim.
Chunki har doim shunaqa.

Lekin qizcha shirin so'zlari bilan "Olloh rozi bo'lsin!" deganida umuman boshqacha bo'lib ketdim.

Mana haqiqiy islomdagi tarbiya deb qo'ydim ichimda.


Haa  Chindan xam xozirda bundey tarbiyadagi
farzandlar afsuski juda xam kamayib bormoqda :(

Qayd etilgan


Muslimа  18 Aprel 2008, 16:58:38

     Farzand tarbiyasida aqlingizni ishlating (o’git bering), undan keyin qalbingizni ishlating (duo qiling), u ham foyda bermasa, qo’lingizni ishlating.

      Farzandini birovni yonida kamsitgan va jazolagan ota uni isyonchi va sevgidan mahrum qilib o’stiribdi.

     Farzand go’yo oq qog’ozga o’xshar. Uni yaxshi yozuvlar bilan to’ldirish esa ota-ona va ustozning vazifasidir.

     Farzand ta’minoti otadan, tarbiyasi onadan kutiladi.

"œHilol taqvimi" 2008/1429 (aprel-iyul)

Qayd etilgan


Muslimа  18 Aprel 2008, 17:00:16

     Bolani toza Islom fitratida o’stirish uchun ilk tadbir uni halol luqma bilan taomlantirmoqdir.

Imom G’azzoliy

Qayd etilgan


Muslimа  18 Aprel 2008, 17:04:53

    Bolani yoshi o’ngga yaqinlashganda, nomahram ayollar yonida o’tirish mumkin emasligini anglat.

Sa’diy Sheroziy

     Bolalarning uyatchan bo’lishi, ularning kelajakda yaxshi fe’l-atvor sohibi bo’lishidan xushxabardir.

Imom G’azzoliy

     Bolani kichkinaligida bilim ber, yaxshi ishlari uchun mukofotla, yomonlarini yomonligini tushuntir.

Sa’diy Sheroziy

Qayd etilgan


otash_2004  22 Aprel 2008, 22:20:03

Assalamu alaykum!
Juda ham chiroyli mavzuni tanlabsiz.
Alloh Sizdan rozi bo'lsin!
Hammamizga Olloh farzand ne'matini nasib qilsin Inshaolloh va kimga nasib qilgan bulsa uni tabiya qilishda Ollohning uzi yul kursatsin.

Qayd etilgan


saraton07  27 May 2008, 01:12:26

Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu azizlar.
 
Farzand tarbiyasi Islomda eng yuqori o'rinda turuvchi masalalar sirasiga kiruvchi masala  hisoblanadi.
 Imomi A'zam hazratlarinig tug'ilishlari va bolalikdagi Qur'oni Karimni yod olishlari to'g'risidagi rivoyatda  qanchalik farzand tarbiyasi nozikligi, har bir qilingan nojo'ya harakat farzand tarbiyasiga qanchalik o'z ta'sirini o'tkazishini ko'rishimiz mumkin.
 O'shanda hazrati Imomi A'zam janoblari  4 yoshda  bolib,Qur'oni Karimni 3 kunda yod olib,onalariga "Onajon, men qur'onni 3 kunda yod oldim " deb quvonganlarida, onalari "Bolam, otangiz bir vaqtlar bir tishlam olmani berizo tishlab qo'ymaganlarida,siz Qur'onni bir kunda yod olar edingiz " degan ekanlar.
 Endi yaxshilab e'tibor bering-a, bu rivoyatda qanchalik islomning  ziyrak va zukkoligi  ko'rsatilgan.
Hattoki, bir vaqtlar qilgan tariqday xatoyingiz,hali o'ylanmagan esayizda,kelajakda o'z kuchini hatto farzandizga o'tkazadi.Olloh qanchalar mukammal yaratgan-a  bu olamni. Har bir nafas hisobda, qoyil qolish kerak.
 Xo'sh,bugungi kunda biz nima qilib yuribmiz. Shu savolni har birimiz bir o'ylab ko'rsak,hoh yigit,hoh qiz bo'lsin.
ayniqsa ko'ngilxushlikni sevuvchi yoshlar.
Boramiz barga,deskotekaga. Araq ,pivoni hohlagancha ichamiz.
Hohlagancha haromga berilamiz.Keyin kelajakda bu ishlarning ko'pigi qozonda tepaga chiqqanda hayron bo'lamiz"Nega bunday bo'ldi,nega bunaqa bo'layapti" deb. astag'furulloh, ko'ramiz eshitamiz, ayuhannos soluvchilarni "E Xudo,man sanga nima qildim" deb.  Hech kim o'ylamaydiki"Man Ollohga rizosi uchun nima qildim" deb.
Bolalarimizni tug'ilgandan boshlab, unga Ollohdan hidoyat tilab,chin musulmon bo'lsin deguvchilar hozir kamdan-kam.
Hozir ko'pchilik,"Kotta bo'lsa,Hudo hohlasa boy bo'lsin,krutoy bo'lsin" deyishga odatlanganlar.
Endigina shirin tilchasi chiqqan o'g'ilchamizga so'kinishni hazil tariqasida o'rgatamiz,so'kishni shirin tilchalari bilan takrorlaganda hammamiz  dildan quvonamiz. Hamma emasu,aksariyat shunday. Nima qiliq bu,odamlar? Axir bu borib turgan razolatning boshiku.Undan ko'ra assalomni o'rgatsak bo'lmaydimi? Ko'chadan qaysidir tarbiyasizda so'kishni o'rganib kelsa urushsak yaxshimasmi? Toki uyda takrorlamasin,buni.Va qolgan tarbiyalar to'g'risida, aytmoqchimanki bugungi zamonimizda, aytarli  yaxshi holatlar juda kam. Oldin bizlarga ko'p va xo'p ertaklarni Bobomlar, momomlar so'zlab berib, vaqtimizni , diqqatimizni shunga tortardilar.Va qaysi qahramon yaxshiyu,qaysisi yovuz deb  musobaqachalar o'tkazishardi. Bundan bizga foyda edi. Qalbimizda ezgulikni gurkiratishga intilishgan o'shanda endi tushunsam. A hozir, ertak eshituvchi bola kamdan -kam. E   gapirsak gap ko'p, qolganlarniyam fikrlarini  o'qisak,yaxshi bo'lardi bu borada.

Qayd etilgan


Muslimа  05 Noyabr 2008, 15:32:49

     "œQiz asraguncha tuz asragan afzal" - deyishgan qadimgilar. NEGA? Chunki qiz bola shu qadar nozik hisoblanganki, u sal narsaga aynib ketishi mumkin! Top- toza oq sutga bir tomchi siyoh tomsa, qanchalik bulg’ansa, qiz bolaning tashqi ko’rinishining ochilib-sochilib ketishi ham shunchalik uning butun borlig’u nomusiga dog’ bo’lib tushadigandek. Biroq hozir gap qiz bola tugul, hatto o’g’il bolalarimizning kiyinish madaniyati to’g’risida emas. Balki qanday kiyinganidan, fe’l — atvorining kengu-torligidan qatiy nazar, ko’z o’ngimizda o’z-o’zicha shakllanib kelayotgan bu odam NIMA ESHITIB, NIMA KO’RIB ULG’AYAYOTGANI HAQIDA!!!
   Boshidan oq aytib qo’yaylik, qadrli ota-onalar, aziz va mo’tabar ustozlar, bizni kechirsinlaru, ammo tan olamy ilojimiz yo’q, hozirgi kunda farzandlarimiz tarbiyani bizdan emas, INTER-TELE-VIDEO atalmish "œrahnamosi" dan olib yotgani bor gap! Bir qaraganda shunisi ham yaxshidek?! Ahir biz uzzi kun o’g’il-qizimizning tarbiyasi bilan shug’ullanadigan bo’lsak, bola-chaqani kim boqadi?! Shu boisdan ham biz charchab-horib ishdan kelamiz, bir luqma ovqatimizni naridan-beri yeymiz, so’ng to’ygami, tug’ilgan kungami yoki boshqa bir tirikchiligimizga otlanamiz. "œBolam, salom", "œBolam, hayr", "œPul kerakmi? Ma, ol bolam", "œO’tgan yilgi paltoing kaltayib qoldimi? Mayli, yanagi maoshdan yangisini olamiz!", "œMaktabga borayapsanmi o’zi? Ha, barakalla!", "œNovvosga qaradingmi?", "œUyni yig’ishtirdingmi?" va haokazo"¦ Va bo’ldi"¦ Shu!!! Bolamiz bilan bo’ladigan eng uzoq va mazmunli suhbatimizning mohiyati faqat shulardangina iborat halos???
   INTER-TELE-VIDEO esa uning ham otasi, ham onasi, opasi, dugonasi, do’sti, tarbiyachisi bo’lib qolganini shundan keyin ham tan olamy ko’ringchi? Ammo bu do’stning shu yoshga kirib, ba’zan mahramimizga ham aytolmaymiz"¦ Masalan, yetti yoshdagi qizaloqlar, ayol kishi boshi aylanib behol bo’la boshladimi, bu homiladorlikdan nishona ekanligini qayerdan biladi? Besh yoshdagi bolakay esa, chaqaloqlarni kasalhonadan olib kelishmaydi, ularni ayalari huddi mushuklarga, bo’ri yoki tulkilarga o’hshab tug’ishiyu, katta bolalarni esa chaqaloqni sotib oldik deb aldashlarini, har holda o’zimiz yonimizga o’tirg’izib, erinmay batafsil tushuntirmagandurmiz, yohud bu haqda ularga bog’cha opasi mahsus mashg’ulot o’tib berib gapirmagandur?
   Bir tanishimning qizi oddiy maktabdan nufuzli gimnaziyaga o’qishga qatnay boshladi. Eh, qizlar, qizlar!!! Ular hoh 7 yoshda bo’lsin, hoh 17 da gaplashadigan mavzulari moda yoki kiyim kechakdan iborat bo’ladi. Nima gap o’tsa-o’tganki, yangi kelgan qizaloq dugonalari bilan gurunglasha turib, hali umrida "œtopik" yani, qorinning tepasidan keladigan maykacha, kiyib ko’rmaganini aytib qoladi. Qizlar piqirlashib kulishgan. "œVay, seni qarayu! Kindigi ochilmagan qiz!" deb, uni mazah qilishgan. Buni qarangki bu gaplar qizaloqqa og’ir botadi. Go’yoki kindigini ochib yurmaslik uyatdek. Ho’rligi kelib, ota-onasini yozg’iradi, "œMana sizlarni tartib-qoidalaringizni deb o’rtoqlarimga kalaka bo’ldim!". Ha bu ne gapki, endilikda bor yo’g’I nisbatan AHLOQLI BO’LISH ham ayb hisoblansayu, jamoa undaylarni ustidan kulsa, yanayam aniqrog’I, kiym kiyishdagi oddiy me’yorlikni tabiiy qabul qila olmasalar. Ha, bolalarning ko’zi tugul kindigi ham ochilib ketgani endi yangilik emas. Ular maktab dasturidan to’rt qator she’rni bilmasliklari mumkin, ammo har bir be’mani reklama roliklarini to’tiqushday yoddan takrorlaydilar. "œKeltirdingmi? Ha shef!", "œSizni prostata, adenoma bezovta qilyaptimi?", "œLeykers bilan gazni bos!", "œYahshi ko’rasanmi Jek?" va hokazo"¦
   Homiladorlikdan saqlovchi vositalar reklamasi berilayotgan, sizku "œEyyy, bolam baribir hech narsani tushunmaydiku" deb hotirjam o’tiraverasiz, ammo bolalar bir-biriga zimdan ko’z urishtirib puqr-piqr kulishadi. Bizning AHMOQLIGIMIZ ustidanmi, yoki o’zlarinig AQLLI bo’lib ketganliklaridanmi, bilmaymiz? Bular hali holvasi"¦

Hayrulla Hamidovning mulohazalaridan olingan.
(davomi bor, inshaAlloh....)

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Yanvar 2009, 02:12:02

Sirdoshim — qizim, eshit...



Muallif: Baxtiyor Muhammadamin
Hajmi: 272 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish

Qayd etilgan


hamdam  12 Yanvar 2009, 13:12:37

Forumdoshlar sizlarga savol:
Farzandni qanday tarbiya qilgan ma'qul?
Tarbiyani qachondan boshlash zarur?
Farzand tarbiyasida kim asosiy o'rin egallaydi otami yoki ona?


Bolajoningizni tarbiya yoli juda ko'p amma agar Islomiy Ravishda tarbiya qilmoqchi bo'lsangiz Buyerni bosing!

Qayd etilgan


Muslimа  22 Yanvar 2009, 13:55:08

:as:

(davomi...)
      Bunday kinofilmlar tabiiyki asosan detektiv yoki triller janrida bo’lib undagi so’z va jumlalar ham shunga yarasha kriminal ibora va jargonlardan iborat bo’ladi. Ayrim shunaqa filmlar borki, ularning originalligini saqlash maqsadida rus tiliga qilingan tarjimalarda deyarli har bir so’zni orasida o’rischa so’kishning takrorlanib turishi, ingliz tilidan sinhron tarjima qilingan filmlarda esa, istaymizmi yo’qmi, "œfuck of" jumlasi ham tez-tez quloqqa chalinib qolishi tabiiy hol. Balki yod tildagi so’kish so’zlari o’zimizning "œhey onangni" chalik qo’pol eshtilmas, ammo shunisi borki aynan o’sha inglizlarning o’zida "œfuck of" jumlasini tele yoki kinoda personajlar tilidan qo’llanilishiga nisbatan juda qattiq chora ko’riladi. Masalan, bir paytlar mashxur "œShamollarda qolgan hislarim" filmidagi "œla’nati"- "œdumn" degan birgina so’zning ketib qolgani uchun ham, film ijodkorlari javobgarlikka tortilgan ekan. To’g’ri o’sha davrlardan buyon ko’p vaqt o’tib ketgan bo’lsa-da, ammo hali hamon g’arbda 70-yillardan keyingi vaziyat bir oz yumshaganning o’ziyoq, amerika filmlarining shu darajaga olib borib qo’yganki, kino qahramonlar tilidan chiqadigan so’kinishlarni tushunsa bormi, Toshpo’lat tajangning ham uyatdan lavlagisi chiqib ketardi!!!
       Ammo shunisi e’tiborliki naqadar "œdemokratlashib" ketganiga qaramay Amerika Qo’shma Shtatlarida bolalar uchun chiqariladigan filmlardagi so’z senzurasi nihoyatda qattiq olib boriladi. Birgina "œIndiana Jons" yoki "œGarri Potter" filmlarining misol tariqasida ko’rib o’tadigan bo’lsak, u yerda hattoki "œshet" ya’ni "œahlat" jumlasi ham ishlatilmatdi. Faxshu razolat avjiga chiqqan shu mamlakatda ham senzuradan tashqari so’zlarni ishlatish, tananing yalang’och qismini ko’rsatish, zo’ravonlik va narkotik vositalarini iste’mol qilish mavzusini namoyish qilish, qat’iyan taqiqlangan. Kim bo’lishidan qat’iy nazar, bu qonun-qoidani buzgan kishi katta miqdorda jarima to’lashi va hattoki jinoiy javobgarlikka tortilishi ham shubhasizdir. To’g’ri, bu sehrli atalmish o’lkadagi g’irrom tuzmning o’ziga hos nayrangbozchiligi bo’lishi mumkindir, ammo shunga qaramay bolalar masalasida chegaradan chiqib ketish, ya’ni bolalar adabiyotlari, filmlari, ko’rsatuvlari shuningdek adabiyotlar, multfilmlarda ahloqqa zid jumlalarning ishlatilishi yoki g’ayritarbiyaviy ko’rinishlarning namoyish etilishini qat’iyan taqiqlovchi qonunning baribir borligi ijobiy hol emasmi?(!)
            Endi birgina rossiya kanali orqali namoyish etilayotgan "œBrigada" filmining takrori kunduzgi vaqtda ko’rsatilishiga nima deysiz??? Yalang’och xotinlaru, kakain hidlayotgan bangilarmi, bularning bari-barini rus tengdoshlari qatori BIZNING BOLALAR ham ko’rib yotishibdi. Yo’ldoshli antenna orqali namoyish etiladigan film  va ko’rsatuvlarning aksariyati shu va shunga o’xhsash filmlardan iborat bo’lgandan keyin bizning o’zbek tijorat kanallari ham tomoshabin reytingini oshirish uchun qo’shiq emas qiypanglashdan iborat kliplarni aylantirishni avjiga olidirib yuborgandan ajablanmasa ham bo’ladi. Qolaversa, sobiq tuzim davrida Estradaning unchalik taraqqiy etmagani sabab ko’pchilik "œModern Talkin", "œAbba", "œBone-M" larni eshitib o’sgan va tabiiyki ularning bironta ham so’ziga tushinishmagan. Aslida esa jahonga mashxur  bunday guruhlarning aytayotgan ashulalarida ham ma’no mazmunning o’zi bo’lmagan. Chunki g’arbda eng muhimi ohang hisoblangan. Biroq hozirda ingliz tilini sizu bizdan ko’ra yaxshiroq o’zlashtirib bo’layotgan bolalarimiz bilishmaydiku. Ammo koshki ular hech qurisa, o’z ona tilida yangrayotgan qo’shiqlarda ham tuturuqli jumlalar eshitayotgan bo’lishsa edi. Ahir bizning estradamiz ham g’arb san’atiga qarab yurib emas, naq yugurib ketmoqda. Shuning uchun ham farzandlarimizdagi ko’rish, anglash, tushunish kabi hissiyotlar arzon garovga, pala-partishiga qabul qilishga aylanib qolgan.
        Bundan bir necha yil ilgari kinoekranlarimizda "œRamayana" filmi namoyish etilganda kichik yoshdagi barcha bolalar paykon otishga berilib ketgani kabi, hozir osmir yoshdagi o’g’il bolalar o’z imijini Shoxruh yoki Shoxruhhon yoki Shaxriyorga o’xshatishga urunishadi. Birinchi sinif qizaloqlarning katta tanaffus vaqtida oyijonlari shosha-pisha nonlariga bir bo’lak saryog’ surib, tayyorlab bergan butterbrodlarini kavshay turib, qizg’in ravishda muhokama qiladigan mavzusi ham shunga o’xshash: "œZerda honimning bolasi tug’iladimi, yo’qmi?", "œEsma Salimga tegadimi? Demirgami?", "œManga Kechalar qo’shig’I yoqadi, sangachi?" va hokazo"¦
MANA SHUNAQA RUHDA O’SIB BORMOQDA QIZLARIMIZ, VOYAGA YETMOQDA O’G’ILLARIMIZ!!!
             Kuni kecha yosh bir san’atkorning yangi qo’shig’ining klipi namoyish etildi. Qo’shiqku tuppa tuzuk, ammo klipdagi voqeani ko’rin-a! Er va xotin so’rida o’tirishibdi, 15-16 yoshlardagi qizi ularga choy olib kelib, quyib ketadi. Ona: "œDadasi mana qizimizning ham bo’yi yetib qolibdi" deydi, hey beysiz"¦ Ota ham bir oz jim qolib javob beryapti eshiting (!) : "œHa, o’zim ham anchadan beri sezib yuribman!". Tavba, hech zamonda ota-ona qizining yetilib qolgani haqida ham shunaqa ohangda gaplashadimi? Hop, ana qizining masalasi to’g’risida  shu tarzda o’z fikrini bildiradigan ota-onalar ham bordir, ammo ularning televideniye orqali ibrat qilib ko’rsatadigan qanday jihati bor? Ota bo’lmishning tavshanib, qizning yetilib qolganiga anchadan beri zimdan nazar solib yurganini xotiniga aytib o’tirishi kishida allaqanday shilimshiq bir his uyg’otmatdimi? Va eng qizig’I nihoyat klipda qo’shiq yangragach boshlanadi, "œBo’yi yetib qo’shni qiz"¦" degan jumlalardan keyin, bo’yi yetgan qo’shni qizning devoridan bir bo’z yigit o’g’riday mo’ralaydi. Bir yigitki naq, 30 yoshning nari berisida, darhaqiqat yetilib pishib ham bo’lgan. Bu klipmi, maynavozchilikmi yoki milliy o’ziga hosliklarning beo’xshov karikaturasimi bilolmaymiz?! Shukur qilasiz, "œHarna yarim yalang’och bo’lib qiypanglashmayaptiku!" deb.
     So’zni muhtasar etadigan bo’lsak, jazavaga tushib baqirish-chaqirish ojizlarning ishidir. Lekin yuqorida aytilganlarning barchasiga jimgina qarab turaverish ham to’g’ri EMAS!!! Biz demakratik davlatda yashayapmiz, ammo masalan Rossiyaga Iroq demokratiyasi kerak emas ekan, nega biz televideniyamizda boshqa davlatlarning demokratiyasi hazim qiladigan g’oyalarni jimgina yeb kelaverishimiz kerak? Shu bilan "œJahon kino va tele sanoatida mavjud dasturlar va filmlarning berib borilishi taqiqlansin!" demoqchi emasmiz. Aksincha ko’pgina sifatli chet el filmlari o’zining ahloqiy-tarbiyaviy jihatlari bilan bizga na’muna bo’lishga ham arziydi. Biroq o’zbek tomoshabini, qolaversa ekranlarga termulib o’sayotgan farzandlarimizning didi qachon va qay tarzda shakllanishidagi muhim bir lahzani qo’ldan boy berib qo’ymaslig uchun NIMA QILMOQ KERAK? Javob tayyor!!! Albatta, ekaran mahsulotlarining sifatlilarini o’zimiz ishlab chiqarishimiz va namoyish etishimiz kerak. Biroq sifat har doim ko’p vaqt  va katta pul talab etib qoladi-da. Ho’sh nima bo’pti? Ahir davlat ta’minoti shuning uchun ham mavjud emasmi? Qolaversa ishonchimiz komil-ki, O’zbekistonda tafakkur saviyasi yuqori odamlar juda ko’p. Biz ishonamizki ular sizu bizga o’xshab qizimiz kindigi haligacha ochilmaganidan o’kinib kelishidan oldin-da, millat tashvishini chekishni boshlashadi. BIZ BUNGA ISHONAMIZ!

Hayrulla Hamidovning "Xolislik sari" dasturidan olingan

Qayd etilgan