Negadur bu mavzuga faqat qizlar post qoldirishyapti?
Manimcha bu mavzu yigitlarga qiziq emas!
Yoki ular farzandni tarbiyasi faqat ayolga bog'liq deb o'ylasharmikin?
Quyidagi hikoyani o'qib siz farzand tarbiyasida nafaqat onaning, balki otaning o'rni ham qay darajada muhim ekanligini anglaysiz!
Achchiq hosilot Farzandim tug’ilganida ulgurishim kerak bo’lgan mol — dunyo va ko’paytirilishi kerak bo’lgan aktsiyalar bilan mashg’ul edim. Uzoqlarda ekanman, u atay-chechak yurishini, shirin — shirin gapirishni o’rganibdi.
Biroz o’sgandan keyin esa: "œMen sizga o’xshashni istayman, adajon"¦ Men katta bo’lsam sizga o’xshayman" deya boshladi.
Doim ish joyimga qo’ng’iroq qilib:
- Adajon, uyga qachon kelasiz?- deb so’rardi.
- Qachon kelishimni bilmayman, o’g’lim. Ammo kelganimda mazza qilib o’ynaymiz"¦
Yillar shu kabi o’tdi. O’g’lim o’n yoshga kirdi. Unga bir koptok sovg’a qildim.
- Rahmat, ada. Yuring, men bilan biroz o’ynang, - dedi.
- Shu haftaning ichida bitirishim kerak bo’lgan ishlarim bor, o’g’lim. Dam olish kuni o’ynaymiz, xo’pmi?
"œXo’p", dedi-yu, faqat yuzidagi shodlikdan asar ham qolmagandi. "œKatta bo’lsam men ham siz kabi bo’laman"¦"
O’g’lim avval maktabni, so’ng oliygohni tugatdi. Bunday hollarda otaning o’g’liga qilgan nasihatlariniberish uchun:
- O’g’lim, men sen bilan juda faxrlanaman. Kel, biroz o’tirib suxbatlashaylik, senga bir ikki og’iz gapim bor, - desam.
U sekin kulimsirab:
"œDo’stlarim bilan uchrashishga va’dalashgandik. Ada, mashinangizni berib tura olasmi? Keyin gaplasharmiz", - dedi.
Yana yillar o’tdi. Men endi nafaqaga chiqdim, vaqt serob. O’g’lim esa boshqa shaharda ishlar va o’sha erda yashardi. Bir kuni unga qo’ng’iroq qilib:
- Dam olish kunlari bizni kelib ziyorat qilib ketsang bo’larmidi?! — dedim.
- Xo’p, ada. Faqat ishlarim ko’proq, ammo vaqt topib borishga harakat qilaman. O’zim ham sizlarni juda sog’inganman.
- Xo’p, unda qachon kelasan, o’g’lim?
- Bilmadim, ada. Hozir bir uchrashuvim bor, shunga shoshib turibman. Ammo kelganimda mazza qilib suhbatlashamiz.
Shu so’zlar bilan telefon go’shagini qo’ygan o’g’limning bolalik orzusini ro’yobga chiqarganimni tushundim: Otasiga o’xshaganini"¦ ayni otasi kabi ulg’ayganini"¦
Anushbibi tayyorladi
"œMusulmonlar taqvim kitobi" 2007 yil 1- kitobAlloh barchamizni to'g'ri yo'ldan adashtirmasin!