Islomda farzand tarbiyasi  ( 98849 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 16 B


Muslimа  23 Fevral 2007, 11:29:54

Negadur bu mavzuga faqat qizlar post qoldirishyapti? ???
Manimcha bu mavzu yigitlarga qiziq emas!
Yoki ular farzandni tarbiyasi faqat ayolga bog'liq deb o'ylasharmikin? ::)
Quyidagi hikoyani o'qib siz farzand tarbiyasida nafaqat onaning, balki otaning o'rni ham qay darajada muhim ekanligini anglaysiz!

                                   Achchiq hosilot

   Farzandim tug’ilganida ulgurishim kerak bo’lgan mol — dunyo va ko’paytirilishi kerak bo’lgan aktsiyalar bilan mashg’ul edim. Uzoqlarda ekanman, u atay-chechak yurishini, shirin — shirin gapirishni o’rganibdi.
   Biroz o’sgandan keyin esa: "œMen sizga o’xshashni istayman, adajon"¦ Men katta bo’lsam sizga o’xshayman" deya boshladi.
   Doim ish joyimga qo’ng’iroq qilib:
   - Adajon, uyga qachon kelasiz?- deb so’rardi.
   - Qachon kelishimni bilmayman, o’g’lim. Ammo kelganimda mazza qilib o’ynaymiz"¦
   Yillar shu kabi o’tdi. O’g’lim o’n yoshga kirdi. Unga bir koptok sovg’a qildim.
   - Rahmat, ada. Yuring, men bilan biroz o’ynang, - dedi.
   - Shu haftaning ichida bitirishim kerak bo’lgan ishlarim bor, o’g’lim. Dam olish kuni o’ynaymiz, xo’pmi?
   "œXo’p", dedi-yu, faqat yuzidagi shodlikdan asar ham qolmagandi. "œKatta bo’lsam men ham siz kabi bo’laman"¦"
   O’g’lim avval maktabni, so’ng oliygohni tugatdi. Bunday hollarda otaning o’g’liga qilgan nasihatlariniberish uchun:
   - O’g’lim, men sen bilan juda faxrlanaman. Kel, biroz o’tirib suxbatlashaylik, senga bir ikki og’iz gapim bor, - desam.
   U sekin kulimsirab:
   "œDo’stlarim bilan uchrashishga va’dalashgandik. Ada, mashinangizni berib tura olasmi? Keyin gaplasharmiz", - dedi.
   Yana yillar o’tdi. Men endi nafaqaga chiqdim, vaqt serob. O’g’lim esa boshqa shaharda ishlar va o’sha erda yashardi. Bir kuni unga qo’ng’iroq qilib:
   - Dam olish kunlari bizni kelib ziyorat qilib ketsang bo’larmidi?! — dedim.
   - Xo’p, ada. Faqat ishlarim ko’proq, ammo vaqt topib borishga harakat qilaman. O’zim ham sizlarni juda sog’inganman.
   - Xo’p, unda qachon kelasan, o’g’lim?
   - Bilmadim, ada. Hozir bir uchrashuvim bor, shunga shoshib turibman. Ammo kelganimda mazza qilib suhbatlashamiz.
   Shu so’zlar bilan telefon go’shagini qo’ygan o’g’limning bolalik orzusini ro’yobga chiqarganimni tushundim: Otasiga o’xshaganini"¦ ayni otasi kabi ulg’ayganini"¦

      Anushbibi tayyorladi
      "œMusulmonlar taqvim kitobi"  2007 yil 1- kitob

Alloh barchamizni to'g'ri yo'ldan adashtirmasin!


Qayd etilgan


islimakhanim  24 Fevral 2007, 11:09:53

 
Iqtibos
Negadur bu mavzuga faqat qizlar post qoldirishyapti?
Assalamu alaykum!
Xavotir olmang opajon, yigitla o'qib, o'rnak olishyapti ;)

Qayd etilgan


Muslimа  26 Fevral 2007, 11:15:12

БОЛА ТАА БИЯСИАИАГ БОШЛААИШИ
http://islom.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=189&Itemid=1


ФАА ЗААД ХАКЛАА И
http://muslimaat.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=316&Itemid=80




Qayd etilgan


Muslimа  27 Fevral 2007, 09:05:22

Musulmon bolalariga savollar va javoblar


-   Musulmonmisan?
-   Alhamdulillah, musulmonman.
-   Alhamdulillah nima degani?
-   Hamd(maqtov) Allohga hosdir, degani.
-   Qachondan beri musulmonsan?
-   "œQolu balo"dan beri.
-   U nima degani?
-   Bu "œAhdi misoq"dir, ya’ni Haq taolo ruhimizni yaratganida ular hitob qilib "œAlastu birobbikum?" — Men sizning Robbingiz emasmanmi? — deb so’ragan. Ruhlar esa "œBalo", ya’ni Sen bizning Robbimizsan, deganlar. Shundan buyon musulmonman, demakdir.
-   Shu holda kimni qulisan?
-   Albattaki, Allohning quliman.
-   Allohni qanday bilasan?
-   Alloh birdir, avvali va oxiri yo’qdir, azaliy va abadiydir, makoni yo’qdir.
-   Kimning ummatisan?
-   Oxirgi payg’ambar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning.
-   Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nechta ismlari bor?
-   Go’zal ismlari ko’p, biroq shu to’rttasini bilish lozim va shartdir: Muhammad, Mustafo, Ahmad, Mahmud.
-   Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaerda tug’ildilar va hozir qaerdalar?
-   Makkada tug’ildilar. Ellik yoshlaridan so’ng Madinaga ketdilar. Xozir u erdagi "œRavzai mutahhara" deyilguvchi joydalar. Otalarining ismi Abdulloh, onalariniki Ominadir.
-   E’tiqodda qaysi mazhabdasan?
-   Ahli sunnat val — jamoatdaman.
-   Bu nima degani?
-   Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallam va sahobalarining e’tiqodlari bo’yicha borishdir.
-   Amalda mazhabing qaysi va u mazhabning imomi kim?
-   Amalda Imomi A’zam Abu Hanifa mazhabidaman. Bu kishi Hanafiy mazhabining imomilar. Asli ismlari No’mon. Otalarining ismi Sobit.
   Shariatda dalilim to’rtta: 1) Kitob; 2) Sunnat; 3) Ijmoi ummat; 4) Qiyosi fuqaho, ya’ni shariatdagi har qanday masala Qur’on yo hadis, ashobning ittifoqi yo butun din olimlarining ijtihodi bilan ma’lum bo’ladi, hal qilinadi.
   - Alloh tomonidan nechta kitob yuborildi va bu kitoblar qaysi payg’ambarlarga keldi?
   - To’rt ilohiy kitob quyidagi to’rt payg’ambarga keldi: Zabur — Dovud alayhissalomga, Tavrot — Muso alayhissalomga, Injil — Iso alayhissalomga, Qur’on — Muhammad Mustafo sallallohu alayhi va sallamga.


Muhammad Kamolning "œMusulmon ayoliga maslahatlar" kitobidan olindi.


Qayd etilgan


Doniyor  27 Fevral 2007, 18:14:04

Assalamu alaykum!
Alloh Sizdan rozi bo'lsin!
Ma'lumotlar uchun tashakkur.
Judayam xayrli mavzu bo'libdi.

Qayd etilgan


Muslimа  06 Mart 2007, 13:25:19

ЎГЛИГА ДИААИ ЎА ГАТМАГАААИАГ БОШИГА КЕЛГААЛАА И

Бир кун кишлокда сшовчи чол муфтийга келиб сглидан шикост килибди:
- Мухтарам Муфтий, кеча сглим мени далада кслидаги хскиз хайдайдиган таёги билан урди. Ксп изтироб чекдим, ксп кийналдим. Мен шунинг учун у тугилганда кувонганманми?
кариган чогимда снди нима киламан? Бугун сенинг олдингга нажот истаб келдим, йсл ксрсатинг, акл сргатинг. Аима килишимни билмай колдим, ёлбориб ссрайман, ёрдам беринг! Муфтий деди:
- "Фасубхоналлох!" Фарзанд кандай килиб отасига кслини кстарди? Сиз сглингизга дин сргатганмидингиз? Ота-она хакки буюк сканлигини тушунтирмаганмидингиз? Болага ахлох, одоб дарсларини берганмидингиз?
Кишлокдан келган чол:
Хурматли Муфтий! Кишлок ахволини схши биласиз, айтиб стиришнинг хожати йск. Кишлок ерда доимо иш бор, стин тайёрлаш бор. Бу ишларни килиш керак.
Муфтий жаноблари ксзи ёшли чолга:
У холда, отахон сглингизнинг камчйликларига караманг, у сизни ер хайдаётган жуфт хскизга схшатган. Чунки сглингиз олдида сиз билан хскизлар орасида фарк йск. У хскизни урспман, деб сизни урганга схшайди. Бслмаса, бола отага ксл кстарадими? деб унинг оталик вазифасини бажармаганини тушунтирибди.

Изох ва сгит

Ота аввало фарзандига чиройли, мукаммал диний тарбис бериши керак. У болаларига дин, имон, Ислом ахлокини шундай сргатсинки, болаларнинг оталарига бслган хурматга путур етмасин.
Оталари стгандан кейин факат схши дуолар килсинлар. Ўтган алломалар бунга ксп сътибор берганлар. Авлиёуллох Хазрат Вафо хикосларида буни скидингиз.
Фарзандларига Аллохни, Лайгамбарни, динни сргатмаган, харом, халол, гунох, савоб нималигини тушунтирмаган оталар, оналар болаларидан схшилик кута олмайдилар.

Muslimat.uz dan olindi.

Qayd etilgan


Muslimа  12 Mart 2007, 10:32:05

Assalomu-alaykum bu forumni avval faqat kuzatuvchi bo'lib kuzatib borardim.Lekin munozarali va bahsli mavzularni ko'rib a'zo bolishga qaror qildim.Aziz birodarlar farzand tarbiyasi juda mashaqqat va rohatli vazifa.Kimniki Alloh otalik yoki onalik bahti bilan siylabdi shubhasiz bu buyuk baht.Lekin hayotda o'gil bolani tarbiya qilish oson deb o'ylaysizmi yoki qiz farzandni tarbiyasi osonroqmi?Sizningcha bolalarni balogat yoshdagi shohliklarni yengib o'tishlarida qanday yordamlar zarur deb o'ylaysiz.
Assalomu alaykum Diydorxon!
Sizni forumimizga a'zo bo'lganizdan hursandmiz!
Sizni savollarizga man aniq bir javobni bera olmayman, sababi hali bu ishni boshimdan o'tkazmaganman! :)
Lekin mani fikrimcha, o'g'il bolani ham qiz bolani ham tarbiya qilishda sabr va hushmuomalalik asosiy o'rinni egallaydi. O'g'ilni ham qizni ham tarbiya qilishni qiyinchiligi bir hil bo'lsa kerak.
Balog'at yoshidagi qiyinchiliklarni yengish emas, balki bu narsani oldini olish zarur. Yani agar farzand yoshligidan tog'ri tarbiya qilinsa, unga haqiqiy TO'G'RI YO'L ko'rsatilsa va har ishda tog'rilikka amal qilinsa farzand albatta yaxshi kamol topadi. Farzand ota - onasidan qo'rqishi emas, balki ularni hurmat qilishi zarur. Agar ota - ona shu hurmatga erishsa, albatta farzandiga har qanday holatda va balog'at yoshidagi qiyinchiliklarda ham to'g'ri yo'lni ko'rsata oladi nazarimda. Yana Alloh bilguvchiroq! Sizni savolizga boshqalar ham javob berishadi, inshaolloh!
Sog' bo'ling!

Qayd etilgan


Muslimа  12 Mart 2007, 10:51:08

Jahlingiz chiqqanda"¦   

Anvar yangi mashinasidan xabar olish maqsadida tashqariga chiqdi. Ne ko’z bilan ko’rsinki, uch yashar o’g’ilchasi mashina kapotini qo’lidagi bolg’a bilan huzur qilib pachoqlab turibdi.
   Anvar ikki hatlab bolasi yoniga etib keldi va o’g’lining qo’liga bolg’a bilan ura ketdi. Biroz vaqt o’tib, hushi o’ziga kelgach, bolasini zudlik bilan kasalxonaga olib bordi. Doktor maydalanib ketgan suyaklarni tiklashga harchand urinmasin, barmoqlarni kesib tashlashdan o’zga chora yo’q edi"¦
   Bolakay operatsiyadan keyin ko’zini ochib, doka bilan chandib tashlangan qo’llariga ko’zi tushdi va majruh bo’lib qolganini angladi. U otasiga qarab, mahzun ohangda: "œAdajon, mashinangizni pachoq qilganim uchun kechiring" — dedi. Keyin otasiga termilib: "œBarmoqlarim qachon yangidan o’sib chiqadi?" — deb so’raganida Anvar nima deyishini bilmay qoldi"¦
   Farzandingiz ovqatini to’kib yuborganida yoxud nogoh ingrab qolganida shu voqeani eslang. Sevgan insoningizga nisbatan sabringiz tugadi, deb o’ylasangiz, avval ozgina o’ylab ko’ring. Mashina o’z holiga kelar, lekin majruh qo’llar va shikasta tuyg’ular also tiklanmaydi. Inson hato qilishi mumkin. Hamma ham adashadi. Biroq jahl ustida, o’ylamay bosilgan qadam insonni tubsiz armon chohiga uloqtirib yuborishi mumkin.
   Biror harakat qilmasdan avval shoshmang va o’ylang. Sabr — toqatli bo’ling. Tushunishga urining va seving!

         Sh. Isroilov
         "œIrfon taqvimi" 2007/1428 (II)

Qayd etilgan


mutaallimah  13 Mart 2007, 01:06:35

Assalomu alaykum.
Judayam ta'sirli hikoya ekan o'qiganda rosa yig'lagim keldi. Rohatoy opa sizga katta raxmat Alloh rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Muslimа  14 Mart 2007, 13:18:35

                         Bolalik.


   Qo’shnimiz Dovudning ikki farzandi bor. Biri besh, ikkinchisi esa etti yoshda. Bir kuni Dovud etti yoshli Karimga hovlidagi gullarni kesishni o’rgatardi. Asbobni qanday burish kerakligini tushuntirar ekan, xotini chiqib, uni telefonda kimdir so’rayotganini aytib qoldi. Dovud uyga kirib ketgandan so’ng Karim asbobni ishga tushirdi va otasining bir necha yillardan beri parvarish qilayotgan gullariga qarata yurg’azdi. Dovud uydan qaytib chiqqanda, hamma qo’shnilarning havasini keltirgan, ne mehnatlar bilan parvarishlagan asar ham qolmagandi. U o’g’liga qarab endi baqirmoqchi bo’lib turganida, xotini chiqib: "œDadasi, gul emas, bola o’stirayotganingizni unutmang!" dedi.
   Bu so’zlar bilan ayol ota — onaning birinchi vazifasi farzand tarbiyasi ekanini yaxshi anglatgandi. Bola sindiradi, yoradi, yo’qotadi. Gullar ham payhon bo’ladi. Lekin farzandlarimizga qahr bilan baqirishdan oldin o’zimizni qo’lga olib, ularning bola ekanliklarini unutmaylik.



   Bir safar do’stlarimning uyida mehmonda edim. Dasturxon atrofida o’tirganimizda besh yashar o’g’illari stol ustiga sut to’kib yubordi. Ota — onasi unga tanbeh bera boshlaganlarida, men ham piyolamdagi choyni ag’dardim. 48 yoshli bo’lishimga qaramay, qanday qilib bunday holga yo’l qo’yganimni tushuntirib, o’zimni oqlamoqchi bo’lganimda, bolaning ko’zlari porladi. Ota — onasi ham o’zlariga kerakli darsni olib bolaga tanbeh berishdan to’xtadilar. Ota — onalar bir vaqtlar o’zlari ham bola bo’lganliklarini bot — bot eslab tursalar, yaxshi bo’lardi.
      
                                 Madina
      "œMusulmonlar taqvim kitobi" 2007 yil, 1-chi kitob

Qayd etilgan