Islomda farzand tarbiyasi  ( 149145 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 16 B


Munira xonim  15 Mart 2007, 08:23:09

Абдуллоҳ ибн Умар (р.а.)дан ривост қилинади, А асулуллоҳ (с.а.в.) шундай дедилар: «Ҳаммангиз чспонсиз ва ҳар бирингиз сз сурув-подасига масъулсиз. Бошлиқ бир чспон ва қсл остидагиларига масъул. А­ркак оила ишларининг чспони ва уларга масъул. Аёл хсжаликнинг уйида бир чспонидир ва фарзандларига масъул. Хизматчи (ишчи) хсжайинининг (иш берганнинг) молини чспони ва уларга масъул. Ҳаммангиз чспонсиз ва ҳар бирингиз (сз) сурувингиздан масъулдирсиз.

ИЗОҲ

Мусулмон аёл масъул бслган бурчларнинг аввалида фарзандларини одобли қилиб тарбислаш туради.
Ҳадисдаги истеъфодалар:
Ота-онани, сз наслларининг давомчиси бслган фарзандларига қолдирадиган снг катта сарвати, снг чиройли совғаси тарбисдир. Қуйидаги ҳадиси шарифларда ҳам бу нарса алоҳида таъкидланган.

1. «Бир (она) ота фарзандига гсзал одоб ва схши тарбисдан ортиқ (нарса) беролмайдилар».
2. «Фарзандларингизга икромда бслинг (схши муносабатда бслинг), уларга гсзал одоб ва тарбис беринг».
3. Ота-она, А асулуллоҳ (с.а.в.)дан ривост қилинган бу ҳикматли ссзларни ерига келтирмоқлиги, фарзандларига адаб, ахлоқ ва гсзал хусусистларни срнаштирмоқлиги ва шу тарзда уларни соғлом бир руҳ ва хулқли қилиш билан келажакка ҳозирлашлари лозимдир.

Фарзандларнинг одоб ва тарбиссидан ота-она масъулдир. А асулуллоҳдан (с.а.в.) ота-онанг қиёмат кунида фарзандлари учун ҳисоб китобга тортилишлари ҳақида ксплаб ҳадислар ворид бслган.
А­й мсминлар, сизлар сзларингизни ва аҳли оилаларингизни стини одамлар ва тошлар бслган дсзахдан сақлангизки, у (дсзах) устида қаттиққсл, Аллоҳ сзларига буюрилган нарсани қиладиган фаришталар турур.
Ушбу ост нозил бслганда, Ҳазрати Умар (р.а.):
- А­й, А асулуллоҳ (с.а.в.)! Ўзимизни сақлаймиз. Бола-чақаларимизнинг қандай сақлай оламиз? - дес ссраганларида, А асулуллоҳ (с.а.в.):
- Уларга Аллоҳга қул бслишини, тоат ва ибодатни амр қиласиз. Аллоҳга исён стмоқдан ва гуноҳ иш қилмоқдан уларни қайтарасиз, мана бу уларни сақлаш деганидир - дедилар.

Qayd etilgan


Muslimа  15 Mart 2007, 14:02:25

БОЛА КИМАИАГ КАА АМОГИДА БЎЛАДИ
http://islom.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=315&Itemid=44


Qayd etilgan


Muslimа  26 Mart 2007, 12:45:47

O’g’il — qiz tug’ilsa"¦
Yusuf Hos Hojib
"œQutadg’u bilig" idan

O’g’il-qiz tug’ilsa, yaxshi bilki, bas
Uyda tarbiya qil boshqa yerdamas.
Ustozning yaxshisin tanla albatta,
O’g’il-qiz pok o’sar, yomondan chetda.
O’gil-qizga o’rgat bilim ham odob,
Bahtga yor bo’lar u, bo’lmagay harob.
O’g’ilga hotin ol, qizni erga ber,
Qayg’u-g’amsiz yana, ayo qutli er.
O’g’il topsin san’at-hunarda kamol,
Bu hunar bilan u tera berar mol,
O’g’ilni tergab tur: bo’sh qo’yma zinhor,
Benaf, bebosh bo’lar, yugurar bekor!

Qayd etilgan


Muslimа  26 Mart 2007, 12:49:19

Yolg’onning kasri.   

   Korxonalardan birida ishlar edim. Oilamizdagilar maoshlarini qaynotamga olib kelib berishardi. Oradan bir muncha muddat o’tib homilador bo’ldim. Endi onamga yengil bo’lishi uchunmaoshimdan tejab, qizlik uyimga olib borar edim. Qolgan pullarni esa qaynotamga bera turib, bor maoshim shu ekanini aytardim. Shu tariqa o’zimcha onam tayyorlab keladigan beshik to’yining sarposiga qarashgan bo’ldim. Farzandim hozir katta yigit bo’lib qolgan, lekin juda ko’p yolg’on gapiradigan bo’lib voyaga yetdi. Endi qattiq nadomatdaman. Qani edi o’sha vqtda shunday o’ylasam?!
   Hozirgi yosh kelinlarga mening hatoyim saboq bo’lsin. Bola tarbiyasi ona qornidan boshlanar ekan. Farzandingiz qanday bo’lishini istasangiz, avvalo o’zingiz shu martabada bo’lishingiz kerak ekan.
      Gulchehra, Toshkent shahri
      "œMusulmonlar taqvim kitobi" 2006/1427 (IV)


Qayd etilgan


Muslimа  19 Aprel 2007, 21:42:49

Bir odam farzandlarining bemehirligidan shikoyat qilib: "œMen otam o’lganida yig’lamadim, onam o’lganida yog’lamadim, ich-ichimdan ezildim. Endi shu yoshga kirib, bolalarimdan mehr ko’rmay yig’layapman", dedi. Balki ota-onasi bilan vidolashayotganda yig’laganida — hozir o’z qadriga yig’lamasmidi"¦
Farzandlaridan noliydigan odamlar oz emas. Otaning farzanddan nolishga haqqi bormi? Yo’q. Bog’bon shaftoli danagini ekib nihol undirsa, so’ng boshqa nav shaftolining novdasini olib kelib, payvand qilsa, so’ng parvarishlasa-yu, u daraxt shirin emas, achchiq yoki nordon meva tugsa. Bunga daraxt aybli bo’ladimi yoki o’sha mevami? Bog’bon qanday danak ekkan edi, aniq bilarmidi? Qanday novda uladi, suvdan vaqtida xabar olib turdimi, ortiqcha shoxchalarni kesib qo’ydimi, daraxt barglari oftob nuridan yetarli bahra oldimi?
Farzand otaning pushti-kamaridan dunyoga kelgan bo’lsa, uni otani o’zi tarbiya qilgan holda yana nolisa? Ilmiy jihatdan, irsiyat qonunlari nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, ota-onaning fe’li, tabiati farzandiga o’tadi. Mehribon odomdan bemehir bola tug’ilmaydi. Tog’ri, keyinchalik atrof-muhit bola ongiga, hulqiga ta’sir qiladi. Lekin ota-ona ana shu ta’sirni ham boshqarishlari shart. Agar ota bo’lmish o’zining ota-onasiga, aka-ukalari, opa-singillariga mehribon bo’lsa, shirin so’z bo’lsa, ularning qadriga etsa va buni bolasi ko’rib, bilib tursa bu farzandga ortiqcha gapning hojati yo’q.
Biz farzandimizdan nolishdan oldin "œo’zimiz farzand bo’lib ota-onamizga qanday hunarlar ko’rsatgan edik?" deb o’ylab ko’raylik. Balki ota-onamizga qilgan qilig’imiz endi farzandimiz vositasi bilan o’zimizga qaytayotgandir? Balki oradan yillar o’tib hayot ko’zgusida o’zimizni o’zimiz ko’rayotgandurmiz?

Tohir Malik
"œImonlanish umidi" kitobidan.

Qayd etilgan


Muslimа  03 May 2007, 10:31:18

Yo’qotilgan tuyg’u

Bolalarni yaxshi ko’raman"¦
Chunki ularning kulgusi samimiy. Harakatlarida yasama biror narsa uchramaydi. Boladagi beg’ubor va muattar borliq kattalar orasida yo’q. Keksa kishilar, xastalar, yolg’iz odamlar bolalar bilan ovunishadi, dillariga taskin berishadi"¦
Bolalarni yaxshi ko’raman"¦
Chunki ularning ko’zlari beg’ubor, qalblari toza. Ular hiyonat nimaligini bilishmaydi. Ularning o’zlari ham, nigohlari ham sizni hech qachon aldamaydi"¦ murg’akkina qalblarida eng toza, eng beg’ubor tuyg’ular yashaydi. Siz bularni ko’rishga qodir bo’lmasangiz ko’zlariga boqing — ma’sum nigohlarida soddadil tuyg’ularining tiniq aksini ko’rasiz"¦
Bolalarni yaxshi ko’raman"¦
Chunki ular kin va adovat nimaligini sirayam bilishmaydi. O’zlariga nisbatan qilingan qo’pol va sovuq muomalani juda tez unutishadi. Yuziga tarsaki tushirgan qo’llarni biror soat o’tib-o’tmay, chin bir muhabbat bilan, iliq bir mehr bilan o’pishadi"¦ Bir muddat oldin qaynoq injular to’kkan mujgonlari qurib ulgurmasdan, kelib bo’yningizdan quchoqlaydi, yuzlaringizdan o’padi, chimirilgan qoshlaringiz o’rtasini, tirishgan peshonangizni nozik qo’lchalari bilan silaydi"¦
Bolalarni yaxshi ko’raman"¦
Chunki ularning ko’zlari, quloqlari va og’izlari ko’ngil hovuziga gunoh oqizmaydi. Shu sabab ko’ngillari sof, g’uborsiz. Qo’llaridan, barmoqlaridan ham gunoh tonchilamaydi. Shu sabab ularning qo’llari tekkan narsa "œkirlanmaydi".
Bolalarni yaxshi ko’raman"¦
Chunki ularning vujudlarida gul hidi bor, rayhon hidi bor. Ularning ko’zlari dunyoni boshqacha ranglarda ko’radi, toza ranglarda ko’radi.
Bolalarni yaxshi ko’raman"¦
Chunki ularda menga ham Alloh tomonidan in’om qilingan, lekin allaqachonlar yo’qotib yuborganim pokiza tuyg’ular bor"¦
Bolalarni yaxshi ko’raman"¦


Gulbahor Abdulloh qizi
"œMusulmonlar taqvim kitobi" dan 2003-1424/IV

Qayd etilgan


Istak  21 May 2007, 17:26:35

Assalomualaykum aziz Forumdoshlar!
Men bu forum, umuman forumda yangiman. Bu mavzu menga juda yoqdi, men oilam va yaqinlarim uchun yig'ib yurgan ba'zi ma'lumotlarni ruhsatingiz bilan sizlar bilan baham ko'rmoqchiman. Agar bularning ichida birorta noto'g'ri ma'lumot yoki fikr bo'lsa albatta yozinglar, munosabat bildiringlar, chunki mening ilm va tajribam hali juda oz:

Alloh Taolo yer yuzida insonni O’ziga halifa(o’rinbosar) qilishlik bilan aziz qildi. Boshqa maxluqlarni unga bo’ysundirib qo’ydi. Va hatto, e’tibor bering, dunyoga yangi inson keltirish imkoniyatini berdi va bularning ustida javobgar qildi.   
Bola qalbi olmos kabi tozadir. Mum kabi har shaklni ola oladi. Tamoman yozuv va shakllardan uzoqdir. Toza bir tuproq kabi, qaysi urug’ni eksangiz u unadi.
Ajoyib haqiqat:
Insonlar o’zlaridan ko’ra aqlliroq, yaxshiroq bo’lishini hech qanday qizg’onish hissisiz istaydigan yagona borliq — o’z farzandlari ekanini ko’ramiz.  Ya’ni, agar sizga birortasi sizga bolang sendan ko’ra aqlliroq desa bundan faqat hursand bo’lasiz. Boshqa birortasini aytishsa, men ham u kabi yoki undan ham yaxshiroq bo’lishim kerak degan hayol kelishi mumkin, eng ozda.

Har bir inson ayni zamonda ma’lum miqdorda energiyaga egadir. Insonni umisizlikka tushiradigan narsa shu energiyasini buguni uchun emas, o’tib ketgan yoki hali kelmagan narsalar ustida uzun hayollar surib siqilishga, bekorchiga ezilishga sarflashidadir. Uloqtiring chetga boshqa narsalarni, qo’lingizdagi fursatdan unumli foydalanib qoling.
Hayotingizning eng so’ngi damlarida ortingizga qarab hursand bo’lish baxtiga ulashishni istaysiz, ortingizdan qoldirib ketayotgan farzandlaringizga bera olishingiz mumkin bo’lgan eng muhim narsalarni bergan bo’lsangiz bu baxtning katta qismini qo’lga kiritibsiz!

Farzand tarbiyasi qachon boshlanishi kerak?
Javoblar hilma hil,
birisi: "žona qornidaligidanoq!"œ,
boshqasi : "œTug’ilmasdan avval",
yana bir boshqasi esa:  "œdunyoga kelishi bilan" va hokazo.

Endi, savolni boshqa shaklda qo’ysak:
Sizlar farzand tarbiyasini qachon boshlaysizlar?
"œTo’g’risi, bola problema chiqara boshlagandan so’ngra!"
 Bolada, odatda, jiddiy problemalar qachon chiqa boshlaydi?
Balog’at yoshiga yetmasidan oldin, yoki shu oralarda. Ya’ni bola eshikni tarsillatib yopib chiqib ketishni boshlasa, yoki ovozini ko’tarib boshlasa, yoki bo’lar-bo’lmasga kulib va yoki bo’lar bo’lmasga yig’lasa"¦. va hokazo.
Bunday holatlarda ota-onalarning aqli shoshib qoladi, ortiga o’grilib qarasa ba’zi choralarni ko’rishga vaqt kech bo’lib qolibdi. Eng muhim fursatlarni qo’ldan chiqarishibdi. "œKattaroq bo’lsa aql kirib qoladi" - deb yuraverishibdi.
Ba’zi ota-onalarni esa shu vaqt g’ayratlari jo’sh urib ularni urishib, baqirib, qaytarib "œtarbiya"lay boshlaydilar. Bu nozik yoshda ularni urishib bo’ladimi, ularga baqirib bo’ladimi? Yo’q albatta! Ho’sh nima qilish kerak?
Bola tarbiyali bo’lish uchun tarbiyali muhit ko’rishi kerak. Demak, farzand tarbiyasini farzand so’rashdan oldin, o’zni tarbiyalash bilan boshlash kerak. Tushuncha va dunyoqarashlarimiz so’g’lom bo’lishi uchun sog’lom ilm manbalariga, masalan, kitob o’qishga extiyojimiz bor. 
Farzandli bo’lishga haqli bo’lish uchun — Farzandli bo’lishga qiziqish va havasning o’zi yetarli emas.
----
Bir kishi "œAyolimini, keyin bolamni yo’lga solishim kerak", deb maslahat so’ragan kishiga javoban:
-   Siz  ayolingizni yo’lga sola olmaysiz! Modomiki, istar ekansiz, avval o’zingizni tuzating, ki istanilgan bir inson bo’ling! Qolgani o’z-o’zidan bo’lib ketadi. - degan ekan.

Davomi bor...

Qayd etilgan


Istak  21 May 2007, 17:31:50

Farzandlarimizning aqlli-zakovatli bo’lishida ota-onalarning o’rni qanday? Avvalo zako nima ekanini bilib olaylik:
Zako — bolaning bir narsani o’rgana olish, bir ishni bajara olish va bir muammoni hal eta olish qobiliyatidir.
 
Psixologlarning fikricha Zako 35% ota-onadan irsiy yo’l bilan o’tadi, 20% ona qornidaligida, 45% esa tug’ilgandan keyingi muhitda shakllanadi. 
 
Bir bolaning masalalarni yecha olishi, yoki birov aytmasdan o’zi bilib darsini qilishi, yohud masalan devorga mihni qoqa olishini ham va shu kabi xollarni zako ko’rsatkichi sifatida qarash mumkin.
Bir yarim (18 oy) yoshli bola qoshiqni olib ovqatni o’zi yeya olish darajasidagi jismoniy quvvatga ega bo’ladi, garchi to’kib sochib bo’lsa ham. Bu vaqtdan keyin bolaga asta sekin ozi ovqatlanishiga, keynroq esa qorni to’yib to’maganini o’zi belgilashiga imkon berishimiz kerak. 

Afsuski bazi ota-onalar bola 3-4 yoshga to’lsa ham qoshiqni olib orqasida yurishadi
-   Qani o’g’lim, shu ovqatingni yeb olgin. Qani, qani, ha-a anaa-a. mal-lad-des!.
-   bo’ldi, yemamyman.
-   Yana bir, qoshiq, qani"¦Polvon bolam.
-   Bo’ldi to’ydim, yemayman.
-   Yo’q, sen hali to’ymading!


Bola o’ylaydi, "œto’g’ridir, man to’ygan-to’ymaganimni onamdan yaxshi bilarmidim, onam ko’proq biladi" va "œha, man to’ymabman" deydi, yana og’zini ochadi. Onasi "œto’yding" qarorini bergunicha yeyishda davom etadi.
5 yoshga to’lgan bolaga, boshqa narsalarni qo’ya turing, to’yib-to’maganiga biz qaror bersak, undan qanday qilib o’ziga ishongan, o’zi uchun o’zi qaror bera oladigan, o’zi ustida izlanadigan inson bo’lishini kutamiz?

Bolalarimizning o’zlari bajara oladigan ishlarida, yuqorida eslab o’tilgan qobiliyatlari shakllanishi uchun, o’zlarini mas’ul qilishimiz kerak, o’zlariga qo’yib berishimiz kerak. O’zi uchun o’zi qaror berishga o’rgansinlar. Bularni zakoning shakllanishidagi o’rni juda muhimdir.   

Qayd etilgan


Istak  21 May 2007, 17:36:06

Agar siz qarorli bo’lmasangiz, farzandingizga qarorli bo’lish kerakligini anglab yetishi uchun o’nlab yillar kerak bo’lishi mumkin. Bazan bir umr ham kamlik qiladi.
Har doim va’dangizni bajaring.
Hech qachon yolg’on so’zlamang, aldamang va bu bilan ularning haqqiga hiyonat qilmang, sizga bo’lgan ishonchini yo’qotmang. Inson ishonchini qozonmagan kishisini hurmat qilmaydi, dildan yaxshi ko’ra olmaydi.

Bolalar bir narsani qayta qayta so’rashlari mumkin, ko’p savol berishlari mumkin. Bir marta bergan javobingizni keyingi safar  ayni savolga boshqa javobni bermang. Ayni savolga ayni javobni bering.

Seving va natijasida seviling:
"œMarhamat ko’rsatmagan, marhamat ko’rmaydi" H.SH.
Ortiqcha sevish degan narsa yo’q, sevishni bilmaslik bor. Chunki haqiqiy sevgi insonga sarflashlik bilan kamaymaydigan kuch beradi, agar u kuchini noto’g’ri sarflasangiz, teskari natija berishi ham mumkin. Teskari natijaga misol: farzandingizni sizga munosabatida ko’rinadigan har qanday kamchiliklar.
Unutmang: Farzandingizga nisbatan har qanday qo’pol harkatingiz, sizning tarbiyaga kuchingiz yetmaganligi va bu boradagi mag’lubiyatingizdandir. 
 "œXatolar qilsa sevmayman, faqat chiroyli xolida sevaman" — bu sevishmas.
Shu joyda shunday degim keldi:"Hatolari bilan seving bolangizni, o’zingizni sevasizku ahir mingta hato qilsangiz ham, uning hatolari ham sizniki, chunki u sizning bolangiz!"




Qayd etilgan


Istak  21 May 2007, 17:38:17

Vaqt ajratish, Toleransli bo’lish
Bolalar ota-onasi bilan ma’lum bir vaqtni birgalikda o’tkazishga muhtojdirlar. Agar siz ularga vaqt ajratmasangiz, ular sizning o’rningizni boshqa narsalarga almashtirishiga yo’l ochasiz. Payg’ambarimiz (S.A.V) davlat boshlig’i bo’la turib, bolalar bilan o’ynashga vaqt topar edilar, ularni ustilariga mindirib tuya bo’lardilar, hatto tuyaga o’xshab ovoz ham chiqarardilarki, bolalar qoniqsinlar. Ular bilan hazillashar edilar, Hz. Anas ni (R.A. u vaqt yosh bola edilar)  "žEy ikki quloqli"œ deb chaqiganlari ma’lum. Nabiralarini yelkasiga olib namoz qilardilar hattoki. Demak bular bolaga kerak, bola bularga muhtoj. Bular yillarcha Rasululloh S.A.V bilan bir hovlida qolib, ayb ish qilsalar ham, biror marta qattiq gap eshitmaganliklarini, faqat sevgi va mehr bilan tarbiya ko’rganliklarini aytganlar. 
 
Farzandlaringizni also tajriba maydoniga aylantirmang.
Bu masalada juda extiyot bo’ling. Ularni tarbiylashda har bir harakatingiz va so’zingizdan oldin yaxshilab o’ylang. "œQani, bugun bunday qilib ko’ray-chi, bo’lmasa boshqacha bir ish qilaman", degan tushunchlar Also bo’lmasligi kerak. Bir ishni qilib, ortidan bolalaringizdan tezda natija kutmang, sabr bilan davom eting. Ularni tushunishga harakat qiling. Dunyoga ularning ko’zi bilan ham qarashda foyda bor, ularning ko’zlari bilan qarab turib, shu aqlingiz, ilmingiz va tajribangiz bilan o’zingizga ideal bir ota yoki ona istang, ya’ni shunga ko’ra o’z xatti —xarakatlaringizni izga soling, o’sha ideal siz bo’ling!

Qayd etilgan