Islomda farzand tarbiyasi  ( 103214 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 16 B


Istak  21 May 2007, 17:40:36

Mas’uliyatlilikni bolada shakllantirish uchun siz oilada har ishingizda unga va oiladagi boshqa insonlar bilan munosabatingizda mas’uliyali ekaningizni ko’rsin, his etsin. So’z bilan anglatiladigan narsa emas bolachaga.

Qayd etilgan


Istak  21 May 2007, 17:41:40

Hato qilish jasoratini shakllantirish.

Atrofingizdagi insonlarga, ayniqsa bolalaringizga, hato qilishiga imkon bering!

Edison isimli olim Lampochkani kash etdi. Buning uchun u 2000 marta urindi. 850 urinishidan so’ng, unga shuncha urinding qo’y endi buni deganlar ham bo’ldi. Shunda u YO’Q, men bu urinishlarim bilan buni qanday qilsa bo’lmasligini o’rgandim deydi. Umid bilan sabr bilan harakat qilib, oxirida 2000  urinishlardan maqsadiga erishdi - kashf etdi. Oradan qancha yillar o’tganiga qaramasdan biz uni tilga olayapmiz, nega, chunki qaror va azm bilan boshlagan ishini oxirigacha olib bora bildi. Hatolar uni umidsizlantirmadi, maqsadini ortidan qiyin bo’lsada, atrofidagilar "žbo’lmaydigan ish"œ desalarda minglarcha urinishlardan so’ng, natijaga erishdi.

Agar Edisonning ota-onasi uni hato qilgan vaqtida qizib, baqirib chaqirsaydi, u Edison bo’lib ulg’aymasdi.

Qayd etilgan


Istak  21 May 2007, 17:42:26

Bir professordan so’rashdi, sizni bunday bir cho’qqiga erishishingizga nima sabab bo’ldi? -U esa bunda mening onamning o’rni juda katta, dedi.
- Onangizdan bu qadar bahs etyapsiz,unday bo’lsa, onangiz nima qildiki, sizga sabab bo’lsin?
- Hali yosh bola edim. Bir kuni, Surahi dega ko’zaga o’xshash suv to’ldiradigan shisha idishni oldim, og’ziga qadar suv to’la edi,  katta idishga quyayotganimda qo’limdan tushib parcha-parcha bo’ldi. Yerlar ham suv, ham shisha siniqlari.  Bir ko’z oldingizga keltiring, agar shu payt onangiz kelib qolsa, yoki shu holda siz bolangizni ko’rsngiz  nima qilardingiz? Har holda qizishib, baqirib chaqirasiz, yoki bir-ikki tushirasiz aqli boshiga kelsin deb.
Lekin onam keldi, yerga bir qaradi, siniqlarga, sochilgan suvga, menga bir qaradi, ko’rdiki menda hech bir narsa yo’q. Kel bolam, dedi, bir oz ularga qarab turganimizdan so’ng, kel shu siniqlar shu yerda qolmasin, supurgini olib kel, bu yerni tozalaylik. Men keltirdim, birga yig’ishtirdik. Suvni ham birga tozaladik. Keyin onam, yur boqqa chiqamiz dedi. Birga chiqdik, keyin bir surahini oldi, ichini suv bilan to’ldirdi. Va menga dedi: qara o’g’lim, sen hali surahini bir qo’ling bilan ko’tara oladigan darajada ulg’aymading. Shuning uchun bir qo’ling bilan bandidan, ikkinchi qo’ling bilan ostidan tut. Men onam aytganidek qildim, suvni keltirib idshga quydim. Endi qara, qo’lingdan tushdimi, sindimi? — yo’q. Ofarin, kel yana bir marta! Yana bir bor takror qildik.
Mana shu, bor voqea!

Bola nimani o’rgandi?
Agar shu vaqtda qizib, baqirsak, yoki qaytarsak nima bo’lardi.
-   Bolaga qaytib tegishmaslikni.(qachongacha?)
-   O’zicha aqlidan chiqarib bir ish boshlamasligi kerakligini.
-   Unga "œMen o’zimcha bir ish qila olmayman" deyishni.
Va hokazo..

Qayd etilgan


Istak  21 May 2007, 17:44:34

Boshqa bir o’rnak:
Bir kuni og’a-inilar bilan birga o’tirgandik deb hikoya qiladi bir psixolog. Ota bolasiga "žQani o’g’lim, bir suv olib kelgin, ichaylik"œ dedi. Bola suvni olib kelayotib, yo’lda stakan qo’lidan tushib sindi. Shu vaqtda onasi kelib baqira boshladi.
Kimga??
Bolagami?
Yo’q"¦
Otasiga.   
"žO’zingizni qo’l-oyog’iz yo’qmi, qiziqsizov, turib o’zingiz olsangiz shu stakanni. Nega bolaga ish buyurasiz"¦. "žVa hokazo.
Otasi dediki, kel onasi, agar istasang shu muammoni men hal qilay. Va o’g’liga ogrilib:
 o’g’lim,- dedi, borgin-da menga yana bir stakan suv olib kel. Agar sindirsang, uchinchi stakandan ichaman, sindirsang to’rtinchisidan. O’ninchisida bo’lsa ham sindirmasdan olib kelganingda o’sha stakandagi suvni ichaman, - dedi.
Bola ketdi, ikkinchi stakanda sindirmasdan suv olib keldi.

 Agar onaning aytgani bo’lsaydi"¦..
 Ertasi kuni bola yotgan joyida: "žona, suv olib keling chanqadim"œ — desa hech ham hayron bo’lmang!

Hatolar qizishishning fursati emas, o’rganishning fursatidir. Bolamiz hato qilgani zamon shunday tushunaylik: YASHASIN, bolamga yana bir yangi narsani o’rgataman.
Ishning to’g’risi ham shu:
 Bola qilishi kerak bo’lgan ishni bajarsin, hato qilsin, o’rgansin.
Agar biz atrofimizdgi insonlarga dastak bo’lishni istasak, ularda hato qilish jasoratini shakllantirishimiz kerak.

Bolada hato qilish jasoratini so’ndirsak:
-   u bir ishni hato qilsa yashirishga harakat qila boshlaydi, bilsa yana gap eshitaman deb.
-   Ba’zi ishlarga urinmay qo’ya qoladi, hato qilib qo’ymay deb.
-   Kezi kelsa, uyning ichida ham barmoqlarining uchida yurishni boshlaydi.
-   O’ziga bo’lgan ishonchi yo’qoladi
-   Xatosini yashirish yo’larini izlaydi va natijada yolg’on so’zlashni o’rganishi mumkin!

Qayd etilgan


Istak  21 May 2007, 17:45:56

Hatolar o’rganish va o’zini yetishtirish uchun bir fursatdir.
Ba’zi insonlar birinchi uchragan qiyinchilikda to’xtab qoladilar. Zotan , kechirasizu halqimizning "œItning keyingi oyog’i" deb ataydigan kishilar, bir ishni boshlamasdanoq, yoki, birinchi uchragan qiyinchalikdanoq ortga qaytganlardir.
Inson hato qilgani onda, agar hatosini tushinsa, yangi bir narsa o’rganadi, u ishni unday qilinmasligi kerakligini o’rganadi. Hatoni tushinib yetishiga yordamlashish esa ota-onaning zimmasida.
Yuqoriga yuksalish uchun shamolga qarshi harakat qilish kerak.(samolyotni eslang!)
Farzandingiz o’z vazifasini bajargani uchun uni pul yoki shunga o’xshash narsalar bilan rag’batlantirmang. Chunki u uning vazifasi va qlishi kerak bo’lgan ishi. Dunyoqarashini buzmaylik.

Buyuk insonlarning ko’pi, deyarli hammasi, buyuk risklarni kechib o’tgandirlar. Ularning ichida ko’pchiligi buyush yo’lida hato qilib tuzatishgan. Va hato qilish eshigini yopib, yangi, nurli ufqlarga erishganlar.

Qayd etilgan


Istak  21 May 2007, 17:46:32

Eng kech 1 —sinf ikkinchi yarmidan boshlab bola darslarini(uyga vazifa) o’zi bilib bajarishga o’ta boshlashi lozim.  2 —sinfning boshidan boshlab esa o’zi bajarishga o’tishi lozim. Ota-ona faqat  kuzatuvchi bo’ishi kerak. Maslan, qanchalik to’g’ri yoki hato qildi, balki qayta bajarishi kerakdir, va hokazo. Lekin bola bilan birga o’tirib vazifa bajarmasligi kerak. Chunki, bu bolaning vazifasidir.
- Bola o’zini vazifali his eta boshlashi lozim.
- Vazifalilik- ulg’ayish uchun ozuqadir.(diqqat qiling, bo’yning o’sishi uchun deyilmayapti!)
- "¦.

Qayd etilgan


Istak  21 May 2007, 17:47:16

Ona:
- mani o’g’lim universitetning 2 kursida o’qiydi, lekin haligacha ertalab men o’yg’otaman.
- o’zi tursin.
- ozi turolmaydi, o’yg’ona olmaydida - shu!
- o’g’lingizga bir qo’ng’roqli soat hadya qiling, ayting, "o’g’lim, endi san kap-katta odam bo’lding, qara, bugungacha hech farqiga bormabman. Bundan keyin ertalab o’zing turasan. Mana bu senga chiringlaydigan soat." - deng!
Ona 1-2 haftadan so’ng qaytib tashakkurlarini izxor qildi. Natija beribdi.


Endi shu maslahat bergan inson tilidan:
-   Meni ham ertalab o’yg’onishim ko’pincha qiyin kechadi, Alloh rozi bo’lsin ayolim o’yg’otadi, ya’ni muammo yo’q. Lekin, bir kuni ayolim uyda yo’q edi, men esa ertalab soat 7:00 da turishim kerak. Nima qildim? Soatni 7:00 ga qurdim. Yotishdan avval ertalab o’zim turishim kerakligini o’yladim, taraddud bilan yotdim. Qarang-ki, ertalab 6:50 da hali soat jiringlamasidan piq etib ko’zimni ochdim. Nega? Boshqasi turg’izmasligini aniq bilaman. So’rumlilikni o’zimga oldim, o’zimni vazifali his etdim.

Qayd etilgan


Istak  21 May 2007, 17:48:39

Faraz qiling 6 - 7 — sinfdagi, ya’ni 12 -13 yoshdagi o’g’lingiz begona bir qiz bilan, yoki qizingiz bir bola bilan"¦. Hullas siz istamagan, hush ko’rmagan biror holat. Nima qilasiz?
Bunday voqealar shunaqa ko’pki"¦
Bir ota tilidan:
"žBizning uydan janoza chiqqandek 3 haftadan beri ovqat qilinmaydi. Uyga kiritdim, oldimga olib rosa kaltakladim. Uni o’qishdan ham chiqardim."œ
ee-ee!!!
Ha shunday, nima bo’ladi endi? U bola yoki qiz endi o’ziga keladi yoki kela olmaydi bundan keyin. Bu yoshdagi bolaning ruhiy hayoti bilan o’ynashib bo’ladimi? O’ylab ko’ring, bu mudhish jinoyatku!

Ammo siz, o’zingizdan bir o’grilib so’rang, bolangizga shu kungacha buni yanglish bir narsa ekanini anglatttingizmi? Bolangiz ham bu kungacha atrofida bu kabi ishlarni qilgan, va buning uchun olqishlangan, ofarin degan insonlarni ko’rdi. Tomosha qilgan televizorda, balki-da birgalikda oilaviy tomosha qilgan filmlar, yoki ko’rsatuvlarda buni naqadar bir "œmukammal", neqadar "œajoyib" bir narsa ekanini ko’rdi, va sizlar ham u asnoda bu bilan bog’liq hech bir ochiqlama qilmadingiz. Ya’ni bu kabi yoki siz bolangizda ko’rishni istamagan bundan ham  battarroq narsalarni tomosha qildingiz va hech narsa demadingiz. Tabiiki, bola ham bu kabi holatlarni normal sanay boshlaydi. Balki shuning uchun qiladi bu ishni va yoki boshqasini, bila olmaymiz.
Ya’ni bu holatda nima qilishimiz kerak, chiroyli holatda tushintirishimiz kerak. Yana o’zimiz amal qilmasak, bekor, hayotni hola-hola o’yniga almashtirishdan boshqa narsa bo’lmaydi.

Qayd etilgan


Istak  21 May 2007, 17:50:21

Bolalarimizni hozirgi yashab turgan zamonimiz uchun emas, kelajak uchun hozirlashimiz kerak.
Hozir axborot almashinuvi shunchalik tezlashib ketdiki, bu ma’noda, butun Yer yuzini bir qishloqqa o’xshatish mumkin. Dunyoning u chekkasida nimalar bo’layotganini bir necha soniyalar ichida bilib olish imkoniyatlari paydo bo’ldi. Televizor, internet, radio va hokazolar ko’pchilik hayotining ajralmas bir qismiga aylandi. Har kuni yangi ma’lumotlar, har kuni yangi chaqiriqlar, har kuni yangi filmlar orqali - yangi hayot tarzlari. Bularning hammasi faqat bolalarnigina emas kattalarning ham dunyoqarashiga ta’sir qilmasdan qo’ymaydi. Avvallari odamlar orasida qizchalarni holasiga yo ammasiga, o’g’il bolalarni esa amaki yoki tog’asiga o’xshatishardi. Hozirchi, hozir bolalarning dunyoqarashi bilan ota-onaning dunyoqarashlari orasida juda katta farqlar ko’rinadi. Boalalar hozir televizordagi yoqtirgan ammasiga yoki televizordagi tog’asiga o’xshashsa  buning hech hayron qolarli yeri yo’q, chunki ota onasi bilan dildan suxbat qurib vaqt o’tkazish bormi"¦? Amaki  yoki hola bilanchi"¦? Darvoqe, elektr kelmay chiroq o’chib qolgan vaqtlarni hisobga olmasak, bolalar ulardan ko’ra ko’proq TV-bilan hamsuhbat bo’lishadi. Ularni tomosha qilarkan ichidan jo’sh urib kelgan savollariga javob topganday bo’ladi, agar javob topsa — yuragiga yaqin oladi, yana ko’rgisi keladi. Albatta ko’rgisi keladida, chunki bola o’syapti, ayniqsa axborot asri bolalari har kuni bir talay yangi "œnega?"lar-u yangi "œqanday qilib?" lar bilan duch kelishi tabiiy hol. Bularni har doim ham tiliga chiqara olmaydilar. Qani bu chaqiriqlarni avvaldan sezib, ularga javob izlagan ota-onalar? 
Ba’zilar bu axborot manbalaridan foydalanishni oshpichoqdan foydalanishga o’xshatishadi. Shu pichoqdan bazilar yaxshi niyatda foydalanishsa, yomon niyatda foydalanadiganlar ham topiladi.
Bolalarimiz har o’rgangan narsasini eng to’g’risini o’rganshiga yordamlashaylik, shunday o’rgansinki, ortiq savol nazari bilan qaytib ayni masalaga taqalmasinlar. Ular tabiatan o’ta qiziquvchan, yangilikka chanqoqdirlar. Bu chanqoglikni qondirish yana ota-onaga zimmasiga tushadi.
Bu chanqoqlikni ilm bilan sug’orib, ularni ilmga qiziqtira olgan, ilmning mazasini totishni yoshligidan o’rgata olgan, buning uchun izlanib yelib yuguradigan ota-onalar naqadar baxtli. 

Qayd etilgan


Istak  21 May 2007, 17:51:56

Bolalarimizga inson bo’lganligi uchun bu dunyoda o’ziga hos muhim o’ringa egaligini anglatishimiz kerak. Nega?
Atrofimizdagi o’simliklar, suv, jonivorlar va hokazo, bularni agar diqqat bilan kuzatadigan bo’lsak, insonlar bor bo’lishi bilan ma’no kasb etishligini ko’ramiz. Ya’ni bularning bor bo’ib tirishi, yashab, gullab, meva solishi yoki ko’payishlari o’zlari uchun emas, aynan insonlar uchun ekanini bilishga ko’p aql kerak emas. Bularni insonlarsiz bir tasavvur qilib ko’ring-a. Mevalar pishib yetilsa-da, hech kim uzib yemasa, yer bilan bitta bo’lib uvol bo’lsa. Exx, uzumlar, anjirlar, ananas deysizmi, ... sanab adog’iga yetolmaysan. Gullar chiroyli bo’lib ochilsayu, ularga kimsa boqmasa, hidlab huzurlanmasa. Quyosh bekordan bekorga chiqib botaversa.
Demak, inson - inson bo’lganligi uchun muhim bir o’ringa ega ekanki, atrofidagi borliq unga hizmatda. Bolalar bilsinlar bu haqiqatlarni.

Qayd etilgan