Muallif Mavzu: Islomda farzand tarbiyasi  ( 90631 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #15 : 06 Mart 2007, 13:25:19 »
ЎГЛИГА ДИННИ ЎРГАТМАГАННИНГ БОШИГА КЕЛГАНЛАРИ

Бир кун кишлокда яшовчи чол муфтийга келиб ўглидан шикоят килибди:
- Мухтарам Муфтий, кеча ўглим мени далада кўлидаги хўкиз хайдайдиган таёги билан урди. Кўп изтироб чекдим, кўп кийналдим. Мен шунинг учун у тугилганда кувонганманми?
кариган чогимда энди нима киламан? Бугун сенинг олдингга нажот истаб келдим, йўл кўрсатинг, акл ўргатинг. Нима килишимни билмай колдим, ёлбориб сўрайман, ёрдам беринг! Муфтий деди:
- "Фасубхоналлох!" Фарзанд кандай килиб отасига кўлини кўтарди? Сиз ўглингизга дин ўргатганмидингиз? Ота-она хакки буюк эканлигини тушунтирмаганмидингиз? Болага ахлох, одоб дарсларини берганмидингиз?
Кишлокдан келган чол:
Хурматли Муфтий! Кишлок ахволини яхши биласиз, айтиб ўтиришнинг хожати йўк. Кишлок ерда доимо иш бор, ўтин тайёрлаш бор. Бу ишларни килиш керак.
Муфтий жаноблари кўзи ёшли чолга:
У холда, отахон ўглингизнинг камчйликларига караманг, у сизни ер хайдаётган жуфт хўкизга ўхшатган. Чунки ўглингиз олдида сиз билан хўкизлар орасида фарк йўк. У хўкизни уряпман, деб сизни урганга ўхшайди. Бўлмаса, бола отага кўл кўтарадими? деб унинг оталик вазифасини бажармаганини тушунтирибди.

Изох ва ўгит

Ота аввало фарзандига чиройли, мукаммал диний тарбия бериши керак. У болаларига дин, имон, Ислом ахлокини шундай ўргатсинки, болаларнинг оталарига бўлган хурматга путур етмасин.
Оталари ўтгандан кейин факат яхши дуолар килсинлар. Ўтган алломалар бунга кўп эътибор берганлар. Авлиёуллох Хазрат Вафо хикояларида буни ўкидингиз.
Фарзандларига Аллохни, Пайгамбарни, динни ўргатмаган, харом, халол, гунох, савоб нималигини тушунтирмаган оталар, оналар болаларидан яхшилик кута олмайдилар.

Muslimat.uz dan olindi.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #16 : 12 Mart 2007, 10:32:05 »
Assalomu-alaykum bu forumni avval faqat kuzatuvchi bo'lib kuzatib borardim.Lekin munozarali va bahsli mavzularni ko'rib a'zo bolishga qaror qildim.Aziz birodarlar farzand tarbiyasi juda mashaqqat va rohatli vazifa.Kimniki Alloh otalik yoki onalik bahti bilan siylabdi shubhasiz bu buyuk baht.Lekin hayotda o'gil bolani tarbiya qilish oson deb o'ylaysizmi yoki qiz farzandni tarbiyasi osonroqmi?Sizningcha bolalarni balogat yoshdagi shohliklarni yengib o'tishlarida qanday yordamlar zarur deb o'ylaysiz.
Assalomu alaykum Diydorxon!
Sizni forumimizga a'zo bo'lganizdan hursandmiz!
Sizni savollarizga man aniq bir javobni bera olmayman, sababi hali bu ishni boshimdan o'tkazmaganman! :)
Lekin mani fikrimcha, o'g'il bolani ham qiz bolani ham tarbiya qilishda sabr va hushmuomalalik asosiy o'rinni egallaydi. O'g'ilni ham qizni ham tarbiya qilishni qiyinchiligi bir hil bo'lsa kerak.
Balog'at yoshidagi qiyinchiliklarni yengish emas, balki bu narsani oldini olish zarur. Yani agar farzand yoshligidan tog'ri tarbiya qilinsa, unga haqiqiy TO'G'RI YO'L ko'rsatilsa va har ishda tog'rilikka amal qilinsa farzand albatta yaxshi kamol topadi. Farzand ota - onasidan qo'rqishi emas, balki ularni hurmat qilishi zarur. Agar ota - ona shu hurmatga erishsa, albatta farzandiga har qanday holatda va balog'at yoshidagi qiyinchiliklarda ham to'g'ri yo'lni ko'rsata oladi nazarimda. Yana Alloh bilguvchiroq! Sizni savolizga boshqalar ham javob berishadi, inshaolloh!
Sog' bo'ling!
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #17 : 12 Mart 2007, 10:51:08 »
Jahlingiz chiqqanda…   

Anvar yangi mashinasidan xabar olish maqsadida tashqariga chiqdi. Ne ko’z bilan ko’rsinki, uch yashar o’g’ilchasi mashina kapotini qo’lidagi bolg’a bilan huzur qilib pachoqlab turibdi.
   Anvar ikki hatlab bolasi yoniga etib keldi va o’g’lining qo’liga bolg’a bilan ura ketdi. Biroz vaqt o’tib, hushi o’ziga kelgach, bolasini zudlik bilan kasalxonaga olib bordi. Doktor maydalanib ketgan suyaklarni tiklashga harchand urinmasin, barmoqlarni kesib tashlashdan o’zga chora yo’q edi…
   Bolakay operatsiyadan keyin ko’zini ochib, doka bilan chandib tashlangan qo’llariga ko’zi tushdi va majruh bo’lib qolganini angladi. U otasiga qarab, mahzun ohangda: “Adajon, mashinangizni pachoq qilganim uchun kechiring” – dedi. Keyin otasiga termilib: “Barmoqlarim qachon yangidan o’sib chiqadi?” – deb so’raganida Anvar nima deyishini bilmay qoldi…
   Farzandingiz ovqatini to’kib yuborganida yoxud nogoh ingrab qolganida shu voqeani eslang. Sevgan insoningizga nisbatan sabringiz tugadi, deb o’ylasangiz, avval ozgina o’ylab ko’ring. Mashina o’z holiga kelar, lekin majruh qo’llar va shikasta tuyg’ular also tiklanmaydi. Inson hato qilishi mumkin. Hamma ham adashadi. Biroq jahl ustida, o’ylamay bosilgan qadam insonni tubsiz armon chohiga uloqtirib yuborishi mumkin.
   Biror harakat qilmasdan avval shoshmang va o’ylang. Sabr – toqatli bo’ling. Tushunishga urining va seving!

         Sh. Isroilov
         â€œIrfon taqvimi” 2007/1428 (II)
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

mutaallimah

  • Alloh yagona!!!
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 224
  • -oldi: 421
  • Xabarlar: 2122
  • Jins: Ayol
  • Ey nafs isyon qilishdan to'htab o'zingni hisob qil
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #18 : 13 Mart 2007, 01:06:35 »
Assalomu alaykum.
Judayam ta'sirli hikoya ekan o'qiganda rosa yig'lagim keldi. Rohatoy opa sizga katta raxmat Alloh rozi bo'lsin.

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #19 : 14 Mart 2007, 13:18:35 »
                         Bolalik.


   Qo’shnimiz Dovudning ikki farzandi bor. Biri besh, ikkinchisi esa etti yoshda. Bir kuni Dovud etti yoshli Karimga hovlidagi gullarni kesishni o’rgatardi. Asbobni qanday burish kerakligini tushuntirar ekan, xotini chiqib, uni telefonda kimdir so’rayotganini aytib qoldi. Dovud uyga kirib ketgandan so’ng Karim asbobni ishga tushirdi va otasining bir necha yillardan beri parvarish qilayotgan gullariga qarata yurg’azdi. Dovud uydan qaytib chiqqanda, hamma qo’shnilarning havasini keltirgan, ne mehnatlar bilan parvarishlagan asar ham qolmagandi. U o’g’liga qarab endi baqirmoqchi bo’lib turganida, xotini chiqib: “Dadasi, gul emas, bola o’stirayotganingizni unutmang!” dedi.
   Bu so’zlar bilan ayol ota – onaning birinchi vazifasi farzand tarbiyasi ekanini yaxshi anglatgandi. Bola sindiradi, yoradi, yo’qotadi. Gullar ham payhon bo’ladi. Lekin farzandlarimizga qahr bilan baqirishdan oldin o’zimizni qo’lga olib, ularning bola ekanliklarini unutmaylik.



   Bir safar do’stlarimning uyida mehmonda edim. Dasturxon atrofida o’tirganimizda besh yashar o’g’illari stol ustiga sut to’kib yubordi. Ota – onasi unga tanbeh bera boshlaganlarida, men ham piyolamdagi choyni ag’dardim. 48 yoshli bo’lishimga qaramay, qanday qilib bunday holga yo’l qo’yganimni tushuntirib, o’zimni oqlamoqchi bo’lganimda, bolaning ko’zlari porladi. Ota – onasi ham o’zlariga kerakli darsni olib bolaga tanbeh berishdan to’xtadilar. Ota – onalar bir vaqtlar o’zlari ham bola bo’lganliklarini bot – bot eslab tursalar, yaxshi bo’lardi.
      
                                 Madina
      â€œMusulmonlar taqvim kitobi” 2007 yil, 1-chi kitob
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #20 : 15 Mart 2007, 08:23:09 »
Абдуллоҳ ибн Умар (Ñ€.а.)дан ривоят қилинади, Расулуллоҳ (с.а.в.) шундай дедилар: «Ҳаммангиз чўпонсиз ва ҳар бирингиз ўз сурув-подасига масъулсиз. Бошлиқ бир чўпон ва қўл остидагиларига масъул. Эркак оила ишларининг чўпони ва уларга масъул. Аёл хўжаликнинг уйида бир чўпонидир ва фарзандларига масъул. Хизматчи (ишчи) хўжайинининг (иш берганнинг) молини чўпони ва уларга масъул. Ҳаммангиз чўпонсиз ва ҳар бирингиз (ўз) сурувингиздан масъулдирсиз.

ИЗОҲ

Мусулмон аёл масъул бўлган бурчларнинг аввалида фарзандларини одобли қилиб тарбиялаш туради.
Ҳадисдаги истеъфодалар:
Ота-онани, ўз наслларининг давомчиси бўлган фарзандларига қолдирадиган энг катта сарвати, энг чиройли совғаси тарбиядир. Қуйидаги ҳадиси шарифларда ҳам бу нарса алоҳида таъкидланган.

1. «Ð‘ир (она) ота фарзандига гўзал одоб ва яхши тарбиядан ортиқ (нарса) беролмайдилар».
2. «Ð¤Ð°Ñ€Ð·Ð°Ð½Ð´Ð»Ð°Ñ€Ð¸Ð½Ð³Ð¸Ð·Ð³Ð° икромда бўлинг (яхши муносабатда бўлинг), уларга гўзал одоб ва тарбия беринг».
3. Ота-она, Расулуллоҳ (с.а.в.)дан ривоят қилинган бу ҳикматли сўзларни ерига келтирмоқлиги, фарзандларига адаб, ахлоқ ва гўзал хусусиятларни ўрнаштирмоқлиги ва шу тарзда уларни соғлом бир руҳ ва хулқли қилиш билан келажакка ҳозирлашлари лозимдир.

Фарзандларнинг одоб ва тарбиясидан ота-она масъулдир. Расулуллоҳдан (с.а.в.) ота-онанг қиёмат кунида фарзандлари учун ҳисоб китобга тортилишлари ҳақида кўплаб ҳадислар ворид бўлган.
Эй мўминлар, сизлар ўзларингизни ва аҳли оилаларингизни ўтини одамлар ва тошлар бўлган дўзахдан сақлангизки, у (дўзах) устида қаттиққўл, Аллоҳ ўзларига буюрилган нарсани қиладиган фаришталар турур.
Ушбу оят нозил бўлганда, Ҳазрати Умар (Ñ€.а.):
- Эй, Расулуллоҳ (с.а.в.)! Ўзимизни сақлаймиз. Бола-чақаларимизнинг қандай сақлай оламиз? - дея сўраганларида, Расулуллоҳ (с.а.в.):
- Уларга Аллоҳга қул бўлишини, тоат ва ибодатни амр қиласиз. Аллоҳга исён этмоқдан ва гуноҳ иш қилмоқдан уларни қайтарасиз, мана бу уларни сақлаш деганидир - дедилар.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #21 : 15 Mart 2007, 14:02:25 »
БОЛА КИМНИНГ КАРАМОГИДА БЎЛАДИ
http://islom.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=315&Itemid=44

Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #22 : 26 Mart 2007, 12:45:47 »
O’g’il – qiz tug’ilsa…
Yusuf Hos Hojib
“Qutadg’u bilig” idan

O’g’il-qiz tug’ilsa, yaxshi bilki, bas
Uyda tarbiya qil boshqa yerdamas.
Ustozning yaxshisin tanla albatta,
O’g’il-qiz pok o’sar, yomondan chetda.
O’gil-qizga o’rgat bilim ham odob,
Bahtga yor bo’lar u, bo’lmagay harob.
O’g’ilga hotin ol, qizni erga ber,
Qayg’u-g’amsiz yana, ayo qutli er.
O’g’il topsin san’at-hunarda kamol,
Bu hunar bilan u tera berar mol,
O’g’ilni tergab tur: bo’sh qo’yma zinhor,
Benaf, bebosh bo’lar, yugurar bekor!
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #23 : 26 Mart 2007, 12:49:19 »
Yolg’onning kasri.   

   Korxonalardan birida ishlar edim. Oilamizdagilar maoshlarini qaynotamga olib kelib berishardi. Oradan bir muncha muddat o’tib homilador bo’ldim. Endi onamga yengil bo’lishi uchunmaoshimdan tejab, qizlik uyimga olib borar edim. Qolgan pullarni esa qaynotamga bera turib, bor maoshim shu ekanini aytardim. Shu tariqa o’zimcha onam tayyorlab keladigan beshik to’yining sarposiga qarashgan bo’ldim. Farzandim hozir katta yigit bo’lib qolgan, lekin juda ko’p yolg’on gapiradigan bo’lib voyaga yetdi. Endi qattiq nadomatdaman. Qani edi o’sha vqtda shunday o’ylasam?!
   Hozirgi yosh kelinlarga mening hatoyim saboq bo’lsin. Bola tarbiyasi ona qornidan boshlanar ekan. Farzandingiz qanday bo’lishini istasangiz, avvalo o’zingiz shu martabada bo’lishingiz kerak ekan.
      Gulchehra, Toshkent shahri
      â€œMusulmonlar taqvim kitobi” 2006/1427 (IV)

Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #24 : 19 Aprel 2007, 21:42:49 »
Bir odam farzandlarining bemehirligidan shikoyat qilib: “Men otam o’lganida yig’lamadim, onam o’lganida yog’lamadim, ich-ichimdan ezildim. Endi shu yoshga kirib, bolalarimdan mehr ko’rmay yig’layapman”, dedi. Balki ota-onasi bilan vidolashayotganda yig’laganida – hozir o’z qadriga yig’lamasmidi…
Farzandlaridan noliydigan odamlar oz emas. Otaning farzanddan nolishga haqqi bormi? Yo’q. Bog’bon shaftoli danagini ekib nihol undirsa, so’ng boshqa nav shaftolining novdasini olib kelib, payvand qilsa, so’ng parvarishlasa-yu, u daraxt shirin emas, achchiq yoki nordon meva tugsa. Bunga daraxt aybli bo’ladimi yoki o’sha mevami? Bog’bon qanday danak ekkan edi, aniq bilarmidi? Qanday novda uladi, suvdan vaqtida xabar olib turdimi, ortiqcha shoxchalarni kesib qo’ydimi, daraxt barglari oftob nuridan yetarli bahra oldimi?
Farzand otaning pushti-kamaridan dunyoga kelgan bo’lsa, uni otani o’zi tarbiya qilgan holda yana nolisa? Ilmiy jihatdan, irsiyat qonunlari nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, ota-onaning fe’li, tabiati farzandiga o’tadi. Mehribon odomdan bemehir bola tug’ilmaydi. Tog’ri, keyinchalik atrof-muhit bola ongiga, hulqiga ta’sir qiladi. Lekin ota-ona ana shu ta’sirni ham boshqarishlari shart. Agar ota bo’lmish o’zining ota-onasiga, aka-ukalari, opa-singillariga mehribon bo’lsa, shirin so’z bo’lsa, ularning qadriga etsa va buni bolasi ko’rib, bilib tursa bu farzandga ortiqcha gapning hojati yo’q.
Biz farzandimizdan nolishdan oldin “o’zimiz farzand bo’lib ota-onamizga qanday hunarlar ko’rsatgan edik?” deb o’ylab ko’raylik. Balki ota-onamizga qilgan qilig’imiz endi farzandimiz vositasi bilan o’zimizga qaytayotgandir? Balki oradan yillar o’tib hayot ko’zgusida o’zimizni o’zimiz ko’rayotgandurmiz?

Tohir Malik
“Imonlanish umidi” kitobidan.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #25 : 03 May 2007, 10:31:18 »
Yo’qotilgan tuyg’u

Bolalarni yaxshi ko’raman…
Chunki ularning kulgusi samimiy. Harakatlarida yasama biror narsa uchramaydi. Boladagi beg’ubor va muattar borliq kattalar orasida yo’q. Keksa kishilar, xastalar, yolg’iz odamlar bolalar bilan ovunishadi, dillariga taskin berishadi…
Bolalarni yaxshi ko’raman…
Chunki ularning ko’zlari beg’ubor, qalblari toza. Ular hiyonat nimaligini bilishmaydi. Ularning o’zlari ham, nigohlari ham sizni hech qachon aldamaydi… murg’akkina qalblarida eng toza, eng beg’ubor tuyg’ular yashaydi. Siz bularni ko’rishga qodir bo’lmasangiz ko’zlariga boqing – ma’sum nigohlarida soddadil tuyg’ularining tiniq aksini ko’rasiz…
Bolalarni yaxshi ko’raman…
Chunki ular kin va adovat nimaligini sirayam bilishmaydi. O’zlariga nisbatan qilingan qo’pol va sovuq muomalani juda tez unutishadi. Yuziga tarsaki tushirgan qo’llarni biror soat o’tib-o’tmay, chin bir muhabbat bilan, iliq bir mehr bilan o’pishadi… Bir muddat oldin qaynoq injular to’kkan mujgonlari qurib ulgurmasdan, kelib bo’yningizdan quchoqlaydi, yuzlaringizdan o’padi, chimirilgan qoshlaringiz o’rtasini, tirishgan peshonangizni nozik qo’lchalari bilan silaydi…
Bolalarni yaxshi ko’raman…
Chunki ularning ko’zlari, quloqlari va og’izlari ko’ngil hovuziga gunoh oqizmaydi. Shu sabab ko’ngillari sof, g’uborsiz. Qo’llaridan, barmoqlaridan ham gunoh tonchilamaydi. Shu sabab ularning qo’llari tekkan narsa “kirlanmaydi”.
Bolalarni yaxshi ko’raman…
Chunki ularning vujudlarida gul hidi bor, rayhon hidi bor. Ularning ko’zlari dunyoni boshqacha ranglarda ko’radi, toza ranglarda ko’radi.
Bolalarni yaxshi ko’raman…
Chunki ularda menga ham Alloh tomonidan in’om qilingan, lekin allaqachonlar yo’qotib yuborganim pokiza tuyg’ular bor…
Bolalarni yaxshi ko’raman…


Gulbahor Abdulloh qizi
“Musulmonlar taqvim kitobi” dan 2003-1424/IV
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Istak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 29
  • Jins: Erkak
  • Hammamiz beg'uborlikni qo'msaymiz!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #26 : 21 May 2007, 17:26:35 »
Assalomualaykum aziz Forumdoshlar!
Men bu forum, umuman forumda yangiman. Bu mavzu menga juda yoqdi, men oilam va yaqinlarim uchun yig'ib yurgan ba'zi ma'lumotlarni ruhsatingiz bilan sizlar bilan baham ko'rmoqchiman. Agar bularning ichida birorta noto'g'ri ma'lumot yoki fikr bo'lsa albatta yozinglar, munosabat bildiringlar, chunki mening ilm va tajribam hali juda oz:

Alloh Taolo yer yuzida insonni O’ziga halifa(o’rinbosar) qilishlik bilan aziz qildi. Boshqa maxluqlarni unga bo’ysundirib qo’ydi. Va hatto, e’tibor bering, dunyoga yangi inson keltirish imkoniyatini berdi va bularning ustida javobgar qildi.   
Bola qalbi olmos kabi tozadir. Mum kabi har shaklni ola oladi. Tamoman yozuv va shakllardan uzoqdir. Toza bir tuproq kabi, qaysi urug’ni eksangiz u unadi.
Ajoyib haqiqat:
Insonlar o’zlaridan ko’ra aqlliroq, yaxshiroq bo’lishini hech qanday qizg’onish hissisiz istaydigan yagona borliq – o’z farzandlari ekanini ko’ramiz.  Ya’ni, agar sizga birortasi sizga bolang sendan ko’ra aqlliroq desa bundan faqat hursand bo’lasiz. Boshqa birortasini aytishsa, men ham u kabi yoki undan ham yaxshiroq bo’lishim kerak degan hayol kelishi mumkin, eng ozda.

Har bir inson ayni zamonda ma’lum miqdorda energiyaga egadir. Insonni umisizlikka tushiradigan narsa shu energiyasini buguni uchun emas, o’tib ketgan yoki hali kelmagan narsalar ustida uzun hayollar surib siqilishga, bekorchiga ezilishga sarflashidadir. Uloqtiring chetga boshqa narsalarni, qo’lingizdagi fursatdan unumli foydalanib qoling.
Hayotingizning eng so’ngi damlarida ortingizga qarab hursand bo’lish baxtiga ulashishni istaysiz, ortingizdan qoldirib ketayotgan farzandlaringizga bera olishingiz mumkin bo’lgan eng muhim narsalarni bergan bo’lsangiz bu baxtning katta qismini qo’lga kiritibsiz!

Farzand tarbiyasi qachon boshlanishi kerak?
Javoblar hilma hil,
birisi: „ona qornidaligidanoq!“,
boshqasi : “Tug’ilmasdan avval”,
yana bir boshqasi esa:  “dunyoga kelishi bilan” va hokazo.

Endi, savolni boshqa shaklda qo’ysak:
Sizlar farzand tarbiyasini qachon boshlaysizlar?
“To’g’risi, bola problema chiqara boshlagandan so’ngra!”
 Bolada, odatda, jiddiy problemalar qachon chiqa boshlaydi?
Balog’at yoshiga yetmasidan oldin, yoki shu oralarda. Ya’ni bola eshikni tarsillatib yopib chiqib ketishni boshlasa, yoki ovozini ko’tarib boshlasa, yoki bo’lar-bo’lmasga kulib va yoki bo’lar bo’lmasga yig’lasa…. va hokazo.
Bunday holatlarda ota-onalarning aqli shoshib qoladi, ortiga o’grilib qarasa ba’zi choralarni ko’rishga vaqt kech bo’lib qolibdi. Eng muhim fursatlarni qo’ldan chiqarishibdi. “Kattaroq bo’lsa aql kirib qoladi” - deb yuraverishibdi.
Ba’zi ota-onalarni esa shu vaqt g’ayratlari jo’sh urib ularni urishib, baqirib, qaytarib “tarbiya”lay boshlaydilar. Bu nozik yoshda ularni urishib bo’ladimi, ularga baqirib bo’ladimi? Yo’q albatta! Ho’sh nima qilish kerak?
Bola tarbiyali bo’lish uchun tarbiyali muhit ko’rishi kerak. Demak, farzand tarbiyasini farzand so’rashdan oldin, o’zni tarbiyalash bilan boshlash kerak. Tushuncha va dunyoqarashlarimiz so’g’lom bo’lishi uchun sog’lom ilm manbalariga, masalan, kitob o’qishga extiyojimiz bor. 
Farzandli bo’lishga haqli bo’lish uchun – Farzandli bo’lishga qiziqish va havasning o’zi yetarli emas.
----
Bir kishi “Ayolimini, keyin bolamni yo’lga solishim kerak”, deb maslahat so’ragan kishiga javoban:
-   Siz  ayolingizni yo’lga sola olmaysiz! Modomiki, istar ekansiz, avval o’zingizni tuzating, ki istanilgan bir inson bo’ling! Qolgani o’z-o’zidan bo’lib ketadi. - degan ekan.

Davomi bor...
« So'nggi tahrir: 25 May 2007, 11:51:45 muallifi Istak »
"Òîò, ГЄГІГ® ïîçíà¸ò ñàìîãî Г±ГҐГЎГї, ïîçíà¸ò ñâîåãî Ãîñïîäà".  \\ Õàçðàòè Ìóõàììàä Г‘.ГЂ.Г‚ \\

Istak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 29
  • Jins: Erkak
  • Hammamiz beg'uborlikni qo'msaymiz!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #27 : 21 May 2007, 17:31:50 »
Farzandlarimizning aqlli-zakovatli bo’lishida ota-onalarning o’rni qanday? Avvalo zako nima ekanini bilib olaylik:
Zako – bolaning bir narsani o’rgana olish, bir ishni bajara olish va bir muammoni hal eta olish qobiliyatidir.
 
Psixologlarning fikricha Zako 35% ota-onadan irsiy yo’l bilan o’tadi, 20% ona qornidaligida, 45% esa tug’ilgandan keyingi muhitda shakllanadi. 
 
Bir bolaning masalalarni yecha olishi, yoki birov aytmasdan o’zi bilib darsini qilishi, yohud masalan devorga mihni qoqa olishini ham va shu kabi xollarni zako ko’rsatkichi sifatida qarash mumkin.
Bir yarim (18 oy) yoshli bola qoshiqni olib ovqatni o’zi yeya olish darajasidagi jismoniy quvvatga ega bo’ladi, garchi to’kib sochib bo’lsa ham. Bu vaqtdan keyin bolaga asta sekin ozi ovqatlanishiga, keynroq esa qorni to’yib to’maganini o’zi belgilashiga imkon berishimiz kerak. 

Afsuski bazi ota-onalar bola 3-4 yoshga to’lsa ham qoshiqni olib orqasida yurishadi
-   Qani o’g’lim, shu ovqatingni yeb olgin. Qani, qani, ha-a anaa-a. mal-lad-des!.
-   bo’ldi, yemamyman.
-   Yana bir, qoshiq, qani…Polvon bolam.
-   Bo’ldi to’ydim, yemayman.
-   Yo’q, sen hali to’ymading!


Bola o’ylaydi, “to’g’ridir, man to’ygan-to’ymaganimni onamdan yaxshi bilarmidim, onam ko’proq biladi” va “ha, man to’ymabman” deydi, yana og’zini ochadi. Onasi “to’yding” qarorini bergunicha yeyishda davom etadi.
5 yoshga to’lgan bolaga, boshqa narsalarni qo’ya turing, to’yib-to’maganiga biz qaror bersak, undan qanday qilib o’ziga ishongan, o’zi uchun o’zi qaror bera oladigan, o’zi ustida izlanadigan inson bo’lishini kutamiz?

Bolalarimizning o’zlari bajara oladigan ishlarida, yuqorida eslab o’tilgan qobiliyatlari shakllanishi uchun, o’zlarini mas’ul qilishimiz kerak, o’zlariga qo’yib berishimiz kerak. O’zi uchun o’zi qaror berishga o’rgansinlar. Bularni zakoning shakllanishidagi o’rni juda muhimdir.   
« So'nggi tahrir: 21 May 2007, 18:19:45 muallifi istak »
"Òîò, ГЄГІГ® ïîçíà¸ò ñàìîãî Г±ГҐГЎГї, ïîçíà¸ò ñâîåãî Ãîñïîäà".  \\ Õàçðàòè Ìóõàììàä Г‘.ГЂ.Г‚ \\

Istak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 29
  • Jins: Erkak
  • Hammamiz beg'uborlikni qo'msaymiz!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #28 : 21 May 2007, 17:36:06 »
Agar siz qarorli bo’lmasangiz, farzandingizga qarorli bo’lish kerakligini anglab yetishi uchun o’nlab yillar kerak bo’lishi mumkin. Bazan bir umr ham kamlik qiladi.
Har doim va’dangizni bajaring.
Hech qachon yolg’on so’zlamang, aldamang va bu bilan ularning haqqiga hiyonat qilmang, sizga bo’lgan ishonchini yo’qotmang. Inson ishonchini qozonmagan kishisini hurmat qilmaydi, dildan yaxshi ko’ra olmaydi.

Bolalar bir narsani qayta qayta so’rashlari mumkin, ko’p savol berishlari mumkin. Bir marta bergan javobingizni keyingi safar  ayni savolga boshqa javobni bermang. Ayni savolga ayni javobni bering.

Seving va natijasida seviling:
“Marhamat ko’rsatmagan, marhamat ko’rmaydi” H.SH.
Ortiqcha sevish degan narsa yo’q, sevishni bilmaslik bor. Chunki haqiqiy sevgi insonga sarflashlik bilan kamaymaydigan kuch beradi, agar u kuchini noto’g’ri sarflasangiz, teskari natija berishi ham mumkin. Teskari natijaga misol: farzandingizni sizga munosabatida ko’rinadigan har qanday kamchiliklar.
Unutmang: Farzandingizga nisbatan har qanday qo’pol harkatingiz, sizning tarbiyaga kuchingiz yetmaganligi va bu boradagi mag’lubiyatingizdandir. 
 â€œXatolar qilsa sevmayman, faqat chiroyli xolida sevaman” – bu sevishmas.
Shu joyda shunday degim keldi:”Hatolari bilan seving bolangizni, o’zingizni sevasizku ahir mingta hato qilsangiz ham, uning hatolari ham sizniki, chunki u sizning bolangiz!”



"Òîò, ГЄГІГ® ïîçíà¸ò ñàìîãî Г±ГҐГЎГї, ïîçíà¸ò ñâîåãî Ãîñïîäà".  \\ Õàçðàòè Ìóõàììàä Г‘.ГЂ.Г‚ \\

Istak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 29
  • Jins: Erkak
  • Hammamiz beg'uborlikni qo'msaymiz!
Re: Islomda farzand tarbiyasi
« Javob #29 : 21 May 2007, 17:38:17 »
Vaqt ajratish, Toleransli bo’lish
Bolalar ota-onasi bilan ma’lum bir vaqtni birgalikda o’tkazishga muhtojdirlar. Agar siz ularga vaqt ajratmasangiz, ular sizning o’rningizni boshqa narsalarga almashtirishiga yo’l ochasiz. Payg’ambarimiz (S.A.V) davlat boshlig’i bo’la turib, bolalar bilan o’ynashga vaqt topar edilar, ularni ustilariga mindirib tuya bo’lardilar, hatto tuyaga o’xshab ovoz ham chiqarardilarki, bolalar qoniqsinlar. Ular bilan hazillashar edilar, Hz. Anas ni (R.A. u vaqt yosh bola edilar)  „Ey ikki quloqli“ deb chaqiganlari ma’lum. Nabiralarini yelkasiga olib namoz qilardilar hattoki. Demak bular bolaga kerak, bola bularga muhtoj. Bular yillarcha Rasululloh S.A.V bilan bir hovlida qolib, ayb ish qilsalar ham, biror marta qattiq gap eshitmaganliklarini, faqat sevgi va mehr bilan tarbiya ko’rganliklarini aytganlar. 
 
Farzandlaringizni also tajriba maydoniga aylantirmang.
Bu masalada juda extiyot bo’ling. Ularni tarbiylashda har bir harakatingiz va so’zingizdan oldin yaxshilab o’ylang. “Qani, bugun bunday qilib ko’ray-chi, bo’lmasa boshqacha bir ish qilaman”, degan tushunchlar Also bo’lmasligi kerak. Bir ishni qilib, ortidan bolalaringizdan tezda natija kutmang, sabr bilan davom eting. Ularni tushunishga harakat qiling. Dunyoga ularning ko’zi bilan ham qarashda foyda bor, ularning ko’zlari bilan qarab turib, shu aqlingiz, ilmingiz va tajribangiz bilan o’zingizga ideal bir ota yoki ona istang, ya’ni shunga ko’ra o’z xatti –xarakatlaringizni izga soling, o’sha ideal siz bo’ling!
"Òîò, ГЄГІГ® ïîçíà¸ò ñàìîãî Г±ГҐГЎГї, ïîçíà¸ò ñâîåãî Ãîñïîäà".  \\ Õàçðàòè Ìóõàììàä Г‘.ГЂ.Г‚ \\

 

Mo'minlarga shifo - Islomda!!!

Muallif Munira xonimBo'lim Islom

Javoblar: 12
Ko'rilgan: 13836
So'nggi javob 13 Avgust 2007, 13:55:30
muallifi Munira xonim
Farzand.uz - Onalar va bo`lajak onalar uchun

Muallif farzand.uzBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 10
Ko'rilgan: 10998
So'nggi javob 27 Fevral 2008, 09:33:12
muallifi Robiya
Benikoh farzand

Muallif otash_2004Bo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 7082
So'nggi javob 25 Yanvar 2010, 16:04:13
muallifi Foniy
Islomda Moda, Modern,Styl.

Muallif saraton07Bo'lim Umumiy

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 6530
So'nggi javob 01 Iyul 2008, 00:47:06
muallifi saraton07
ISLOMDA oiladagi muomala

Muallif MahdiyahBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 46
Ko'rilgan: 26738
So'nggi javob 25 Oktyabr 2018, 11:58:46
muallifi MirzoMuhammad